×
×
  • TORAMAT tabletkalari 50mg N60

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TORAMAT tabletkalari 50mg N60

Kategoriya:
- Antiepileptik vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Gretsiya
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- Pharmathen S.A.
ATX kodi:
- N03AX11
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARBAMAZEPIN ZDOROVE tabletkalari 200mg N20 Здоровье,ФК, ООО Ukraina
TEBANTIN kapsulalar 300mg N50 Гедеон Рихтер ОАО Vengriya
MEZAKAR SR tabletkalari 400mg N50 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
78 000 s`om dan
EUTIROKS tabletkalari 75mkg N100 Мерк КГаА Germaniya
29 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TORAMAT tabletkalari 50mg N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT

TORAMAT 25 mg, 50 mg, 100 mg va 200 mg tabletkalar

Topiramat plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

 

Ushbu dori vositasini qo‘llashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.

  • Ushbu yo‘riqnomani saqlab qo‘ying. Ehtimol uni yana o‘qib chiqish zarur bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat eting.
  • Ushbu dori vositasi faqat Sizga buyurilgan. Uni boshqalarga bermang. Hatto, agar ularda kasallikning o‘xshash simptomlari bo‘lsa ham, u ularga zarar keltirishi mumkin.
  • Agar Sizda nojo‘ya samaralar yuzaga kelsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Ushbu yo‘riqnomaning mazmuni:

  1. Toramat o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Toramatni qabul qilishdan oldin Siz nimalarni bilishingiz kerak
  3. Toramat qanday qabul qilinadi
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
  5. Toramatni saqlash sharoitlari
  6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

  1. Toramat o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi

TORAMAT – tutqanoqqa qarshi dori vositasidir (tutqanoq xurujlarini davolash uchun qo‘llanadigan dori vositasi).

U quyidagilarda qo‘llanishi mumkin:

  • kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarda tutqanoqni davolash uchun alohida
  • kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarda tutqanoqni davolash uchun boshqa dori preparatlari bilan majmuada
  • kattalarda migrenni oldini olish uchun

  1. Toramatni qabul qilishdan oldin Siz nimalarni bilishingiz kerak

Toramatni qo‘llamang

  • agar Sizda topiramat yoki uning komponentlaridan biriga (6-bo‘limda sanab o‘tilgan) allergiya (yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa.
  • migrenni oldini olish uchun, agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki homilador bo‘lishingiz mumkin bo‘lsa, lekin Siz samarali kontrasepsiyadan foydalanmasangiz (“Homiladorlik va emizish” bo‘limiga qarang).

Agar Siz yuqorida ta‘riflanganlar yuzasidan ishonch hosil qilmasangiz, TORAMATni qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

TORAMATni qo‘llaganda ehtiyotkorlik choralari

Topiramatni qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan Sizda quyidagilar mavjudligi tekshiring:

  • buyrak yetishmovchiligi, xususan buyrak toshlari yoki buyrak dializini o‘tkazish
  • qon kasalliklari va organizmda suyuqliklarni og‘ishi (metabolik asidoz)
  • jigar bilan bog‘liq muammolar
  • ko‘rish bilan bog‘liq muammolar, xususan glaukoma
  • o‘sishni sekinlashishi
  • yog‘larni ko‘p miqdorda saqlovchi rasion (ketogen parhez)

Agar Siz yuqoridagilardan birontasi Sizga taalluqli ekanligiga ishonch hosil qilmasangiz, TORAMATni qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Shifokoringiz bilan maslahatlashmasdan dori vositangizni qabul qilishni to‘xtatmasligingiz muhim.

Shuningdek Siz TORAMATga muqobil sifatida topiramat saqlovchi biron-bir dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashishingiz kerak.

TORAMATni qo‘llaganda ozish kuzatilishi mumkin, shunday qilib, agar Siz bu dori vositasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Sizning tana vazningiz muntazam tekshirilishi kerak. Agar Siz haddan tashqari tana vazningizni yo‘qotsangiz yoki bu dori vositasini qabul qilayotgan bolada yetarli darajada tana vazni oshmasa, Siz shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak.

TORAMAT kabi tutqanoqqa qarshi vositalar bilan davolangan kam odamlarda o‘z-o‘ziga shikast yetkazish yoki o‘z joniga qasd qilish fikrlari paydo bo‘lgan. Agar Sizda shunday fikrlar paydo bo‘lsa, darhol shifokoringiz bilan bog‘laning.

Boshqa dori vositalari va Toramat

Agar Siz boshqa dori vositalarini, shu jumladan reseptsiz olingan dori vositalarini, vitaminlar va galen preparatlarini qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, iltimos shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering. TORAMAT va ayrim boshqa dori vositalari bir-biriga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Ba‘zida Sizning boshqa dori vositalaringiz yoki TORAMATning dozasi o‘zgartirilishi kerak.

Xususan, agar Siz quyidagilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering:

  • fikrlash qobiliyati, diqqatni jamlash qobiliyati yoki mushak koordinasiyasini susaytiradigan yoki kamaytiradigan boshqa dori vositalari (masalan mushak relaksantlari va sedativ vositalar kabi markaziy nerv tizimi uchun tinchlantiruvchi dori vositalari).
  • homilaga qarshi tabletkalar. TORAMAT homilaga qarshi pilyulalarning samaradorligi kamaytirishi mumkin.

Agar homilaga qarshi tabletkalar va TORAMAT qabul qilayotgan vaqtingizda Sizda hayz siklida o‘zgarishlar yuzaga kelsa, shifokoringizga xabar bering.

Siz qabul qilayotgan barcha dori vositalarining ro‘yxatini tuzing. Yangi dori vositasini qabul qilishni boshlashdan oldin, shifokoringiz yoki farmasevtga bu ro‘yxatni ko‘rsating.

Shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlshishingiz kerak bo‘lgan dori vositalariga tutqanoqqa qarshi boshqa vositalar, risperidon, litiy, gidroxlortiazid, metformin, pioglitazon, glibenklamid, amitriptilin, propranolol, diltiazem, venlafaksin, flunarazin kiradi.

Agar yuqorida ta‘riflanganlar Sizga taalluqli ekanligiga ishonch hosil qilmasangiz, TORAMATni qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Toramat va oziq ovqat mahsulotlari, ichimliklar va alkogol

Siz Toramatni ovqat bilan yoki usiz qabul qilishingiz mumkin. TORAMATni qabul qilayotgan vaqtingizda buyrakda toshlar hosil bo‘lishini oldini olish uchun kun davomida ko‘p suyuqlik iste‘mol qiling. Ehtiyotorlik chorasi sifatida Toramatni alkogol bilan birga qabul qilmang.

Homiladorlik va emizish davri

Toramatni qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing. Agar Siz homilador bo‘lsangiz, homilador bo‘lmoqchi bo‘lsangiz yoki emizsangiz, shifokoringiz Siz TORAMATni qabul qilishingiz mumkinligi haqida qaror qabul qiladi. Tutqanoqqa qarshi boshqa preparatlarni qabul qilgandagi kabi, agar TORAMAT homiladorlik vaqtida qabul qilinsa bo‘lajak bola uchun zarar yetkazish xavfi mavjud. Homiladorlik vaqtida tutqanoqni davolash uchun TORAMAT ni qo‘llash xavfi va afzalliklari Sizga tushunarli ekanligiga ishonch hosil qiling.

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki homilador bo‘lingiz mumkin bo‘lsa va Siz samarali kontrasepsiyadan foydalanmasangiz, migrenni oldini olish uchun TORAMATni qabul qilmasligingiz kerak.

TORAMAT qabul qilayotgan emizayotgan onalar, agar bolada odatdagi bo‘lmagan holatlar kuzatilsa, iloji boricha shifokorga xabar berishlari kerak.

Har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Avtomobilni boshqarish va mashinalardan foydalanish

TORAMAT bilan davolash vaqtida bosh aylanishi, charchoqlik va ko‘rish bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Shifokoringiz bilan maslahatlashmasdan avtomobilni boshqarmang va uskunalar yoki mashinalardan foydalanmang.

TORAMATning ayrim ingredientlari haqida muhim ma‘lumot

TORAMAT (faqat 25 mg, 50 mg va 200 mg) laktoza (qand) saqlaydi. Agar shifokoringiz Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik mavjud ekanligi haqida xabar bergan bo‘lsa, bu dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokoringizga murojaat eting.

TORAMAT (faqat 100 mg) Sariq Shafaq azobo‘yovchisi (Ye110) saqlaydi. Allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.

  1. TORAMAT qanday qabul qilinadi

TORAMATni har doim shifokoringiz ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qiling. Agar Sizda shubhalar bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

  • TORAMATni ko‘rsatmalarga muvofiq qabul qiling. Shifokoringiz davolashni odatda TORAMATning past dozalaridan boshlaydi va uni Siz uchun optimal dozaga erishilmaguncha asta-sekin oshiradi.
  • TORAMAT tabletkalarini butunligicha yutish kerak. Tabletkani chaynashdan saqlaning, chunki ular achchiq ta‘mga ega.
  • TORAMATni ovqatdan oldin, ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilish mumkin. TORAMATni qabul qilayotgan vaqtingizda buyrakda toshlar hosil bo‘lishini oldini olish uchun kun davomida ko‘p suyuqlik iste‘mol qiling.

Agar Siz TORAMATni Sizga buyurilgan dozadan yuqori dozasini qabul qilgan bo‘lsangiz

  • Darhol shifokorga murojaat eting. Dori vositasining o‘ramini o‘zingiz bilan olib boring.
  • Sizda uyquchanlik yoki charchoqlik hissi yoki tanani normal bo‘lmagan harakatlari, vertikal holatda bo‘lish bilan bog‘liq muammolar va harakatlanganda muammolar, qon bosimini pasayishi tufayli bosh aylanishi yoki yurakni urishini yoki pulsni normada bo‘lmasligi yuzaga kelishi mumkin.

Agar Siz TORAMAT bilan birga boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz dozani oshirib yuborilishi kuzatilishi mumkin.

Agar Siz TORAMAT ni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

  • Agar Siz dozani qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, Siz buni eslashingiz bilanoq qabul qiling. Lekin, agar keyingi dozani qabul qilish vaqti yaqinlashgan bo‘lsa, unutilgan dozani o‘tkazib yuboring va dori vositasini odatdagidek qabul qilishni davom ettiring. Agar Siz ikki va undan ortiq dozani o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, shifokoringizga murojaat eting.
  • Unutilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun doza ikki marta (ikkita dozani bir vaqtda) qabul qilmang.

Agar Siz TORAMATni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Agar shifokoringiz ko‘rsatma bermasa, bu dori vositasini qabul qilishni to‘xtatmang. Simptomlaringiz takrorlanishi mumkin. Agar shifokoringiz davolashni to‘xtatish haqida qaror qabul qilsa, doza bir necha kun davomida bosqichma-bosqich kamaytirilishi kerak.

Agar Sizda ushbu dori vositasini qo‘llash yuzasidan qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan samaralar

Barcha dori vositalari kabi ushbu dori vositasi nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, garchi u barcha odamlarda ham paydo bo‘lmaydi.

Quyidagi ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralarning tez-tezligi quyidagicha belgilangan:

Keng tarqalgan nojo‘ya samaralar 10 iste‘molchidan 1 nafaridan ko‘prog‘ida kuzatilishi mumkin

Tarqalgan nojo‘ya samaralar 100 iste‘molchidan 1-10 nafarida kuzatilishi mumkin

Tarqalmagan nojo‘ya samaralar 1000 iste‘molchidan 1-10 nafarida kuzatilishi mumkin

Kam hollarda kuzatiladigan nojo‘ya samaralar 10000 iste‘molchidan 1-10 nafarida kuzatilishi mumkin

Juda kam hollarda kuzatiladigan nojo‘ya samaralar 10000 iste‘molchidan 1 nafaridan kamrog‘ida kuzatilishi mumkin

Noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida tez-tezligini baholab bo‘lmaydi).

Keng tarqalgan nojo‘ya samaralar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Tana vaznini kamayishi
  • Qo‘l va oyoqlarda uvishish
  • Uyquchanlik yoki uyqu holati
  • Bosh aylanishi
  • Diareya
  • Ko‘ngil aynishi
  • Burun bitishi, tumov va angina
  • Charchoqlik
  • Depressiya

Tarqalgan nojo‘ya samaralar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Kayfiyatni o‘zgarishlari yoki hulq-atvorni o‘zgarishi, shu jumladan g‘azab, asabiylik, qayg‘u
  • Tana vaznini oshishi
  • Ishtahani pasayishi yoki yo‘qolishi
  • Eritrositlar sonini kamayishi
  • Fikrlashni o‘zgarishi va hushyorlik, shu jumladan hovliqish, diqqatni jamlashni, xotirani buzilishi yoki fikrlashni sekinlashishi
  • Noaniq nutq
  • Beso‘naqaylik yoki harakatlanish bilan bog‘liq muammolar
  • Qo‘l kaftlari, qo‘llar va oyoqlarni spontan titrashi
  • Hid bilish yoki sezuvchanlikni susayishi
  • Ko‘zlarni spontan harakatlar
  • Ta‘m bilishni buzilishi
  • Ko‘rishni buzilishi, ko‘rishni noaniqligi, diplopiya
  • Quloqlarda shang‘illash
  • Hansirash
  • Burundan qon ketishi
  • Qusish
  • Qabziyat
  • Me‘dada og‘riq
  • Me‘da tomonidan buzilishlar
  • Og‘izni qurishi
  • Og‘iz bo‘shlig‘ida uvishish yoki sezmaslik
  • Buyrak toshlari
  • Tez-tez siyish
  • Og‘riqli siyish
  • Soch to‘kilishi
  • Teri toshmasi va/yoki teri qichishishi
  • Bo‘g‘imlarda og‘riq
  • Mushak spazmlari, mushak tirishishlari yoki mushak kuchsizligi
  • Ko‘krakda og‘riq
  • Isitma
  • Kuchni yo‘qolishi
  • Umumiy holsizlik
  • Allergik reaksiyalar

Tarqalmagan nojo‘ya samaralar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Siydikda kristallar
  • Qonni anomal tahlillari, shu jumladan leykositlar yoki trombositlar sonini kamayishi yoki asidofil granulositlar sonini oshishi
  • Yurakni muntazam urmasligi yoki yurak urishini sekinlashishi
  • Bo‘yinda, qo‘ltiq ostida yoki chov sohasida limfa bezlarini kattalashishi
  • Tirishishlarni kuchayishi
  • Nutq bilan bog‘liq muammolar
  • So‘lak oqishi
  • Qo‘zg‘algan holat yoki yuqori aqliy va jismoniy faollik
  • Hushdan ketish
  • Holsizlik
  • Harakatlarni sekinlashishi yoki susayishi
  • Uyquni buzilishi yoki sifatini pasayishi
  • Hid bilishni susayishi yoki o‘zgarishi
  • Husni-xat bilan bog‘liq muammolar
  • Teri ostida harakatlarni his qilish
  • Ko‘rishni buzilishi, shu jumladan ko‘zlarni qurishi, yorug‘likka sezuvchanlik, spontan tirishishlar, ko‘z yoshi oqishi va ko‘rishni yomonlashishi
  • Eshitishni susayishi yoki yo‘qolishi
  • Ovozni bo‘g‘ilishi
  • Me‘da osti bezini yallig‘lanishi
  • Meteorizm
  • Jig‘ildon qaynashi
  • Og‘iz bo‘shlig‘ida ta‘m bilishni yo‘qolishi
  • Miklardan qon ketishi
  • Qorinda og‘irlik yoki dam bo‘lishi
  • Og‘iz bo‘shlig‘ida og‘riqli yoki achishuvchi hissiyotlar
  • Nafas chiqarganda hid kelishi
  • Ixtiyorsiz siyish va/yoki ich kelishi
  • Siyishga qistovlar
  • Buyrakdagi toshlar chaqirgan buyrak va/yoki qovuq sohasidagi og‘riq
  • Terlashni kamayishi yoki to‘xtashi
  • Siydikni rangsizlanishi
  • Terini chegaralangan shishi
  • Yuzni shishi
  • Bo‘g‘imlarni shishi
  • Skelet-mushak tangligi
  • Qonda kislotalikni oshishi
  • Qonda kaliy darajasini kamayishi
  • Ishtahani oshishi
  • Yuqori chanqoqlik va suyuqlikni anomal darajada ko‘p iste‘mol qilish
  • Turganda yuz beradigan past qon bosimi yoki qon bosimini pasayishi
  • Qizib ketish hissi
  • Grippga o‘xshash kasalliklar
  • Qo‘l-oyoqlarni sovushi (masalan qo‘l va yuzni)
  • Ta‘lim olish bilan bog‘liq muammolar
  • Jinsiy funksiyani buzilishlari (erektil disfunksiya, libidoni yo‘qolishi)
  • Gallyusinasiyalar
  • Gaplashish qobiliyatini pasayishi

Kam hollarda kuzatiladigan nojo‘ya samaralar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Terini haddan tashqari sezuvchanligi
  • Hid bilishni buzilishlari
  • Ko‘z ichki bosimini oshishi, og‘riq va ko‘rishni yomonlashishini chaqiruvchi ko‘zlarda suyuqlikni bloklanishi bilan bog‘liq glaukoma
  • Buyrak-kanalchalar asidozi
  • Og‘ir teri reaksiyalari, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, terining yuqori qavati pastki qavatdan ajraladigan terining hayot uchun xavfli holati va ekssudativ eritema, pufaklar bilan qoplanishi mumkin bo‘lgan bo‘rtib chiqqan qizil dog‘lar
  • Hid
  • Ko‘z atrofidagi terini shishi
  • Reyno kasalligi. Qo‘l barmoqlari, oyoq barmoqlari, quloqlar qon tomirlarini shikastlovchi va to‘qimalar kalsifikasiyasini (kalsinoz) chaqiruvchi buzilishlar.

Uchrash tez-tezligi noma‘lum bo‘lgan nojo‘ya samaralar:

  • Makulopatiya – ko‘rish o‘tkirligi eng yuqori bo‘lgan to‘p pardadagi kichik dog‘ –makulaning kasalliklari. Agar Siz ko‘rishni o‘zgarishlari yoki ko‘rishni yomonlashishini sezsangiz, shifokoringizga murojaat etishingiz kerak.
  • Ko‘z kon‘yunktivasini shishi
  • Stivens-Djonson sindromining jiddiyroq shakli hisoblangan toksikodermal nekroliz (“tarqalmagan nojo‘ya samaralar” bo‘limiga qarang).

Agar nojo‘ya samaralar jiddiylashsa yoki agar Siz ushbu yo‘riqnomada sanab o‘tilmagan boshqa biron-bir nojo‘ya samaralarni sezsangiz, iltimos, shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

  1. Toramatni saqlash sharoiti

Ushbu dori vositasini bolalar ololmaydigan joyda saqlang.

Yuqori zichlikdagi polietilenli guruh dozasi uchun konteyner: Ushbu dori preparati maxsus saqlash sharoitlarini talab etmaydi.

25 mg, 50 mg va 200 mg blister o‘ram: Ushbu dori preparati maxsus saqlash sharoitlarini talab etmaydi.

100 mg blister o‘ram: 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Ushbu dori vositasini o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llamang. Yaroqlilik muddatini tugash sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kunini bildiradi.

Dori vositalarini kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yubormang. Siz endi qo‘llamaydigan dori vositalarini qanday utilizasiya qilish usuli haqida farmasevtingiz bilan maslahatlashing. Bunday choralar atrof muhitni himoya qilishga yordam beradi.

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

Toramatning tarkibi

Faol substansiya bo‘lib topiramat hisoblanadi: 25 mg li tabletkalar:

Bir tabletka 25 mg topiramat saqlaydi

50 mg li tabletkalar:

Bir tabletka 50 mg topiramat saqlaydi

100 mg li tabletkalar:

Bir tabletka 100 mg topiramat saqlaydi

200 mg li tabletkalar:

Bir tabletka 200 mg topiramat saqlaydi

Boshqa ingredientlar – laktoza monogidrati (faqat 25 mg, 50 mg va 200 mg) va bo‘yovchi agent sifatida, titan dioksidi (Ye171), temir (II,III) oksidi (Ye172) (faqat 200 mg), xinolin sarig‘i (Ye104) (faqat 50 mg), sariq shafaq (Ye110) (faqat 100 mg) va talk (faqat 100 mg). Tabletkalar shuningdek quyidagilarni saqlaydi: mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmalglikolyati (A tip), oldindan jelatinlangan kraxmal, karnaub mumi, magniy stearati, metiloksipropilsellyuloza, polietilenglikol 4000 (faqat 50 mg va 200 mg), krospovidon, povidon, mannit, talk (faqat 50 mg) va propilen glikol (faqat 50 mg va 100 mg).

TORAMATning tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi:

25 mg li tabletkalar: dumaloq shaklli, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

50 mg li tabletkalar: dumaloq shaklli, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

100 mg li tabletkalar: uzunchoq shaklli, to‘q-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

200 mg li tabletkalar: uzunchoq shaklli, pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

O‘ram o‘lchamlari:

28 yoki 60 tabletka blister o‘ramda.

60 tabletka namyutgich silikagelli fiksasiya qilingan paketcha saqlovchi yuqori zichlikdagi polietilen konteynerlarda.

Ehtimol sotuvda barcha o‘lchamdagi o‘ramlar bo‘lmasligi mumkin.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TORAMAT tabletkalari 50mg N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TORAMAT tabletkalari 50mg N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TORAMAT tabletkalari 50mg N60 dori vositasi Pharmathen S.A. tomonidan Gretsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TORAMAT tabletkalari 50mg N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TORAMAT tabletkalari 50mg N60 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
TORAMAT tabletkalari 25mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmathen S.A.
OZAPEKS tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmathen S.A.
OZAPEKS tabletkalari 15mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmathen S.A.
OZAPEKS tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmathen S.A.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9