Apteka.uz
SavatKirish

LIVARTI

LIVARTI chiqarilish shakllari

LIVARTI KIDS tomchilar 50 ml
LIVARTI KIDS tomchilar 50 ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
- LIVARTI qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- LIVARTIning tarkibi
- LIVARTI ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- LIVARTI narxi Toshkent dorixonalarida

LIVARTI haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktatsiya davrida, agar ona uchun terapiyadan kutilayotgan foyda homila yoki chaqaloq uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lsa, foydalanish mumkin. Ichakning yallig'lanish kasalliklari. Ich ketish.

Farmakodinamikasi

Gepatoprotektiv ta'sirga ega; lipid, oqsil, uglevod almashinuvini tartibga soladi, jigarning funksional holatini va uning toksinlardan tozalash funksiyasini yaxshilaydi. O't haydovchi ta'sirga ega. O'rtacha diuretik ta'sirga ega.

Ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi. Ishtahani oshiradi. Oshqozon va ichak shirasining sekresiyasini va fermentlar faolligini oshiradi, ovqatning so'rilishini yaxshilaydi. Asab tizimining ishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Antioksidant va immunomodulyator xususiyatlarga ega biologik faol qo'shimchadir.

Faolmoddalarning xususiyatlari:

Artishok ta'siri artishok barglarining tarkibidagi biologik faol moddalar bog'liq. Sinarin fenol kislotalari bilan birgalikda o't haydovchi, shuningdek gepatoprotektiv ta'sirga ega. Artishok tarkibidagi askorbin kislotasi, karotin, B1 va B2 vitaminlari, inulin metabolik jarayonlarni normallashtirishga yordam beradi. Shuningdek, u peshob haydovchi ta'sirga ega va mochevinani chiqarilishinikuchaytiradi.

Levokarnitin metabolik, anabolik, antigipoksik ta'sirga ega, yog ' almashinuvini faollashtiradi, regenerasiyani rag'batlantiradi, hujayralardagi energiya hosil bo'lishini oshiradi, beta-oksidlanish jarayonida ishtirok etish uchun uzun zanjirli yog' kislotalarini hujayralar mitoxondriyasidan o'tkazishni ta'minlaydi. Lipidlar metabolizmini yaxshilaydi. Oqsil metabolizmini normallashtiradi, oziq-ovqat bilan birga keladigan oqsillarning so'rilishini yaxshilaydi. Oshqozon va ichak shirasining sekresiyasini va fermentalar faolligini oshiradi, ovqatning so'rilishini yaxshilaydi. Yangi tug'ilgan chaqaloqning tanasidan bilvosita bilirubinning chiqarilishini tezlashtiradi va yangi tug'ilgan chaqaloqlarning bilvosita giperbilirubinemiyaga metabolik moslashishini yaxshilaydi. Ishtahani oshiradi. Glikogenning iqtisodiy sarflanishiga yordam beradi va uning jigar va mushaklardagi zaxiralarini ko'paytiradi, reparativ jarayonlarni tezlashtiradi. U koenzim A (KoA) faolligini ta'minlaydigan metabolik jarayonlarning ko-faktoridir.

Vitamin B1 antioksidant, gangliolarni bloklovchi, immunostimulyator, metabolik ta'sirga ega. Hujayra membranalarini peroksid oksidlanish mahsulotlarining toksik ta'siridan himoya qiladi.

Vitamin B5 (pantoten kislotasi) organizmda pantotenik kislota asetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rol o'ynaydigan koenzimi A ning bir qismidir. Pantoten kislotasi uglevod va yog ' almashinuvida va asetilxolin sintezida ishtirok etadi. U buyrak usti postlog'ida sezilarli miqdorda bo'ladi va kortikosteroidlarning shakllanishini rag'batlantiradi. To'qimalardametabolikjarayonlarnifaollashtiradi, regeneratsiyajarayonlarini yaxshilaydi.

Vitamin C (askorbin kislotasi). Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida, uglevodlar almashinuvida, lipidlar va oqsillarning sintezida, temir metabolizmida, hujayralarni nafas olish jarayonlarida ishtirok etadi, steroid gormonlar sintezini faollashtiradi. Organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshirishga yordam beradi; temirni so'rilishini yaxshilaydi. Hujayra ichidagi kollagen hosil bo'lishi uchun zarur, tishlar, suyaklar va kapillyar devorlarining tuzilishinimustahkamlashuchun zarurdir. Antioksidant xususiyatga ega.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

0 - 12 oylik bolalarga                       5-10 tomchidan kuniga              3 mahal;

1 - 5 yoshgacha                               10-20 tomchidan kuniga            3 mahal;

6 - 12 yoshgacha                             30-40 tomchidan kuniga           3 mahal;

 12 yoshdan kattalarga                   40-50 tomchidan kuniga           3 mahal.

Ovqatdan oldin ichish tavsiya etiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. LIVARTI preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

LIVARTI haqida savollar

LIVARTI haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil