Polinevrin
Polinevrin haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
Bolalar ololmaydigan joyda, 25 ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda va havoning nisbiy namligi 60% dan oshmagan sharoitda saqlansin.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi: mikrokristallik sellyuloza (tashuvchi E460), uridin-5-monofosfat dinatriy tuzi, xolin bitartrat, gidroksipropilmetilsellyuloza (tashuvchi E464), talk (yopishib qolishga qarshi modda E553), vitamin B6 (piridoksin gidroxlorid), titan dioksidi (bo‘yoq E171), vitamin B1 (tiamin gidroxlorid), kremniy dioksidi (yopishib qolishga qarshi modda E551), stearin kislotasining kalsiy tuzi (tashuvchi E470), kross-bog‘langan natriy karboksimetilsellyuloza (tashuvchi E468), kartoshka kraxmali (tashuvchi), polietilenglikol (tashuvchi E1521), maltodekstrin (tashuvchi E459), vitamin B9 (foliy kislotasi), xlorofillin mis kompleksi (bo‘yoq E141), vitamin B12 (sianokobalamin).
Sutkalik doza tarkibi:
Komponent mg RSP/AUP %
Vitamin B1 4* 286¹
Vitamin B6 5* 250¹
Vitamin B9 0,4* 200¹
Vitamin B12 0,004* 400¹
xolin 60 12²
uridin-5-monofosfat dinatriy tuzi 150 ----
RSP¹ – TR TS 022/2011 ga muvofiq tavsiya etilgan sutkalik iste’mol darajasi (2-ilova)
AUP² – YEOII yagona talablariga muvofiq adekvat iste’mol darajasi (5-ilova)
• – “Sanitariya-epidemiologik nazoratga (tekshiruvga) taalluqli mahsulotlar uchun yagona sanitariya-gigiyenik talablar” ga muvofiq belgilangan yuqori ruxsat etilgan iste’mol darajasidan oshmaydi (II bob, 1-bo‘lim, 5-ilova)
Oziq-ovqat qiymati:
100 g mahsulotning oziq-ovqat qiymati: oqsillar – 0, yog‘lar – 0, uglevodlar – 1 g.
Energetik qiymati:
100 g mahsulotning energetik qiymati: 15 kJ / 4 kkal
Chiqarilish shakli: 530 mg massali tabletkalar № 21
Farmakologik ta'siri
B guruhi vitaminlari, xolin, nukleotidlar hosilalari, jumladan uridin-5-monofosfat yetishmovchiligi nevrologik buzilishlarning shakllanishiga olib keladi, xususan – periferik nervlar kasalliklari (neyropatiyalar), bu nerv hujayralarining energiya bilan yetarli ta’minlanmasligi, oksidlovchi stress natijasida nerv hujayralari va nerv tolalarining shikastlanishi, neyromediatorlar almashinuvining buzilishi va sinaptik uzatish jarayonlarining buzilishi bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, organizmda xolin, B9 va B12 vitaminlari yetishmovchiligi gomotsistein to‘planishiga olib keladi, bu esa ateroskleroz, yurak-qon tomir va serebrovaskulyar patologiyalar rivojlanish xavfini oshiradi.
B guruhi vitaminlarini kompleks tarzda qo‘llash bosh miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi, stress ta’sirini kamaytiradi, nerv tolalarining o‘sishi va rivojlanishi uchun javob beradigan BDNF neyrotrofik omil konsentratsiyasini oshiradi.
Uridin-5-monofosfatni B guruhi vitaminlari (ayniqsa B12, B6, B9) bilan birga qabul qilish og‘riq sindromining ifodaliligini va tarqalishini kamaytiradi, paresteziya (achishish, uvishish hissi) darajasini pasaytiradi va nerv tolalariga ijobiy ta’siri hisobiga polineyropatiyali bemorlarning reabilitatsiyasini tezlashtiradi.
Polinevrin tarkibida 4 ta suvda eruvchan B guruhi vitamini (B1, B6, B9, B12), xolin va uridin-5-monofosfat mavjud.
Polinevrin vitamin kompleksining sifat va miqdoriy tarkibi nerv tizimi kasalliklarida, xususan periferik nervlar kasalliklarida qo‘llash uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda nerv to‘qimalarida energetik jarayonlarni normallashtirish, nerv hujayralari va tolalari membranalarini shikastlanishdan himoya qilish muhim ahamiyatga ega.
Vitamin B1 (tiamin gidroxlorid) Polinevrin vitamin kompleksi tarkibida nerv hujayralari membranalarini tiklash jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi, nerv tolalari bo‘ylab signal uzatilishini tartibga soladi, shuningdek nerv hujayralarida energiya jarayonlarini ta’minlashda ishtirok etadi.
Vitamin B1 sinapslar (neyronlar orasidagi bog‘lanishlar) hosil bo‘lishida, aksonlar o‘sishida, miyelinlanish jarayonlarida ishtirok etadi. U neyromediatorlar sintezida, xususan atsetilxolin va GAMKda ishtirok etadi, shuningdek antioksidant hisoblanadi.
Vitamin B1 vitamin B6 va B12 bilan kombinatsiyada turli etiologiyali periferik neyropatiyalarda og‘riq darajasini kamaytirishga yordam beradi.
Vitamin B6 (piridoksin gidroxlorid) Polinevrin vitamin kompleksi tarkibida antioksidant va neyroprotektiv ta’sir ko‘rsatadi, nerv tolalarini shikastlanishdan himoya qiladi, shuningdek neyronlarda energiya hosil bo‘lishiga yordam beradi va glyukozadan foydalanishni yaxshilaydi.
Vitamin B6 ish qobiliyatini oshiradi, jismoniy faollikni kuchaytiradi. Turli fermentlar uchun kofaktor sifatida vitamin B6 neyromediatorlar (masalan, GAMK, dopamin, serotonin va noradrenalin) sintezida ishtirok etadi.
Vitamin B9 (foliy kislotasi) Polinevrin vitamin kompleksi tarkibida antioksidant ta’sir ko‘rsatadi va hujayra metabolizmini qo‘llab-quvvatlaydi, gipoksiya sharoitida nerv hujayralarida yallig‘lanish oqsillari ekspressiyasini kamaytiradi va neyronlarni shikastlanishdan himoya qiladi.
Vitamin B9 periferik nerv tolalarining miyelinlanishiga va shikastlangandan keyin tiklanishiga yordam beradi, nerv hujayralari membranalari tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Foliy kislotasi DNK metillanishi orqali nerv tolalarining regeneratsiyasini ham ta’minlaydi.
Vitamin B12 (sianokobalamin) Polinevrin vitamin kompleksi tarkibida nervlarning miyelin qobig‘i hosil bo‘lishini ta’minlaydigan biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi.
U lipoproteinlar sintezini faollashtirish orqali nerv to‘qimalarining regeneratsiyasiga yordam beradi, bu moddalar hujayra membranalari sintezi va miyelinlanish jarayonlari uchun zarur.
Vitamin B12 markaziy nerv tizimi faoliyatida muhim rol o‘ynaydi, monoaminlar (dopamin, serotonin, noradrenalin) almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi.
Uridin-5-monofosfat Polinevrin vitamin kompleksi tarkibida nerv tolalarining regeneratsiyasiga, nervlarning shikastlangan miyelin qobig‘ini tiklashga yordam beradi.
Uning organizmga tashqaridan tushishi shikastlangan nerv tolalarini tiklash va regeneratsiya jarayonlari uchun muhim ahamiyatga ega.
Uridin-5-monofosfat bosh miyada oqsil sintezini kuchaytiradi, nerv hujayralari membranalari shakllanishiga, ularning o‘simtalari rivojlanishiga va hujayralar orasidagi aloqalar hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Xolin Polinevrin vitamin kompleksi tarkibida fosfatidilxolin va sfingomiyelin prekursoridir, ular neyron hujayra membranalari tarkibiga kiradi, shu sababli xolin nerv tolalari membranalarini shikastlanganda tiklanishida ishtirok etadi.
U bosh miyaning ko‘plab funksiyalari (harakatni boshqarish, uyqu, kognitiv funksiyalar – xotira, fikrlash jarayoni) uchun javob beradigan atsetilxolin hosil bo‘lishiga yordam beradi, ishemiya holatidan keyin nerv to‘qimalarining tiklanishini yaxshilaydi.
Qo'llanilishi
Biologik faol qo‘shimcha sifatida – B1, B6, B9, B12 vitaminlarining qo‘shimcha manbai, tarkibida xolin mavjud.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Komponentlarga individual toqatsizlik, homiladorlik va emizish davri. Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Dozirovkasi
Kattalar uchun kuniga 1 marta ovqat vaqtida 1 tabletka, yetarli miqdorda suv bilan ichiladi.
Qabul qilish davomiyligi – 2–3 hafta. Zarur bo‘lsa, qabul qilishni bir oydan keyin takrorlash mumkin.
Yaroqlilik muddati (oy)
2 yil.
Partiya raqami / ishlab chiqarilgan sana / yaroqlilik muddati: qadoqda ko‘rsatilgan.
