Ташкент
logo
SavatKirish

BEPLEKS

BEPLEKS chiqarish shakllari

BEPLEKS tabletkalari N100
BEPLEKS tabletkalari N100
Eron
Ishlab chiqaruvchi:
Darou Pakhsh Pharmaceutical Mfg. Co.
BEPLEKS tabletkalari N30
BEPLEKS tabletkalari N30
Eron
Ishlab chiqaruvchi:
Darou Pakhsh Pharmaceutical Mfg. Co.
BEPLEKS tabletkalari N50
BEPLEKS tabletkalari N50
Eron
Ishlab chiqaruvchi:
Darou Pakhsh Pharmaceutical Mfg. Co.
- BEPLEKS qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- BEPLEKSning tarkibi
- BEPLEKS ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- BEPLEKS narxi Toshkent dorixonalarida

BEPLEKS qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BEPLEKS®

 BEPLEX

Preparatning savdo nomi: Bepleks®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): tiamin gidroxloridi, riboflavin, piridoksin gidroxloridi, nikotinamid.

Dori shakli: qobik bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

tiamin (gidroxloridi ko‘rinishida)                   5 mg;

riboflavin                                                             2 mg;

piridoksin (gidroxloridi ko‘rinishida)                       2 mg;

nikotinamid                                                           20 mg

Ta‘rifi: jigarrang rangli, oval shaklli, plyonka qobiq bilan qoplangan, vitamin hidi bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: vitaminlar.

Kod ATX: A11EX

 

Farmakologik xususiyatlari

V guruhi vitaminlarini saqlovchi polivitamin preparati bo‘lib, farmakologik xususiyati uning tarkibiga kiruvchi vitaminlarning xususiyatlari bilan bog‘liq.

Tiamin (V1 vitamini) koferment sifatida uglevod, aminokislotalarning metabolizmida, RNK/DNK, o‘t kislotalari, neyromediatorlar sintezida ishtirok etadi.

Riboflavin (V2 vitamini) xujayra nafasi jarayonlarida va ko‘rish jarayonlarining muhim katalizatori. Ko‘pchilik oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini ta‘minlaydi, uglevodlar, yog‘lar va aminokislotalarning almashinuvida ishtirok etadi.

Piridoksin (V6 vitamini) koferment sifatida aminokislotalar va oqsillar metabolizmida, neyrotransmitterlar sintezida ishtirok etadi.

Nikotinamid (RR vitamini, V3 vitamini) to‘qimalar nafasi jarayonlarida, yog‘lar, uglevodlar, aminokislotalar sintezida ishtirok etadi.

Farmakokinetikasi

Bepleks® preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘k.

Qo‘llanilishi

– muvozanatlanmagan ovqatlanish;

– nevrologik kasalliklarni (shu jumladan nevritlar, radikulitlar, nevralgiyalar, periferik falajlar, diabetik polinevropatiya); oldini olish va davolash;

– surunkali alkogolizm oqibatidagi nevrologik buzilishlar;

– og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kasalliklari (glossitlar, gingivitlar, stomatit)

– MIY kasalliklari (gastrit, me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi, surunkali kolit);

– jigar kasalliklari (shu jumladan surunkali gepatitlar);

– teri kasalliklari (uzoq vaqt bitmaydigan yaralar, kuyishlar, og‘iz burchagidagi yoriqlar)

– ko‘z kasalliklari (kon‘yuktivit, irit, shox parda yarasi, katarakta)

– moddalar almashinuvini buzilishi;

– anemiyalar;

– homiladorlik;

– laktasiya davri (emizish davri) da qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga profilaktika maqsadida 1-2 tabletkadan har kuni, davolash maqsadida 3-4 tabletkadan yoki shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llanadi. Preparat ovqatdan keyin ichga qabul qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

V guruhi vitaminlariga yuqori sezuvchanlik, levodopa bilan bir vaqtda davolash mumkin.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bepleks® preparatining tarkibiga kiruvchi piridoksin levodopaning terapevtik faolligini pasaytirib, uning metabolizmini oshirishi mumkin. Bepleks® va levodopani, faqat dekarboksilaza ingibitorlarini bir vaqtda buyurilganida birga qo‘llash mumkin. Piridoksin steroid garmonlarning samaralarini pasaytirishi mumkin. Izoniazid piridoksinni siydik bilan chiqarilishini oshiradi. Sikloserin, gidralizin va penisillamin Bepleks® preparatining tarkibiga kiruvchi tiaminning antagonistlari hisoblanadilar. Bepleks® preparatining GMG-KoA-reduktazaning hosilalari (levostatin, pravastatin) bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bu preparatlarning o‘zaro ta‘sirida rabdomioliz yuz berishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bepleks® qabul qilinganida siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu preparatning takibida riboflavinning borligi bilan bog‘liqligini hisobga olish kerak.

Turli kasalliklarda preparatni haddan tashqari yuqori dozalarda qo‘llash samaradorligi asoslanmagan.

Homiladorlik va laktasiya

Bepleks® tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida homilaga biron-bir salbiy ta‘sir kuzatilmagan. Yuqori dozalarda piridoksin prolaktinni ajralib chiqishini izdan chiqaradi, shuning uchun laktasiya davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, kusish, teri qoplamlarini oqarishi.

Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Saqlash sharoiti.

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati.

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi.

Shifokor reseptisiz.

 

Ulashish:

BEPLEKS barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

BEPLEKS savollari

BEPLEKS fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil