Ташкент
logo
SavatKirish

PASK

PASK chiqarish shakllari

PASK NATRIY poroshok 12,5g N25
Retseptli
PASK NATRIY poroshok 12,5g N25
Latviya
Ishlab chiqaruvchi:
Olaynfarm, AO
PASK tabletkalari 1000mg N10
Retseptli
PASK tabletkalari 1000mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LAXISAM Pharmaceuticals, OOO (upakov.) Farmasintez, OAO, Rossiya (proiz.)
- PASK qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- PASKning tarkibi
- PASK ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- PASK narxi Toshkent dorixonalarida

PASK qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Latviya,
O'zbekiston
Nimaga qarshi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PASK

PASK

Preparatningsavdo nomi: Pask

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): aminosalisil kislotasi

Dori shakli: ichakda eruvchan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

bitta tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: natriy aminosalisilat digidrati 500 mg yoki 1000 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza 10 mg/20 mg, magniy gidroksikarbonati 10 mg/20 mg, o‘rta molekulyarpovidon 14 mg/28 mg, aerosil: (kolloid kremniy dioksidi) 2 mg/4 mg, stearin kislotasi 1 mg/2 mg, krospovidon (Kollidon Sl) 3 mg/6 mg;

qobig‘i (qobig‘ining tarkibi): metakril kislotasi va etilkrilat sopolimeri 32,52 mg/ 65,04 mg, trietilsitrati 7,02 mg/14,04 mg, talk 15 mg/30 mg, titan dioksidi 3,96 mg/7,92 mg, makrogol 6000 (polietilenglikol 6000) 1,5 mg/ 3 mg.

Ta‘rifi: oq rangli, oval shaklli, qobiq bilan qoplangan riskasiz (500 mg) va riskali (1000 mg) tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruxi: Tuberkulyozga qarshi vosita.

ATX kodi: J04AA01

Farmakologik xususiyatlari

PASK (natriy para-aminosalisilat) Mycobacterium tuberculosis ga nisbatan bakteriostatik ta‘sirga ega. U streptomisin va izoniazidga bakterial chidamlilikni rivojlanish ehtimolini kamaytiradi. Ta‘sir mexanizmi folat kislotasi sintezini susayishi va Mycobacterium tuberculosis ning mikobakterial devorini komponenti – mikobaktin hosil bo‘lishini bostirilishi bilan bog‘liq. PASK faol ko‘payish xolatida bo‘lgan mikobakteriyalarga ta‘sir qiladi va tinch xolatida bo‘lgan mikobakteriyalarga amalda ta‘sir qilmaydi. Hujayra ichida joylashgan qo‘zg‘atuvchiga kuchsiz ta‘sir qiladi. Faqat Mycobacterium tuberculosis ga nisbatan faol.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganida yaxshi so‘riladi. Gistogematik to‘siqlar orqali oson o‘tadi va to‘qimalarga taqsimlanadi. 4 g dozada ichga qabul qilinganidan so‘ng qon zardobidagi maksimal konsentrasiyasi 75 mkg/ml ni tashkil qiladi.

Jigarda metabolizmga uchraydi. PASK kalava filtrasiyasi orqali chiqariladi. 80% preparat siydik bilan chiqariladi, shundan 50% dan ko‘prog‘i asetillangan shaklda chiqariladi. Preparat orqa miya suyuqligiga faqat miya pardalari yallig‘langanida o‘tadi.

Qo‘llanilishi

PASK boshqa tuberkulyozga qarshi preparatlar bilan majmuada tuberkulyozning turli shakllari va joylashuvini davolash uchun qo‘llanadi. PASK asosan boshqa tuberkulyozga qarshi preparatlarga chidamliligi bo‘lgan pasientlarga buyuriladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan 0,5-1 soatdan keyin qaynagan suv bilan ichiladi.

Kattalarga – sutkada 9-12 g dan (3-4 g kuniga 3 marta), tana vazni 50 kg dan kam bo‘lgan ozib ketgan bemorlar uchun – sutkada 6 g.

Bolalarga sutkada 0,2 g/kg hisobida 3-4 qabulda buyuriladi, maksimal doza – sutkada 10 g. Ambulator davolash sharoitlarida barcha sutkalik dozasini bir qabulda buyurish mumkin. Tabletkalarni ovqatdan so‘ng suv bilan qabul qilish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, qorin og‘rig‘i, diareya yoki qabziyat, gepatomegaliya, “jigar” transaminazalariniig faolligini oshishi, giperbilirubinemiya; proteinuriya, gematuriya, kristalluriya.

Kam – trombositopeniya, leykopeniya (xatto agranulositozgacha), dori gepatiti, V12 — tanqisligi megaloblast anemiyasi.

Allergik reaksiyalar – isitma, dermatit (eshakemi, purpura, enantema), eozinofiliya, artralgiya, bronxospazm.

Uzoq vaqt yuqori dozalarda qo‘llanganida- gipotireoz, buqoq, miksedema.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, buyrak yetishmovchiligi, jigar yetishmovchiligi, gepatit, jigar sirrozi; ichki a‘zolarning amiloidozi, me‘da va 12-barmoq ichak yara kasalligi, enterokolit (zo‘rayishi), miksedema (kompensasiyalanmagan), nefrit, dekompensasiyalangan SYUE (shu jumladan, yurak nuqsoni fonidagi), tromboflebit, gipokoagulyasiya, homiladorlik, laktasiya, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Homiladorlikda PASK preparatini ona uchun kutilgan foyda, homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan holda qo‘llash mumkin.

Laktasiya davrida PASK preparatini qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Ehtiyotkorlik bilan: tutkanoq.

Dorilariing o‘zaro ta‘siri

Boshqa tuberkulyozga qarshi dori vositalari bilan mutanosib. Izoniazid bilan birga ishlatilganida qonda uning konsentrasiyasini oshiradi. Rifampisinning, eritromisin va linkomisinning so‘rilishini buzadi. V12 vitaminining o‘zlashtirilishini buzadi (anemiyaning rivojlanishini xavfi oshadi).

Maxsus ko‘rsatmalar

Tuberkulyozga qarshi vositalar bilan birga qo‘llanadi. Davolash vaqtida “jigar” transaminazalarining faolligini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Tuberkulyoz intoksikasiyasi yoki spesifik shikastlanish fonida buyraklar faoliyatining pasayishi, preparatni buyurishga qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi.

Proteinuriya va gematuriyaning rivojlanishi preparatni vaqtinchalik bekor qilishni talab qiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

500 mg yoki 1000 mg ta‘sir qiluvchi modda saqlovchi ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

10, 50 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berishtartibi

Resepti bo‘yicha.

Ulashish:

PASK barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

PASK savollari

PASK fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil