×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PEREKIS VODORODA 200ml 3%

Kategoriya:
- Antiseptiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
- САМАРСКАЯ ФАРМ. ФАБРИКА ООО
ATX kodi:
- D08AX01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

LOROBEN sprey 30ml Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A.S. Turkiya
30 000 s`om dan
SITEAL eritma 250ml Пьер Фабр Медикамент Продакшн.
95 000 s`om dan
LINIMENT BALZAMICHESKIY PO VISHNEVSKOMU maz 30g Ziyo Nur Farm ЧП O'zbekiston
4 928 s`om dan
vodorod perikisi eritma 50ml 3% Lafz, ООО O'zbekiston
1 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PEREKIS VODORODA 200ml 3% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VODOROD PEROKSIDI

HYDROGENII PEROXYDI

 

Preparatning savdo nomi: vodorod peroksidi.

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): vodorod peroksidi.

Dori shakli: mahalliy qo‘llash uchun eritma.

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: vodorod peroksidi – 3 ml;

yordamchi modda: tozalangan suv 100 ml gacha.

Ta‘rifi: rangsiz, hidsiz yoki o‘ziga xos biroz kuchsiz hidli tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar.

ATX kodi: D08AX01

 

Farmakologik xususiyatlari

Oksidantlar guruhiga mansub antiseptik vosita. Vodorod peroksidi bilan shikastlangan teri va shilliq qavatlar ishlov berilganda faol molekulyar kislorod ajralib chiqadi, bunda jarohatni mexanik tozalanishi va organik moddalarni (proteinlar, qon, yiringni) faolsizlanishi yuz beradi. Preparatning antiseptik ta‘siri sterillizasiya qiluvchi hisoblanmaydi, uni qo‘llanganda faqat mikroorganizmlar soni vaqtinchalik kamayadi. Vodorod peroksidi shuningdek gemostatik va hidni yo‘qotuvchi xususiyatlarga ham ega.

 

Qo‘llanilishi

Yangi va infeksiyalangan jarohatlarda, otitda, anginada, stomatologik va ginekologik kasalliklarda yuvish va chayish uchun, hamda yuzaki jarohatlardan, burundan qon ketishida va boshqa shunga o‘xshash hollarda mayda kapillyarlardan qon ketishini to‘xtatish uchun.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga, chayish va yuvish uchun qo‘llanadi. Og‘iz va tomoqni chayish uchun 3% eritmani distillangan yoki xona haroratidagi qaynatilgan suv bilan 1:11 nisbatda suyultirib tayyorlangan 0,25% eritma qo‘llanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Jarohatga ishlov berish vaqtida achishish hissi bo‘lishi mumkin. Alohida holatlarda – alergik reaksiyalar.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Vodorod peroksidiga yuqori sezuvchanlik.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bo‘shliqlarni yuvish uchun qo‘llanmaydi. Preparat ishqoriy muhitda, metall tuzlari, ayrim oksidlarning murakkab radikallari borligida, hamda yorug‘ga va issiqqa turg‘un emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

3% eritma 25, 50 va 90 ml dan flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Salqin va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PEREKIS VODORODA 200ml 3% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PEREKIS VODORODA 200ml 3% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PEREKIS VODORODA 200ml 3% dori vositasi САМАРСКАЯ ФАРМ. ФАБРИКА ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PEREKIS VODORODA 200ml 3% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PEREKIS VODORODA 200ml 3% dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9