OKSOLIN maz 10g 0,25%

OKSOLIN maz 10g 0,25% haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Burun shilliq qavatiga surtilganda preparatning 20 % gacha qismi so'riladi. Organizmda to'planmaydi va asosan buyraklar orqali bir sutka ichida chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Burun shilliq qavatining tez o‘tib ketuvchi achishish hissi, rinoreya. Kam hollarda burun shilliq qavatining ko‘k rangga bo‘yalishi bo‘lishi mumkin.
Agar Sizda yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya effektlar qayd etilsa, yoki ular kuchaysa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa har qanday nojo‘ya effektlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Maxsus ko‘rsatmalari
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qo‘llash alohida e'tibor va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishga (dispetcher ishi, avtotransportni boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash) ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan
Homiladorlik, ko'krak suti bilan emizish davri, 2 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llanilishi
Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida preparatni qo'llash faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila va bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan holdagina mümkin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Dozirovkasi
Gripp profilaktikasi: uzunligi 3 dan 5 mm gacha bo'lgan surtma tasmasi har kuni kuniga 2-3 marta gripp epidemik avj olishining ko'tarilish va maksimal rivojlanish davrida (25 kun davomida) yoki gripp bilan og'rigan bemor bilan aloqada bo'lganda burun shilliq qavatiga surtiladi.
Virusli rinitni davolash: uzunligi 3 dan 5 mm gacha bo'lgan surtma tasmasi 3-4 kun davomida kuniga 2-3 marta burun shilliq qavatiga surtiladi.
Agar davolashdan keyin yaxshilanish bo'lmasa yoki simptomlar kuchaysa, yoki yangi simptomlar paydo bo'lsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Preparatni faqat yo'riqnomada ko'rsatilgan ko'rsatmalar, qo'llash usuli va dozalarga muvofiq qo'llang.Dozani oshirib yuborishPreparatning dozasi oshirib yuborilgan holatlar ta'riflanmagan.
OKSOLIN maz 10g 0,25% o'xshash dorilari



Oksolin boshqa chiqarish shakllari

OKSOLIN maz 10g 0,25% analoglari







