P-ZERO
P-ZERO chiqarish shakllari



P-ZERO qo'llanmasi
Ketorolakka, yordamchi moddalarga yoki boshqa NYAQV larga yuqori sezuvchanlikda; miy eroziv-yarali shikastlanishlari faol fazada bo'lganida yoki me'da-ichakdan qon ketganida, yaralar hosil bo'lganida yoki anamnezda ularning teshilishlari bo'lganida; yaqqol ifodalangan yurak, jigar etishmovchiligida yoki jigar kasalligining faol fazasida, o'rtacha va og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam); gemorragik diatezda, qon ivuchanligini buzilishida; bronxial astma, qaytalanuvchi burun poliplari va burun yondosh bo'shliqlari va atsetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQV ta'sirini o'zlashtiraolmaslik birgalikda kelganida (shu jumladan anamnezda); astma, bronxospazm, rinit, angionevrotik shish kabi allergik reaktsiyalarda, shu jumladan NYAQV ni qabul qilishdan kelib chiqqan allergik reaktsiyalarda, yoki NYAQV ni qabul qilishdan kelib chiqqan eshakemida (anamnezda); atsetilsalisil kislotasini, boshqa NYAQV ni qabul qilayotgan pasientlarda; gipovolemiyada, suvsizlanishda; qon
ketishlarda yoki ularni rivojlanishining yuqori xavfida; giperkaliemiyada; homiladorlik (III uch oyligi) va laktasiya davrida; 16 yoshgacha bo'lgan bolalarda (xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar yo'q) qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan:
Bronxial astmada, me'da-ichak toksikligini oshiruvchi omillarning mavjudligida; alkogolizm va tamaki chekishda; xolesistitda, operasiyadan keyingi davrda, surunkali yurak etishmovchiligida, shish sindromida, arterial gipertenziyada, buyrak disfunktsiyasida (zardobda kreatinin darajasi 50 mg/l dan kam bo'lganida); xolestazda, faol gepatitda, sepsisda; tizimli qizil yugurikda, boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganida; yurakning ishemik kasalligida, bosh miyada qon aylanishi buzilganida; dislipidemiya/giperlipidemiyada, qandli diabetda; periferik arteriyalar kasalliklarida; surunkali buyrak etishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 30-60 ml), anamnezda me'da-ichak yo'llarining yarali shikastlanishlarida, H. Pylori infektsiyasi bo'lganida; nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni uzoq vaqt qo'llanilganida; og'ir somatik kasalliklarda; oral glyukokortikosteroidlarni (shu jumladan prednizolonni), antikoagulyantlarni (shu jumladan varfarinni), antiagregantlarni (shu jumladan klopidogrelni), serotoninning selektiv ingibitorlari (shu jumladan tsitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralinni) birga qo'llanganida, keksalarda (65 yoshdan katta), homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
P-ZERO o'xshash dorilari
P-ZERO barcha rasmlari















