Ташкент
logo
SavatKirish

Dormikind

Dormikind chiqarish shakllari

DORMIKIND tabletkalari N150
Retseptsiz
DORMIKIND tabletkalari N150
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG
•25 ta dorixonada bor
Narxi
65 000 so'm dan
DORMIKIND A tabletkalari N150
Retseptsiz
DORMIKIND A tabletkalari N150
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Alpen Pharma GmbH, Germaniya proizvedeno: Dr.Gustav Klein GmbH & Co. KG
•79 ta dorixonada bor
Narxi
72 800 so'm dan
- Dormikind qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Dormikindning tarkibi
- Dormikind ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Dormikind narxi Toshkent dorixonalarida

Dormikind qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Germaniya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DORMIKIND

DORMIKIND

 

Preparatning savdo nomi: Dormikind

Tarkibi:

1 tabletka (100 mg) quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 15 mg Cypripedium pubescens trit. D4, 20 mg Magnesium carbonicum trit. D10, 15 mg Zincum valerianicum trit. D12;

Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, talk, magniy stearati.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq, ikki tomoni yassi, chetlari kesilgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: gomeopatik vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Gomeopatik davolash usuli kasallikni tushunish ma‘nosida va dori substansiyalarini qo‘llanishida an‘anaviy tibbiyotdan ahamiyatli farq qiladi. Gomeopatik vositalar organizmning shaxsiy himoya kuchlarini rag‘barlantiradi, hamda o‘zini-o‘zi davolash qobiliyatini faollashtiradi. Gomeopatik vositalarga organizmning javobi yuqori shaxsiy. Shu sabablarga ko‘ra doza-spesifik samarani, shuningdek farmakodinamik va farmakokinetik ma‘lumotlarni aniqlashning imkoniyati yo‘q.

Qo‘llanilishi

Kichik yoshdagi va emizikli bolalardagi uyquni buzilishlari va bezovtalanishni davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 tabletkadan kuniga 4 martagacha.

Dormikindni ovqat va ichimlik bilan qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Tabletkalarni og‘izda asta-sekin erishiga yo‘l qo‘yib, ovqatlanishdan yarim soat oldin yoki yarim soat keyin qabul qilish kerak. Zarurati bo‘lganida tabletkalarni ozgina miqdordagi suv bilan eritish mumkin.

Preparatni o‘tkazib yuborilgan qabulini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani berish tavsiya qilinmaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Hozirgi vaqtgacha noma‘lum. Agar farzandingizda preparatni qabul qilganidan keyin hech qanday nojo‘ya samaralarning paydo bo‘lgani haqida sezsangiz shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Hozirgi vaqtgacha noma‘lum. Agar farzandingiz boshqa dori vositalarini qabul qilgan yoki qabul qilayotgan bo‘lsa shifokoringizga xabar bering.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Gomeopatik dori vositalari qo‘llanganida kasallikning belgilari vaqtinchalik birlamchi yomonlashishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Agar Siz farzandingiz Dormikindga yetarlicha javob bermayotgan bo‘lganini sezsangiz yoki unda kutilmagan simptomlar paydo bo‘lsa, iltimos shifokorga murojaat qiling.

Bu dori vositasi laktoza (sut qandi) saqlaydi. Agar shifokoringiz Sizga farzandingizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmasligini aytgan bo‘lsa, dori vositasini qo‘llashdan oldin u bilan maslahatlashing.

Preparat yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha noma‘lum.

 

Chiqarilish shakli

150 tabletkadan shisha flakonlarda, 1 flakondan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Alohida sharoit talab qilmaydi.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Dormikind narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Dormikind barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Dormikind savollari

Dormikind fikr-mulohazalari

Reyting 5.0, 6 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil