Ташкент
logo
SavatKirish

POLIFIT ELIKSIR 10ml N9

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Xitoy
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:Jilin JRJ Pharmaceutical Co
Barcha POLIFIT dorilari
19 ta dorixonada bor
Narxi 204 400 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 19 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

POLIFIT ELIKSIR 10ml N9 o'xshash dorilari

POLIFIT ELIKSIR 10ml N9 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Xitoy dudniki ildizi efir moyi (karvakrol), tabiiy estrogenlar (fitoestrogenlar), E vitamini, essesial yog'kislotalari, kumarinlar, oshlovchi moddalar, seskviterpenlar, "gorechi", smola, pektin, uglevodlar va boshq. saqlaydi. Dudnik ildizida ko'p kaltsiy, A, V12 vitamini, temir va magniy saqlanadi. Fitoestrogenlar E vitamini bilan ayollar jinsiy gormonlariga yaqin xususiyatlarga ega va ayollar organizmida estrogenni darajasini balansga kelishiga yordam beradi. Dudnikni faol moddalari kompleksi shuningdek, moddalar almashinuvini yaxshilaydi va tomirlarni mustahkamlaydi. 

Astragal ildizi tabiiy antioksidantlar, selen, tokoferol, makro-va mikroelementlar saqlaydi. Yuzgullitukli astragal o'tida flavonoidlar - kversetin, kempferol, A, V, S, E vitaminlari, oshlovchi moddalar, organik kislotalar, kumarinlar, efir moyi, triterpen bog'lamlari – glisirrizin, steroidlar, temir, kaltsiy, fosfor, magniy, natriy, kremniy, marganes va boshqa mikroelementlar, shilliq moddalar, pigmentlar topilgan. Ular yaqqol antioksidant, antigipoksik aktivliklarga ega, tomirlarda metabolizmni yaxshilanishiga yordam beradi, ularni funktsiyasini mustahkamlashga va qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi.

Piongul ildizi efir moylari, uglevodlar, oshlovchi moddalar, glikozidlar, sitosterin, mineral moddalar (kaliy, marganes, S vitamini, flavonoidlar, peonin va peregrenin saqlaydi.  Ularning yordamida qonni hususiyatlari normallashadi: qon suyuladi va natijada - unda tromblar hosil bo'lishini oldi olinadi, diurez yaxshilanadi va shishlar rivojlanishi ehtimoli kamayadi, Markaziy nerv sistemasida tormozlanish jarayonlari yaxshilanadi.

Qizil Angelika ildizi oshlovchi moddalar, kumarinlar, mum, fitosterinlar, pektinlar, angelisin, efir moylari, kaltsiy, fosfor, magniy, kaliy, ftor minerallarini saqlaydi.

Ular antioksidantlar hisoblanadi, silliq mushaklar tonusini, yallig'lanish faktorlarini hosil bo'lishini pasaytiradi, safro va siydik ajralishini yaxshilaydi. Efir moyi MIT shilliq qavatini holatini yaxshilaydi, me'da shirasini normal kislotaliligini qo'llab-quvvatlaydi.

Er chuvalchangi oqsillarga, yog'lar, uglevodlar, mineral moddalarga boy. To'qimalar suyuqligi lyumbritin va terrestrolyumbrolizin (lyumbrakinazalar) enzimini (fermentlar) saqlaydi, ular tromblarni hosil bo'lishini susaytirish, eritishga qodir, tromblarni fibrinini erishini aktivlashi mumkin, yurak tomirlarida qon aylanishini yaxshilaydi, yurak mushaklarini mustahkamlaydi. Er chuvalchangidan ajratilgan azot saqlovchi moddalar immunnitetni rag'batlantirishi, yallig'lanish faktorlarini bostirishi mumkin.

Shaftoli danagi o'z tarkibida bodom moyini, vitaminlar, mikroelementlar, organik kislotalar, oziq-ovqat tolalarini saqlaydi. Ular moddalar almashinuvini, ovqatni xazm qilish va ichakni motorikasini yaxshilovchi hususiyatlarga ega, vitaminlar va mikroelementlar antioksidantlar kabi tomirlarni mustahkamlaydi va qon aylanishini yaxshilaydi.

Saflor glikozidlar, A, D, V12, V6 va S vitaminlarini, natriy, kaliy, kaltsiy, temir, magniy mikroelementlarini saqlaydi. U yo'g'on ichakning tonusini mustahkamlaydi, safro va siydik ajralishini yaxshilaydi, nerv sistemasini yumshoq tinchlantiradi; tonusni yaxshilaydi; yallig'lanishni oladi; hayz tsiklini normallashtiradi; qonda xolesterinni darajasini pasaytiradi; arterial bosimni pasaytiradi.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

9 ta flakon 10 ml dan + trubkachalar.

Farmakologik ta'siri

Xitoyni an'anaviy sog'lomlashtirish usullarini ko'p asrli tarixida yovvoyi tabiatini o'simliklarini shifobaxsh kuchidan foydalangan holda, polifit noyob formulasi yaratilgan. Manbalarga binoan, bioqo'shimchaning xar bir komponenti oy kalendariga muvofiq yilning qat'iy belgilangan davrida, kunida tayyorlanadi, bu esa o'tlarga tabiatning kuchini, kosmosning energiyasini saqlashga va insonni axborot strukturasini uzatishga yordam beradi.  

Mavjud bo'lgan Xitoy qoidalariga binoan, odamni salomatligini qo'llab-quvvatlash ko'p jihatdan tomirlarni va qon aylanishini holatiga bog'liq bo'ladi.

Polifit biokomponentlari:


- kapillyarlarni elastikligini, qonni oquvchanligini va xamma ichki a'zolardagi qon aylanishini yaxshilaydi, tromb hosil bo'lishini xavfini kamaytiradi;

- xolesterinni normal darajasi qo'llab-quvvatlanadi va tomirlarda to'planishi va uni xavfi kamayadi;

- miyada qon aylanishini faollashishi fikrlashni, hotira, diqqatni yaxshilanishiga yordam beradi, boshda "tiniqlik" hisi paydo bo'ladi; 


-ayollar organizmida estrogen darajasini balansini qo'llab

 quvvatlanishi va qon aylanishini yaxshilanishi yurak-tomir sistemasini faoliyatini mustahkamlanishiga yordam beradi va menopauza quyilishlari vaqtida diskomfortni engillashtiradi.


Polifit bioqo'shimchasini qo'llanishi immunnitetni mustahkamlanishiga va quyidagi negativ faktorlar – stress, kislorod etishmovchiligi, aqliy va jismoniy zo'riqishlarga organizmni himoya kuchlarini oshishiga yordam beradi.

Natijada polifit bioqo'shimchasini qo'llanishi aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshishiga yordam beradi, u qarish jarayonini namoyon bo'lishini sekinlashtirishga olib keladi. Shu sababli mahsulotni haqqoniy ravishda salomatlik va uzoq umr ko'rishni manbai deb ataladi.

Maxsus saqlash sharoitlari

BFQ dori vositasi emas!

Qo'llanishidan oldin mutaxassisni maslahati tavsiya qilinadi. Keksa yoshda faqat 5-10 tomchidan qo'llash tavsiya qilinadi.

Dozirovkasi

Polifit eliksirini kattalarga kuniga 2 marta nahorga ovqatdan 40 minut oldin yoki ovqatdan 2 soat keyin qabul tavsiya qilinadi. Qabulni bir martasida 5 tomchidan boshlanadi va 5 ml gacha etkaziladi. Iste'mol qilishdan oldin chayqatilsin.

Analoglar POLIFIT ELIKSIR 10ml N9
Analoglari yo'q

POLIFIT ELIKSIR 10ml N9 haqida savollar

POLIFIT ELIKSIR 10ml N9 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil