AYKROLning aptekalardagi narxlari
AYKROL tomchilar 10ml
|
|
1 ta dorixonada bor
|
39 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
AYKROL tomchilar 4% 10ml N1
|
|
181 ta dorixonada bor
|
33 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
51 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
33 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
AYKROL ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AYKROL
EYECROL
Preparatning savdo nomi: Aykrol
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): natriy kromoglikati
Dori shakli: ko‘z tomchilari
Tarkibi:
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 40 mg natriy kromoglikati;
yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, dinatriy edetati, polisorbat 80, natriy gidroksidi, xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsizdan och-sariq ranggacha bo‘lgan eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: oftalmologiyada mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan allergiyaga qarshi preparatlar.
ATX kodi: S01GX01
Farmakologik hususiyatlari
Aykrol – allergiyaga qarshi vosita bo‘lib, uning tarkibiga kromoglisil kislotasining dinatriyli tuzi kiradi. Terapevtik samarasi, semiz xujayralarni degranulyasiyasiga va ulardan gistamin, bradikinin, leykotrienlar (shu jumladan anafilaksiyani sekin boshqaruvchi substansiyasini), prostaglandinlar va boshqa biologik faol moddalarning ajralib chiqishiga to‘sqinlik qiladigan, kromoglisil kislotasini membranalarni barqarorlashtiruvchi ta‘siriga bog‘liq. Aykrol preparati profilaktik qo‘llanganda ko‘proq samaralidir, chunki allergik va yallig‘lanish reaksiyalarning rivojlanishini oldini oladi. Ko‘zning allergik kasalliklarida to‘liq klinik samara bir necha kun yoki hafta davomida kuzatiladi.
Qo‘llanilishi
- allergik kon‘yunktivit (o‘tkir, surunkali, bahorgi);
- allergik keratit va keratokon‘yunktivit;
- «quruq ko‘z» sindromi;
- ko‘zlarni allergik reaksiyalar (atrof-muhit omillari, kasbiy zararliklar, maishiy kimyo vositalari, kosmetik vositalar, oftalmologik dori shakllari, o‘simlik va uy hayvonlari) bilan bog‘liq zo‘riqishi va toliqishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va bolalarga 4% li eritma har ikkala ko‘zga 1-2 tomchidan sutkada 4-6 marta bir vaqt oralig‘ida tomiziladi (klinik samaraga erishilganda qo‘llashlar orasidagi interval asta-sekin uzaytiriladi).
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qisqa muddatli achishish va ko‘rishni buzilishi, kon‘yunktivani giperemiyasi va shishi, ko‘zni yoshlanishi, ko‘zda yot jismlarni xis qilish, ko‘zning atrofini qurishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Tarkibida glyukokortikosteroidlarni saqlaydigan oftalmologik preparatlarni qo‘llashga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Aykrolni faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Agar ko‘z tomchilari uzoq vaqt qo‘llanganidan keyin kon‘yunktivaning giperemiyasi davom etsa yoki kuchaysa, u holda preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Kontakt linzalar ishlatilganida eritmani tomizishdan oldin ularni yechish va preparat tomizilganidan keyin 15-20 minut o‘tgach taqish lozim.
O‘ramining ichidagisi mikroblar bilan ifloslanishidan saqlanish uchun tomizgich uchini biror-bir yuzaga tegishidan ehtiyot qilish kerak.
Har safar ishlatilganidan keyin flakonni darhol yopish kerak. Pipetka uchi bilan ko‘zga tegish mumkin emas.
Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda, preparatni qo‘llashdan kutiladigan foyda homila uchun havfdan ustun bo‘lgan holatdagina Aykrol ko‘z tomchilarini qo‘llash mumkin.
Laktasiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Pediatriyada ishlatilishi
4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Aykrol preparatini qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Tomchilar tomizilgan zahoti, ko‘rish o‘tkirligi noaniq bo‘lishi mumkin, bu avtomobilni boshqarishda va mexanizmlar bilan ishlashda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aykrol preparatining dozasini oshirib yuborilishi bo‘yicha ma‘lumotlar yuq.
Chiqarilish shakli
Ko‘z tomchilari 10 ml dan tiqin tomchilagich va himoya xalqasi o‘rnatilgan, buraladigan himoya qalpoqchali plastik flakonlarda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Flakon ochilganidan keyin preparat bir oy davomida ishlatilsin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari