ROSUSTARning aptekalardagi narxlari
ROSUSTAR tabletkalari 20mg N30
|
|
36 ta dorixonada bor
|
90 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
121 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
98 600 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
ROSUSTAR ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ROSUSTAR
ROSUSTAR
Preparatning savdo nomi: Rosustar
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): rozuvastatin
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 5 mg, 10 mg, 20 mg yoki 40 mg ruzuvastatin (rozuvastatin kalsiy ko‘rinishida);
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, suvsiz kalsiy gidrofosfati, krospovidon, magniy stearati;
qobig‘ini tarkibi: pushti Opadri II 85F240091 (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, titan dioksidi, makrogol, talk, temir III oksidi.
Ta‘rifi:
Rosustar 5 mg: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “RS 5” gravirovkasi, boshqa tomoni silliq bo‘lgan, pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Rosustar 10 mg: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “RS 10” gravirovkasi, boshqa tomoni silliq bo‘lgan, pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Rosustar 20 mg: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “RS 20” gravirovkasi, boshqa tomoni silliq bo‘lgan, pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Rosustar 40 mg: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “RS 40” gravirovkasi, boshqa tomoni silliq bo‘lgan, pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: gipolipidemik vosita – 3-gidroksi-3-metilglutaril-koferment A reduktaza (GMG-KoA-reduktaza) ning ingibitori.
ATX kodi: S10AA07
Farmakologik hususiyatlari
Rosustar – statinlar guruhiga mansub bo‘lgan gipogipidemik vositadir. Rozuvastatin xolesterin (XS) ning o‘tmishdoshi bo‘lgan GMG-KoA ni mevalonatga aylantiruvchi ferment – GMG-KoA reduktazaning selektiv raqobatli ingibitoridir.
Gepatositlarning yuzasida past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) ning reseptorlari sonini oshiradi, bu PZLP ni qamrab olinishi va katabolizmini kuchayishiga, juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) sintezini ingibisiya bo‘lishiga olib keladi, shu orqali PZLP va JPZLP ning umumiy konsentrasiyasi kamayadi. PZLP-xolesterini (PZLP-XS), yuqori zichlikdagi nolipoproteinlar xolesterini (YUZnoLP-XS), JPZLP-XS, umumiy xolesterin, va trigliseridlar (TG), JPZLP-TG, apolipoprotein V (ApoV) ning konsetrasiyasini pasaytiradi, PZLP-XS/YUZLP-XS, umumiy XS/YUZLP-XS, YUZnoLP-XS/YUZLP-XS, ApoV/apolipoprotein A-1 (ApoA-I) larning nisbatini pasaytiradi, YUZLP-XS va ApoA- I ning konsentrasiyasini oshiradi.
Gipolipidemik ta‘siri buyurilgan dozaning kattaligiga to‘g‘ri proporsional. Terapevtik samarasi davolash boshlanganidan so‘ng bir hafta davomida namoyon bo‘ladi, 2 haftadan keyin maksimal samarasini 90% ga, 4 haftaga kelib maksimal samaraga erishiladi. Giperxolesterinemiyasi bo‘lgan, gipertrigliseridemiyasi bo‘lgan yoki bo‘lmagan katta yoshdagi pasientlarda (irqi, jinsi yoki yoshidan qat‘iy nazar), shu jumladan qandli diabeti va oilaviy giperxolesterinemisi bo‘lgan pasientlarda samarali. PZLP-XS ning dastlabki o‘rtacha konsentrasiyasi taxminan 4,8 mmol/l bo‘lgan, giperxolesterinemiyaning II a va II b turi (Fredrikson tasnifi bo‘yicha) bo‘lgan pasientlarning 80% da, preparatni 10 mg dozada qabul qilish fonida PZLP-XS ning konsentrasiyasi 3 mmol/l dan kam qiymatga erishgan. Preparatni 20 mg va 40 mg dozada qabul qilayotgan oilaviy gomozigot giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda PZLP-XS ning konsentrasiyasini o‘rtacha pasayishi 22% ni tashkil etadi.
Fenofibrat bilan majmuada additiv samara (TG ning konsentrasiyasini pasayishiga nisbatan va nikotin kislotasini lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda (sutkada 1 g dan kam) PZLP-XS konsentrasiyasini pasayishiga nisbatan) kuzatiladi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Qon plazmasida rozuvastatin maksimal konsentrasiyasiga (Cmax) preparat qabul qilinganidan so‘ng taxminan 5 soatdan keyin erishiladi. Mutloq biokiraolishligi taxminan 20% ni tashkil etadi. Rozuvastatinning tizimli ekspozisiyasi dozaga proporsional ravishda oshadi. Preparat har kuni qabul qilinganida farmakokinetik ko‘rsatkichlari o‘zgarmaydi.
Taqsimlanishi
Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Rozuvastatin xolesterin sintezini va PZLP-XS metabolizmini asosiy joyi hisoblangan jigarda to‘planadi. Taqsimlanish hajmi –
134 l ni tashkil etadi. Plazma oqsillari (asosan albuminlar) bilan bog‘lanishi taxminan 90% ni tashkil etadi.
Metabolizmi
Rozuvastatin jigarda katta bo‘lmagan darajada (taxminan 10%) metabolizmga uchraydi, sitoxrom R450 fermentlar tizimi uchun muvofiq bo‘lmagan substrat hisoblanadi. Boshqa GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan bo‘lgani kabi, preparatni jigarda qamrab olinish jarayonida membranalar orqali maxsus tashuvchi – jigarda uni eliminasiyada muhim rol o‘ynaydigan, tashuvchi organik anion (OATR) 1V1 polipeptid qatnashadi. CYP2C9 rozuvastatinning metabolizmida ishtirok etuvchi asosiy izoferment hisoblanadi, ayni vaqtda CYP2C19, CYP3A4 va CYP2D6 izofermentlari metabolizmiga kamroq darajada jalb qilingan. Rozuvastatinning asosiy metabolitlari – N-desmetil- va laktonmetabolitlari hisoblanadi. N-desmetil metabolitining faolligi rozuvastatinga nisbatan taxminan 50% ga kamroq, lakton metabolitlari esa farmakologik jihatdan faol emas. Aylanib yuruvchi GMG KoA-reduktazani ingibisiya bo‘lishi bo‘yicha farmakologik faolligini 90% dan ko‘proq qismi rozuvastatinni hisobiga ta‘minlanadi, qolgan qismi – uning metabolitlari hisobiga ta‘minlanadi.
Chiqarilishi
Rozuvastatinning dozasini taxminan 90% organizmdan ichak orqali, qolgan qismi buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 19 soatni tashkil etadi va preparatning dozasi oshirilganida o‘zgarmaydi. Plazma klirensini o‘rtacha qiymati soatiga taxminan 50 l ni (variasiya koeffisienti 21,7%) tashkil etadi.
Yengil va o‘rtacha darajada buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda rozuvastatin va N-desmetil metabolitining plazmadagi konsentrasiyasi ahamiyatli darajada o‘zgarmaydi. Yaqqol buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinning qon plazmasidagi konsentrasiyasi sog‘lom ko‘ngillilardagiga nisbatan 3 marta, N-desmetil metabolitiniki – 9 marta yuqori bo‘ladi. Gemodializdagi pasientlarda rozuvastatinning qon plazmasidagi konsentrasiyasi sog‘lom ko‘ngillilardagiga nisbatan taxminan 50% ga yuqori bo‘ladi.
Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7 va undan past ball bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinning T1/2 oshishi aniqlanmagan; Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 8 va 9 ball bo‘lgan bemorlarda T1/2 ni 2 marta uzayishi aniqlangan. Jigar faoliyatini yanada yaqqol buzilishlari bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash tajribasi yo‘q.
Yosh va jins rozuvastatinning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Etnik guruhlar
Mongoloid irqiga (yaponlar, xitoylar, fillippinlar, vetnamlar va koreyslar) mansub bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinning “konsentrasiya–vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) yevropa irqining vakillaridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan, ikki marta yuqori bo‘ladi. Hindlarda rozuvastatinning AUC va Smax o‘rtacha qiymati taxminan 1,3 marta oshgan.
Qo‘llanilishi
- birlamchi giperxolesterinemiya (Fredrikson bo‘yicha II a turi), shu jumladan nasliy geterozigot giperxolesterinemiya, yoki aralash (majmuaviy) giperxolesterinemiya (Fredrikson bo‘yicha II b turi) – parhez bilan davolash va nomedikamentoz davolash choralari samarali bo‘lmaganida parhezga va boshqa nomedikamentoz davolash choralariga (jismoniy harakatlar va tana vaznini kamaytirish) qo‘shimcha sifatida qo‘llanadi;
- nasliy giperxolesterinemiyaning gomozigota shakli va parhez bilan davolash va lipidlarning darajasini pasaytirishga qaratilgan davolash (masalan, PZLP aferezi) ning boshqa turlarini samaradorligi yetarli bo‘lmaganida yoki agar bunday davolash turlari pasientga to‘g‘ri kelmaganida qo‘llanadi;
- davolash, umumiy XS va PZLP-XS ning konsentrasiyasini pasaytirishga qaratilgan pasientlarda, parhezga qo‘shimcha sifatida aterosklerozni zo‘rayib borishini sekinlashtirish uchun qo‘llanadi;
- yurak ishemik kasalligini (YUIK) klinik belgilarisiz kechuvchi ammo ularni rivojlanish havfi yuqori bo‘lgan katta yoshdagi pasientlarda (erkaklar uchun 50 yoshdan katta, ayollar uchun 60 yoshdan katta, arterial gipertenziya, PZLP-XS ning konsentrasiyasini past bo‘lishi, chekish, oilaviy anamnezida YUIK erta boshlanishi kabi qo‘shimcha havf omillaridan kamida biri bo‘lganida, S-reaktiv oqsilning konsentrasiyasi oshgan pasientlar) asosiy yurak-qon tomir kasalliklarining asoratlarini oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatning chaynamasdan va maydalamasdan, butun holda, ovqatlanishdan qat‘iy nazar sutkaning istalgan vaqtida suv bilan ichga qabul qilinadi.
Rosustar preparati bilan davolashni boshlashdan oldin pasient standart gipolipidemik parhezga rioya qilishni boshlash va davolanish vaqtida unga rioya qilishni davom ettirish kerak. Preparatning dozasi, qo‘llash uchun ko‘rsatmalarga va davolashga nisbatan pasientning javobiga qarab, lipidlarning kutilgan darajasi bo‘yicha umumiy qabul qilingan tavsiyalarni hisobga olib, shaxsiy ravishda tanlash kerak.
Giperxolesterinemiyani davolash: preparatning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi ilgari statinlarni qabul qilmagan pasientlar uchun ham, GMG-KoA reduktazaning ingibitorlari qabul qilgan pasientlar uchun ham sutkada bir marta 5-10 mg ni tashkil etadi. Preparatning boshlang‘ich dozasini tanlashda xolesterinning darajasini, yurak qon-tomir kasalliklarini rivojlanish havfi shuningdek nojo‘ya samaralarning potensial rivojlanish havfini inobatga olish kerak. Zarurati bo‘lganida 4 haftadan so‘ng dozalash tartibini o‘zgartirish mumkin. Yurak-qon tomir kasalliklari asoratlarini rivojlanish havfi yuqori (xususan, oilaviy giperxolesterinemiya), giperxolesterinemiyaning og‘ir shakli bo‘lgan, preparatning 20 mg dozasi adekvat klinik samara bermagan va navbatdagi shifokor nazoratini o‘tkazish kerak bo‘ladigan pasientlarga 40 mg maksimal dozani buyurish 4-haftalik davolash muddati o‘tganidan so‘ng amalga oshirilishi kerak.
Preparat 40 mg dozada buyurilganida kichikroq dozalarini buyurishga nisbatan nojo‘ya samaralarning rivojlanish soni oshishini hisobga olib, preparatning dozasi 40 mg gacha oshirilganida mutaxassisning kuzatuvi tavsiya etiladi.
Yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish: rozuvastatinning tavsiya etilgan dozasi sutkada 20 mg ni tashkil etadi.
Bolalarda qo‘llanishi
Rozuvastatinni bolalarda qo‘llanishi faqat sog‘liqni saqlash mutaxassislarini nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.
10 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar (Tanner shkalasi bo‘yicha 2 va undan katta ko‘rsatkichga ega bo‘lgan o‘g‘il bolalar, menarxe kamida 1 yil davom etayotgan qizlar): nasliy geterozigot giperxolesterinemiyasi bo‘lgan bolalar va o‘smirlar uchun rozuvastatinning boshlang‘ich dozasi sutkada 1 marta 5 mg ni tashkil etadi. Dozalar diapazoni sutkada 1 marta 5-20 mg ni tashkil etadi. Preparatning dozasi o‘tkazilayotgan davolashga bolaning javob reaksiyasiga qarab har bir pasient uchun shaxsiy ravishda tanlanadi. Bolalar va o‘smirlar xolesterinning darajasini pasaytiradigan standart parhezga o‘tkazilishi kerak. Davolash tugagunicha ushbu parhezga rioya qilishlari kerak. Preparatning 20 mg dan ortiq bo‘lgan dozasining havfsizligi va samaradorligi ushbu pasientlar guruhida o‘rganilmagan.
Ushbu pasientlar guruhiga Rosustar preparatini 40 mg dozada qo‘llash tavsiya etilmaydi.
10 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar: ushbu pasientlar guruhida preparatni qo‘llash tajribasi nasliy gomozigot giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarning katta bo‘lmagan miqdori (8 yoshdan 10 yoshgacha) bilan cheklangan. Shu sababli, rozuvastatin 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash uchun tavsiya etilmagan.
Keksa yoshdagi pasientlar
70 yoshdan katta pasientlar uchun preparatning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi 5 mg ni tashkil etadi. Ushbu pasientlar guruhida dozalash tartibini o‘zgartirish talab etilmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi
Yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun dozani o‘zgartirish talab etilmaydi. O‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi < 60 ml/min) bo‘lgan pasientlar uchun preparatning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi 5 mg ni tashkil etadi. O‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga preparat 40 mg dozada qo‘llash mumkin emas. Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga rozuvastatinni qo‘llash mumkin emas.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanashi
Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7 va undan past ball bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinning tizimli ta‘sirini kuchayishi aniqlanmagan. Biroq rozuvastatinning tizimli ta‘sirini kuchayishi Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 8 va 9 ball bo‘lgan shaxslarda kuzatilgan. Bunday pasientlarda jigar faoliyati nazorat qilinishi kerak. Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 dan ortiq ball bo‘lgan shaxslarga preparatni qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q. Jigarning faol bosqichidagi kasalliklari bo‘lgan pasientlarga rozuvastatin preparatini qo‘llash mumkin emas.
Etnik guruhlar
Mongoloid irqiga mansub bo‘lgan shaxslarda rozuvastatinning tizimli ta‘sirini kuchayishi kuzatilgan. Bunday pasientlar uchun preparatning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi 5 mg ni tashkil etadi, preparatni 40 mg dozasini buyurish mumkin emas.
Miopatiyani rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan pasientlarga dozalash tartibi
Preparatning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi 5 mg ni tashkil etadi. Bunday pasientlarga preparatni 40 mg dozada buyurish mumkin emas.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tez-tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagicha aniqlangan: tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam hollarda (< 1/10000), tez-tezligi noma‘lum – mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida rivojlanish tez-tezligini baholash mumkin emas.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, astenik sindrom; juda kam hollarda – periferik neyropatiya, xotirani pasayishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qabziyat, qorinda og‘riq; tez-tez emas – qusish; kam hollarda – pankeratit; juda kam hollarda – gepatit, sariqlik; tez-tezligi noma‘lum – diareya;
Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas – yo‘tal, dispnoe.
Endokrin tizimi tomonidan: tez-tez – qandli diabetning II tipi.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez – mialgiya; juda kam hollarda – artralgiya; kam hollarda – miopatiya (shu jumladan, miozitlar), rabdomioliz.
Allergik reaksiyalar: tez-tez emas – terini qichishishi, eshakemi, toshma; kam hollarda – angionevrotik shish.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: tez-tezligi noma‘lum – Stivens-Djonson sindromi, periferik shishlar.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez – davolanish jarayonida kamayib boradigan va buyrak kasalliklari, siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari bilan bog‘liq bo‘lmagan proteinuriya (tez-tezligi 40 mg dozada qabul qilayotgan pasientlarda 3% dan ortiq); juda kam hollarda – gematuriya.
Laboratoriya ko‘rsatkichlar: tez-tez emas – zardobdagi kreatinfosfokinaza (KFK) ning faolligini dozaga bog‘liq o‘tkinchi oshishi, normaning yuqori chegarasiga nisbatan 5 marta va undan ko‘p oshganida, davolash vaqtinchalik to‘xtatilishi kerak; kam hollarda – aspartataminotransferaza va alaninaminotransferazalarning faolligini tranzitor oshishi bo‘lishi mumkin.
GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari qo‘llanganida bo‘lgani kabi, rivojlanish tez-tezligi preparatning dozasiga bog‘liq, nojo‘ya samaralari odatda ahamiyatsiz darajada ifodalangan va o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.
Preparat qo‘llanganida quyidagi laboratoriya ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi aniqlangan: glyukoza, bilirubinning konsentrasiyasini, ishqoriy fosfataza, gamma-glutamiltransferazaning faolligini oshishi kuzatilgan.
Boshqa statinlar qo‘llanganida quyidagi nojo‘ya samaralar: depressiya, uyqusizlik, potensiyani pasayishi xaqida xabarlar berilgan.
Rozuvastatin uzoq muddat qo‘llanganida o‘pkaning interstisial kasalligi yuzasidan yagona xabarlar berilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- rozuvastatinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- jigarning faol fazadagi kasalliklari, shu jumladan qon zarbodida transaminazalarining darajasini noma‘lum etiologiyali doimiy oshishi va zardobdagi transaminazalarni normaning yuqori chegarasiga nisbatan 3 marta ko‘proqqa oshishi;
- og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi < 30 ml/minut);
- miopatiya;
- siklosporinni qabul qilish;
- homiladorlik va laktasiya davri. Preparatni shuningdek kontrasepsiyaning ishonchli usullaridan foydalanmaydigan tug‘ruq yoshdagi ayollarga qo‘llash mumkin emas.
Preparatning 40 mg dozasini miopatiya / rabdomiolizni rivojlanish havf omillari bo‘lgan pasientlarga qo‘llash mumkin emas. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:
- o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi < 60 ml/minut);
- gipotireoz;
- pasientning anamnezida yoki oilaviy anamnezda mushaklar tomonidan buzilishlari;
- anamnezida GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitori yoki fibrat qabul qilinganida mushaklarga toksik ta‘siri borligi;
- alkogolga qaramlik;
- qon plazmasida rozuvastatinning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar;
- mongoloid irqiga mansub pasientlar;
- fibratlarni bir vaqtda qabul qilish.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Rozuvastatin va siklosporin bir vaqtda qo‘llash siklosporinning plazmadagi
konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi, ammo rozuvastatinning samarasi kuchayadi (uni chiqarilishi sekinlashadi, AUC 7 marta, Smax 11 marta oshadi).
Eritromisin ichakning harakatini kuchaytiradi, bu rozuvastatinning samarasini pasayishiga (AUC 20% ga va Smax 30% ga kamayadi) olib keladi.
K vitaminining antagonistlarini (masalan, varfarin) qabul qilayotgan pasientlarda xalqaro normallashtirilgan nisbatni (XNN) monitoring o‘tkazish tavsiya etiladi, chunki rozuvastatin bilan davolashni boshlanishi yoki preparatning dozasini oshishi XNN oshishiga olib kelishi mumkin, rozuvastatini bekor qilish yoki dozasini kamaytirish XNN ni pasayishiga olib kelishi mumkin.
Gemfibrozil rozuvastatinning samarasini kuchaytiradi (Smax va AUC ni 2 marta oshiradi).
Rozuvastatin va tarkibida alyuminiy va magniy gidroksidini saqlovchi antasidlarni bir vaqtda qabul qilish, rozuvastatinning plazmadagi konsentrasiyasini taxminan 50% ga kamayishiga olib keladi. Agar antasidlar rozuvastatin qabul qilinganidan so‘ng 2 soatdan keyin qabul qilinsa, ushbu samara kuchsizroq ifodalanadi.
Rozuvastatin va peroral kontraseptivlarni bir vaqtda qabul qilish etinilestradiol va norgestrelning AUC ni muvofiq 26% va 34% ga oshishiga olib kelishi mumkin, peroral kontraseptivlarning dozalarini tanlashda buni hisobga olish kerak. Rozuvastatin va gormonlarni o‘rnini bosuvchi davolashni bir vaqtda qo‘llash bo‘yicha farmakokinetik ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun ushbu majmua qo‘llanganida ham o‘xshash samarani istisno qilish mumkin emas.
Tadqiqotlarning natijalari, rozuvastatinni sitoxrom R450 izofermentlarining na ingibitori, na induktori ekanligini ko‘rsatdi. Rozuvastatin ushbu izofermentlar uchun kuchsiz substrat hisoblanadi. Metabolizmi sitoxrom R450 fermentlar tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan flukonazol, ketokonazol va itrakonazol kabi preparatlar bilan rozuvastatinni klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri kuzatilmagan.
Rozuvastatinni digoksin yoki fenofibrat bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri kuzatilmaydi. Gemfibrozil, boshqa fibratlar va nikotin kislotasini (sutkada kamida 1 g) gipolipidemik dozalari GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida miopatiyani rivojlanish havfi oshgan. Bu holat ular monoterapiya sifatida ishlatilganida ham miopatiyani chaqirishi mumkinligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Rozuvastatin va ezetimibni birga qo‘llash har ikkala preparatlarning AUC yoki Smax o‘zgarishiga olib kelmagan.
Odam immun tanqisligi virusi (OITV) ning proteaza ingibitorlarini rozuvastatin bilan birga qo‘llash rozuvastatinning samarasini ahamiyatli darajada kuchayishiga olib kelishi mumkin. 20 mg rozuvastatin va tarkibida ikkita OITV proteaza ingibitorlarini saqlagan majmuaviy preparat (400 mg lopinavir/100 mg ritonavir) bir vaqtda sog‘lom ko‘ngillilarga qo‘llash bilan o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqot, ushbu majmua rozuvastatinning AUC(0-24) va Cmax ni muvofiq ravishda ikki va besh marta oshishini ko‘rsatdi. Shuning uchun OITV bilan infeksiyalangan pasientlarda rozuvastatinni OITV proteaza ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurish tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Rosustar bilan davolanish vaqtida, ayniqsa uning dozasiga tuzatish kiritish vaqtida, har 2-4 haftada lipidlarning holatini monitoring o‘tkazish va zarurat bo‘lganida preparatning dozasini o‘zgartirish kerak.
Davolashni boshlashdan oldin va davolash boshlanganidan so‘ng 3 oydan keyin jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini aniqlash tavsiya etiladi. Agar qon zardobida “jigar” transaminazalarining faollik darajasi normaning yuqori chegarasidan 3 marta katta bo‘lsa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish yoki dozasini kamaytirish kerak.
Preparat 40 mg dozada qabul qilinganida buyrak faoliyatining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda gipotireoz yoki nefrotik sindrom oqibatida asosiy kasallikni davolash Rosustar preparati bilan davolashni boshlashdan oldin o‘tkazilishi kerak.
Rabdomiolizni rivojlanish havf omillari bo‘lgan pasientlarda davolashdan kutilgan foyda hamda potensial havf nisbatini ko‘rib chiqish va butun davolash kursi davomida klinik kuzatish kerak. Kutilmaganda, ayniqsa lohaslik hamda isitma bilan birga kechuvchi mushak og‘riqlari, mushaklarni bo‘shligi yoki spazmlari paydo bo‘lish hollari yuzasidan darhol shifokorga murojaat qilish kerakligini pasientga tushuntirish kerak. Bunday pasientlarda KFK ning darajasin aniqlash kerak. Agar KFK ning faolligi oshgan (normaning yuqori chegarasidan 5 marta va undan ko‘p) bo‘lsa yoki mushak simptomlari yaqqol ifodalangan va har kuni diskomfort chaqirsa, preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak. Agar simptomlar yo‘qolsa va KFK ning darajasi normaga qaytsa, Rosustar yoki GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini kichikroq dozalarda, pasientni sinchkov kuzatuvi ostida takroran buyurish xaqidagi masalani ko‘rib chiqish kerak.
KFK ning faolligini, KFK faolligini oshishiga olib keladigan jadal jismoniy harakatlardan so‘ng yoki boshqa sabablardan so‘ng aniqlash mumkin emas, chunki bu olingan natijalarni noto‘g‘ri talqin qilishga olib kelishi mumkin. Agar KFK ning dastlabki darajasi ahamiyatli darajada oshgan bo‘lsa, 5-7 kundan so‘ng takroran o‘lchash kerak – agar takroriy sinama KFK ning faolligini dastlabki qiymatini (normadan 5 marta yuqori) tasdiqlasa, davolashni boshlash mumkin emas.
Simptomlar bo‘lmaganida KFK ning faolligini monitoring o‘tkazish maqsadga muvofiq emas. Fibrat kislotasining hosilalari (shu jumladan gemifibrazil), siklosporin, nikotin kislotasi, azol guruhiga mansub zamburug‘larga qarshi vositalar, proteaza ingibitorlari va makrolid antibiotiklar bilan birga GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini qabul qilgan pasientlarda miozit va miopatiya hollarini oshishi xaqida xabar berilgan. Rosustar va fibratlar yoki nikotin kislotasi (sutkada kamida 1 g) birga buyurilganida davolashdan kutilgan foyda va potensial havf nisbatini sinchkovlik bilan baholash kerak, gemfibrozilni bir vaqtda buyurish tavsiya etilmaydi.
Ko‘pchilik hollarda proteinuriya kamayadi yoki davolash vaqtida yo‘qoladi va o‘tkir yoki mavjud bo‘lgan buyrak kasalliklarini zo‘rayishi rivojlanishini anglatmaydi. Buyrak faoliyatini baholash preparatni 40 mg dozada olayotgan pasientlar odatdagi tekshirilganida o‘tkazilishi kerak.
Rozuvastatin va OITV proteaza ingibitorlarini bir vaqtda buyurish tavsiya etilmaydi.
Rozuvastatin uzoq muddat qo‘llanganida o‘pkani interstisial kasalligi yuzasidan yakka xabarlar berilgan. O‘pkaning interstisial kasalligiga gumon qilinganida Rosustar bilan davolanishni to‘xtatish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Tug‘ruq yoshidagi ayollar preparatni qabul qilish vaqtida kontraseptiv vositalarni qo‘llashlari kerak.
Xolesterin va uning biosintezi mahsulotlari homilani rivojlanishiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatishi tufayli, GMG-KoA-reduktazani ingibisiya bo‘lishida kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavf, uni homiladorlik vaqtida qo‘llashdan kutilgan foydadan ustun turadi. Rozuvastatin qabul qilayotgan ayollarda homiladorlik kuzatilganida, preparatni qabul qilishni zudlik bilan to‘xtatish kerak.
Rozuvastatin kalamushlarning sutida aniqlangan. Odamlarda preparatni ona suti bilan ajralib chiqishi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparat 10 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llanadi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Avtotransportni haydash va mexanik vositalarni boshqarish qobiliyatiga rozuvastatin preparatini ta‘siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Biroq preparatning farmakodinamik hususiyatlari hisobga olib, transport yoki mexanik vositalarni boshqarishda, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (rozuvastatin bilan davolanish vaqtida bosh aylanishi rivojlanishi mumkin).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida maxsus davolash yo‘q.
Doza oshirib yuborilganida simptomatik davolash va zarurat bo‘lganida o‘rnini bosuvchi davolash ko‘rsatilgan.
Jigar faoliyati va KFK ning darajasini nazorat qilish kerak. Gemodializ ijobiy samara bermaydi.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletka blisterda. 2, 3, 5, 6 yoki 9 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Namlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha beriladi.
Chiqarish shakllari