GEPANOL
GEPANOL chiqarilish shakllari

GEPANOL haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Gepanol Plyus kapsulalarini qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
• Mazkur mahsulotni qabul qilishdan oldin komponentlardan biriga allergiyangiz yoki boshqa allergiyangiz borligi haqida shifokoringiz yoki farmatsevtingizga aytishingiz kerak. Mazkur mahsulotda allergik reaktsiyalarni yoki boshqa muammolarni chaqirishi mumkin bo‘lgan nofaol komponentlar bo‘lishi mumkin.
• Agar sog‘lig‘ingiz bilan quyidagi muammolarni biri bo‘lsa, mazkur mahsulotdan foydalanishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. diabet, jigar bilan muammolar, B12 vitamini tanqisligi (pernitsiozli anemiya).
• Preparat jigar ichi xolestazi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilmaydi.
• Me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayish bosqichida qo‘llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Gepanol Plyus – vitaminlar va fosfolipidlarni saqlovchi gepatoprotektor preparat. Gepanol Plyus preparatining ta'sir etuvchi moddasi bo‘lib fosfolipidlarni saqlovchi 35% letsitin hisoblanadi.
Preparatning tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar o‘zining kimyoviy tuzilishi bo‘yicha endogen fosfolipidlarga o‘xshash, ammo yarim to‘yinmagan yog‘ kislotalarining miqdori yuqoriligi hisobiga ulardan ustun turadi. Bu molekulalar asosan hujayra membranalarining strukturasiga saflanadi va jigarning shikastlangan to‘qimalarini tiklanishini yengillashtiradi. Fosfolipidlar jigar hujayralarini viruslar, alkogolь, toksik moddalar ta'sirida shikastlanishlarida gepatoprotektor samara namoyon qiladi. Hujayralarga moddalarni kirib kelishi va chiqishi tezligi oshadi, jigarning ferment tizimlarini tiklanishini va metabolizmini yaxshilanishini ta'minlaydi.
Fosfolipidlar lipoproteidlarning metabolizmini boshqarish yo‘li bilan yog‘larning buzilgan metabolizmiga ta'sir qiladi, natijada neytral yog‘lar va xolesterin tashish mumkin bo‘lgan shakllariga aylanadi, ayniqsa yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (YuZLP) ni xolesterinni biriktirish hususiyatini oshishi hisobiga amalga oshadi, va navbatdagi oksidlanish uchun yo‘naladi. Fosfolipidlar o‘t chiqarish yo‘llari orqali chiqarilganida litogen indeksi pasayadi va safroni barqarorlashuvi yuz beradi.
Vitamin kompleksi quyidagi funktsiyalarni bajaradi: nikotinamid gipolipidemik ta'sir ko‘rsatadi va jigarda yog‘ni to‘planishiga to‘sqinlik qiladi; piridoksin koferment sifatida fosfolipidlar, aminokislotalar va oqsillarning metabolizmida ishtirok etadi; tiamin uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi; riboflavin ko‘pchilik nafas fermentlarining kofaktori hisoblanadi; tokoferol hujayra membranasi darajasida antioksidant sifatida ta'sir qiladi, to‘yinmagan yog‘ kislotalarini oksidlanishini oldini oladi.
Farmakokinetikasi
Peroral qabul qilinganidan so‘ng preparatning faol komponentlari me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Preparat jigar va ingichka ichakda metabolizmga uchraydi, asosan axlat bilan chiqariladi. Preparat ichga qabul qilinganidan so‘ng 6-24 soatdan keyin qondagi fosfatidilxolinning maksimal miqdori o‘rtacha 20% ni tashkil etadi. Xolin komponentini yarim chiqarilish davri 66 soatga yetadi, to‘yinmagan yog‘ kislotalariniki – taxminan 32 soatni tashkil etadi.
Dozani oshirib yuborilishi
Shuningdek, har qanday yordamchi komponentlardan (yoki boshqa faol komponentlardan) ham dozani oshirib yuborish simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Dozani oshirib yuborish simptomlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: qorindagi og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Davolash: bunday va har qanday boshqa simptomlar paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatib, tibbiy xodim bilan maslahatlashish lozim. Shuning uchun davolash (zarurat bo‘lganida) dozani oshirib yuborish natijasida paydo bo‘ladigan simptomlarni bartaraf etishdan iborat bo‘lgan simptomatik davolashni o‘z ichiga oladi. Masalan, agar dozani oshirib yuborish o‘tkir diareya sababli suvsizlanishni chaqirgan bo‘lsa, vena ichiga suyuqlik yuborish talab etilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalari
Yurak, buyrakning og‘ir kasalliklarida, tromboemboliyani rivojlanish havfi oshganida, anamnezida me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi bo‘lgan bemorlarga, o‘smalari bo‘lgan bemorlarga, nefrolitiaz, eritremiya, eritrotsitoz, giperurikemiyada preparatni ehtiyotkorlik bilan va shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qo‘llash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya
Preparat homiladorlik davrida ayollarni davolash uchun qo‘llanishi mumkin.
Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash havfsizligi yuzasidan ma'lumotlar yo‘q. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Transport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Gepanol Plyus kapsulalarini temir/Dimerkaprol bilan qabul qilish lozim.
Askorbin kislotasi, levodopoy (peroral), tetratsiklinlar, siklosporin, o‘simtalarga qarshi preparatlar (kimyoviy terapiya), antikoagulyantlar/antitrombotsitar preparatlar, niatsin, varfarin, orlistat, tipranavir, xolestiramin, kolestipol, temir karboksimalьtozasi, temir glyukonati va diklofenak bilan birgalikda qabul qilinganida mazkur tibbiy preparatlar mo‘'tadil o‘zaro ta'sirni namoyish qilishi va juda zararli ta'sirlarni chaqirishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Preparat 1 kapsuladan kuniga 2-3 marta ovqat vaqtida ko‘p bo‘lmagan suv bilan qabul qilinadi. Davolash kursi 3 oyni tashkil etadi, zarurat bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashgandan keyin davom ettirilishi yoki takroran qo‘llanishi mumkin. Belgilangan dozani oshirmang. Kapsulani suv bilan butunicha yutish lozim yoki shifokoringizning tavsiyalariga muvofiq qabul qilish kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












