MEDOTILINning aptekalardagi narxlari
MEDOTILIN kapsulalar 400mg N14
|
|
11 ta dorixonada bor
|
117 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
MEDOTILIN ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MEDOTILIN
MEDOTILIN
Preparatning savdo nomi: Medotilin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): xolin alfosserati
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma
Tarkibi:
1 ampula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: xolin alfosserati (xolin alfosserati gidrati shaklida) – 1000 mg;
yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki och sariq rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Nerv tizimiga ta‘sir etuvchi boshqa vositalar. Markaziy ta‘sirga ega xolinomimetiklar.
ATX kodi: N07AX02
Farmakologik hususiyatlari
Medotilin – asosan markaziy nerv tizimi (MNT) ga ta‘sir etuvchi markaziy xolinomimetik bo‘lib, tarkibida 40,5% metabolik himoyalangan xolin saqlaydi. Xolin alfosserati organizmda bosh miyadagi fermentlar ta‘sirida xolinga va gliserofosfatgacha biotransformasiyaga uchraydigan alfosseratga parchalanadi. Xolin asetilxolinni sintezida ishtirok etib, nerv impulslarini o‘tkazadi va bosh miyaning faoliyatini yaxshilaydi, shuningdek gliserofosfat neyronlarning membranalaridagi fosfaditilxolinni o‘tmishdoshi hisoblanadi.
Medotilin bosh miya travmatik shikastlanganida bosh miyada qon oqimini yaxshilaydi, metabolik jarayonlarni kuchaytiradi, bosh miyadagi retikulyar formasiyaning tuzilishini faollashtiradi va ongni tiklaydi. Neyronlarning membranalarini fosfolipid tarkibini o‘zgarishi va xolinergik faollikni o‘zgarishi kabi involyusion psixoorganik sindromning omillariga profilaktik va muvofiqlashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Medotilin gematoensefalik to‘siq orqali oson o‘tadi, asosan bosh miyada (qon plazmasidagi konsentrasiyasining 45%), shuningdek jigarda va o‘pkada to‘planadi. Organizmdan chiqarilishi, asosan uglerod dioksidi shaklida o‘pkalar orqali (85%) amalga oshadi, qolgan qismi buyraklar va ichak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- asosan bosh miyaning ustunini shikastlanishi bilan kechuvchi bosh miya jarohatlarini o‘tkir davri (shu jumladan, ongni buzilishi, koma holati);
- bosh miyada qon aylanishi ishemik tipda (o‘tkir va tiklanish davri) va gemorragik tipda (tiklanish davri) buzilishi;
- degenerativ hamda involyusion psixoorganik sindromlar va xotirani buzilishi, ongni chalkashishi, dezorientasiya, motivasiya, tashabbuskorlik va diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi bilan xarakterlanadigan, fikrlash faoliyatini birlamchi hamda ikkilamchi buzilishlari kabi serebrovaskulyar yetishmovchilikni oqibatlari;
- emosional va xulq-atvorni o‘zgarishlari: emosional labillik, yuqori ta‘sirchanlik, qiziqishni yo‘qolishi; qarilik psevdomelanxoliya;
- multiinfarkt demensiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat mushak ichiga va vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan.
O‘tkir holatlarda mushak ichiga sutkada 1 g (1 ampula) dozada yoki vena ichiga – sutkada 1 g dan 3 g gacha buyuriladi.
Vena ichiga yuborilganida 1 ampulaning ichidagisi (4 ml) 50 ml fiziologik eritmada suyultiriladi; infuziya tezligi minutiga 60-80 tomchini tashkil etadi. Davolashning davomiyligi odatda 10 kunni tashkil etadi, ammo zarurat bo‘lganida davolashni ijobiy dinamika paydo bo‘lgunicha davom ettirish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ko‘ngil aynishi (dofaminergik jarayonlarni rag‘batlanishi natijasida), allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Uzoq muddat qo‘llanganida, odatda preparat yaxshi o‘zlashtriladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Medotilin preparatini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri ta‘riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
Bolalarda Medotilinni qo‘llash tajribasi mavjud emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Medotilin pasientning avtomobilni boshqarish va potensial havfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozasi oshirib yuborilganida preparatning dozasi kamaytirilganidan yoki davolash to‘xtatilganidan so‘ng o‘tkinchi ko‘ngil aynishi kuzatiladi.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya uchun eritma.
4 ml dan 3 rangsiz shisha ampula kontur uyali o‘ramda.
1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha beriladi.
Chiqarish shakllari