TRAVRELAKS granuli 5 g N6



Shamollash va O‘RVI simptomlarini davolash uchun vosita.
TRAVRELAKS granuli 5 g N6 qo'llanmasi
Shamollash va O‘RVI simptomlarini davolash uchun vosita.
maraga ega. In vitro glitsirretin kislotasi steroidli gormonlarni raqobatli inaktivatsiya qiladigan β-reduktazani va kortizolni dezaktivatsiya qiladigan 11β-gidroksisteroiddegidrogenazani ingibirlaydi.
Dorivor zanjabil
Kalamushlar oyoqlarining karragenin-indutsiyalangan shishida yallig‘lanishga qarshi faolligi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud. Boshqa tadqiqotlar doirasida preparat revmatizmga qarshi samara ko‘rsatishi haqida ham ma'lumotlar olingan. In vitro shuningdek antigistamin ta'rifiga ega ta'siri ham ko‘rsatilgan. Xorioallantoinning kasallangan membranasida o‘simlik virionning toksik omilini ingibirlaydi, shuningdek W.M. - xatarli hujayralarning 25-chi liniyasini o‘sishini ingibirlaydi. Itlar va dengiz cho‘chqalaridagi tadqiqotlar doirasida yurakka nisbatan inotrop faolligi namoyish etilgan. Zanjabil ahamiyatli ravishda qusishga qarshi va zamburug‘larga qarshi, masalan dramamin kabi xususiyatlarga egaligi ko‘rsatilgan. U virusli gepatitlarda ishlatiladigan Qora murch va Uzun Qalampir bilan bir qatorda tegishli o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan. Zanjabil ko‘pgina ayurvedik preparatlarning muhim komponenti hisoblanadi. Asosan u ko‘ngil aynishi va dispepsiyani davolashda uy vositasi sifatida ishlatiladi.
Tomirli adatoda
Barglardan olingan ekstrakt ko‘p asrlar davomida bronxit va astmani davolashda ishlatilgan. Yo‘tal va nafas qisishini bartaraf qiladi. Ayurvedik tibbiyotda u shuningdek idiopatik trombotsitopenik purpurada rivojlanayotgan qon ketishlarni, peptik yarada lokal qon ketishlarni, orqa chiqish yo‘li atrofida venalarni varikozli kengayishini, mennoragiyani va hokazolarda davolashda buyuriladi. Tuberkulyozni davolashda barglarning yangi siqilgan sharbatlarini yuqori dozalaridan foydalanilgan. Mahalliy qo‘llanilishi pioreya va milklar qonashini davolashda yordam beradi.
Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalar
Preparatning ingrediyentlariga nisbatan allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Homiladorlik, laktatsiya davrida, bolalar va keksa yoshlilarda qo‘llanilishi.
Qandaydir nojo‘ya ta'sirlari yo‘q.
Preparatni sh lozim va yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Travrelaks granulalari yo‘talda, shamollashda va grippda, shuningdek tomoqdagi og‘riq yoki qichishish, burun bitishi, bezgak, bosh og‘rig‘i, tanadagi og‘riq kabi simptomlar mavjudligida qo‘llaniladi.
O‘ziga xos hid va ta'mga ega och-jigarrang granulalar.
Bitta paketcha bir stakan qaynoq suv bilan aralashtirilib sekin ichiladi.
• Birdaniga bitta sashe-paketcha qabul qilinadi, kuniga 3-4 marta yoki zarurat bo‘yicha qabul qilinadi.
• 12 yoshdan kichik bolalarga zarurat bo‘yicha ½ stakan qaynoq suvda eritilgan yarim sashe-paketchadan qabul qilish tavsiya etiladi.
• Filьtratsiya qilish kerak emas.
• Shakar va sut qo‘shmagan ma'qul.
Mazkur o‘simlik shakli yaxshi o‘zlashtiriladi. Sutkada 10 tadan ortiq sashe-paketcha qabul qilingandan keyin dozani oshirib yuborishning ahamiyatsiz simptomatikasi namoyish bo‘lishi mumkin (masalan, me'dani buzilishi).
TRAVRELAKS granuli 5 g N6 boshqa chiqarish shakllari

TRAVRELAKS granuli 5 g N6 savollari
TRAVRELAKS granuli 5 g N6 fikr-mulohazalari
Ishlab chiqaruvchining dorilar



