Ташкент
logo
SavatKirish

Galidor

Galidor chiqarish shakllari

GALIDOR tabletkalari 100mg N50
GALIDOR tabletkalari 100mg N50
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Farmasevticheskiy Zavod Egis, ZAO
GALIDOR 0,025/ML eritma 2ml N10
GALIDOR 0,025/ML eritma 2ml N10
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
GALIDOR 0,1 tabletkalari N50
GALIDOR 0,1 tabletkalari N50
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
- Galidor qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Galidorning tarkibi
- Galidor ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Galidor narxi Toshkent dorixonalarida

Galidor qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Vengriya
Kategoriya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

GALIDOR®

100 mg tabletkalar

(bensiklan)

 

Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan va to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.

  • Bu varaqani saqlang. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling
  • Bu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan va Siz uni boshqa shaxslarga bermasligingiz kerak. Hatto agar ularda kasallikni shu simptomlari bo‘lsa ham, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
  • Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering (4 bo‘limga qarang).

Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi:

  1. Galidor® tabletka preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
  1. Galidor® tabletka preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
  2. Galidor® tabletka preparatini qanday qabul qilish kerak
  3. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
  4. Galidor® tabletka preparatini qanday saqlash kekrak
  5. Yaroqlilik muddati
  6. Dorixonalardan berish tartibi
  7. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot
  1. Galidor® tabletka preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi

Bensiklan – Galidor® tabletkalarining faol moddasi – periferik qon tomirlarni kengaytiradi va silliq mushaklarni bo‘shashtiradi.

  • Bu xususiyatlari tufayli u qon tomirlarning spazmi bilan kechuvchi qon tomir kasalliklarida samaralidir.
  • Ichki a‘zolarning silliq mushaklarini spazmi bilan bog‘liq kasalliklarni, masalan, turli etiologiyali gastroenteritlar (ayniqsa infeksion etiologiyali), infeksion va yallig‘lanishli kolit, yo‘g‘on ichakning funksional kasalliklari, tenezmlar, operasiyadan keyingi meteorizm, xolesistit, o‘t-tosh kasalligi, xolesistektomiyadan keyingi xolat, ichak motorikasini buzilishi, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (boshqa vositalar bilan birga), qovuqning tenezmlari, shuningdek buyrak tosh kasalligi (buyrak sanchig‘ida analgetiklar bilan birga) va instrumental tekshirish usullariga tayyorlashda uning samaradorligi isbotlangan.
  1. Galidor® tabletka preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak

Galidor® tabletkalarini qabul qilmang, agar:

  • Agar Sizda bensiklan (faol modda) yoki 8-bo‘limda keltirilgan yordamchi moddalardan birontasiga allergiya bo‘lsa;
  • Agar Sizda nafas tizimi, buyrak yoki jigarning og‘ir kasalligi bo‘lsa;
  • Agar Sizda og‘ir yurak yetishmovchiligi bo‘lsa;
  • Agar Siz yaqinda miokard infarktini o‘tkazgan bo‘lsangiz;
  • Agar Sizda yurak o‘tkazuvchanligi buzilgan bo‘lsa (yurak bo‘lmachasi-qorinchasi blokadasi);
  • Agar Sizda tutqanoq bo‘lsa yoki tirishish holatlariga moyilllik bo‘lsa;
  • Agar Sizda yaqinda bosh miyaga qon quyilgan bo‘lsa yoki so‘ngi 12 oy davomida Sizda bosh miya jarohati bo‘lgan bo‘lsa.

Tibbiy qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari

Galidor® tabletka preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Galidor® preparati bilan uzoq muddat davolashda muntazam (har 2 oyda) qon tahlilini o‘tkazish kerak.

Boshqa dori preparatlari va Galidor® tabletka preparati

Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki keyinchalik qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori vositalari haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering, chunki dori preparatlari bir-birlarining samaralarini o‘zgartirishi mumkin va bir vaqtda qo‘llanilayotgan preparatlarning dozasini o‘zgartirib talab etilishi mumkin.

Quyidagi vositalar bilan majmuada qo‘llanilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak:

  • uxlatuvchi va sedativ vositalar (samaralar kuchayishi mumkin);
  • yurak preparatlari:
    • siydik xaydovchi vositalar, xinidin, digitalis preparatlari – yurak ritmini buzilishlari rivojlanish xavfi oshadi;
    • beta-blokatorlar. Galidor® preparati bilan bir vaqtda qo‘llanilganida beta-blokatorlarning dozasini o‘zgartirish talab etilishi mumkin;
    • kalsiy kanallari blokatorlari, yuqori arterial bosimni davolash uchun vositalar – bu moddalarning samaralari kuchayishi mumkin;
  • nojo‘ya samalari sifatida tirishishga tayyorgarlikni oshiruvchi har qanday preparatlar – nojo‘ya samaralar rivojlanish xavfi oshadi;
  • aspirin (uning qon ivishiga tormozlovchi samarasi kuchayishi mumkin).

Agar Siz qanday dori vositasini qabul qilayotganligingizni aniq bilmasangiz, Galidor® tabletkalarini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Fertillik, homiladorlik va emizish

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, bola emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirsangiz, ushbu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin, bu xaqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Homiladorlik

Galidor® tabletkalarini homiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Emizish

Odamlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda olingan ishonchli ma‘lumotlarni yo‘qligi sababli, ushbu preparatni emizish vaqtida qo‘llash ehtiyotkorlikni talab etadi va foyda/xavfni sinchkovlik bilan tibbiy tahlil qilgandan keyingina qo‘llash mumkin.

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, agar Siz homilador bo‘lishingiz mumkin bo‘lsa va agar Siz homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, har qanday dori vositasini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Davolash kursining boshida transport vositalarini haydash va baxtsiz hodisalarning xavfi yuqori bo‘lgan ishlarni bajarish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. Davolovchi

shifokoringiz bilan maslahatlashing!

  1. Galidor® tabletka preparatini qanday qabul qilish kerak

Galidor® ni har doim shifokor buyurganidek qabul qiling. Har qanday shubha tug‘ilganida, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.

Dozalash tartibi

Odatda tavsiya etiladigan dozalari:

Qon tomir kasalliklarida bensiklanning kattalar uchun odatda tavsiya etiladigan sutkalik dozasi kasallik simptomlarini bartaraf etish uchun 300 mg (bir tabletkadan kuniga 3 marta) ni tashkil etadi.

Ichki a‘zolarning o‘tkir spazmida (me‘da-ichak yo‘llari, o‘t qopi, qovuq, siydik chiqarish yo‘llari) shifokor 1-2 tabletkani bir marta qabul qilishni buyurishi mumkin. Bu doza maksimal miqdor – kuniga 4 tabletkagacha erishilgunigacha takrorlanishi mumkin. Boshqa sxema bo‘yicha 1 tabletkadan kuniga 3 marta 3-4 xafta davomida qabul qilinadi, undan keyin bir tabletkadan kuniga 2 marta simptomlar to‘liq bartaraf etilgunigacha qabul qilinadi.

Pasientlarning alohida guruhlari

Jigar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar, shuningdek keksa yoshli shaxslarda dozani o‘zgartirish zarurati yo‘q.

Yurak-qon tomir tizimi faoliyatini buzilishi, shuningdek bolalarda preparatni dozalash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

Qo‘llash usuli

Ichga qabul qilish uchun tabletkalar.

Tabletkani chaynamasdan, suv bilan qabul qilish lozim.

Agar Siz Galidor® tabletkasini buyurilganidan ko‘proq qabul qilgan bo‘lsangiz:

Agar Siz tabletkalarni buyurilganidan ko‘proq qabul qilgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringizga maslahat uchun murojaat eting.

Dozani oshirib yuborilishi quyidagi simptomlarni chaqirishi mumkin: yurak qisqarishlarini tezlashishi, arterial bosimni pasayishi, hushdan ketishga moyillik, siydikni tutib tura olmaslik, uyquchanlik, bezovtalik, og‘ir holatlarda esa – tutqanoqsimon tirishish xurujlari.

Agar Siz Galidor® tabletkalarini o‘z vaqtida qabul qilmagan bo‘lsangiz

Agar Siz bir dozani qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, uni iloji boricha tezroq qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti yaqinlashayotgan bo‘lsa, uni o‘tkazib yuboring va tabletkalarni odatdagi tartibda qabul qilishni davom ettiring. O‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirish uchun ikkita dozani qabul qilmang.

Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar

Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, lekin ular hammada pasientlarda paydo bo‘lavermaydi.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

Allergik teri simptomlari (masalan, teri toshmasi).

Ruhiyatni buzilishlari:

Ba‘zida paydo bo‘luvchi bezovtalik, kam hollarda – o‘tuvchan ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar.

Nerv tizimi tomonidan:

Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, harakatlanishni buzilishi, qo‘llarni titrashi, uyquchanlik, uyquni buzilishi, xotirani buzilishi, juda kam hollarda – markaziy nerv tizimining o‘choqli shikastlanishi simptomlari (masalan, ko‘rishni buzilishi).

Yurak tomonidan buzilishlar:

Ba‘zida aritmiya, ayniqsa Galidor® tabletkalarini shunga o‘xshash samaralarga ega bo‘lgan preparatlar bilan birga qo‘llanilganida paydo bo‘ladi.

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar:

Venalarni yallig‘lanishi va qon laxtalarini xosil bo‘lishi (vena ichiga yuborilganida).

 

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Og‘izni qurishi, me‘dada og‘riq, to‘lib ketish hissi, ko‘ngil aynishi, qusish.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar:

Umumiy lohaslik, tana vaznini oshishi.

Laborator va instrumental tekshiruvlar natijalariga ta‘siri

Jigar fermentlari faolligini o‘tuvchan oshishi, oq qon tanachalari sonini kamayishi.

Nojo‘ya samaralar haqida xabar berish

Har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar aniqlanganida, iltimos shifokor yoki farmasevtga xabar bering.

Siz har qanday nojo‘ya samaralar haqida dori vositalarining nojo‘ya samaralarini qayd etishning milliy tizimi orqali xabar berishingiz mumkin. Sizning xabarlaringiz tufayli, Siz ushbu preparatning xavfsizligi xaqida ko‘proq ma‘lumot olishga yordam berasiz.

  1. Galidor® tabletka preparati qanday saqlash kerak

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

 

  1. Yaroqlilik muddati

Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin! Yaroqlilik muddatining o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

Agar Siz preparatning sifatining yomonlashganini aniq belgilarini sezsangiz, ushbu preparatni ishlatmang.

Agar Siz preparatning sifatini ko‘rinarli o‘zgarishlarini aniqlasangiz, uni ishlatmang.

Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldin olishga yordam beradi.

  1. Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

Galidor® tabletka preparati nimalarni saqlaydi

Ta‘sir etuvchi modda:

Har bir tabletka 100 mg bensiklan fumarati saqlaydi.

Yordamchi moddalar:

talk, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kartoshka kraxmali, karbomer 934R, natriy kraxmalglikolyati (A tip), polivinilasetat.

Galidor® tabletka preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi

Tashqi ko‘rinishi:

Oq yoki kulrang-oq rangli, yassi, dumaloq, faskali, bir tomonida “HALIDOR” gravirovkali, kuchsiz o‘ziga xos hidli tabletkalar.

O‘rami:

50 tabletkadan PE qopqoqli jigarrang shisha flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Ulashish:

Galidor barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Galidor savollari

Galidor fikr-mulohazalari

Reyting 4.0, 7 ta sharh asosida
Рухсара
26.09.2019 15:24
4
Галидор раствор удобен в применении.Цена высокая, но качество хорошее, препарат работает быстро и эффективно.Купить можно только по рецепту.
Одина
15.07.2020 12:51
4
Когда прочитала инструкцию, понял что препарат полезный не только от моих беспокойств. Раньше при различном дискомфорте внутренних органов, я принимала Ношпу и такого потрясающего эффекта я не видела. Нужно было принимать на протяжении минимум четырех дней, чтоб избавиться от симптомов. А препарат Галидор, максимум два дня и я снова огурцом. Понятно что цена разная на эти два препарата, но извините и ношпу сейчас купить тоже не просто так, не такая она копеечная как была ранее. Мне препарат нравится, был бы чуток дешевле, цены бы ему не было.
Хулькар
16.03.2021 19:50
4
Препарат Галидор оказывает быстрое действие, налаживает кровообращение, избавляет от приступов головной боли и головокружения. В моей семье уже был испробован в форме раствора и таблеток. Нареканий никаких, минус только – цена, не каждому доступна.Купить рекомендую однозначно!
Ифора
07.07.2020 21:46
5
У меня таблетки вызывают рвотные позывы, поэтому если имеется возможность в лечении я всегда отдаю предпочтение уколам. Так и получилось с препаратом Галидор, невролог мне сказал что препарат выпускается в двух формах – таблетки и раствор. Купить можно или то, или то . В общем естественно я взяла то что удобней мне. Цена не из бюджетных в любом случае. Галидор – эффективный препарат, но принимать его рекомендую строго по назначению врача и наличию острых показаний для приема. По другому наверно и не получится, т.к. в аптеке потребуют рецепт. Ведь иногда препарат, избавляя нас от одного недуга, одновременно может сильно навредить в чем-то другом! Будьте здоровы.
Жилвагар
31.10.2019 04:53
5
Стали появляться непонятные болевые ощущения , потерпела день,другой и направилась к терапевту. Он уже непосредственно отправил меня на ультра звуковое исследование почек. В почках у меня обнаружили соли, поэтому врач прописал Галидор , и рассказал когда стоит к ним прибегнуть и как применять. С побочками я не столкнулась и это хорошо. Цена на препарат обоснована, думаю она еще высокая потому что лекарство импортного производства. Прежде чем купить, обратитесь к врачу и тогда уже делайте выводы подходит он вам или нет (точнее за вас это сделает квалифицированный обученный человек).
Кувончбек
25.06.2020 00:23
1
Галидор не всем наверно будет по карману, цена не маленькая да и не стоит он своих денег. Возможно только мне не повезло. Пришлось мне прийти на прием к неврологу из за сильных головных болей. Потратил деньги на мрт, ладно, это нужно, обнаружили там какие то сдвиги, но ничего критичного).Тогда и был назначен мне этот препарат в комплексе с другим. Уже в инструкции я почитал, что он необходим для тех,у кого имеются проблемы с сосудами. Странно врач ни слова не промолвил, что у меня имеется что то подобное. Ладно купить уже купил, не понесу же лекарство обратно в аптеку. Смог пропить всего несколько дней, начали рвота, тошнота ,к головным болям добавилось головокружение и я решил забросить это дело. Причем пропив несколько дней улучшений никаких я не заметил, только стало хуже. Мне кажется, что лечение было назначено неправильное.
Ача
02.04.2021 18:54
5
Решилась я на перемены в своей жизни после тяжелого расставания со своим мужчиной, сменила я работу и полностью ушла в карьеру. Пришлось усваивать колоссальное количество информации, голова под вечер была квадратная. Когда уже я стала утром просыпаться с головной болью решила показаться врачу, ведь это не шуточки. Так мне и довелось познакомиться с препаратом достаточно широкого спектра действия «Галидор» . Мне сразу был выписан рецепт, врач сказал что без него даже не стоит делать попыток, не продадут. Купить смогла в первой аптеке, в которую заскочила. Принимала я ровно неделю, головная боль заметно поутихла! С уверенностью заявляю Галидор эффективный препарат.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil