Oxirgi o’n yilliklarda «quruq ko’zlar» muammosi ahamiyati ortib bordi. Bu surunkali ko’zlar qichishishi sabablaridan biri hisoblanadi. Kasallikni butun populyatsiya orasida tarqalishi 11-17% ga yetadi. «Quruq ko’zlar» sindromi ko’z yoshlari plyonkasini buzilishi, ko’z yosh ajralib chiqishi kamayishi yoki ko’z yoshini haddan tashqari qurishi oqibatida yuzaga keladi, bu esa ko’z yuzasini shikastlanishiga va noqulaylik simptomlariga, quruqlik, «ko’zlarda qum» yot zarracha hissi, qichishish, sanchiqli og’riq yoki ko’zlar achishishiga olib kelishi mumkin.
«Quruq ko’zlar» sindromini yuzaga kelishini asosiy sabablari:
˗ intensiv ko’rish yuklamalari (kompyuter, planshet, mobil telefon bilan davomiy ishlash; avtotransportni boshqarish; tungi yorug’lik/yetarli bo’lmagan yorug’likda o’qish);
˗ tashqi muhit ta’siri (markaziy isitish, iqlimiy qurilmalar, fluoressent lampalar, yorqin quyosh nuri, tutun, shamol va b.);
˗ barcha turdagi kontakt linzalar taqish;
˗ turli xil surunkali kasalliklar: revmatoid artrit, diabet, astma, qalqonsimon bez kasalliklari, glaukoma va b.;
˗ ko’z tomchilari ko’rinishadigi antibiotiklar, antimikrob va qon tomirlarini toraytiruvchi preparatlardan foydalanish;
˗ nojo’ya ta’sir sifatida ko’zlar salomatligiga negativ ta’sir ko’rsatuvchi dori vositalaridan foydalanish: antidepressantlar, antigipertenziv vositalar, kontratseptivlar va boshqalar;
˗ jarrohlik aralashuvi yoki ko'zlarni mexanik shikastlanishi;
˗ qarilik (65 yoshdan katta aholining 75 % «quruq ko’zlar» sindromidan aziyat chekadi);
˗ ayollarda homiladorlik, emizish davri, menstruatsiya yoki menopauza vaqtlarida gormonal o’zgarishlarda.
Optinol oftalmologik namlantiruvchi vosita izotonik (рН 6.0 – 7.5), buferlangan, steril eritma, tarkibida suv bilan bog’lanishi yuqori bo’lgan tabiiy namlantiruvchi modda hisoblanmish natriy gialuronat ko’rinishida gialuron kislota saqlaydi.
Optinol tibbiy buyumi tarkibiga kiruvchi natriy gialuronat gialuron kislotaga nisbatan kichik molekulyar o’lchamga ega, bu moddaga to’qimalarga oson kirishga imkon beradi va ko’z pardasida ko’rish o’tkirligiga ta’sir qilmay bir tekis, stabil va turg’un himoya qatlami yuzaga kelishini ta’minlaydi.
Gialuron kislota (natriyli tuzi ko’rinishida) ko’z pardasiga nisbatan yetarli bo’lgan yopishqoqlik va adgeziv xususiyatlarga ega. Gialuron kislotasini ushbu xususiyatlari tufayli Optinol vositasini tomizilganda ko’z pardasini oldingi yuzasida ko’zni qurishini oldini oluvchi yupqa plyonka hosil bo’ladi, noqulaylik, quruqlik, charchoq va ko’zlar qichishishi hissidan halos etadi. Optinol samarali namlantiradi, ko’zlar yuzasi – ko’z pardasi va konyuktivni sog’lom holatini qaytaradi.
Optinol Chuqur namlantirish, oftalmologik namlantiruvchi vosita, yuqori yopishqoqlik evaziga gialuron kislotasini (natriyli tuzi ko’rinishida) yanada uzoqroq saqlanishini ta’minlaydi, buning natijasida ko’z yuzasida namlantirilishi uzayadi, shuningdek ko’zlar himoyasi ortadi. Himoya plyonkasini ta’siri darrov boshlanadi. Optinol Chuqur namlantirish vositasi tashqi muhitni nojo’ya faktorlariga qaramasdan tez-tez va doimiy ravishda yuzaga kelgan «quruq ko’zlar» sindromi simptomlarini bartaraf etish uchun mo'ljallangan. Optinol Chuqur namlantirish ertalab uyqudan so’ng «quruq ko’zlar» simptomlari yaqqol bilinganda yoki ochiq ko’zlar bilan uxlovchi shaxslarga tunda qo’llash uchun tavsiya etilishi mumkin. Optinol Chuqur namlantirishni qo’llashdan avval kontakt linzalarini yechish va tomizib bo’lgandan so’ng 15 minutdan keyin qayta taqish tavsiya etiladi.
Konservantlar yo’qligi va tabiiy namlantiruvchi modda gialuron kislotasi (natriyli tuzi ko’rinishida) borligi Optinolni xattoki uzoq vaqt davomida qo’llanilganda ham yaxshi o’zlashtirilishini ta’minlaydi.
Flakonni maxsus ishlangan mexanizmi tufayli eritma birinchi qo’llanilganidan so’ng 180 kun (6 oy) davomida steril bo’lib qoladi, konservantlar saqlamaydi. Flakonning multidozatori aniq dozalanishni va
Optinol tibbiy buyumini qo’llash qulayligini ta’minlaydi. Flakon 350 tomchi saqlaydi.