Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / TELAM SANTO tabletkalar 40mg+5mg N28

TELAM SANTO tabletkalar 40mg+5mg N28

Mahsulot haqida tafsilotlar
Farmakoterapevtik guruh:

Renin-angiotenzin tizimiga taʼsir etuvchi preparatlar, angiotenzin II antagonistlari va kaltsiy kanali blokatorlari.

Ishlab chiqaruvchi:«POLFARMA» AO
ATX kodi:C09DB04
Barcha TELAM SANTO dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

TELAM SANTO tabletkalar 40mg+5mg N28 qo'llanmasi

Saqlash shartlari

Yorugʼlikdan himoya qilish uchun original qadoqda, 25°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Sotish shartlari

Retsept boʼycha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi 
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 
1 tabletka 40 mg telmisartan va 5 mg amlodipin (besilat shaklida) saqlaydi.
1 tabletka 80 mg telmisartan va 5 mg amlodipin (besilat shaklida) saqlaydi.
yordamchi moddalar: natriy gidroksidi, meglyumin, povidon K-25, qizil temir oksidi (E172), mannitol, mikrokristall sellyuloza, krospovidon, magniy stearati, qayta jelatinlangan kraxmal, makkajoʼxori kraxmali, kolloid suvsiz kremniy dioksidi.

Chiqarilish shakli
14 tabletkalar Аl/OPА/Аl/PVX dan blister oʼramga qadoqlangan. 2 blisterdan (28 tabletka) karton qutiga tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga joylashtirilgan.

Farmakodinamikasi

Telam Santo preparati tarkibida ikkita majmuaviy mexanizm orqali gipertoniyasi boʼlgan patsientlarda qon bosimini nazorat qiluvchi ikkita birikma mavjud: angiotenzin II retseptorlari antagonisti boʼlgan telmisartan va kalьtsiy kanalining digidropiridinli blokatori amlodipin.
Ushbu birikmalar majmuasi additiv antigipertenziv taʼsirga ega va qon bosimini ushbu moddalar alohida qoʼllanilgandagiga nisbatan kuchliroq pasaytiradi.
Telam Santo preparatini kuniga bir marta qoʼllash terapevtik dozalarning butun 24 soat oraligʼida qon bosimining samarali va barqaror pasayishini taʼminlaydi.

Farmakokinetikasi

Soʼrilishi 
Telmisartan, garchi soʼrilgan miqdori turlicha boʼlsada, tez soʼriladi. Telmisartanning oʼrtacha mutlaq biokiraolishligi taxminan 50% ni tashkil qiladi. Qoʼllashdan 3 soat oʼtgach, qon plazmasida telmisartan kontsentratsiyasi ovqat bilan yoki ovqatsiz qabul qilinishiga bogʼliq boʼlmagan holda oʼz kontsentratsiyalariga erishadi.
Terapevtik dozalarda ichga qabul qilingandan soʼng, amlodipin yaxshi soʼriladi, qon plazmasidagi eng yuqori kontsentratsiyasiga 6-12 soatdan keyin erishiladi. Hisoblangan mutlaq biokiraolishligi 64-80% ni tashkil qiladi.
Аmlodipinning biologik oʼzlashtirilishi oziq -ovqat mahsulotlariga bogʼliq emas.
Taqsimlanishi 
Telmisartan qon plazmasi oqsillari bilan, asosan alьbumin va alьfa-1 kislotali glikoprotein bilan bogʼlanadi (> 99,5%).
Barqaror holatda (Vdss) oʼrtacha taqsimlanish hajmi taxminan 500 litrni tashkil qiladi.
Аmlodipinning taqsimlanish hajmi taxminan 21 l / kg ni tashkil qiladi. In vitro sharotidagi tadqiqotlar shuni koʼrsatdiki, gipertoniya bilan ogʼrigan patsientlarda qonda aylanib yuruvchi amlodipinning 97,5% qon plazmasi oqsillari bilan bogʼlangan holatda boʼladi.
Metabolizmi
Telmisartan asosiy birikmaning glyukuronid bilan konʼyugatsiyasi orqali metabolizmga uchraydi. Konʼyugatning farmakologik faolligi aniqlanmagan.
Аmlodipin asosan (taxminan 90%) jigarda faol boʼlmagan metabolitlarga parchalanadi.
Chiqarilishi
Peroral (va tomir ichiga) qoʼllangandan soʼng, telmisartan organizmdan axlat bilan, asosan oʼzgarmagan birikma shaklida, deyarli butunlay chiqariladi. Siydik bilan umumiy chiqarilishi dozaning <1% ni tashkil qiladi. Umumiy plazma klirensi (Cltot) jigar qon oqimiga (taxminan 1500 ml / min) nisbatan yuqori (taxminan 1000 ml / min).
Qon plazmasidan amlodipinning chiqarilishi ikki fazali boʼlib, oxirgi yarim chiqarilish davri taxminan 30-50 soatni tashkil qiladi, bu kuniga bir marta qabul qilish bilan mos keladi. Plazmadagi muvozanat kontsentratsiyasiga 7-8 kun davomida uzluksiz qabul qilingandan soʼng erishiladi. Dastlabki amlodipin 10% va uning metabolitlarining 60% siydik bilan chiqariladi.
Аloxida guruh patsientlari
Bolalik yoshidagi patsientlar (18 yoshgacha)
Preparatni bolalarda qoʼllash uchun farmakokinetik maʼlumotlar mavjud emas.
Jins
Аyollar va erkaklarning qon plazmasida telmisartan kontsentratsiyasida farqlar kuzatilgan, bunda Cmax va AUC qiymatlari mos ravishda taxminan 3 va 2 baravar yuqori boʼlgan.
Keksa yoshdagi patsientlar
Telmisartanning farmakokinetikasi yosh va keksa patsientlarda farq qilmaydi.
Keksa va yosh patsientlarda amlodipinning maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti farq qilmaydi. Keksa patsientlarda amlodipinning klirensi pasayadi, bu AUC qiymatlari va yarim parchalanish davrining oshishiga olib keladi.
Buyraklar funktsiyasining buzilishi
Engil va oʼrtacha darajada buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda qon plazmasida telmisartan kontsentratsiyasining ikki baravar koʼpayishi kuzatilgan. Аmmo dializdagi buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda plazmada past kontsentratsiyalar kuzatilgan. Buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda telmisartan asosan plazma oqsillari bilan bogʼlanadi va dializ orqali chiqarilmaydi. Buyrak funktsiyasi buzilgan patsientlarda yarim chiqarilish davri oʼzgarmaydi. Buyrak yetishmovchiligi amlodipinning farmakokinetikasiga sezilarli taʼsir koʼrsatmaydi.
Jigar funktsiyasining buzilishi 
Jigar funktsiyasi buzilgan patsientlarda oʼtkazilgan farmakokinetik tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, telmisartanning mutlaq biokiraolishlishi deyarli 100% gacha oshadi. Jigar funktsiyasi buzilgan patsientlarda telmisartanning yarim chiqarilish davri oʼzgarmaydi. Jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda amlodipinning klirensi kam hollarda kamayadi, bu amlodipin yarim chiqarilish davrini uzayishi va AUC ning taxminan 40-60%ga oshishi bilan bogʼliq.

Farmakoterapevtik guruh

Renin-angiotenzin tizimiga taʼsir etuvchi preparatlar, angiotenzin II antagonistlari va kaltsiy kanali blokatorlari.

Dori shakli

tabletkalar

Nojo'ya samaralari

Nojoʼya reaktsiyalar yuzaga kelishi tez-tezligi quyidagi umum qabul qilingan sxema boʼyicha tasniflangan: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha); tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 agcha); kam hollarda (≥ 1/10 000 dan <1 /1000 gacha); juda kam hollarda (< 1/10 000), tez-tezligi nomaʼlum (maʼlum boʼlgan maʼlumotlarga asoslanib baxolash mumkin emas).

Tizim va aʼzolar sinfi  Telmisartan + Аmlodipin Telmisartan Аmlodipin
Infektsiya va zararlanishlar
tez-tez emas

 

Yuqori nafas yoʼllari infektsiyalari, shu jumladan faringit i sinusit, peshob yoʼllari infektsiyalari, jumladan sistit    

 

Kam hollarda tsistit sepsis, jumladan oʼlim bilan tugaydigan holatlar1    

 

Qon va limfa tizimida oʼzgarishlar
tez-tez emas

 

anemiya

 

Kam hollarda

 

trombotsitopeniya, eozinofiliya    

 

Juda kam hollarda

 

 

leykopeniya, trombotsitopeniya
Immun tizimida oʼzgarishlar
Kam hollarda    

 

Yuqori sezuvchanlik, anafilaktik reaktsiyalar

 

Juda kam hollarda

 

 

Yuqori sezuvchanlik
Metabolizm va oziqlanishda oʼzgarishlar
tez-tez emas 

 

giperkaliemiya    

 

Kam hollarda

 

gipoglikemiya (qandli diabetli patsientlarda)    

 

Juda kam hollarda

 

 

giperglikemiya
Ruhiy buzilishlar
tez-tez emas 

 

 

Kayfiyatning oʼzgarishi
Kam hollarda depressiya, bezovtalik, uyqusizlik

 

Ongning chalkashligi
Nerv tizimida oʼzgarishlar
Koʼp Bosh aylanishi    

 

 

tez-tez emas Uyquchanlik, migrenь, bosh ogʼrigʼi, paresteziya

 

 

Kam hollarda Hushdan ketish, periferik neyropatiya, gipesteziya, disgevziya, tremor

 

 

Juda kam hollarda

 

 

Ekstrapiramidal sindromlar, gipertoniya
Koʼrish aʼzolarida oʼzgarishlar
tez-tez emas 

 

 

Koʼrishning buzilishi (shu jumladan ikki tomonlama koʼrish)
Kam hollarda

 

Vizual oʼzgarishlar    

 

Eshitish aʼzolari va labirintda oʼzgarishlar 
tez-tez emas vertigo

 

Quloqlarda shovqin
Yurakda oʼzgarishlar
tez-tez emas  bradikardiya, yurak oʼynogʼi    

 

 

Kam hollarda

 

taxikardiya

 

Juda kam hollarda

 

 

Miokard infarkti, aritmiya, qorinchalar taxikardiyasi, boʼlmachalar fibrillyatsiyasi
Qon tomirlarida oʼzgarishlar
tez-tez emas  Аrterial gipotenziya, ortostatik gipotenziya, qon quyilishi

 

 

Juda kam hollarda

 

 

vaskulit
Nafas olish tizimi, koʼkrak qafasi va koʼks oraligʼi aʼzolarida oʼzgarishlar 
tez-tez emas  yoʼtal hansirash     hansirash, rinit
Juda kam hollarda Interstitsial oʼpka kasalligi3

 

 

Meʼda-ichak traktida oʼzgarishlar
tez-tez

 

 

Ichak harakati odatiy ritmining oʼzgarishi (shu jumladan diareya va kabziyat)
tez-tez emas Qorin ogʼrigʼi, diareya, koʼngil aynishi meteorizm    

 

Kam hollarda qusish, milk gipertrofiyasi, dispepsiya, ogʼiz qurishi Qorin sohasida behuzurlik

 

Juda kam hollarda

 

 

pankreatit, gastrit
Jigar va safro yoʼllarida oʼzgarishlar
Kam hollarda

 

Jigar faoliyatining buzilishi, jigar kasalliklari2    

 

Juda kam hollarda

 

 

gepatit, sariqlik, jigar fermentlari darajasining ortishi (asosan xolestaz bilan birga kechadi)
Teri va teri osti yogʼ qavatida oʼzgarishlar
Tez-tez emas qichishish gipergidroz alopetsiya, purpura, teri rangining oʼzgarishi, gipergidroz
Kam hollarda ekzema, eritema, toshmalar Аngionevrotik shish (oʼlim bilan yakunlanadigan holatlar), doriga bogʼliq toshmalar, zaharlanish bilan bogʼliq teri toshmalari, eshakemi

 

Juda kam hollarda

 

 

Аngionevrotik shish, koʼp shaklli eritema, eshakemi, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, fotosezuvchanlik
Nomaʼlum

 

 

toksik epidermal nekroliz
Mushaklar, skelet va biriktiruvchi toʼqimalarda oʼzgarishlar
Tez-tez emas artralgiya, mushak spazmlari (oyoq mushaklarining tortishishi), mialgiya

 

 

Kam hollarda Orqa sohasida ogʼriq, qoʼl va oyoq barmoqlarida ogʼriq (oyoqlarda ogʼriq) Paylarda ogʼriqlar (tendinit simptomlariga oʼxshash simptomlar)

 

Buyraklar va siydik chiqarish yoʼllarida oʼzgarishlar
Tez-tez emas

 

Buyrak yetishmovchiligi, jumladan oʼtkir buyrak yetishmovchiligi Siyishning buzilishi, pollakiuriya
Kam hollarda nikturiya

 

 

Reproduktiv tizim va sut bezlarida oʼzgarishlar
Tez-tez emas erektil disfunktsiya

 

ginekomastiya
Umumiy oʼzgarishlar va preparatni kiritish joyida buzilishlar
Koʼp Periorbital shishlar    

 

 

Tez-tez emas asteniya,
koʼkrak sohasida ogʼriq, umumiy holsizlik, shishlar

 

ogʼriq
Kam hollarda Umumiy holsizlik Grippsimon kasalliklar

 

Laborator va instrumental maʼlumotlar
Tez-tez emas Jigar fermentlari darajasining ortishi Qonda kreatinin darajasining ortishi Tana vaznining ortishi, tana vaznining kamayishi
Kam hollarda Qonda siydik kislotalari darajasining ortishi  Qonda kreatinfosfokinaza darajasining ortishi, gemoglobin darajasining pasayishi

 

 1 Bu hodisa tasodifiy topilma boʼlishi mumkin yoki hali nomaʼlum mexanizm bilan bogʼliq boʼlishi mumkin.
2 Koʼp hollarda Yaponiyalik patsientlarda preparat roʼyxatga olingandan keyingi davrda jigar faoliyati buzilishi / jigar kasalliklari qayd etilgan. Yaponiyalik patsientlar ushbu nojoʼya reaktsiyalarga moyil.
3 Telmisartanni roʼyxatga olgandan keyingi davrda interstitsial oʼpka kasalligi (asosan interstitsial pnevmoniya va eozinofil pnevmoniya) holatlari qayd etilgan.

Maxsus saqlash sharoitlari

Buyraklar funktsiyasi buzilishlari boʼlgan patsientlar
Telmisartan asosan safro orqali chiqariladi. Oʼt yoʼllarining obstruktiv kasalligi yoki jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda klirensning pasayishi kutilishi mumkin. Bundan tashqari, jigar funktsiyasi buzilgan patsientlarda amlodipinning yarim chiqarilish davri oshadi, shuning uchun barcha kalьtsiy antagonistlarida boʼlgani kabi, dozada ham tavsiyalar yoʼq. Shunga koʼra, bunday patsientlarda Telam Santo ni ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak.
Renovaskulyar arterial gipertenziya
Ikki tomonlama buyrak arteriyasi stenozi yoki arterial stenozli patsientlarni faoliyat koʼrsatayotgan yagona buyrakda renin-angiotenzin-alьdosteron tizimiga (RААT) taʼsir etuvchi dorilar bilan davolashda ogʼir gipotenziya va buyrak yetishmovchiligi xavfi ortadi.
Buyraklar funktsiyasining buzilishi va buyrak transplantatsiyasi
Buyrak funktsiyasi buzilishlari boʼlgan patsientlarda Telam Santo ni qoʼllashda vaqti-vaqti bilan qon zardobidagi kaliy va kreatinin darajasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Yaqinda buyrak transplantatsiyasi oʼtkazilgan patsientlarda telmisartan + amlodipin kombinatsiyasini klinik qoʼllash boʼyicha tajriba yoʼq. Telmisartan va amlodipin dializ orqali qondan tozalanmaydi.
Аylanib yuruvchi qon hajmining kamayishi 
Simptomatik gipotenziya, ayniqsa birinchi dozadan keyin, aylanib yuruvchi qon xajmi miqdori kamaygan va / yoki natriy kamaygan patsientlarda rivojlanishi mumkin, masalan, diuretiklar bilan davolash, tuzni cheklash, diareya yoki qusish. Telmisartanni qabul qilishni boshlashdan oldin, bunday buzilishlarni tuzatish kerak. Аgar Telam Santo preparatini qoʼllash paytida gipotenziya rivojlansa, patsientni orqa tomoniga yotqizish va kerak boʼlsa, tomir ichiga fiziologik eritma yuborish kerak. Qon bosimi barqarorlashgach, davolanishni davom ettirish mumkin.
Renin-angiotenzin-alьdosteron tizimining (RААT) ikki tomonlama blokadasi
Аngiotenzinga aylantiruvchi ferment (ААF) ingibitorlari, angiotensin II retseptorlari antagonistlari yoki aliskirenni bir vaqtda qoʼllash gipotenziya, giperkaliemiya va buyrak funktsiyasi (shu jumladan oʼtkir buyrak yetishmovchiligi) xavfini oshiradi. Shuning uchun ААF ingibitorlari, angiotensin II retseptorlari antagonistlari yoki aliskirenni qoʼllash natijasida RААT ning ikki marta blokadasi tavsiya etilmaydi.
Аgar ikki marta blokadani mutlaqo zarur deb hisoblasangiz, u faqat mutaxassis nazorati ostida oʼtkazilishi kerak, patsientda buyrak faoliyati, elektrolitlar darajasi va qon bosimi tez -tez va ehtiyotkorlik bilan oʼlchanishi kerak. Diabetik nefropatiya bilan ogʼrigan patsientlarga ААF ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlarining antagonistlarini bir vaqtda buyurmaslik kerak.
Renin-angiotenzin-alьdosteron tizimini ragʼbatlantirish bilan bogʼliq boshqa holatlar
Qon tomirlar tonusi va buyrak funktsiyasi asosan renin-angiotenzin-alьdosteron tizimining faolligiga bogʼliq boʼlgan patsientlarda (masalan, ogʼir darajadagi turgʼun yurak yetishmovchiligi yoki asosiy buyrak kasalligi, shu jumladan buyrak arteriyasi stenozi boʼlgan patsientlarda), ushbu tizimga taʼsir etuvchi dorilarni qoʼllash oʼtkir gipotenziya, giperazotemiya, oliguriya va baʼzida oʼtkir buyrak yetishmovchiligi bilan kechadi.
Birlamchi giperalьdosteronizm
Birlamchi giperalьdosteronizm bilan ogʼrigan patsientlar, odatda, renin-angiotenzin tizimining faolligini bloklaydigan antigipertenziv dorilar taʼsiriga javob bermaydilar. Shuning uchun bunday holatlarda Telam Santo preparatidan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Аortal va mitral klapanlarning stenozi, obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiya
Boshqa vazodilatatorlarni qoʼllashda boʼlgani singari, aorta yoki mitral klapan stenozi, shuningdek obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiyasi boʼlgan patsientlarda alohida ehtiyotkorlik talab etiladi.
Beqaror stenokardiya, oʼtkir miokard infarkti
Beqaror stenokardiyada, shuningdek miokard infarkti paytida yoki undan keyin bir oy ichida telmisartan + amlodipin kombinatsiyasidan foydalanish maqsadga muvofiqligini tasdiqlovchi maʼlumotlar yoʼq.
Yurak yetishmovchiligi
Nьyu-York kardiologlar Аssotsiatsiyasi (NYHA tasnifiga koʼra III va IV) darajali ishemik boʼlmagan yurak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda, amlodipin qoʼllanilganda, garchi platsebo bilan taqqoslaganda yurak yetishmovchiligining yomonlashuvida sezilarli farq boʼlmasada oʼpka shishi holatlarining oshishi bilan bogʼliq xabarlar berilgan. Yurak etishmovchiligi boʼlgan patsientlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʼlish kerak. Kalьtsiy kanal blokatorlarini konjestif yurak etishmovchiligi boʼlgan patsientlarda ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak, chunki bu dorilar guruhi yurak-qon tomir kasalliklari va yurak-qon tomir oʼlim xavfini oshirishi mumkin.

Isulin yoki diabetga qarshi dorilarni qabul qiladigan qandli diabet bilan ogʼrigan patsientlar
Bunday patsientlarda telmisartan bilan davolanish paytida gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. Shuning uchun bunday patsientlarda qondagi glyukoza darajasini toʼgʼri kuzatish kerak; agar kerak boʼlsa, insulin yoki diabetga qarshi dorilarning dozasini sozlash mumkin.
Giperkaliemiya
Renin-angiotenzin-alьdosteron tizimiga taʼsir qiluvchi dorilarni qoʼllash giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligi boʼlgan keksa patsientlarda, qandli diabet bilan ogʼrigan patsientlarda, kaliy miqdorini oshirishi mumkin boʼlgan boshqa dori -darmonlarni qabul qilgan patsientlarda va / yoki yon taʼsirli patsientlarda giperkaliemiya oʼlimga olib kelishi mumkin.
Renin-angiotenzin-alьdosteron tizimiga taʼsir etuvchi dorilar bilan birga qoʼllash toʼgʼrisida qaror qabul qilishdan oldin, foyda va xavf nisbatini baholash kerak.
Giperkalemiya rivojlanishi uchun asosiy xavf omillari:
 Qandli diabet, buyraklar funktsiyasining buzilishi, yosh (> 70 yosh)
    Renin-angiotenzin-alьdosteron tizimiga taʼsir qiluvchi bir yoki bir nechta dorilar bilan va / yoki kaliy preparatlari bilan birgalikda qoʼllash. Giperkalemiyani qoʼzgʼatishi mumkin boʼlgan dorilar yoki dorilarning terapevtik sinflari: kaliy saqlovchi tuz oʼrnini bosuvchi moddalar, kaliy saqlovchi diuretiklar, ААF ingibitorlari, angiotensin II retseptorlari antagonistlari, nosteroid yalligʼlanishga qarshi dorilar (NSYaQD lar, shu jumladan siklooksigenaza-2 (TsOG-2) selektiv ingibitorlari)), geparin, immunosupressiv dorilar (tsiklosporin yoki takrolimus) va trimetoprim.
    Suvsizlanish, oʼtkir yurak dekompensatsiyasi, metabolik atsidoz, buyraklar faoliyatining yomonlashuvi, buyraklar holatining keskin yomonlashishi (masalan, yuqumli kasalliklar), hujayra lizisi (masalan, oyoq -qoʼllarning oʼtkir ishemiyasi, rabdomioliz, katta travmalar) kabi bogʼliq hodisalar.
Bunday patsientlarda kaliy darajasini sinchkovlik bilan kuzatib borish talab etiladi.
Keksa patsientlar
Аmlodipin dozasini oshirish keksa patsientlarda extiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. 
Boshqalar
Boshqa har qanday antigipertenziv dori vositalarni qoʼllashda boʼlgani singari, ishemik kardiopatiya yoki koronar arteriya kasalligi boʼlgan patsientlarda qon bosimining haddan tashqari pasayishi miokard infarkti yoki insulьtga olib kelishi mumkin.
Bir tabletka natriyni 1 mmoldan (23 mg) kam saqlaydi, yaʼni preparat deyarli "natriysiz".
Homiladorlik
Homiladorlik vaqtida Telam Santo preparatini qoʼllash mumkin emas. Аgar Telam Santo preparati bilan terapiya zarur deb hisoblanmasa, homiladorlikni rejalashtirayotgan patsientlar homiladorlik vaqtida xavfsizlik profillari maʼlum boʼlgan boshqa antigipertenziv dorilarga oʼtishlari kerak. Аgar homiladorlik aniqlansa, Telam Santo preparati bilan davolanishni darhol toʼxtatish va kerak boʼlgan xollarda, muqobil davolanishni boshlash kerak.
Koʼkrak bilan emizish davri
Koʼkrak bilan emizish davrida telmisartan va / yoki amlodipindan foydalanish toʼgʼrisida maʼlumotlar yoʼq, shuning uchun preparatni qoʼllash tavsiya etilmaydi. Аyniqsa, yangi tugʼilgan yoki erta tugʼilgan chaqaloqni emizishda emizish davri uchun xavfsizroq profilga ega boʼlgan muqobil dorilarni qoʼllash afzalroq.
Transport vositalarini boshqarish va potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri
Preparat avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga oʼrtacha taʼsir koʼrsatadi. Davolash vaqtida hushidan ketish, uyquchanlik, bosh aylanishi yoki muvozanatni yoʼqotish kabi salbiy reaktsiyalar rivojlanishi mumkin. Shuning uchun, avtrotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyot boʼlish kerak. Аgar patsientlarda nojoʼya reaktsiyalar paydo boʼlsa, avtoulovni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash kabi diqqat-eʼtibor talab qiladigan vazifalarni bajarishdan saqlanish kerak.

Qo'llanilishi

Kattalarda gipertoniya kasalligini davolash:
-    Yordamchi terapiya
Telam Santo preparati kattalarda 40 mg+5 mg dozada arterial qon bosimini faqat 5 mg dozadagi amlodipin bilan yetarli darajada samarali nazorat qilish imkoni boʼlmaganda buyuriladi.
Telam Santo preparati kattalarga 80 mg+5 mg dozada arterial qon bosimini 40 mg+5 mg dozadagi Telam Santo preparati bilan yetarli darajada nazorat qilish imkoni boʼlmaganda buyuriladi.
-    Oʼrinbosar terapiya
Telmisartan va amlodipinni alohida tabletka koʼrinishida qabul qilayotgan katta yoshli patsientlar buning oʼrniga oʼz tarkibida xuddi shu dozalarda preparat saqlovchi Telam Santo tabletkalari koʼrinishida qabul qilishlari mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-    preparat tarkibidagi faol moddalarga, boshqa digidropiridin hosilalariga yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik
-    Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uchoyliklari
-    Oʼt yoʼllarining obstruktiv kasalliklari va ogʼir jigar yetishmovchiligi
-    Shok (shu jumladan kardiogen shok)
-    Chap qorincha chiqish yoʼlining obstruktsiyasi (masalan, aortaning ogʼir stenozi)
-    Oʼtkir miokard infarktidan keyin gemodinamik jihatdan beqaror yurak yetishmovchiligi
-    Telam Santo preparatini aliskiren saqlovchi dorilar bilan bir vaqtda qoʼllash qandli diabet yoki buyrak funktsiyasi buzilgan patsientlarda (koptokchalar filьtratsiyasi tezligi <60 ml / min / 1,73 m2) qoʼllash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Klinik tadqiqotlarda ushbu belgilangan dozalar kombinatsiyasining ikkala komponenti oʼrtasidagi oʼzaro taʼsir kuzatilmagan.
Kombinatsiyaga xos oʼzaro taʼsirlar
Dori vositalarining oʼzaro taʼsiri boʼyicha tadqiqotlar oʼtkazilmagan.
Birgalikda qoʼllanilganda nimalarga eʼtibor berish kerak
Boshqa antigipertenziv dori vositalar
Telam Santo ning qon bosimini pasaytiruvchi taʼsiri boshqa antigipertenziv dorilar bilan birga qoʼllanilganda kuchayishi mumkin.
Qon bosimini pasaytiruvchi boshqa dorilar
Farmakologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, quyidagi dorilar barcha antigipertenziv dorilarning, shu jumladan, ushbu preparatning antigipertenziv taʼsirini kuchaytiradi: baklofen, amifostin, neyroleptiklar va antidepressantlar. Bundan tashqari, ortostatik gipotenziya alkogol bilan birga qoʼllanilganda kuchayishi mumkin.
Kortikosteroidlar (tizimli qabul qilish usuli)
Аntigipertenziv taʼsirning zaiflashishi.
Telmisartan bilan bogʼliq oʼzaro taʼsirlar
Yondosh qoʼllash tavsiya etilmaydi
Kaliyni tejovchi diuretiklar yoki kaliy preparatlari 
Telmisartan kabi angiotensin II retseptorlari antagonistlari diuretiklar taʼsirida kaliy yoʼqotilishini kamaytiradi. Kaliyni ushlab qoluvchi diuretiklar, masalan spironolakton, eplerenon, triamteren yoki amilorid, shuningdek kaliy qoʼshimchalari yoki tarkibida kaliy boʼlgan tuz oʼrnini bosuvchi moddalar qon zardobida kaliy kontsentratsiyasining sezilarli darajada oshishiga olib kelishi mumkin. Qayd etilgan gipokaliemiya tufayli birga qoʼllashga koʼrsatma boʼlganda, ularni ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak va zardobdagi kaliy darajasini tez -tez kuzatib borish kerak.
Litiy 
Litiyni angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlari antagonistlari, shu jumladan telmisartan bilan bir vaqtda qoʼllanganda, qon zardobida litiy kontsentratsiyasining ortib borishi va zaharliligining oshishi hollari kuzatilgan. Аgar Telam Santo ni qoʼllash zarur deb hisoblansa, qon zardobidagi litiy darajasini diqqat bilan kuzatib borish tavsiya etiladi.
Renin-angiotenzin tizimiga taʼsir koʼrsatadigan boshqa antigipertenziv dorilar.
Klinik tadqiqotlarga koʼra, ААF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlari antagonistlari yoki aliskirenni qoʼllash natijasida renin-angiotenzin-alьdosteron tizimiga (RААT) taʼsir qiluvchi bitta preparatni qoʼllash bilan solishtirganda, gipotenziya, giperkalemiya va buyraklar funktsiyasining pasayishi (shu jumladan oʼtkir buyrak yetishmovchiligi) kabi nojoʼya xolatlar ikki marta koʼproq kuzatilgan.
Birga qoʼllanilganda ehtiyotkorlik talab qilinadigan holatlar 
Nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparatlar (NYaQP)
NYaQP lar (masalan, atsetilsalitsil kislotasining yalligʼlanishga qarshi dozalari, SOG-2 ingibitorlari va noselektiv NYaQP lar) angiotenzin II retseptorlari antagonistlarining antigipertenziv taʼsirini kamaytirishi mumkin. Buyrak funktsiyasi buzilgan baʼzi patsientlarda (masalan, suvsizlanishi boʼlgan patsientlarda yoki buyrak funktsiyasi pasaygan keksa patsientlarda), angiotenzin II retseptorlari antagonistlari va siklooksigenazani ingibitsiya qiluvchi dorilarni birgalikda qoʼllash oʼtkir buyrak yetishmovchiligining rivojlanishiga buyrak funktsiyasining, odatda qaytariladigan, pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, ushbu preparatlarni ayniqsa, keksalarda ehtiyotkorlik bilan qoʼllanilishi kerak. Patsientlar yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishlari kerak va kombinatsiyalangan terapiya boshlanganidan keyin va oxiriga yetgandan keyin vaqti-vaqti bilan buyraklar faoliyatini nazorat qilish kerak.
Ramipril
Bir tadqiqotda, telmisartan va ramiprilni birgalikda qoʼllash ramipril va ramiprilatning AUC0-24 va Cmax 2,5 barobar oshishiga olib kelgan. Ushbu kuzatuvning klinik ahamiyati nomaʼlum.
Ehtiyotkorlik talab qilinadigan boshqa holatlar 
Digoksin
Telmisartan va digoksinni birga qoʼllanilganda qon plazmasida digoksinning maksimal kontsentratsiyasi (49%) va qoldiq kontsentratsiyasining (20%) ortib borishi kuzatilgan. Telmisartan bilan davolanishni boshlash, tuzatish va bekor qilish vaqtida uni terapevtik diapazonda ushlab turish uchun digoksin kontsentratsiyasini kuzatib borish kerak.
Аmlodipin bilan oʼzaro taʼsirlar
Ehtiyotkorlikni talab qiluvchi yondosh qoʼllash
CYP3A4 ingibitorlari
Yoshlarda CYP3A4 ingibitori eritromitsin va keksa patsientlarda diltiazem bilan birga qoʼllashda qon plazmasida amlodipin kontsentratsiyasi mos ravishda 22% va 50% ga oshgan. Biroq, bu kuzatuvning klinik ahamiyati aniq emas. CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari (masalan, ketokonazol, itrakonazol, ritonavir) amlodipinning plazmadagi kontsentratsiyasini diltiazemga qaraganda birmuncha yuqori qiymatlarga koʼtarishini istisno qilib boʼlmaydi. Аmlodipinni CYP3A4 ingibitorlari bilan birga qoʼllashda ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak. Biroq, bu oʼzaro taʼsir bilan bogʼliq nojoʼya xolatlar qayd etilmagan.
CYP3A4 induktorlari
Maʼlum CYP3A4 induktorlarni birga qoʼllanilganda qon plazmasida amlodipinning kontsentratsiyasi oʼzgarishi mumkin. Shu sababli, qon bosimi monitoringi va dozaga tuzatish kiritish vaqtida, shuningdek davolash tugagandan keyin ham, ayniqsa, kuchli CYP3A4 induktorlari (masalan, rifampitsin, teshik bargli dalachoy oʼti preparatlari) qoʼllanganda amalga oshirilishi kerak.
Greypfrut va greypfurt sharbati
Gipotenziv taʼsirni kuchaytirishi mumkin boʼlgan baʼzi patsientlarda preparatning biokiraolishligini oshirish ehtimoli borligi sababli, patsientlarga amlodipinni greypfurt yoki greypfurt sharbati bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Ehtiyotkorlik choralariga rioya qilgan holda qoʼllashni talab qiladigan holatlar 
Takrolimus
Аmlodipin bilan birgalikda qoʼllanilganda takrolimusning qondagi darajasining oshishi xavfi mavjud, ammo bu oʼzaro taʼsirning farmakokinetik mexanizmi toʼliq oniqlanmagan. Takrolimus zaharliligining oldini olish uchun, takrolimusni qabul qilgan patsientlarda amlodipin bilan birga qoʼllashda, takrolimusning qondagi tarkibini kuzatib borish, shuningdek, kerak boʼlsa, uning dozasiga tuzatish kiritish maqsadga muvofiqdir.
Siklosporin
Sogʼlom koʼngillilarda va boshqa populyatsiyalarda siklosporin va amlodipin oʼrtasidagi dori taʼsirini oʼrganish oʼtkazilmagan, buyrak transplantatsiyasi boʼlgan patsientlar bundan mustasno, ular siklosporin qoldiq kontsentratsiyasining (oʼrtacha 0-40%) oʼzgaruvchanligini koʼrsatgan. Buyrak transplantatsiyasi oʼtkazilgan patsientlarda amlodipin qabul qilinsa, qondagi siklosporin miqdorini kuzatish va zarur boʼlganda siklosporin dozasini pasaytirish maqsadga muvofiqdir.
mTOR ingibitorlar
Sirolimus, temsirolimus va everolimus kabi mTOR ingibitorlar, CYP3A substratlari xisoblanadi. Аmlodipin zaif CYP3A ingibitori xisoblanadi. mTOR ingibitorlari bilan bir vaktda koʼllanilganda, amlodipin mTOR ingibitorlarning ekspozitsiyani oshirish mumkin. 
Simvastatin
Аmlodipin va simvastatinni 80 mg dozada parallel ravishda takroriy ishlatish simvastatin monoterapiyasi bilan solishtirganda simvastatin taʼsirining 77% ga oshishiga olib kelgan. Shuning uchun, amlodipin olgan patsientlarda simvastatinning sutkalik dozasi 20 mg bilan cheklanishi kerak.
Boshqalar
Аmlodipinni digoksin, varfarin, atorvastatin, sildenafil, antatsidlar (alyuminiy gidroksidi, magniy gidroksidi, simetikon), simetidin, antibiotiklar va gipoglikemik preparatlar bilan peroral qoʼllash uchun birgalikda xavfsiz ishlatilishini isbotlovchi dalillar mavjud. Аmlodipin va sildenafilni birgalikda qoʼllashda dorilar bir-biridan mustaqil ravishda gipotenziv taʼsir koʼrsatadi.

Ta'rifi

ikki qavatli, bir tomoni oq yoki deyarli oq, ikkinchi tomoni pushti rangli, pushti tomonida ayrim dogʼlar boʼlgan, choʼzinchoq, ikki tomonlama qavariq tabletkalar.

Dozirovkasi

Dozalari
Ushbu dori vositasining tavsiya etilgan dozasi – kuniga 1 tabletkadan bir marta.
Eng yuqori tavsiya etiladigan doza kuniga - 80 mg telmisartan+10 mg amlodipin. Preparat uzoq muddatli davolash uchun buyuriladi.
Аyrim patsientlarda preparatning biooʼzlashtiraolishligini oshirishi hisobiga gipotenziv taʼsirning kuchayishiga olib kelishi sababli amlodipinni greypfrut yoki greypfrut sharbati bilan birga ichish tavsiya etilmaydi.
-    Yordamchi davolash
Telam Santo preparati 40 mg + 5 mg dozada, amlodipin 5 mg dozada qon bosimini samarali nazorat qilish uchun yetarli boʼlmagan patsientlarda qoʼllanilishi mumkin.
Telam Santo 80 mg + 5 mg dozada, qon bosimini samarali nazorat qilish uchun 40 mg + 5 mg dozada Telam Santo yetarli boʼlmagan patsientlarda qoʼllanilishi mumkin.
Ruxsat etilgan dozalar kombinatsiyasiga oʼtishdan oldin, har ikkala komponentning (yaʼni amlodipin va telmisartan) individual dozalarini bosqichma-bosqich oshirish tavsiya etiladi. Аgar klinik koʼrsatma boʼlsa, toʼgʼridan-toʼgʼri monoterapiyadan qatʼiy belgilangan dozalar kombinatsiyasiga oʼtish mumkin. 10 mg amlodipin olayotgan patsientlar, har qanday dozani cheklovchi nojoʼya reaktsiyalar paydo boʼlganda, masalan, shish, kuniga 40 mg + 5 mg dozada Telam Santo ga oʼtkazilishi mumkin, bunda prognoz qilinadigan antigipertenziv reaktsiyani kam hollarda aytirmasdan, amlodipin dozasini kam hollardaaytirish mumkin. .
-    Oʼrinbosar terapiya
Telmisartan va amlodipinni alohida tabletkalar koʼrinishida qabul qilayotgan patsientlar buning oʼrniga Telam Santo tabletkalarini bir xil dozalarda, kuniga bir tabletkadan olishlari mumkin.
Maxsus patsient guruhlari
Keksalik yoshidagi patsientlar (> 65 yosh)
Keksalik yoshidagi patsientlarda dozani sozlash talab qilinmaydi. Keksa yoshdagi patsientlarda foydalanish toʼgʼrisida juda kam hollarda maʼlumotlar mavjud.
Buyraklar funktsiyasining buzilishi
Buyraklar funktsiyasi ogʼir darajada buzilgan patsientlarda, shuningdek gemodializdagi patsientlarda qoʼllash tajribasi cheklangan. Bunday patsientlarda telmisartan+amlodipin kombinatsiyasini ehtiyot boʼlib qoʼllash tavsiya etiladi, chunki amlodipin va telmisartanni qondan dializ orqali chiqarib boʼlmaydi.
Buyraklar funktsiyasi yengil yoki oʼrtacha darajada buzilgan patsientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Jigar funktsiyasining buzilishi 
Jigar funktsiyasi ogʼir darajada buzilgan patsientlarda Telam Santo preparatini qoʼllash mumkin emas.
Jigan funktsiyasi yengil va oʼrta darajada buzilishi boʼlgan patsientlarda telmisartan+amlodipin kombinatsiyasini ehtiyotkorlik bilan qoʼllash lozim. Telmisartan dozasi kuniga 40 ga dan oshmasligi kerak.
Bolalik yoshidagi patsientlar 
18 yoshdan kichik bolalarda telmisartan+amlodipin kombinatsiyasining xavfsizligi va samaradorligi tasdiqlanmagan.
Qoʼllash usuli 
Preparat ichish uchun qoʼllaniladi.
Telam SANTO preparatini ovqatlanishga bogʼliq boʼlmagan holda qoʼllash mumkin. Preparatni biroz miqdordagi suv bilan ichish tavsiya etiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlar
Dozani oshirib yuborilishining belgilari va simptomlari kuchaytirilgan farmakologik taʼsirga mos kelishi kutiladi. Telmisartan dozasini oshirib yuborilishining gipotenziya va taxikardiya boʼlishi bilan namoyon boʼlishi mumkin; shuningdek, bradikardiya, bosh aylanishi, qusish, qondagi kreatinin darajasining oshishi va oʼtkir buyrak yetishmovchiligi holatlari ham qayd etilgan.
Аmlodipinning yuqori dozasi periferik tomirlarning haddan tashqari kengayishiga va ehtimol reflektor taxikardiyaga olib kelishi mumkin. Shokkacha boʼlgan ogʼir va ehtimol uzaygan tizimli gipotenziya, shu jumladan halokatli yakun topgan shok holatlari haqida xabarlar mavjud.
Davolash
Patsientning ahvolini diqqat bilan kuzatib borish, simptomatik va yordamchi terapiya oʼtkazish kerak. Belgilangan choralar samaradorligi oʼtkazilgan paytdan boshlab uning davomiyligiga va simptomlarning ogʼirligiga bogʼliq. Tavsiya etilgan choralar orasida qusish va / yoki meʼdani yuvish umumiy muolajalarga kiradi. Telmisartan va amlodipinning dozasi oshirib yuborilgan xollarda davolashda faollashtirilgan koʼmirni qoʼllash samarali boʼlishi mumkin. Qon zardobidagi elektrolitlar va kreatinin darajasini tez -tez baholash kerak. Аgar gipotenziya rivojlansa, patsientni orqa tomoni bilan yotqizib, oyoq-qoʼllarini koʼtarish kerak, keyin darhol tuzlar va suyuqlik hajmini toʼldirishni boshlash kerak. Tutib turuvchi davolash buyurilishi kerak. Kalьtsiy glyukonati tomir ichiga yuborish kalьtsiy kanalining blokadasi taʼsirini bartaraf etishda foydali boʼlishi mumkin. Telmisartan va amlodipin dializ orqali qondan chiqarilmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik
Homiladorlik vaqtida Telam Santo preparatini qoʼllash mumkin emas. Аgar Telam Santo preparati bilan terapiya zarur deb hisoblanmasa, homiladorlikni rejalashtirayotgan patsientlar homiladorlik vaqtida xavfsizlik profillari maʼlum boʼlgan boshqa antigipertenziv dorilarga oʼtishlari kerak. Аgar homiladorlik aniqlansa, Telam Santo preparati bilan davolanishni darhol toʼxtatish va kerak boʼlgan xollarda, muqobil davolanishni boshlash kerak.
Koʼkrak bilan emizish davri
Koʼkrak bilan emizish davrida telmisartan va / yoki amlodipindan foydalanish toʼgʼrisida maʼlumotlar yoʼq, shuning uchun preparatni qoʼllash tavsiya etilmaydi. Аyniqsa, yangi tugʼilgan yoki erta tugʼilgan chaqaloqni emizishda emizish davri uchun xavfsizroq profilga ega boʼlgan muqobil dorilarni qoʼllash afzalroq.

Yaroqlilik muddati (oy)

3 yil.
Yaroqlilik muddati oʼtganidan soʼng qoʼllanilmasin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. TELAM SANTO tabletkalar 40mg+5mg N28 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

TELAM SANTO tabletkalar 40mg+5mg N28 haqida savollar

TELAM SANTO tabletkalar 40mg+5mg N28 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil