Apteka.uz
SavatKirish

Rifampitsin analoglari

To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar

Analog dorilar
FARBUTIN kapsulalar  150mg N30
FARBUTIN kapsulalar 150mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LAXISAM Pharmaceuticals, OOO (upak.) Farmasintez, OAO, Rossiya (proiz.)
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish

Rifampitsin

Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Rifampitsin sil kasalligida (shu jumladan sil meningitida), kombinatsiyalangan terapiya tarkibida; preparatga sezgir qo'zg'atuvchilar chaqirgan infektsion-yallig'lanish kasalliklarida (shu jumladan osteomielit, pnevmoniya, pielonefrit, lepra, gonoreya, otit, xoletsistit va b.), shuningdek meningokokk tashuvchanlikda qo'llaniladi. Davolash jarayonida antibiotikka tez chidamliilk rivojlanishi sababli, sil etiologiyali bo'lmagan kasalliklarda rifampitsinni qo'llash boshqa antibiotiklar bilan terapiyaga berilmaydigan hollar bilan cheklanadi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Rifampitsin bilan davolashda oshqozon-ichak trakti funktsiyasining buzilishi (ishtaha yomonlashishi, ko'ngil aynishi, qusish, ich ketishi) bo'lishi mumkin. Bu holatlar odatda preparat bekor qilinmasdan 2-3 kundan keyin mustaqil ravishda o'tib ketadi. Rifampitsin gepatotoksik ta'sir (qon zardobida transaminazalar va bilirubin miqdorining oshishi, sariqlik) ko'rsatishi mumkin. Gepatotoksik ta'sirni o'z vaqtida aniqlash va oldini olish uchun rifampitsin bilan davolashni jigar funktsiyasini tekshirgandan (qonda bilirubin va aminotransferazalar darajasini aniqlash, timol sinamasi) keyin boshlash kerak, davolash jarayonida esa uni har oyda o'tkazish kerak. O'tmishda gepatit o'tkazgan yoki jigar tsirrozi bilan og'rigan bemorlarda bu tekshiruvlar har 2 haftada o'tkazilishi kerak. Jigar funktsiyasining o'rtacha buzilishlari odatda o'tkinchi xarakterga ega va alloxol, metionin, piridoksin, B vitamini tayinlanganda preparat bekor qilinmasdan yo'qolishi mumkin. Jigar funktsiyasi buzilishi hodisalari kuchayganda rifampitsinni qo'llashni to'xtatish kerak. Rifampitsin bilan davolashda leykopeniya va trombotsitopeniya, allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin. Oxirgilar teri toshmalari, eozinofiliya, kamdan-kam hollarda - bronxospazm va Kvinke shishi ko'rinishida namoyon bo'ladi. Intermittirlovchi davolashda, preparatni muntazam qabul qilmaslikda yoki tanaffusdan keyin rifampitsin bilan davolash qayta boshlanganda grippsimon isitma, o'tkir buyrak-jigar yetishmovchiligi yoki trombopenik purpura ko'rinishidagi og'ir allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Bu asoratlardan oldin ba'zida dori sensibilizatsiyasi belgilari (preparat qabul qilingandan keyin harorat ko'tarilishi, kuchayib boruvchi eozinofiliya, bronxospazm, shuningdek musbat Shelli, Uanye testlari va boshq.) kuzatiladi. Bu hodisalarni oldini olish uchun preparatni kichik dozalarda (sutkasiga 0,15 g) tayinlash kerak. Oldingi davolash bosqichida rifampitsinga sensibilizatsiya belgilari qayd etilgan hollarda, u preparat qabul qilingandan keyin haroratni o'lchash nazorati ostida qo'llaniladi (dastlabki 2-3 kunda 3 soat davomida). Yaxshi o'zlashtirilganda antibiotik dozasi odatdagi terapevtik dozagacha oshirilishi mumkin. Allergik reaktsiyalar yuzaga kelganda rifampitsin bekor qilinadi va desensibilizatsiya qiluvchi terapiya (antigistamin vositalar, kaltsiy preparatlari, kortikosteroid gormonlar va h.k.) o'tkaziladi. Og'ir allergik reaktsiyalar hollarida parenteral ravishda kortikosteroid gormonlarning katta dozalarini, antigistamin vositalarni, vena ichiga - gemodez, natriy xloridning izotonik eritmasi, diuretiklar va boshqalarni yuborish kerak. Preparatni qabul qilayotgan bemorlarda siydik, ko'z yoshi suyuqligi, balg'am to'q sariq-qizil rangga kiradi. Rifampitsin vena ichiga tez yuborilganda bemorlarda arterial qon bosimining pasayishi mumkin, shu sababli preparatning vena ichiga infuziyasini preparat yuborish vaqtida arterial qon bosimi nazorati ostida o'tkazish kerak. Uzoq muddat vena ichiga yuborilganda flebit rivojlanishi mumkin.
Batafsil

Retseptli

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Kapsulalar
  • Liofilizat
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Sildan 
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil