Grandaksin
Grandaksin chiqarilish shakllari


Grandaksin haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- — nevrozlar va nevrozsimon holatlar (hissiy zo'riqish, vegetativ buzilishlar, o'rtacha ifodalangan xavotir, apatiya, pasaygan faollik, yopishqoq kechinmalar bilan kechuvchi holatlar); — o'rtacha ifodalangan psixopatologik simptomli reaktiv depressiya; — ruhiy moslashuvning buzilishi (travmadan keyingi stressli buzilish); — klimakterik sindrom (mustaqil vosita sifatida, shuningdek gormonal preparatlar bilan kombinatsiyada); — hayz ko'rishdan oldingi zo'riqish sindromi; — kardialgiyalar (monoterapiya ko'rinishida yoki boshqa preparatlar bilan kombinatsiyada); — alkogol abstinentsiyasi sindromi; — miasteniya, miopatiyalar, nevrogen mushak atrofiyalari va yaqqol miorelaksatsiya qiluvchi ta'sirga ega anksiolitiklar mumkin bo'lmagan hollarda ikkilamchi nevrotik simptomli boshqa patologik holatlar
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — yaqqol psixomotor qo‘zg‘alish, agressivlik yoki chuqur depressiya bilan kechuvchi holatlar; — dekompensatsiya bosqichidagi nafas yetishmovchiligi; — uyquda nafas to‘xtashi sindromi (anamnezda); — takrolimus, sirolimus, siklosporin bilan bir vaqtda qo‘llash; — homiladorlikning I trimestri; — laktatsiya davri (ko‘krak suti bilan boqish); — preparat komponentlariga yoki boshqa har qanday benzodiazepinlarga yuqori sezuvchanlik. Dekompensatsiyalangan surunkali respirator distress-sindrom, anamnezda o‘tkir nafas yetishmovchiligi, yopiq burchakli glaukoma, epilepsiya, bosh miyaning organik shikastlanishlarida (masalan, aterosklerozda) preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak
Tarkibi
- tofizopam 50 mg Yordamchi moddalar: stearin kislotasi, magniy stearati, jelatin, talk, kartoshka kraxmali, laktoza monogidrati, mikrokristall tsellyuloza.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- MNT tomonidan: bosh og'rig'i, uyqusizlik, yuqori asabiylashish, psixomotor qo'zg'alish, ongning chalkashishi, epilepsiya bilan og'rigan bemorlarda tirishish xurujlari. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtahaning pasayishi, qabziyat, meteorizm, ko'ngil aynishi, og'iz qurishi; ayrim hollarda - xolestatik sariqlik. Allergik reaktsiyalar: teri qichishishi, ekzantema (shu jumladan skarlatinasimon ekzantema) bo'lishi mumkin. Tayanch-harakat tizimi tomonidan: mushak tarangligi, mushaklarda og'riq.
Dozirovkasi
- 50 mg 50mg
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Tabletkalar dumaloq, yassi, disk ko'rinishida, oq yoki kulrang-oq rangli, faskali, bir tomonida "GRANDAX" gravirovkasi va ikkinchi tomonida chiziqchasi bo'lgan, hidsiz yoki deyarli hidsiz. Tabletkalar dumaloq, yassi, disk ko'rinishida, oq yoki kulrang-oq rangli, faskali, bir tomonida "GRANDAX" gravirovkasi va ikkinchi tomonida chiziqchasi bo'lgan, hidsiz yoki deyarli hidsiz.
Maxsus saqlash sharoitlari
Psixik rivojlanishi kechikkan bemorlarda, keksa bemorlarda, shuningdek buyrak va/yoki jigar funksiyasi buzilishlari bo'lganlarda nojo'ya ta'sirlar boshqa bemorlarga qaraganda tez-tez kuzatilishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Tofizopamni surunkali psixoz, fobiya yoki shilqim holatlarda qo'llash tavsiya etilmaydi. Bu hollarda o'z joniga qasd qilishga urinishlar va agressiv xulq-atvor xavfi ortadi. Shuning uchun tofizopam depressiya yoki xavotir bilan kechuvchi depressiya monoterapiyasi sifatida tavsiya etilmaydi.
Depersonalizatsiyasi bo'lgan bemorlarni, shuningdek bosh miyaning organik shikastlanishi (masalan, ateroskleroz) bo'lgan bemorlarni davolashda ehtiyotkorlik zarur.
Epilepsiyasi bo'lgan bemorlarda tofizopam tirishishga tayyorgarlik ostonasini oshirishi mumkin. Grandaksin® ning har bir tabletkasi 92 mg laktoza saqlaydi, buni laktozani ko'tara olmaslikdan aziyat chekuvchi bemorlar hisobga olishlari kerak (Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar bo'limiga qarang).
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Grandaksin® diqqatni va diqqatni jamlash qobiliyatini sezilarli darajada pasaytiradi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Nojo'ya samaralari
MNS tomonidan: bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, yuqori ta'sirchanlik, psixomotor qo‘zg‘alish, ongning chalkashishi, epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda talvasa xurujlari.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtahaning pasayishi, qabziyat, meteorizm, ko‘ngil aynishi, og‘iz qurishi; ayrim hollarda - xolestatik sariqlik.
Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, ekzantema (shu jumladan skarlatinasimon ekzantema) bo‘lishi mumkin.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: mushaklar tarangligi, mushaklarda og‘riq.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












