Ташкент
logo
SavatKirish

Gino-Tardiferon

- Gino-Tardiferon qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Gino-Tardiferonning tarkibi
- Gino-Tardiferon ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Gino-Tardiferon narxi Toshkent dorixonalarida

Gino-Tardiferon qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GINO-TARDIFERON®

GYNOTARDYFERON®

Preparatning savdo nomi: Gino-Tardiferon®

Ta‘sir qiluvchi moddallar (XPN): temir sulfati+folat kislotasi

Dori shakli: ta‘siri uzaytirilgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 247,25 mg suvsiz temir (Fe2+) sulfati (80 mg temirga to‘g‘ri keladi), 0,35 mg folat kislotasi

Yordamchi moddalar:

tabletka yadrosi: maltodekstrin, mikrokristallik sellyuloza, ammoniy metakrilat sopolimeri V dispersion turi, ammoniy metakrilat sopolimeri A dispersion turi, talk, trietilsitrat, gliserol dibegenati.

tabletka qobig‘i: Sepifilm LP010, temir (II) oksidi, temir (III) oksidi, titan dioksidi, trietilsitrat.

Ta‘rifi: och-pushti rangli, dumaloq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antianemik preparatlar. Temir sulfati folat kislotasi bilan majmuada.

ATX kodi: B03AD03

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Gino-Tardiferon® – organizmda temir va folat kislotasi yetishmovchiligida, ayniqsa temir tanqisligi anemiyasida temir va folat kislotasi to‘ldiruvchi temir va folat kislotasi saqlovchi antianemik va gemopoetik vositadir. Temir mikroelementi organizmning hayot faoliyati uchun muhim: u gemlar (gemoglobin, mioglobin, sitoxrom) va gem bo‘lmagan fermentlar tarkibiga kiradi: kislorodni qaytuvchan bog‘laydi va bir qator oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadi, eritropoezni rag‘batlantiradi.

Folat kislotasi organizmda megaloblastlarni yetilishi va ularni normoblastlarga aylanishi uchun zarur bo‘lgan tetragidrofolat kislotasiga aylanadi. Homiladorlik va laktasiya davrida ayollarda folat kislotasiga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshadi.

 

Farmakokinetikasi

Temir ionlarini so‘rilishi – faol jarayon bo‘lib, asosan ingichka ichakning boshlang‘ich qismlarida ro‘y beradi. Ichga qabul qilingandan keyin qon plazmasida temir konsentrasiyasining cho‘qqisiga 2 soatda erishiladi va uning miqdori temir sulfatining dozasiga proporsional bo‘ladi. Yarim parchalanish davri 6 soatni tashkil qiladi.

Normada ichga qabul qilingan dozaning taxminan 10-35% so‘riladi, ammo temir tanqisligi anemiyasida 80-95% gacha oshadi. Temirni asta-sekin ajralib chiqishi uzoq vaqt davomida so‘rilishiga yordam beradi.

Folat kislotasi me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, bunda so‘rilishi asosan o‘n ikki barmoq va och ichakda ro‘y beradi.

Qo‘llanilishi

-folat- va temir tanqisligi anemiyasi, shu jumladan homiladorlik davrida temirni ovqat bilan adekvat miqdorda tushishini imkoniyati bo‘lmaganda anemiyalarni oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Bir martalik doza

1 tabletkadan buyuriladi.

Sutkalik doza

Temir va folat kislotasi tanqisligini oldini olish, homiladorlikdagi o‘rtacha yaqqollikdagi anemiyani davolashda – sutkada 1 tabletkadan buyuriladi.

Temir va folat kislotasi yaqqol tanqisligini davolash – 1 tabletkadan sutkada 2 marta buyuriladi.

Emizikli ayollar uchun – butun laktasiya davri davomida 1 tabletkadan buyuriladi.

Tabletkani butunligicha yutish tavsiya etiladi. Shimilmasin, chaynalmasin va og‘iz bo‘shlig‘ida tabletka uzoq vaqt ushlanmasin.

Preparat peroral qabul qilinadi, me‘da-ichak yo‘llaridan o‘zlashtirilishiga qarab, bir stakan suv bilan ovqatlanishdan oldin yoki ovqatlanish vaqtida qabul qilgan afzal.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Barcha dori vositalari kabi, Gino-tardiferon ham garchi u hammada namoyon bo‘lmasada, nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin:

Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi tez-tezligini ortib borishi bo‘yicha tasniflanadi:

Tez-tez (>1/100 va <1/10)

Qabziyat,

Diareya,

Qorinni dam bo‘lishi,

Qorinda og‘riq,

Axlatni rangini o‘zgarishi,

Ko‘ngil aynishi.

Tez-tez emas (>1/1000 va <1/100)

Hiqildoqni shishi,

Anomal axlat,

Jig‘ildon qaynashi (dispepsiya),

Qusish,

Me‘dani yallig‘lanishi (gastritlar),

Qichishish,

Qizil teri toshmasi (to‘satdan eritema).

Tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida bohalab bo‘lmaydi)

Tish rangini o‘zgarishi,

Og‘iz shilliq qavatini shikastlanishi (og‘iz bo‘shlig‘ida yara paydo bo‘lishi),

Allergik reaksiyalar,

Qichishish bilan kechuvchi teri toshmasi (eshakemi).

Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar postmarketing kuzatuv jarayonida aniqlangan.

Ushbu reaksiyalarning tez-tezligi noma‘lum deb baholangan (mavjud ma‘lumotlar asosida bohalab bo‘lmaydi).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shikastlanishi va tishlarni rangini qaytuvchan o‘zgarishi tabletkani chaynash, shimish yoki og‘iz bo‘shlig‘ida ushlab turish kabi noto‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan. Keksa pasientlar va yutishi buzilgan pasientlar qizilo‘ngach shilliq qavatini shikastlanishi yoki tabletkani noto‘g‘ri tushishi natijasida bronxial to‘qimani nobud bo‘lishi xavfi bo‘lishi mumkin.

Nojo‘ya samaralar bo‘yicha hisobot

Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara paydo bo‘lsa o‘z davolovchi, shifokoringiz yoki farmasevt yoki tibbiyot hamshirasiga xabar bering.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– preparatning komponentlaridan biriga o‘ta yuqori sezuvchanlik

– gemolitik anemiya

– gemosideroz

– gemoxromatoz

– aplastik anemiya

– V12 vitamini tanqisligi bilan bog‘liq megaloblast anemiyada qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Temir tuzlari (in‘eksion shakllari). Temir tuzlarining in‘eksion shakllarini bir vaqtda yuborish kompleks holatidan temirni tez ajralishi va transferrin bilan to‘yinish oqibatida hushdan ketish holatlari va hatto shok chaqirishi mumkin.

Tetrasiklin va uning hosilalari (peroral shakllari) – birga qabul qilish me‘da-ichak yo‘llarida siklinlarni so‘rilishini kamaytiradi (komplekslarni hosil bo‘lishi) va temir tuzlarini so‘rilishini (50% gacha) kamayishini chaqiradi.

Siklinlar va temir tuzlarini qabul qilish orasidagi vaqt oralig‘i 2-3 soatni tashkil qilishi kerak.

Penisillamin – bir vaqtda qabul qilish penisillaminni so‘rilishini kamayishiga olib keladi. Qabul qilish orasidagi interval kamida 2 soatni tashkil qilishi kerak.

Metildopa, Levodopa, Karbidopa – birga qabul qilish dopa hosilalarining biokiraolishini kamaytiradi.

Xinolin qatori antibiotiklari (Siprofloksasin va boshqalar) – birga qabul qilinganda, siprofloksasin konsentrasiyasining cho‘qqisi pasayadi va uning biokiraolishi 60% ga kamayadi.

Xinolin antibiotigini temir tuzlarini qabul qilishdan to‘rt soat oldin yoki to‘rt-olti soat o‘tgach qabul qilish kerak.

Antasidlar: kalsiy, alyuminiy va magniy saqlovchi mahsulotlar – me‘da-ichak yo‘llarida temir tuzlarini so‘rilishini kamaytiradi.

Antasidlar va temir tuzlarini qabul qilish orasidagi interval kamida 1-2 soatni tashkil qilishi kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Choy, qaxva, qizil vinoni ko‘p miqdorda bir vaqtda qabul qilish temirni so‘rilishini ingibirlashi mumkinligini e‘tiborga olish kerak.

Sut mahsulotlari va tuxum shuningdek temir preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda temirni ahamiyatli darajada so‘rilishi pasaytirishi mumkin.

Og‘iz bo‘shlig‘ida yara paydo bo‘lishi va tishlarni rangini o‘zgarishi xavfi sababli, tabletkalar shimilmasligi, chaynalmasligi yoki og‘iz bo‘shlig‘ida ushlanmasligi kerak, balki bir stakan to‘la suv bilan butunligicha yutilishi kerak.

Agar Sizda ushbu dori vositasini qo‘llash bo‘yicha savollar bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Hayvonlarda oziqlanish rasioniga temir yuqori dozalarini saqlovchi qo‘shimchalarni qo‘shish bilan o‘tkazilgan teratogenlikni o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar homiladorlik vaqtida preparatni odam uchun terapevtik dozasidan 1100 marta yuqori dozada qabul qilgan sichqon va kalamushlarda rivojlanish nuqsonlarini tez-tezligini oshmasligini ko‘rsatdi.

Homilador ayollarda adekvat tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Shunga qaramasdan, bibliografik klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari ovqat rasioniga qo‘shimcha sifatida preparatni qabul qilgan homilador ayollarda homilaning tug‘ma nuqsonlari yo‘qligini ko‘rsatdi.

Temir emizikli ayolning ko‘krak sutiga kiradi, lekin sutda mavjud bo‘lgan temirning bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari o‘rganilmagan.

Adabiy manbalardan ovqat rasioniga qo‘shimcha sifatida temirni qabul qilish, normal laktasiyada temir sutkada 0,25 mg miqdorda sutga ajraladi.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Gino-Tardiferon® transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Tavsiya etilgan dozalarni qabul qilish Gino-Tardiferon® ning dozasini oshirib yuborilishiga olib kelmaydi.

Temir tuzlari dozasini oshirib yuborilishi hollari 2 yoshdan kichik bolalarda ko‘p miqdorda preparatni bexosdan qabul qilgandan keyin kuzatilgan.

Simptomlari ko‘p hollarda qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya va shok holati, shuningdek jigar va buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi me‘da-ichak yo‘llari shilliq qavatini ta‘sirlanishi va nekrozini o‘z ichiga oladi.

Davolash me‘dani natriy bikarbonatining 1% eritmasi bilan yuvish yo‘li bilan iloji boricha ertaroq boshlanishi kerak.

Shuningdek xelat agentlarni qo‘llash samarali, ularning eng spesifigi bo‘lib deferoksamin hisoblanadi, u qon zardobida temirning konsentrasiyasi 5 mkg/ml dan yuqori bo‘lganda qo‘llanadi. Shok, suvsizlanish va kislota-ishqor disbalansi an‘anaviy usullar yordamida davolanadi.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan alyumin folga va PVX/PVDX plyonkali kontur uyali o‘ramda.

3 o‘ramdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

30oS dan past haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Gino-Tardiferon savollari

Gino-Tardiferon fikr-mulohazalari

Reyting 5.0, 1 ta sharh asosida
Aliyeva Dilnoza
07.10.2020 19:54
5
Hardoim ichaman . Menga Ginotardiferon yoqadi

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil