Apteka.uz
SavatKirish

Afobazol

Afobazol chiqarilish shakllari

AFOBAZOL tabletkalari 10mg N60
Retseptli
AFOBAZOL tabletkalari 10mg N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OAO "Farmstandart-Leksredstva"
•129 ta dorixonada bor
Narxi
67 500 so'm dan
- Afobazol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Afobazolning tarkibi
- Afobazol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Afobazol narxi Toshkent dorixonalarida

Afobazol qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Nimaga qarshi

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Kattalarda havotirli holatlar: — tarqalgan havotirli buzilishlar, nevrasteniya, moslashish buzilishlari; — turli somatik (bronxial astma, ta'sirlangan ichak sindromi, TQYu, YIK, arterial gipertenziya, aritmiyalar), dermatologik, onkologik va boshqa kasalliklari bor bemorlarda; — xavotir bilan bog'liq uyqu buzilishlari; — neyrotsirkulyator distoniya; — hayz ko'rishdan oldingi zo'riqish sindromi; — alkogol abstinentsiya sindromi; — chekishni tashlashda bekor qilish sindromini yengillashtirish uchun.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — homiladorlik; — laktatsiya davri (ko‘krak suti bilan boqish); — 18 yoshgacha bo‘lganlar; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Tarkibi

  • morfolinoetiltioetoksibenzimidazol digidroxloridi 10 mg Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, laktoza, povidon, magniy stearati.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: Cmax 0,13±0,073 mkg/ml ni tashkil qiladi. Taqsimlanishi: Preparatning organizmda o‘rtacha ushlanib qolish vaqti - 1,6±0,86 soat. Qon bilan yaxshi ta'minlangan organlarga intensiv taqsimlanadi. Chiqarilishi: T1/2 0,82 soatni tashkil qiladi.

Farmakologik ta'siri

Afobazol® - 2-merkaptobenzimidazol hosilasi, benzodiazepin retseptorlari agonistlari sinfiga kirmaydigan selektiv anksiolitik. GABA-retseptorida membranaga bog'liq o'zgarishlar rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Preparat gipnosedativ samaralar bilan kechmaydigan faollashtiruvchi komponentga ega anksiolitik ta'sirga ega (sedativ ta'sir anksiolitik ta'sir uchun ED50 dan 40-50 baravar yuqori dozalarda aniqlanadi). Preparatda miorelaksant xususiyatlar, xotira va diqqatga salbiy ta'sir yo'q. Preparat qo'llanilganda dori qaramligi shakllanmaydi va bekor qilish sindromi rivojlanmaydi. Preparatning ta'siri asosan anksiolitik (xavotirga qarshi) va engil rag'batlantiruvchi (faollashtiruvchi) samaralarning kombinatsiyasi ko'rinishida amalga oshiriladi. Xavotir (tashvish, yomon hissiyotlar, xavfsirash, asabiylik), zo'riqish (qo'rquvchanlik, yig'loqilik, bezovtalik hissi, bo'shasha olmaslik, uyqusizlik, qo'rquv), va demak, somatik (mushak, sensor, yurak-qon tomir, nafas olish, oshqozon-ichak simptomlari), vegetativ (og'iz qurishi, terlash, bosh aylanishi), kognitiv (diqqatni jamlashdagi qiyinchiliklar, xotira susayishi) buzilishlarning kamayishi yoki yo'qolishi Afobazol bilan davolashning 5-7 kunlarida kuzatiladi. Maksimal samara davolashning 4-haftasi oxiriga kelib erishiladi va terapiyadan keyingi davrda o'rtacha 1-2 hafta saqlanib qoladi. Preparatni qo'llash ayniqsa asosan astenik shaxsiy xususiyatlarga ega, xavotirli shubhalanish, ishonchsizlik, yuqori ta'sirchanlik va emotsional labillik, emotsional-stress reaktsiyalariga moyillik ko'rinishidagi shaxslarda ko'rsatilgan. Afobazol® zaharli emas (kalamushlarda LD50 ED50 1 mg bo'lganda 1,1 g ni tashkil qiladi).

Nojo'ya ta'sirlar

  • Bo'lishi mumkin: allergik reaktsiyalar, yuqori individual sezuvchanlik

Dozirovkasi

  • 10 mg 10mg

Dozani oshirib yuborilishi

Sezilarli darajada dozani oshirib yuborish va intoksikatsiyada miorelaksatsiya ko‘rinishlarisiz sedativ ta’sir va yuqori uyquchanlik rivojlanishi mumkin.

Dori shaklining ta'rifi

  • Oq yoki krem tusli oq rangli, yassi-tsilindrik, faskali tabletkalar.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bir vaqtda qo‘llanilganda Afobazol® etanolning narkotik samarasiga va tiopentalning gipnotik ta’siriga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bir vaqtda qo‘llanilganda Afobazol® karbamazepinning tirishishga qarshi samarasini kuchaytiradi. Bir vaqtda qo‘llanilganda Afobazol® diazepamning anksiolitik ta’siri kuchayishini chaqiradi.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AFOBAZOL®

AFOBAZOL

 

Preparatning savdo nomi: Afobazol®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): fabomotizol

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: fabomotizol (fabomotizol digidroxloridi) – 10 mg;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali – 48 mg, mikrokristall sellyuloza – 35 mg, laktoza monogidrati – 48,5 mg, o‘rtamolekulyar povidon (o‘rtamolekulyar tibbiy polivinilpirrolidon, kollidon 25) – 7 mg, magniy stearati – 1,5 mg.

Ta‘rifi: oq yoki och-sariq tusli oq rangli, yassi silindrik, faskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: anksiolitik vosita (trankvilizator).

ATX kodi: N05VX.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Afobazol® – selektiv nebenzodiazepin anksiolitik.

Bosh miyaning nerv xujayralaridagi sigma–1–reseptorlariga ta‘sir qilib, Afobazol® GAMK/benzodiazepen reseptorlarini turg‘unlashtiradi va endogen tormozlanish medeatorlariga ularning sezgirligini tiklaydi. Shuningdek Afobazol® nerv xujayralarining bioenergetik potensialini oshiradi va ularni shikastlanishdan himoya qiladi (neyroprotektiv ta‘sir ko‘rsatadi).

Preparatning ta‘siri anksiolitik (havotirga qarshi) va yengil rag‘batlantiruvchi (faollashtiruvchi) samaralarni birga qo‘shilishi ko‘rinishida amalga oshadi. Afobazol® xavotir hissini (tashvishli, yomon his xavfsirash, jizzakilik), zo‘riqish (hadiksirash, yig‘loqilik, xavotirlik hissi, xotirjam bo‘laolmaslik, uyqusizlik, qo‘rquv), xavotirning somatik ko‘rinishlari (mushak, sensor, yurak–qon tomir, nafas, me‘da–ichak simptomlari), vegetativ buzilishlar (og‘iz qurishi, ko‘p terlash, bosh aylanishi), kognitiv buzilishlar (diqqatni jamlashda qiyinchiliklar, xotirani susayishini) kamaytiradi va yo‘qotadi. Asosan aynan xavotirlik shubha ko‘rinishidagi shaxsiyatni astenik buzilishi bo‘lgan shaxslarda, ishonchsizlikda, o‘ta ko‘ngil bo‘shligida va emosional o‘zgaruvchanlikda, emosional stress reaksiyalariga moyilligi bo‘lgan shaxslarda preparatni qo‘llash tavsiya etilgan.

Preparatning samarasi davolashning 5–7 kuniga kelib rivojlanadi. Maksimal samaraga davolashning 4–haftasini oxirida erishiladi va davolash tugaganidan keyin o‘rtacha 1–2 hafta saqlanib qoladi. Afobazol® mushak kuchsizligi, uyquchanlikni chaqirmaydi va diqqatni jamlash va xotiraga salbiy ta‘sirga ega emas. Uni qo‘llanishi doriga qaramlik shakllanmaydi va “bekor qilish” sindromi rivojlanmaydi.

Farmakokinetikasi

Peroral qabul qilingandan keyin Afobazol® me‘da–ichak yo‘llaridan yaxshi va tez so‘riladi.

Plazmada preparatning maksimal konsentrasiyasi (Smax) – 0,130±0,073 mkg/ml ni; maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (Tmax) -0,85±0,13 soatni tashkil qiladi.

Metabolizmi: Afobazol® “birinchi o‘tish samarasiga” jigar orqali erishadi, metabolizmning asosiy yo‘nalishi bo‘lib benzimidazol siklining aromatik halqasining gidroksillanishi va morfolinli fragmentining oksidlanishi hisoblanadi.

Afobazol® qon bilan yaxshi ta‘minlangan a‘zolarga jadal taqsimlanadi, uning uchun markaziy o‘qdan (qon plazmasi) periferikka tez o‘tish xarakterlidir (kuchli vaskulizasiyalangan a‘zolar va to‘qimalar).

Ichga qabul qilinganda Afobazol® ning yarim chiqarilish davri 0,82±0,54 soatni tashkil qiladi. Qisqa yarim chiqarilish davri preparatning jadal biotransfarmasiyasi va qon plazmasidan a‘zo va to‘qimalarga tez taqsimlanishi bilan bog‘liq. Preparat asosan metobolitlar ko‘rinishida va qisman o‘zgarmagan holda siydik va ahlat orqali chiqariladi. Uzoq muddat qo‘llanganida organizmda kumulyasiyaga uchramaydi.

 

Qo‘llanilishi

Afobazol® kattalarda xavotirlik holatlarida yoyilgan xavotirli buzilishlar, nevrosteniya, adaptasiyani buzilishlari, turli somatik kasalliklari (bronxial astma, ta‘sirlangan ichak sindromi, tizimli qizil yugurik) bo‘lgan bemorlarda, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi, aritmiyalar) bo‘lgan bemorlarda dermatologik, onkologik va boshqa kasalliklarda qo‘llaniladi. Xavotir bilan bog‘liq bo‘lgan uyquni buzilishida neyrosirkulyator distoniyada, predmenstrual sindromda, alkogolli abstinent sindromda, chekishdan voz kechishda “bekor qilish” sindromini yengillashtirish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan keyin qo‘llanadi.

Optimal bir martalik dozalar – 10 mg; sutkalik – 30 mg; kun davomida 3 marta qabul qilishga taqsimlangan. Preparatni kurs davomida qo‘llash davomiyligi – 2–4 haftani tashkil qiladi.

Zarurati bo‘lganida, shifokorning tavsiyasiga ko‘ra, preparatning sutkalik dozasi 60 mg gacha, davolash davomiyligi esa 3 oygacha oshirilishi mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Kam hollarda – odatda mustaqil o‘tib ketuvchi va preparatni bekor qilishni talab qilmaydigan bosh og‘rig‘i.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktoza tanqisligi yoki glyukoza–galaktozani kam so‘rilishi. Homiladorlik, laktasiya davri.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Afobazol® etanol bilan o‘zaro ta‘sir qilmaydi va tiopentalning gipnotik ta‘siriga ta‘sir qilmaydi. Karbamazepinning tirishishga qarshi samarasini ko‘paytiradi. Diazepamning anksiolitik ta‘sirini kuchayishini chaqiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat avtotransportni boshqarishda va diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani sezilarli oshirib yuborilganida va intoksikasiyada miorelaksasiya ko‘rinishlarisiz sedativ samarani rivojlanishi va yuqori uyquchanlik kuzatilishi mumkin. Shoshilinch yordam sifatida ampulalardagi 20% li kofein eritmasi 1 ml dan kuniga 2–3 marta teri ostiga qo‘llaniladi.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 10 mg dan.

20 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

3 kontur o‘ramlar davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Afobazol preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Afobazol narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish

Afobazol barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Afobazol haqida savollar

Afobazol haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil