Ташкент
logo
SavatKirish

Travagra kapsulalari N30

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Urologik dorilar
Ishlab chiqaruvchi:Isshaan Healthcare Pvt.Ltd
Teglar:Prostata adenomasidan, Prostatitdan, Prostata uchun, Potentsia uchun
ATX kodi:G04BE
Barcha TRAVAGRA dorilari
3 ta dorixonada bor
Narxi 96 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 3 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Travagra kapsulalari N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Har bir kapsula quyidagi o'simliklarning ekstraktlarini saqlaydi:

faol moddalar:

Mumiyo (Asphaltum punjabianum)- 150 mg;

Sparja (Asparagus adscendens)-100 mg;

Baxmal boshoqlari (Mucuna pruriens)-100 mg;

Dorivor Slyunogon (Anacyclus pyrethrum)-60 mg;

Vitaniya (Withania somnifera)- 60 mg;

Tikanli Gigrofila (Hygrophila spinose)-50 mg;

Muskat yong'og'i (Myristica Fragrance)-30 mg.

yordamchi moddalar: makkajo'xori kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, ikki asosli kaltsiy fosfati, metilparaben, propilparaben, tozalangan talk, kolloid kremniy dioksidi, izopropil spirti.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Har bir kapsula quyidagi o'simliklarning ekstraktlarini saqlaydi:

faol moddalar:

Mumiyo (Asphaltum punjabianum)-150 mg;

Sparja (Asparagus adscendens)-100 mg;

Baxmal boshoqlari (Mucuna pruriens)-100 mg;

Dorivor Slyunogon (Anacyclus pyrethrum) 60 mg;

Vitaniya (Withania somnifera) -60 mg;

Tikanli Gigrofila (Hygrophila spinose)- 50 mg;

Muskat yong'og'i (Myristica Fragrance)-30 mg.

yordamchi moddalar: makkajo'xori kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, ikki asosli kaltsiy fosfati, metilparaben, propilparaben, tozalangan talk, kolloid kremniy dioksidi, izopropil spirti.

Farmakologik ta'siri

Mumiyo umumiy quvvatlovchi ta'sir ko'rsatadi, metabolik jarayonlar (oqsil, uglevod, yog', suv-tuz va mineral almashinuvi) ni yaxshilaydigan ta'sir ko'rsatadi, organizmning gormonal foni va immun holatiga ijobiy ta'sir qiladi. Mumiyo erkaklarning siydik-tanosil tizimi kasalliklari (erektil disfunktsiya (impotentsiya), varikosele, oligospermiya, gipoaspermiya, prostata bezi adenomasi, prostatit, erkaklar bepushtligi va boshqa), ayollarning jinsiy tizimi kasalliklari (mastit, mastopatiya, bachadon bo'yni eroziyasi, kolpit, endometrioz, endomiometrit, salpingoofarit (adneksit), tservisit, vulvit, vulvovaginit, ayollar bepushtligi va boshqa) oldini olish va kompleks davolash tarkibida qo'llashga tavsiya etiladi, shuningdek mumiyoni muntazam ravishda qo'llash jinsiy moyillik pasayganida, turli jinsiy buzilishlarda ahamiyatli foyda keltiradi.

Sparja qimmatli oqsillarni, shu bilan birga odam organizmi uchun juda muhim bo'lgan aminokislota – lizin saqlaydi. Buyrak (buyrak shishlari) va qovuq, prostata bezi, yurak qon tomir tizimi kasalliklarida va bosh miyadagi qon tomirlari aterosklerozida qo'llanadi

Baxmal boshoqlari erkaklar bepushtligini oldini olish uchun oligospermiyada qo'llanadi. Dopamin urug'donlarga faollashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi, u shuningdek tizimli gemodinamikani yaxshilab, diurezni oshishiga yordam beradi.

Dorivor slyunogon erektil disfunktsiyada qo'llanadi, rag'batlantiruvchi, umumiy quvvatlovchi va androgen ta'sirlarga ega.

Vitaniya xalq tabobatida immunitetni rag'batlantiruvchi va sog'liqni mustahkamlovchi, stressga qarshi kurashuvchi vosita sifatida faol qo'llanadi. Afrozodiak sifatida ishlatiladi, shuningdek erkaklarda impotentsiyani davolash uchun, ayollarda hayz ko'rish tsiklini buzilishlarida qo'llanadi.

Muskat yong'og'i yallig'lanishga qarshi, tonusni oshiruvchi, og'riq qoldiruvchi va spazmga qarshi ta'sir ko'rsatadi.

Nojo'ya samaralari

Travagra kapsulalar qo'llanganida nojo'ya samaralar kuzatilmagan. Biror-bir nojo'ya samaralar paydo bo'lsa, zudlik bilan mutaxassislarga murojaat qiling.


Maxsus saqlash sharoitlari

Davolanishni boshlashdan oldin shifokorda kuzatuvdan o'tish va jinsiy disfunktsiyaga tashxis qo'yish uchun jismoniy holatini baholash va potentsial sababini aniqlash kerak.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan havf omillari – har qanday erektil disfunktsiyani davolashdan oldin organizmning yurak-qon tomir tizimi holatini tekshirish kerak, chunki yurak uchun jinsiy faollik bilan bog'liq bo'lgan ma'lum havf mavjud.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi:

Homiladorlik va emizish davrida preparatning salbiy ta'siri kuzatilmagan, ammo bunday holatlarda har qanday dori preparatini mutaxassis bilan maslahatlashgandan keyin qabul qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

Qo'llanilishi

Капсулы Травагра назначают для лечения эректильной дисфункции, преждевременной эякуляции, олигоспермии, снижения либидо. Препарат также эффективен для общего укрепления силы организма, и укрепления иммунитета.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlaridan birortasiga o'ta yuqori sezuvchanlik bo'lgan shaxslarga preparatni qo'llash mumkin emas.


Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Varfarin qabul qilayotgan shaxslar, Travagra preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashishlari kerak. Qalqonsimon bez kasalliklarida, shuningdek jarrohlik aralashuvidan oldin hamda keyin preparatni qabul qilish mumkin emas.

Ta'rifi

korpusi va qopqoqchasi to'q qizil rangli, jigarrang rangdan to'q jigarrang ranggacha bo'lgan, o'ziga xos hidli kukun saqlovchi qattiq jelatin kapsulalar.

Dozirovkasi

Kattalarga 1 kapsuladan kuniga 2 marta buyuriladi, suv yoki sut bilan qabul qilinadi; yoki shifokorning ko'rsatmasi bo'yicha qabul qilinadi.


Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi oshirib yuborilganida, muvofiq tarzda samarani bir maromda tutib turuvchi davolash o'tkaziladi.

Travagra kapsulalari N30 savollari

Travagra kapsulalari N30 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

Narxi
96 000 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil