Ташкент
logo
SavatKirish

Enterokind

Enterokind chiqarish shakllari

ENTEROKIND tomchilar 20ml
Retseptsiz
ENTEROKIND tomchilar 20ml
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG
- Enterokind qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Enterokindning tarkibi
- Enterokind ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Enterokind narxi Toshkent dorixonalarida

Enterokind qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Germaniya
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ENTEROKIND

YeNTEROKIND

 

Preparatning savdo nomi: Enterokind

Dori shakli: eritma

Tarkibi:

100 g eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 10 g Chamomilla dil. D6, 10 g Cina dil. D6, 10 g Colocynthis dil. D6, 10 g Lak defloratum dil. D6, 10 g Magnesium chloratum dil. D6,

yordamchi moddalar: ksilitol, gliserin 85%, tozalangan suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz, qovushqoq eritma

Farmakoterapevtik guruhi: gomeopatik vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Gomeopatik davolash usuli kasallikni tushunish ma‘nosida va dori substansiyalarini qo‘llanishida an‘anaviy tibbiyotdan ahamiyatli farq qiladi. Gomeopatik vositalar organizmning shaxsiy himoya kuchlarini rag‘batlantiradi, hamda o‘zini-o‘zi davolash qobiliyatini faollashtiradi. Gomeopatik vositalarga organizmning javobi yuqori shaxsiy. Shu sabablarga ko‘ra doza-spesifik samarani, shuningdek farmakodinamik va farmakokinetik ma‘lumotlarni aniqlashning imkoniyati yo‘q.

Qo‘llanilishi

Kichik yoshdagi va emizikli bolalarda qorin dam bo‘lishi va “bolalar” sanchiqli og‘rig‘ida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kasallikning o‘tkir simptomlarida har soatda 3 tomchidan, 6 martadan ko‘p emas. Simptomlar kamayganidan keyin 3 tomchidan kuniga 3 marta.

Tomchilarni yutishdan oldin og‘izda ozgina tutib turib, ovqatlanishdan yarim soat oldin yoki yarim soat keyin qabul qilish kerak. Zarurati bo‘lganida tomchilarni oz miqdordagi suv bilan aralashtirish mumkin.

Enterokindni ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Farzandingizga preparatning o‘tkazib yuborilgan qabulini o‘rnini bosish uchun ikki barobar dozani bermang.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Hozirgi vaqtgacha noma‘lum. Agar Siz farzandingizda preparatni qabul qilganidan keyin nojo‘ya samaralarning belgilari paydo bo‘lgan deb o‘ylasangiz, shifokoringizga xabar bering.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Hozirgi vaqtgacha noma‘lum. Agar farzandingiz boshqa dori vositalarini qabul qilgan yoki qabul qilayotgan bo‘lsa shifokoringizni xabardor qiling.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Gomeopatik dori vositalari qo‘llanganida kasallikning belgilari vaqtinchalik birlamchi yomonlashishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Agar Siz farzandingiz yetarlicha Enterokindga javob bermayotganini sezgan bo‘lsangiz, yoki unda kutilmagan simptomlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, iltimos shifokorga murojaat qiling.

Preparat oz miqdorda alkogol (bir dozada kamida 100 mg) saqlaydi.

Preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha noma‘lum.

 

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun tomchilar, 20 ml dan eritma shisha flakonlarda.

Saqlash sharoiti

Alohida sharoit talab qilmaydi.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Enterokind barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Enterokind savollari

Enterokind fikr-mulohazalari

Reyting 5.0, 2 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil