PIRAZINAMID tabletkalari 500mg N100

PIRAZINAMID tabletkalari 500mg N100 haqida qo'llanma
Qadoqda soni
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: pirazinamid – 500 mg;
yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, jelatin, karboksimetilkraxmal natriy (primogel), kolloid kremniy dioksidi (aerosil A 300 markali), magniy stearati;
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Birlamchi o'rami
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folgali kontur uyali o'ramda.
50 yoki 100 tabletkadan birinchi ochish nazorati bo'lgan buraladigan qopqoqli polimer bankaga joylanadi. Bankadagi bo'shliq tibbiy paxta bilan to'ldiriladi. Bankaga yorliqli qog'oz yoki o'zi elimlanadigan polimer materialli yorliq elimlanadi.
500 tabletkadan (kasalxonalar uchun) birinchi ochish nazorati bo'lgan buraladigan qopqoqli polimer bankaga joylanadi. Bankadagi bo'shliq tibbiy paxta bilan to'ldiriladi. Bankaga yorliqli qog'oz yoki o'zi elimlanadigan polimer materialli yorliq elimlanadi.
Ikkilamchi o'rami
5 yoki 10 kontur uyali o'ram tibbiyotda qo'llanishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. Qutilar guruhli o'ramga joylanadi.
Bankalar teng miqdordagi tibbiyotda qo'llanishiga doir yo'riqnomalar bilan birga guruhli o'ramga joylanadi.
In bulk
500 yoki 1000 tabletkadan birinchi ochish nazorati bo'lgan buraladigan qopqoqli polimer bankaga joylanadi. Bankadagi bo'shliq tibbiy paxta bilan to'ldiriladi. Bankaga yorliqli qog'oz yoki o'zi elimlanadigan polimer materialli yorliq elimlanadi.
Farmakodinamikasi
Pirazinamid – tuberkulyozga qarshi sintetik vosita. Kontsentrasiyasi va mikroorganizmning sezuvchanligiga qarab bakteriostatik yoki bakterisid ta'sir ko'rsatadi. Tuberkulostatik faolligi bo'yicha, garchi izoniazid, streptomisin, rifampisindan qolishsa-da, PASK ga nisbatan faolroqdir. Boshqa II-qator tuberkulyozga qarshi preparatlariga chidamli mikobakteriyalarga ta'sir qiladi. Preparat tuberkulyoz mikobakteriyalari bilan shikastlangan o'choqqa yaxshi o'tadi. Uning faolligi kazeoz massalarining kislotalik muhitida pasaymaydi, shu sababli u ko'proq kazeozli limfadenitlar, tuberkulomalar va kazeozli-pnevmotik jarayonlarda buyuriladi.
Farmakokinetikasi
Pirazinamid me'da-ichak yo'llaridan yaxshi so'riladi. Kattalarga 500 mg dozada ichga qabul qilinganidan so'ng qon plazmasida pirazinamidning taxminan 9-12 mkg/ml teng bo'lgan cho'qqi kontsentrasiyasiga 2 soat davomida, 8 soatdan keyin – 7 mkg/ml va 24 soatdan keyin 2 mkg/ml ga erishiladi.
Pirazinamid organizmning to'qimalari va suyuq muhitlariga, jumladan jigar, o'pka, tserebrospinal suyuqlikka o'tadi. Taxminan 50% plazma oqsillari bilan bog'lanadi. Yarim chiqarilish davri jigar va buyrakning funktsiyasi buzilmagan pasientlarda 9-10 soatni tashkil etadi. 24 soat davomida peroral dozasining taxminan 70% buyraklar orqali chiqariladi. Taxminan 4-14% dozasi o'zgarmagan holda chiqariladi. Qoldiqlari metabolitlar holida chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Me'da-ichak yo'llari tomonidan: qusish, ko'ngil aynishi, ishtahani yo'qolishi, og'izda yoqimsiz metall ta'mi, epigastral og'riqlar. Jigar funktsiyasini buzilishi. Peptik yarani zo'rayishi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, uzoq muddat qo'llanganida – bosh og'rig'i, yuqori qo'zg'aluvchanlik, depressiya, uyquni buzilishi, holsizlik, ayrim hollarda – ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, tirishishlar.
Qon yaratish a'zolari va gemostaz tizimi tomonidan: trombositopeniya, sideroblast anemiya, eritrositlarni vakuolizasiyalanishi, porfiriya, giperkoagulyasiya, splenomegaliya.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: mialgiya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: dizuriya, interstisial nefrit.
Boshqalar: gipertermiya, husnbuzar toshmalar, zardobdagi temirning kontsentrasiyasini oshishi. Allergik reaktsiyalar, artralgiya, giperurikemiya, podagrani zo'rayishi, fotosensibilizasiya bo'lishi mumkin. Pirazinamidni ta'sirida organizmda siydik kislotasini to'planishi va bo'g'imlarda podagraga xos og'riqni paydo bo'lishi xaqida ma'lumotlar mavjud. Shuning uchun qonda siydik kislotasining miqdori va jigar transaminazalarining faolligini muntazam ravishda (bir oyda kamida 1 marta) nazorat qilish maqsadga muvofiqdir.
Maxsus saqlash sharoitlari
Qandli diabet bilan xastalangan pasientlarda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin.
Uzoq muddat qo'llanganida jigarga toksik ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Qo'llanilishi
Tuberkulyozni davolash uchun qo'llanadi.
Boshqa tuberkulyozga qarshi preparatlari bilan majmuada quyidagi holatlarda buyuriladi:
o'pka tuberkulyozi;
tuberkulyozli meningit;
suyaklar tuberkulyozi;
siydik-jinsiy a'zolar tuberkulyozida qo'llanadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
individual o'zlashtirolmaslik;
jigar kasalliklari;
podagra;
giperurikemiya;
homiladorlik, laktasiya;
3 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Pirazinamid boshqa tuberkulyozga qarshi preparatlar bilan birga qo'llanadi. Xususan, kasallikning surunkali destruktiv shakllarida uni rifampisin (yaqqol samara) yoki etambutol (yaxshi o'zlashtirilishi) bilan birga qo'llash tavsiya etiladi. Ofloksasin va lomefloksasinning tuberkulyozga qarshi ta'sirini kuchaytiradi. Rifampisin bilan birga qo'llanganida preparatning gepatotoksik ta'sirini rivojlanish ehtimoli kuchayadi, probenesid bilan birga qo'llanganida ekskresiyani pasayishi va oqibatda toksik reaktsiyalar kuchayishi mumkin.
Ta'rifi
dumaloq, yassi tsilindrik, riskali va faskali oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.
Dozirovkasi
Preparat ichga ovqat vaqtida va ovqatdan keyin kuniga bir marta qabul qilinadi, ko'p bo'lmagan miqdordagi suv bilan nonushta vaqtida qabul qilish afzal.
Kattalarga tana vazniga 25-30 mg dan buyuriladi, bu tana vazni 50 kg dan kam bo'lgan shaxslar uchun – 1,5 g va tana vazni 50 kg dan ortiq bo'lgan shaxslar uchun – 2 g ga to'g'ri keladi.
Maksimal sutkalik doza – 2,5 g ni tashkil etadi.
Pirazinamid qoniqarli darajada o'zlashtirilmaganida 2-3 qabulga buyuriladi. Keksa shaxslarga va qariyalarga sutkalik dozasi tana vazniga 150 mg/kg dan oshmasligi kerak. Bunday hollarda preparatni kunora buyurish maqsadga muvofiq.
Bolalarga tana vazniga 15-20 mg/kg dan kuniga 1 marta buyuriladi (maksimal doza kuniga 1,5 gacha bo'ladi).
Pirazinamid aminoglikozidlar (streptomisin yoki kanamisin 15 mg/kg dozada), izoniazid (10 mg/kg), rifampisin (10 mg/kg) bilan majmuada qo'llanadi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, me'dada og'riq, sariqlik, jigar fermentlarining darajasini oshishi, o'tkir o'pka shishi, ongni buzilishi, koma holati, tirishishlar, nafasni faoliyatini buzilishi, giperglikemiya, metabolik ketoasidoz.
Davolash: me'dani yuvish bilan birga ichga faollashtirilgan ko'mir yuborish, jadallashtirilgan diurez, hayotiy muhim funktsiyalarni tutib turish bo'yicha umumiy choralar, gemodializ o'tkazish lozim.
Hajm/og'irlik
PIRAZINAMID tabletkalari 500mg N100 o'xshash dorilari



Pirazinamid boshqa chiqarish shakllari
1[]


