Xolisal
Xolisal chiqarilish shakllari

Retseptsiz
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Valeant, OOO, Rossiya proizvedeno: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
•10 ta dorixonada bor
Narxi
55 000 so'm dan
- Xolisal qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Xolisalning tarkibi
- Xolisal ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Xolisal narxi Toshkent dorixonalarida
Xolisal haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Parodont kasalliklarini, shilliq qavat shikastlanishlarini, yallig'lanish reaktsiyasi va og'riq bilan kechuvchi kasalliklarni davolashda og'riqsizlantiruvchi va yallig'lanishga qarshi vosita sifatida og'iz bo'shlig'i shilliq qavatlarida mahalliy qo'llash uchun: — turli etiologiyali stomatit; — gingivit; — parodontit; — tish protezlari taqilganda og'iz bo'shlig'i shilliq qavati shikastlanishi; — og'iz bo'shlig'i shilliq qavati travmalari; — bolalarda tish chiqishidagi og'riq; — xeylit; — og'iz bo'shlig'i kandidozi; — kichik operativ aralashuvlar; — qizil yassi temiratki; — ko'p shaklli ekssudativ eritemada (sh.j. Stivens-Jonson sindromida) kombinatsiyalangan terapiya tarkibida.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; — salitsilatlarga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlikda, ko‘krak suti bilan boqish davrida va 1 yoshdan kichik bolalarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Tarkibi
- Suv, propilenglikol, gipromelloza, metilparagidroksibenzoat, yalpiz moyi, propilparagidroksibenzoat, dinatriy edetat, aprotinin, natriy gidroksidi. xolin salitsilati 87.1 mg tsetalkoniy xloridi 100 mkg Yordamchi moddalar: gidroksietiltsellyuloza, glitserol, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, arpabodiyon moyi, etanol, tozalangan suv
Farmakokinetikasi
Shilliq qavatlarga surtilganda yaxshi so‘riladi.
Farmakologik ta'siri
Stomatologiyada mahalliy qo'llash uchun mikroblarga qarshi, yallig'lanishga qarshi va og'riq qoldiruvchi ta'sirga ega majmuaviy preparat. Mahalliy qo'llanilganda xolin salitsilat og'iz bo'shlig'i shilliq qavati tomonidan tez so'rilib, mahalliy og'riqsizlantiruvchi, yallig'lanishga qarshi va isitma tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. SOG faolligini, makrofaglar va neytrofillar funktsiyalarini, interleykin-1 ishlab chiqarilishini tormozlaydi va prostaglandinlar sintezini bostiradi. Shuningdek kislotali va ishqoriy muhitda mikroblarga qarshi va zamburug'ga qarshi ta'sirga ega. Tsetalkoniy xlorid - antiseptik, bakteriyalar, zamburug'lar va viruslarga ta'sir qiladi. Gel ko'rinishidagi etanol saqlovchi yopishqoq asos samaraning tez rivojlanishini ta'minlaydi va ta'sir etuvchi moddalarni shilliq qavatda uzoq vaqt ushlab turadi. Og'riq qoldiruvchi ta'sir 2-3 daqiqadan so'ng boshlanadi, bunda uning davomiyligi 2-8 soatni tashkil qiladi. Xolisal® qand saqlamaydi, mahalliy ta'sirlovchi ta'sirga ega emas va bemorlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi.
Nojo'ya ta'sirlar
- Mahalliy reaktsiyalar: preparat surtilgan joyda o'z-o'zidan o'tib ketadigan qisqa muddatli achishish hissi. Boshqalar: allergik reaktsiyalar.
Dori shaklining ta'rifi
- og'iz bo'shlig'ini parvarish qilish uchun gel Stomatologik gel anis moyi hidli rangsiz, tiniq, bir xil massa ko'rinishida.
Maxsus ko‘rsatmalari
Nojo‘ya ta'sirning birinchi belgilari paydo bo‘lganda bemor darhol davolovchi shifokorga murojaat qilishi kerak.
Preparatni faqat sirtga qo‘llash kerak.
Pediatriyada qo‘llanilishi
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat psixofizik faollikni, transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatini cheklamaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Xolisal tavsiya etilgandan sezilarli darajada yuqori dozalarda qo‘llanilganda boshqa bir vaqtda qo‘llaniladigan yallig‘lanishga qarshi, isitmani tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi vositalar ta’siri kuchayishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
DozalashXolisal® mahalliy kuniga 2-3 marta ovqatdan oldin (og'riq qoldirish maqsadida) yoki ovqatdan keyin va yotishdan oldin qo'llaniladi. Kattalar uchun 1 sm va bolalar uchun 0,5 sm uzunlikdagi gel chizig'i toza barmoqqa siqib chiqariladi va og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining shikastlangan joyiga yengil massaj harakatlari bilan ishqalanadi.
Parodont kasalliklarida gelni milk cho'ntaklariga kiritish, shuningdek kompresslar ko'rinishida qo'llash yoki milklarga ehtiyotkorlik bilan ishqalash kerak kuniga 1-2 marta
Parodont kasalliklarida gelni milk cho'ntaklariga kiritish, shuningdek kompresslar ko'rinishida qo'llash yoki milklarga ehtiyotkorlik bilan ishqalash kerak kuniga 1-2 marta
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Xolisal preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)
Xolisal narxlari
Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Dorixona: CITY PHARM Axmad Donish 21
Yunusobod tumani, 13 mavze, 3 uy
24/7
65 000 so'm
Bron qilishDorixona: Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
72 000 so'm
Buyurtma berishDorixona: Azizbek-Farm-Plyus
Yangihayot tumani, Qo'rg'ontepa ko'ch., 23 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-22:00
55 000 so'm
Dorixona: А5
Mirobod tumani,
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-02:00
72 000 so'm
Xolisal haqida savollar
Xolisal haqida fikr-mulohazalar
Reyting 5.0, 3 ta sharh asosida













