Ташкент
logo
SavatKirish

P ZERO gel 30g

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:Avantika Medex Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Nucleus Formulation Pvt. Ltd.
ATX kodi:M01AB15
Barcha P-ZERO dorilari
3 ta dorixonada bor
Narxi 35 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 3 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

P ZERO gel 30g qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Har bir 1 g gel quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ketorolak trometamini – 20 mg;

yordamchi moddalar: karbomer-940, benzil spirti, polisorbat-80, gliserin, trietanolamin, propilenglikol, tozalangan suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Sirtga qo'llash uchun gel.

30 g dan plastmassa tubada, tibbiyotda qo'llanishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Farmakodinamikasi

Sirtga qo'llash uchun mo'ljallangan nosteroid yallig'lanishga qarshi vosita (NYAQV) bo'lib, yaqqol og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi araxidon kislotasidan og'riq, yallig'lanish va isitmani patogenezida muhim rol o'ynaydigan prostaglandinlar hosil bo'lishini katalizlaydigan tsiklooksigenaza (sog) sog-1 va sog-2 fermentlarining faolligini noselektiv susayishi bilan bog'liq. Ketorolak [-]S va [+]R enantiomerlarning ratsemik aralashmasi bo'lib, bunda uning og'riq qoldiruvchi ta'siri [-]S shakli bilan bog'liq. Mahalliy qo'llanganida gel surtilgan joyda og'riqni kamayishi yoki yo'qolishiga, shu jumladan tinch holatda va xarakatda bo'g'imlardagi og'riqlarni kamayishi va yo'qolishiga olib keladi, bo'g'imlarning ertalabki tangligi va shishini kamaytiradi. Xarakatlarni hajmini oshishiga yordam beradi.

Farmakokinetikasi

 Ketorolakning biologik qiymati taxminan 80-100% ni tashkil etadi. Ketorolakning farmakokinetikasi odatdagi dastlabki dozalar diapazonida proportsional bo'ladi. Dori preparatining qon plazmasidagi kontsentrasiyasi tinch holatda bir martalik dozasi yuborilgandan keyingi kontsentrasiyasiga nisbatan taxminan 50% ga yuqori. Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar kabi, ketorolak plazma oksillari bilan deyarli to'liq (>99%) bog'lanadi, bu katta bo'lmagan taqsimlanish hajmiga (Vd) [<0,3 l/kg] olib keladi. U dastlab glyukoron kislotasi bilan bog'lanish orqali jadal metabolizmga uchraydi va buyrak orqali chiqariladi. Metabolitlari ahamiyatli darajada og'riq qoldiruvchi ta'sir ko'rsatmaydi. Sog'lom ko'gillilarda ketorolakning o'rtacha yakuniy yarim chiqarilish davri (T½ β) taxminan 5 soatni tashkil etgan.

Nojo'ya samaralari

Mahalliy reaktsiyalar: qichishish, eshakemi, terini qipiqlanishi. Gel terining katta yuzasiga surtilganida tizimli nojo'ya reaktsiyalar: jig'ildon qaynashi, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, gastralgiya, me'da-ichak yo'llarining shilliq qavatida yaralarni hosil bo'lishi, "jigar" transaminazalarining faolligini oshishi, bosh og'rig'i, bosh aylanishi; suyuqlikni ushlanib qolishi, gematuriya; allergik reaktsiyalar (anafilaktik shok, teri toshmasi); trombositopeniya, leykopeniya, aneimya, agranulositoz, qon ketish vaqtini uzayishi kabi reaktsiyalarni rivojlanishini istisno qilish mumkin emas. 
Biror bir nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lganida preparatni qo'llashni to'xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Maxsus saqlash sharoitlari

Ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanib, preparatni terining faqat shikastlanmagan sohalariga qo'llash tavsiya etiladi. Gelni ko'zga va boshqa shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Gel havo o'tkazmaydigan bog'lovlar ostiga qo'llanilmasin. Gel surtilganidan keyin qo'llarni sovun bilan yuvish kerak. Gel ishlatilgandan keyin tubani yaxshilab yopish kerak. 

Jigar funktsiyasini buzilishlarida qo'llanishi

Og'ir darajadagi jigar etishmovchiligida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Buyrak funktsiyasini buzilishlarida qo'llanishi

Og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Bolalarda qo'llanishi

16 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarda preparatni qo'llash mumkin emas.

Keksa yoshdagi pasientlarda qo'llanishi

Keksa yoshdagi pasientlarda preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Qo'llanilishi

Quyidagi kasalliklarda og'riq sindromini bartaraf qilish uchun mahalliy qo'llanadi:

jarohatlarda (yumshoq to'qimalarni lat eyishi, yumshoq to'qimalarni yallig'lanishi, shu jumladan posttravmatik yallig'lanishi va lat eyishi, bog'lamlarni shikastlanishi);

bursit, tendinit, epikondilit, sinovit;

mushaklardagi (mialgiya) va bo'g'imlardagi (artralgiya) og'riqlarda, nevralgiyalar, radikulit, revmatik kasalliklarda qo'llanadi. 

Preparat simptomatik davolash, qo'llash vaqtida og'riq va yallig'lanishning jadalligini kamaytirish uchun mo'ljallangan, kasallikni zo'rayishiga ta'sir qilmaydi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

‒ketorolakka yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; 

‒namlanuvchi dermatozlar, ekzema, infektsiyalangan yoki ochiq jarohatlar (gel surtiladigan joyda);

‒bronxial astma, burun va burunning yondosh bo'shliqlarini qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQP o'zlashtirolmaslikni to'liq yoki to'liq bo'lmagan birga kechishi (jumladan anamnezida atsetilsalisil kislotasini qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan bronxospazm, eshakemi yoki rinit);

‒homiladorlik (III uch oyligi);

‒emizish (laktasi) davri; 

-16 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: jigar porfiriyasini zo'rayishi; miyni eroziv-yarali shikastlanishlar; og'ir darajadagi buyrak yoki jigar etishmovchiligi; surunkali yurak etishmovchiligi; bronxial astma; keksalik yoshi; homiladorlikning I va II uch oyliklarida ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Qon plazmasining oqsillari bilan bog'lanish uchun raqobatlashadigan preparatlar bilan farmakokinetik o'zaro ta'sirini istisno qilish mumkin emas.

Ketorolak, digoksin, fenitoin, litiy preparatlari, diuretiklar, Tsiklosporin, metotreksat, boshqa NYAQP, gipotenziv va diabetga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo'llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. 

Agar siz ko'rsatilgan dori vositalarni qo'llayotgan bo'lsangiz yoki shifokorning nazoratida bo'lsangiz, gelni ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Ta'rifi

oq rangli bir jinsli gel

Dozirovkasi

Sirtga qo'llash uchun mo'ljallangan. Gelni surtishdan oldin terining yuzasi yuviladi va quritiladi. Gelning taxminan 1-2 sm uzunlikdagi tasmasini maksimal og'riqli sohalariga yupqa qatlam qilib bir tekis sutkada 3-4 marta surtiladi. Preparatni yumshoq uqalovchi xarakatlar bilan surtish lozim, shu orqali gelni shikastlangan sohaga bir tekis taqsimlanishi kuzatiladi. 
Preparatni kamida 4 soatdan keyin takroran qo'llash lozim. Preparatni sutkada 4 martadan ko'p qo'llash mumkin emas. Tavsiya etilgan dozadan oshirilmasin. 
Agar preparat 10 kun davomida ishlatilganidan keyin simptomlar saqlanib tursa yoki og'irlashsa, yoki yaxshilanish kuzatilmasa, davolashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Shifokorning maslahatisiz gel 10 kundan ortiq qo'llanilmasin.


Dozani oshirib yuborilishi

P-zero gel preparatining dozasini oshirib yuborilish holatlari ta'riflanmagan. Gel tasodifan ichga qabul qilinganida me'dani yuvish (qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish) va shifokorga murojaat qilish kerak. Zarurat bo'lganida keyingi davolash simptomatik bo'ladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparatni homiladorlikning III uch oyligida va laktasiya (emizish) davrida qo'llash mumkin emas.  Homiladorlikning I va II uch oyliklarida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

P-ZERO boshqa chiqarish shakllari

P - ZERO tabletkalari 10mg N10
Retseptli
P - ZERO tabletkalari 10mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Halewood Laboratories Pvt. Ltd
P ZERO tabletkalari 10mg N30
Retseptli
P ZERO tabletkalari 10mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Halewood Laboratories Pvt. Ltd
P ZERO tabletkalari 10mg N20
Retseptli
P ZERO tabletkalari 10mg N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Halewood Laboratories Pvt. Ltd

P ZERO gel 30g haqida savollar

P ZERO gel 30g haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil