Apteka.uz
SavatKirish

Kyupen

Kyupen chiqarilish shakllari

KYUPEN FORTE ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
KYUPEN FORTE ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd
•64 ta dorixonada bor
Narxi
38 700 so'm dan
KYUPEN tabletkalari 50mg/500mg N100
Retseptli
KYUPEN tabletkalari 50mg/500mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avison Pharmaceutical Pvt. Ltd., India Coral Laboratories Limited
•92 ta dorixonada bor
Narxi
60 000 so'm dan
KYUPEN gel 20g N1
Retseptli
KYUPEN gel 20g N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Coral Laboratories Limited
•94 ta dorixonada bor
Narxi
33 000 so'm dan
KYUPEN YUNIOR suspenziya 60ml
Retseptli
KYUPEN YUNIOR suspenziya 60ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Coral Laboratories Limited
•22 ta dorixonada bor
Narxi
26 730 so'm dan
KYUPEN gel 30g N1
KYUPEN gel 30g N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Coral Laboratories Limited
•6 ta dorixonada bor
Narxi
42 800 so'm dan
KYUPEN IV infuziya uchun eritma 100ml 1%
Retseptli
KYUPEN IV infuziya uchun eritma 100ml 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd
KYUPEN FORTE ko'z tomchilari 5ml 0,4% N1
KYUPEN FORTE ko'z tomchilari 5ml 0,4% N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd
•19 ta dorixonada bor
Narxi
35 376 so'm dan
KYUPEN FORTE inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
KYUPEN FORTE inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd
- Kyupen qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Kyupenning tarkibi
- Kyupen ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Kyupen narxi Toshkent dorixonalarida

Kyupen haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

Diqqat: Ushbu sahifada Kyupen preparatining [tabletkalar] shakli uchun yo‘riqnoma keltirilgan. Preparatning boshqa chiqarilish shakllari bo‘yicha ma’lumotlar farq qilishi mumkin.

 

Preparatning savdo nomi: Kyupen (Qupen)

Ta’sir qiluvchi moddalar (XPN): paratsetamol va diklofenak natriy

Dori shakli: tabletkalar

Farmakoterapevtik guruhi: analgetik-antipiretik

ATX kodi: N02BE51

Chiqarilish shakli: 10 tabletka kontur-uyali o‘ramda, 10 kontur-uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Dorixonalardan berish tartibi: Shifokor retsepti bo‘yicha.

Qo‘llash ko‘rsatmalari

Shamollash kasalliklari, bosh og‘rig‘i, nevralgiya, tish og‘rig‘i, lyumbago, osteoartroz, ishias, revmatoid artrit, radikulit, isitmali holatlar, bursitlar, tendinitlar, miozitlar, dismenoreyani va operatsiyadan keyingi og‘riqni simptomatik davolash uchun tavsiya qilinadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Quyidagilarda qo‘llash mumkin emas:

– me’da yara kasalligini zo‘rayishi;

– homiladorlik;

– buyrak kasalliklari;

– laktatsiya davrida;

– «aspirin uchligida» (burun va qo‘shimcha bo‘shliqlarning polipozi, NYAQV o‘zlashtiraolmaslik va bronxial astmani birga qo‘shilishi);

– 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Tarkibi

Har bir tabletka saqlaydi:

Faol moddalar:

Paratsetamol 500 mg

Diklofenak natriy 50 mg

Yordamchi moddalar: kraxmal, jelatin, tozalangan talk, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati, Sunset Yellow FCF bo‘yovchisi, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, tozalangan suv (yetarli miqdorda).

Farmakokinetikasi

Diklofenak ovqat hazm qilish yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. So‘rilish tezligi bir vaqtda ovqat qabul qilinganda biroz sekinlashadi. Sinovial suyuqlikka kirish qobiliyatiga ega. Metabolizmi asosan jigarda amalga oshadi. Metabolitlarining bir qismi farmakologik jihatdan faoldir. Metabolitlarini chiqarilishi asosan buyraklar orqali, qisman – safro bilan amalga oshiriladi. Diklofenakning taxminan 1% buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Paratsetamolni ovqat hazm qilish yo‘llarida tez so‘riladi, asosan ingichka ichakda yuz beradi. Paratsetamolning metabolizmi jigarda kechadi. Almashinuv mahsulotlari buyraklar orqali chiqariladi. Preparatning 5% o‘zgarmagan holda buyraklar orqali chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Kyupen tabletkalari NYAQV guruhidan 2 moddani – paratsetamol va diklofenak natriy saqlaydi. Ikkala vosita ham araxidon kislotasidan siklik endoperoksidlarni hosil bo‘lishiga yordam beruvchi siklooksigenazaning faolligini susaytiradi. Siklik endoperoksidlar, yallig‘lanish va uning klinik ko‘rinishlari – og‘riq, shish, haroratni oshishini rivojlanishida ishtirok etuvchi prostaglandinlarni hosil bo‘lish jarayonida boshlang‘ich material bo‘lib xizmat qiladi.

Diklofenak prostaglandinlarni hosil bo‘lishini, siklooksigenazaning ikkala turini ham faolligini susaytirish hisobiga bostiradi. Shu yo‘l bilan kuchli og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Isitmani tushiruvchi samarasi o‘rtacha namoyon bo‘ladi. Diklofenakning og‘riq qoldiruvchi ta’sirining markaziy mexanizmi nerv tizimida prostaglandinlarni hosil bo‘lishini ingibirlashi bilan bog‘liq.

Paratsetamol asosan markaziy ta’sirga ega bo‘lib, markaziy nerv tizimida prostaglandinlarni hosil bo‘lishini susaytiradi. Kuchli analgetik va antipiretikdir. Yallig‘lanishga qarshi samarasi kuchsiz namoyon bo‘ladi.

Nojo'ya ta'sirlar

– Anoreksiya, qabziyat, ko‘ngil aynishi, abdominal og‘riqlar, diareya;

– qon ketishi bilan asoratlanishi mumkin bo‘lgan ovqat hazm qilish yo‘llarining yaralari (odatda, faqat uzoq muddat davomida ishlatilganda uchraydi);

– depressiya, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i;

– gematuriya, nefrotik sindrom, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, proteinuriya;

– trombotsitopeniya, anemiya;

– allergik reaksiyalar.

Nojo‘ya samaralarning simptomlari (agar ular bo‘lsa) dori vositasi bekor qilinganidan keyin yo‘qolishi kerak. Agar simptomlar o‘tib ketmasa, shifokorga murojaat qiling.

Bolalar uchun qo'llanilishi

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas, preparat qarshi ko‘rsatilgan.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik yoki laktatsiya davrida ishlatish mumkin emas. Homiladorlikda faqat agar patsiyent uchun potensial foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Buyrak faoliyati buzilganida

Buyrak faoliyati buzilgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: buyrak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, tirishishlar, dispeptik holatlar, nafasni buzilishi.

Davolash – simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Dori shaklining ta'rifi

Oq-zarg‘aldoq, ikki qavatli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, ikki tomonlama silliq (bo‘lish chizig‘isiz), qobiq bilan qoplangan tabletka.

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparatni buyrak va jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ishlatilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

O‘ramidagi yaroqlilik muddatini tekshiring va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparatni ishlatmang.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Kyupen furosemid va gipotenziv preparatlarning klinik samaralarini pasaytiradi, kaliyni tejovchi diuretiklarning samarasini potensiatsiyalaydi. Plazmada digoksinning miqdorini oshiradi. Metotreksatning toksik samaralarini kuchaytiradi. Siklosporinning nefrotoksik samarasini kuchaytiradi. Antikoagulyantlarning ta’sirini potensiatsiyalashi mumkin.

Saqlash sharoitlari

Qorong‘u joyda, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati: 4 yil.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Peroral qo‘llash uchun buyuriladi.

12 yoshdan kichik bolalarda qo‘llanmasin.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin.

Yoki shifokorning ko‘rsatmasiga ko‘ra.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Kyupen preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Kyupen narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Target Farm №9
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
60 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №7
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'ch., 299 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
75 000 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
76 000 so'm
Bron qilish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
76 000 so'm
Bron qilish

Kyupen haqida savollar

Kyupen haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 1 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil