RIFAMPISIN 0,15 kapsulalar N100

RIFAMPISIN 0,15 kapsulalar N100 o'xshash dorilari



RIFAMPISIN 0,15 kapsulalar N100 qo'llanmasi
Rifampitsin me'da-ichak yo'llarida tez va to'liq so'riladi. Biokiraolishligi 90—95% ga yetadi. Ichga qabul qilingandan 2—2,5 soat o'tgach qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga erishiladi. Rifampitsin plevral ekssudatda, balg'amda, kavernalar tarkibida, suyak to'qimasida terapevtik kontsentratsiyalarda aniqlanadi; eng yuqori kontsentratsiya jigar va buyraklarda hosil bo'ladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 80—90% ni tashkil qiladi. Rifampitsin gematoensefalik to'siq, yo'ldosh orqali o'tadi, ko'krak sutida aniqlanadi. Jigarda biotransformatsiyalanadi. Yarim chiqarilish davri — 2—5 soat. Qabul qilingandan so'ng 8—12 soat davomida, o'ta sezgir qo'zg'atuvchilarga nisbatan — 24 soat davomida preparat kontsentratsiyasi terapevtik darajada saqlanib turadi. Organizmdan safro, axlat va siydik bilan chiqariladi.
Preparat buyurilganda: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, ishtaha pasayishi, qon plazmasida jigar transaminazalari, bilirubin darajasining oshishi, soxta membranoz kolit, xolestatik sariqlik, gepatit, bosh og‘rig‘i, artralgiyalar, ataksiya, naychali nekroz, interstitsial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, ko‘rish buzilishlari, leykopeniya, kam hollarda — trombotsitopeniya, trombotsitopenik purpura, eozinofiliya, gemolitik anemiya, hayz siklining buzilishi, eshakemi bo‘lishi mumkin; rifampitsin izoniazid bilan birga qo‘llanganda.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Rifampitsin yoki boshqa rifampitsinlarga yuqori sezuvchanlik, sariqlik (shu jumladan mexanik), yaqinda o‘tkazilgan (1 yildan kam) yuqumli gepatit, jigar va buyrak kasalliklari, homiladorlik va laktatsiya (ko‘krak suti bilan emizishni rad etish shart).
Chaqaloqlar va chala tug‘ilgan bolalarda rifampitsin faqat o‘ta zarur hollarda, alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Bolalarda, holsizlangan bemorlarda, alkogol iste’mol qiluvchi bemorlarda, porfiriyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Trombotsitopeniya, purpura, gemolitik anemiya, anafilaktik shok, buyrak yetishmovchiligi va boshqa jiddiy noxush reaksiyalar rivojlanganda rifampitsin bilan davolash to‘xtatiladi.
Sil kasalligini rifampitsin bilan monoterapiya qilish ko‘pincha qo‘zg‘atuvchining antibiotikka chidamliligi rivojlanishi bilan kechadi, shuning uchun uni boshqa silga qarshi vositalar bilan birga qo‘llash kerak. Silga aloqador bo‘lmagan infeksiyalarni davolashda mikroorganizmlarning rezistentligi tez rivojlanishi mumkin; bu jarayonni rifampitsinni boshqa kimyoterapiya vositalari bilan kombinatsiya qilganda oldini olish mumkin.
Preparat uzluksiz terapiya uchun ko‘rsatilmagan.
Preparatni yuborish siydik, axlat, so‘lak, ter, ko‘z yoshi suyuqligi, kontakt linzalarining qizil rangga bo‘yalishi bilan kechishi mumkin.
Rifampitsin bilan davolash sinchkov shifokor nazorati ostida o‘tkazilishi kerak. Preparat bilan davolashni jigar funksiyasini tekshirgandan so‘ng (qonda bilirubin va aminotransferazalar darajasini aniqlash, timol sinamasi) boshlash kerak, davolash jarayonida esa buni har oyda o‘tkazish kerak. Jigar funksiyasi buzilishi belgilari kuchayganda preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Preparat uzoq muddat qo‘llanilganda leykopeniya rivojlanishi mumkinligi sababli qon manzarasini nazorat qilish zarur.
Dozani oshirib yuborish
Belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, uyquchanlik, jigar kattalashishi, sariqlik, qon plazmasida bilirubin, jigar transaminazalari darajasining oshishi; teri, siydik, so‘lak, ter, ko‘z yoshlari va najasning qabul qilingan preparat dozasiga mutanosib ravishda jigarrang-qizil yoki to‘q sariq rangga bo‘yalishi.
Davolash: preparatni qabul qilishni to‘xtatish. Oshqozonni yuvish. Simptomatik terapiya (maxsus antidot yo‘q). Hayotiy muhim funksiyalarni saqlab turish.
Rifampitsin — P-450 sitoxromining kuchli induktori, potensial xavfli dori o'zaro ta'sirini keltirib chiqarishi mumkin. Rifampitsin teofillin, tiroksin, kortikosteroidlar, karbamazepin, fenitoin, peroral antikoagulyantlar, peroral gipoglikemik preparatlar, dapson, ba'zi tritsiklik antidepressantlar, xloramfenikol, flukonazol, ketokonazol, terbinafin, galoperidol, diazepam, bisoprolol, propranolol, diltiazem, nifedipin, verapamil, yurak glikozidlari, xinidin, dizopiramid, propafenon, siklosporin metabolizmini tezlashtiradi (qon plazmasidagi konsentratsiyasi pasayadi va shunga mos ravishda ta'siri kamayadi). OIV-proteaza ingibitorlari (indinavir, nelfinavir) bilan birga qo'llashdan saqlanish kerak. Rifampitsin estrogenlar va gestagenlar metabolizmini tezlashtiradi (peroral kontraseptivlarning kontraseptiv samarasi kamayadi). Ketokonazol rifampitsinning qon plazmasidagi konsentratsiyasini kamaytirishi mumkin.
Sil kasalligini davolashda kattalar uchun o'rtacha sutkalik doza 0,45 g ni tashkil qiladi, preparat sutkasiga 1 marta qabul qilinadi. Tana vazni 50 kg dan ortiq bo'lgan bemorlarda (ayniqsa zo'rayish davrida) sutkalik doza 0,6 g gacha oshirilishi mumkin. 3 yoshdan katta bolalar uchun rifampitsinning o'rtacha sutkalik dozasi tana vazniga 10 mg/kg ni tashkil qiladi (lekin sutkasiga 0,45 g dan oshmasligi kerak), antibiotik sutkasiga 1 marta qabul qilinadi. Rifampitsin yomon o'zlashtirilganda sutkalik doza 2 qabulga bo'linishi mumkin.
Leprda rifampitsinning sutkalik dozasi (0,3—0,45 g) 1 qabulda, yomon o'zlashtirilganda — 2 qabulda yuboriladi. Davolash davomiyligi — 3—6 oy, kurslar 1 oylik oraliq bilan takrorlanadi.
Kombinatsiyalangan leprga qarshi terapiya fonida preparat 0,45 g sutkalik dozada 2—3 qabulda 2—3 hafta davomida 1 yil — 2 yil davomida 2—3 oylik oraliq bilan yoki o'sha dozada 6 oy davomida haftasiga 2—3 marta tayinlanadi. Davolash immunostimulyator vositalar bilan kompleks ravishda o'tkaziladi.
Sil bo'lmagan tabiatli infeksiyalarda kattalarga rifampitsin sutkasiga 0,45—0,9 g dan, bolalarga — tana vazniga 8—10 mg/kg dan sutkasiga tayinlanadi. Preparatni 2—3 qabulda qabul qiladilar. Davolash davomiyligi preparatning samaradorligi va o'zlashtirilishiga qarab individual belgilanadi va 7—10 kunni tashkil qilishi mumkin.
O'tkir gonoreyada ichga 0,9 g dozada sutkasiga bir marta yoki 2 kun davomida tayinlanadi.
Quturishni oldini olish uchun kattalarga ichga sutkasiga 0,45—0,6 g dan; og'ir shikastlanishlarda (yuz, bosh, qo'l panjalarining tishlanishi) — sutkasiga 0,9 g dan tayinlanadi. 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga tana vazniga 8—10 mg/kg dan sutkasiga tayinlanadi. Sutkalik doza 2—3 qabulga bo'linadi. Preparatni qo'llash davomiyligi — 5—7 sutka. Davolash faol immunizatsiya bilan bir vaqtda o'tkaziladi
Rifampitsin boshqa chiqarish shakllari

RIFAMPISIN 0,15 kapsulalar N100 analoglari







