Ketodol
Ketodol chiqarish shakllari
Ketodol qo'llanmasi
Ketorolakka yuqori sezuvchanlik; bronxial astma, qaytalanuvchi burun va burun atrofi bo'shliqlari polipozi va atsetilsalisil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalarining (shu jumladan anamnezida) to'liq va to'liq bo'lmagan birga kelishi; nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish bilan bog'liq eshakemi, rinit; degidratasiya.
Pirazolon qatori dori vositalarini o'zlashtira olmaslik, gipovolemiya (uni chaqirgan sababidan qat'iy nazar); qon ketishi yoki uning rivojlanishini yuqori xavfi; aortokoronar shuntlashdan keyingi holat; tasdiqlangan giperkaliemiya; ichakning yallig'lanishli kasalliklari.
Zo'rayish bosqichidagi me'da-ichak yo'lining eroziv-yarali shikastlanishlari, peptik yaralar; gipokoagulyasiya (shu jumladan gemofiliya).
Og'ir darajali jigar va/yoki buyrak etishmovchiligi (plazma kreatinini daqiqasiga 30 ml dan kamroq). Gemorragik insult (tasdiqlangan yoki taxmin qilingan); gemorragik diatez, qon yaratilishining buzilishi.
Homiladorlik, tug'ruq va laktasiya davri. O'n olti yoshgacha bo'lgan bolalar.
Qon ketishining yuqori xavfi tufayli, preparat jarrohlik amaliyotlaridan oldin va keyin og'riqsizlantirish uchun, shuningdek surunkali og'riqlarni davolash uchun qo'llanilmaydi.
Ehtiyotkorlik bilan
Bronxial astma, xolesistit, surunkali yurak etishmovchiligi, arterial gipertenziya, buyraklar faoliyatining buzilishi (plazma kreatinini 50 mg/l dan past); xolestaz; faol gepatit; sepsis; tizimli qizil yugirik; keksalik yoshi (65 yoshdan oshgan); burun va burun-halqum shilliq qavatining poliplari, boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish; miy-toksikligini oshiruvchi faktorlar mavjudligi: alkogolizm, chekish; jarrohlik amaliyotidan keyingi holat, shishish sindromi, yurak ishemik kasalliklari, tserebrovaskulyar kasalliklar, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, pereferik arteriyalar kasalliklari, klirensi daqiqasiga 60 ml dan kam, anamnezida me'da-ichak yo'lini yarali kasalliklari, N.pylori infektsiyasining mavjudligi, NYAQV ni uzoq muddat qo'llash, og'ir darajali somatik kasalliklar, peroral glyukokortikosterodlar (shu jumladan prednizolon), antikoagulyantlar (shu jumladan varfarin), antiagregantlar (shu jumladan klopidogrel), serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (tsitaloprama, fluoksetina, paroksetina, sertralin) ni bir vaqtda qabul qilish.
Ketodol narxlari
Ketodol o'xshash dorilari
Ketodol barcha rasmlari














