Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Vitaminlar  / SINKOVIT tabletkalari 500 mg+4 mg N100

SINKOVIT tabletkalari 500 mg+4 mg N100

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Vitaminlar
Ishlab chiqaruvchi:Avantika Medex Pvt Ltd
ATX kodi:A11GB
Barcha Sinkovit dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SINKOVIT tabletkalari 500 mg+4 mg N100 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: askorbin kislotasi 500 mg (askorbin kislotasi ko'rinishida 220 mg va natriy askorbati 354,3 mg), rux 4 mg (rux sulfat ko'rinishida 17,6 mg);

yordamchi moddalar: saxaroza, kolloidli kremniy dioksidi, saxarin natriy, dinatriy edetat, butilgidroksitoluol, suvsiz limon kislotasi, natriy benzoati, natriy kraxmal glikolyati, povidon K-30, magniy stearati, "Sunset Yellow Supra" sariq bo'yovchisi, apelsin xushbo'yi.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

10 tabletkadan alyuminiy folgali blister (strip)da, 

10 tadan blister (strip) qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birga karton qutida joylashgan.

Farmakodinamikasi

Askorbin kislotasi (S vitamini) antioksidant, metabolik va oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqaruvchi vosita, organizmning adaptasion imkoniyatlarini oshiradi, uni infektsiyalarga qarshiligini kuchaytiradi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarishda, karbonsuvlar, aminokislotalar, pigmentlar va xolesterin almashinuvida, steroid gormonlar, katexolaminlar sintezida, qon ivishi jarayonida ishtirok etadi. Kollagen sintezini kuchaytiradi, regenerasiya jarayonlarini rag'batlantiradi, kapillyarlarning o'tkazuvchanligini normallashtiradi. Jigarda nafas fermentlarini faollashtirishi hisobiga uning detoksikasion va oqsil hosil qilish faoliyatini kuchaytiradi, kollagen va protrombinning sintezini oshiradi. O't chiqarilishini yaxshilaydi, me'da osti bezining tashqi sekretor faoliyatini tiklaydi. Gistaminni ajralib chiqishini tormozlaydi va degradasiyasini kuchaytiradi, prostaglandinlar va yallig'lanish va anafilaksiyaning boshqa mediatorlarining hosil bo'lishini susaytiradi. Immunologik reaktsiyalarni boshqaradi (antitelolar, komplementning S3-komponenti, interferon sintezini faollashtiradi), fagositozga yordam beradi, organizmning infektsiyalarga qarshiligini oshiradi. Yallig'lanishga qarshi va allergiyaga qarshi samara ko'rsatadi.

Rux biologik membranalar, hujayra reseptorlari, proteinlarning tarkibiy qismidir, 200 dan ortiq enzimatik tizimlar tarkibiga kiradi. Immun reaktsiyalar va antioksidant himoya, qon yaratilishida, aminokislotalar sintezida, genetik ma'lumotlarni saqlanishida va berilishida ishtirok etadi. Retinolni tashuvchi oqsilning komponenti bo'lib, rux A vitamini va S vitamini bilan birga antitelolar sintezini rag'batlantirib va viruslarga qarshi samara ko'rsatib, immun tanqisligini yuzaga kelishiga to'sqinlik qiladi. U eritrositlar va qonning boshqa shaklli elementlarining hosil bo'lishi uchun zarur. Rux yog'lar almashinuvini normallashtiradi, endokrin bezlarining normal faoliyatini, shu jumladan insulin, o'sish gormonini, kortikotropin va somatotropinning sintezini ta'minlaydi. Jinsiy va reproduktiv faoliyatni tutib turadi – jinsiy gormonlarning o'tmishdoshi va testosteronni ishlab chiqarilishida ishtirok etuvchi E vitaminining metabolizmi uchun zarur; rux prostataning normal faoliyat ko'rsatishi uchun ham muhimdir.

Farmakokinetikasi

Askorbin kislotasi ingichka ichakda faol so'riladi. Ichga qabul qilingandan keyin 4 soat o'tgach plazmada maksimal kontsentrasiyaga erishadi. Organizmda deponing miqdori taxminan 1,5 g ni tashkil qiladi. Taxminan 25% plazma proteinlari bilan bog'lanadi. Jigarda dezoksiaskorbin kislotasigacha, so'ngra shovulsirka va diketogulon kislotasigacha biotransformasiyaga uchraydi. Metabollanmagan askorbat va metabolitlari buyraklar, ichak, shuningdek ter va ko'krak suti bilan chiqariladi. S vitaminini so'rilishi me'da-ichak yo'llarining kasalliklarida (gastritda, yarada, qabziyatda, ich ketishida, gijjalar invaziyasida, lyambliozda), yangi mevalar va sabzavotlarning sharbatlarini iste'mol qilganda, ishqorli ichimliklarni ichganda buzilishi mumkin. Preparatning plazmadagi kontsentrasiyasi 1,4 mg/100 ml dan oshganida uni chiqarilishi oshadi. Preparatning so'rilishi yangi mevalar va sabzavotlarning sharbati, ishqorli ichimliklar iste'mol qilinganida kamayadi. Chekish va etil spirtini suiste'mol qilish askorbin kislotasining organizmdagi zahirasini keskin kamaytirib, parchalanishini tezlashtiradi.

Rux ichakda so'riladi, to'qimalarda taqsimlanadi va bir qator fermentlar va biologik faol moddalarning tarkibiga kiradi. Organizmdan chiqarilgan ruxning 90% ahlat bilan, 2-10% siydik bilan chiqariladi. Kaltsiy preparatlari va kaltsiyga boy rasion ruxning o'zlashtirilishini deyarli 50% ga kamaytirishi mumkin, kofein va alkogol esa uni organizmdan jadal ravishda chiqaradi.

Nojo'ya samaralari

Preparat odatda yaxshi o'zlashtiriladi. Yuqori dozalarda davomli qo'llanganida quyidagi nojo'ya reaktsiyalari bo'lishi mumkin:

Ovqat hazm qilish yo'llari tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, jig'ildon qaynashi, ich ketishi.

MNT tomonidan: Markaziy nerv tizimining qo'zg'aluvchanligini oshishi, bosh og'rig'i.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: konkrementlarni hosil bo'lishi.

Teri va yaqin atrofdagi to'qimalar tomonidan: allergik reaktsiyalar.

Qon tizimi tomonidan: qon tanachalarining glyukoza-6-fosfatdegidrogenazasini etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda eritrositlarning gemolizini chaqirishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Tsinkovitni katta dozalarda qo'llanganida buyraklar funktsiyasini va arterial bosimni, shuningdek me'da osti bezining funktsiyasini nazorat qilish kerak.

Glyukoza-6-fosfatdegidrogenazaning tanqisligida, buyraklar funktsiyasi buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi; siydik-tosh kasalligida S vitaminining sutkalik dozasi 1 g dan oshmasligi kerak.

Preparat turli laborator sinamalarning (qonda glyukoza, bilirubin miqdorini, transaminazalar faolligini, laktatdegidrogenaza) natijalarini o'zgartirishi mumkin. Davomli davolanish vaqtida glyukozaning miqdorini nazorat qilish kerak.

Askorbin kislotasi temirning so'rilishini oshirishi tufayli, uni gemoxromatoz, talassemiya, polisitemiya, leykemiya va sideroblast kamqonligi bo'lgan pasientlarda katta dozalarda qo'llash xavfli bo'lishi mumkin. Organizmda temirning miqdori yuqori bo'lgan pasientlarda askorbin kislotasini minimal dozalarda qo'llash kerak.

Tsinkovitni rivojlanuvchi rak kasalliklari bo'lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki uning qo'llash jarayonning kechishini tezlashtirishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi.

S vitaminini homiladorlik davrida yuqori dozalarda davomli qo'llash, homilani rivojlanishiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Homiladorlik davrida faqat ona uchun foyda, homila uchun xavfdan yuqori bo'lgan holdagina qo'llash mumkin. Askorbin kislotasi ko'krak sutiga o'tadi, shuning uchun emizish davrida preparatni shifokor nazorati ostida qo'llash kerak.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.

Preparatni haydovchilarga yoki murakkab texnika bilan ishlovchi shaxslarga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligi haqida ko'rsatmalar yo'q.

Qo'llanilishi

Tsinkovit shamollash, infektsion va immuntanqislik kasalliklariga moyillikda, S vitamini gipo - va avitaminozida, organizmda rux tanqisligida, qon ketishlarda (bachadondan, o'pkadan, burundan, nur kasalligida), jigar kasalliklarida (A gepatiti, surunkali gepatit, tsirroz), homiladorlar nefropatiyasida, Addison kasalligida, antikoagulyantlarning dozasini oshirib yuborilishida, suyaklarni sinishi va uzoq vaqt bitmaydigan yaralarda, distrofiyalarda qo'llanadi. 

Tsinkovitni immunitetni pasayishi, biriktiruvchi to'qimani shikastlanishi, karbonsuvlar, yog'lar almashinuvini buzilishi, ichki sekresiya bezlari faoliyatini buzilishi, qon tomirlarning yuqori o'tkazuvchanligi va sinuvchanligi, shuningdek prostata bezining gipofunktsiyasi bilan kechuvchi kasalliklarni majmuaviy davolashda qo'llash mumkin. 

Preparatni aterosklerozda, bronxial astmada, biriktiruvchi to'qimaning kasalliklarida (revmatoid artrit, tizimli qizil yugirik, sklerodermiya) buyurish mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-askorbin kislotasi va preparatning boshqa komponentlariga individual yuqori sezuvchanlikda. 

-tromboflebit, trombozlarga moyillik, qandli diabetda; 

- siydik yo'llari-tosh kasalliklari;

- gemoxromatoz, talassemiya

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Tsinkovit qonda salisilatlar, etinilestradiol, benzilpenisillin va tetrasiklinlarning kontsentrasiyasini oshiradi, peroral kontratseptivlarning qondagi kontsentrasiyasini pasaytiradi. Kumarin hosilalarining antikoagulyant samarasini kamaytiradi. Temir preparatlarini ichakda so'rilishini yaxshilaydi. Etil spirtining umumiy klirensini oshiradi. Xinolin qatori preparatlari, kaltsiy xloridi, salisilatlar, kortikosteroidlarni davomli qo'llaganda S vitaminining zahirasini kamaytiradi. Kortikosteroidlar S vitamini va ruxning miqdorini kamaytiradi.

Askorbin kislotasini deferoksamin bilan bir vaqtda qabul qilish temirning to'qima zaharliligini oshiradi, ayniqsa yurak mushagida, bu qon aylanish tizimining dekompensasiyasiga olib kelishi mumkin. Uni faqat deferoksamin in'ektsiyasidan keyin 2 soat o'tgach qabul qilish mumkin.

Preparatning katta dozalari trisiklik depressantlarning samaradorligini pasaytiradi.

Ta'rifi

Och to'q sariq rangdan to'q sariq rangacha bo'lgan, xiraliklari bor ikki tomonlama silliq, dumaloq shakldagi tabletkalar.

Dozirovkasi

Tsinkovit ovqatdan keyin qabul qilinadi; tabletka chaynaladi va ko'p bo'lmagan miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.

Kattalarga 1 tabletkadan kuniga 1 marta buyuriladi. Yaqqol avitaminozda va infektsion kasalliklarni davolashda qisqa vaqt (5-7 sutka davomida) 1 tabletkadan kuniga 2 marta qabul qilish mumkin. Davolashning muddati kasallikning xarakteri va kechishiga bog'liq.

SINKOVIT tabletkalari 500 mg+4 mg N100 savollari

SINKOVIT tabletkalari 500 mg+4 mg N100 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil