ROTARITMIL
ROTARITMIL qo'llanmasi
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ROTARITMIL
ROTARITMIL
Preparatning savdo nomi: Rotaritmil
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): amiodaron gidroxloridi
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: amiodaron gidroxloridi – 200 mg;
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati, povidon (K90), magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, jelatinlangan kraxmal.
Ta‘rifi: oq rangli, dumaloq shaklli, bo‘lish riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Antiaritmik preparatlar
ATX kodi: S01BD01
Farmakologik hususiyatlari
Rotaritmil antiaritmik preparatlarning III sinfini (repolyarizasiya ingibitorlari sinfi) asosiy vakilidir, antianginal, koronar tomirlarni kegaytiruvchi, alfa- va beta-adrenoreseptorlarni bloklovchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Amiodaronning ta‘sir mexanizmi kardiomiositlarning hujayra membranalaridagi ion kanallarini (asosan kaliy, juda oz darajada – kalsiy va natriy kanallari) blokadasi, sinus tugunining avtomatizmni kamayishi bilan, shuningdek a- va b-adrenergik faollikni raqobatsiz susaytirishi bilan bog‘liq.
Amiodaronning antiaritmik ta‘siri harakat potensialini (3 faza) ahamiyatli uzaytirishi va shunday qilib refrakter davrlari davomiyligini oshirishi, miokard bo‘lmachalari va qorinchalarining qo‘zg‘aluvchanligini kamaytirishi, atrioventrikulyar tugunning bo‘lmacha – qorincha o‘tkazuvchanligini qo‘shimcha tutamlarida refrakter davrlari davomiyligini oshirish qobiliyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu sinus tugunining avtomatizmini pasayishiga, yurakning o‘tkazuvchi tizimining barcha sohalari bo‘ylab impulsning o‘tkazilishini sekinlashishiga (sinoatrial, bo‘lmacha va atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni sekinlashtiradi), qo‘zg‘aluvchanlikni pasayishiga olib keladi. Bunda qorinchalarning o‘tkazuvchanligida o‘zgarishlar bo‘lmaydi.
Preparatning antianginal ta‘siri miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamayishini (yurak qisqarishlar sonini (YUQS) kamayishi va periferik qarshilikni o‘rtacha pasayishi hisobiga) va koronar arteriyalarning silliq mushaklariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘siri hisobiga, koronar qon oqimini kuchaytirishi bilan bog‘liq. Aortadagi bosimni va periferik qon tomirlar qarshiligini pasaytirib, yurakdan otilib chiqqan qon hajmini tutib turadi.
Preparat periferik qon-tomirlar qarshiligini va tizimli arterial bosimni biroz pasaytiradi; miokardning qisqaruvchanligiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatmaydi. Manfiy inotrop samarasining yo‘qligi, Rotaritmilni yurak yetishmovchiligida qo‘llash imkoniyatini beradi.
Tuzilishi bo‘yicha amiodaron tireoid gormonlarga o‘xshash, shuning uchun preparat tireoid gormonlarning almashinuviga ta‘sir ko‘rsatadi: T3 ni T4 ga aylanishini ingibisiya bo‘lishi (tiroksin-5-deyodinazaning blokadasi) va bu gormonlarning kardiositlar va gepatositlar tomonidan qamrab olinishini bloklanishi, tireoid gormonlarning miokardga rag‘batlantiruvchi ta‘sirini susayishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Preparatning farmakokinetikasi ahamiyatli darajadagi shaxsiy o‘zgarishlar bilan farqlanadi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng amiodaron sekin so‘riladi. Bir marta qabul qilinganidan so‘ng qon plazmasida maksimal konsentrasiyasiga 3-7 soatdan keyin erishiladi. Biroq terapevtik ta‘siri odatda preparat qabul qilish boshlanganidan keyin bir necha hafta o‘tgach (bir necha kundan ikki haftagacha) rivojlanadi. Amiodaron katta individual variabellik bilan kechuvchi uzoq yarim chiqarilish davriga ega (shuning uchun doza tanlanganida, masalan, u oshirilganida yoki kamaytirilganida, amiodaronning plazmadagi yangi konsentrasiyasini barqarorlashtirish uchun kamida 1 oy kerak bo‘lishini yodda tutish kerak).
Farmakokinetikasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, terapevtik samaraga erishish uchun to‘qimalarda preparatni to‘planishiga erishish maqsadida, boshlang‘ich to‘yintiruvchi dozani qo‘llash talab qilinadi. Kumulyativ samarasining borligi davolash tugaganidan so‘ng 10-45 kun davomida ta‘sir davomiyligini ta‘minlaydi.
Amiadaronning har bir dozasi (200 mg) 75 mg yod saqlaydi. Amiadoron uzoq muddat qabul qilinganida yodning konsentrasiyasi amiadoronning konsentrasiyasiga nisbatan 60-80% ga yetishi mumkin.
Qo‘llanilishi
Yurak ritmini buzilishlari, shu jumladan boshqa antiaritmik vositalarga chidamli bo‘lgan aritmiyalarni davolash va oldini olish:
- qorinchalar aritmiyalari, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasi va qorinchalar fibrillyasiyasi (davolash stasionarda sinchkov kardiomonitorli nazorat ostida boshlanishi kerak);
- qorinchalar usti paroksizmal taxikardiyalari: yurakning organik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda qaytalanuvchi barqaror qorinchalar usti paroksizmal taxikardiyasining xujjatlangan xurujlari; yurakning organik kasalliklarisiz bemorlarda qaytalanuvchi barqaror qorinchalar usti paroksizmal taxikardiyasining xujjatlangan xurujlari, boshqa sinf antiaritmik preparatlar samarasiz bo‘lganida yoki ularni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganida; Volf-Parkinson-Uayt sindromi bo‘lgan bemorlarda qaytalanuvchi barqaror qorinchalar usti paroksizmal taxikardiyasining xujjatlangan xurujlari;
- bo‘lmachalarni xilpillovchi aritmiyasi va lippilashi.
Agar anamnezida ilgari qayd etilgan aritmiya hurujlariga ko‘rsatmalar bo‘lsa, miokard infarktidan keyingi tiklanish davrida qo‘llanadi. Amiodaron yurak ishemik kasalligi va/yoki chap qorincha faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda yurak ritmi buzilishlarini davolashda ishlatilishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish lozim!
Rotaritmil ovqat qabul qilishdan oldin va yetarli miqdordagi suv bilan ichga qabul qilinadi.
Yuklama («to‘yintiruvchi») dozasi: turli to‘yinish sxemalari ishlatilishi mumkin.
Stasionar sharoitida: bir necha qabulga bo‘lingan boshlang‘ich doza 10 g yig‘indi dozaga erishilgunicha (odatda 5-8 kun davomida) sutkada 600-800 mg (maksimal 1200 mg gacha) dozani tashkil etadi.
Ambulator sharoitida: bir necha qabulga bo‘lingan boshlang‘ich doza 10 g yig‘indi dozaga erishilgunicha (odatda 1-14 kun davomida) sutkada 600 dan 800 mg gacha dozani tashkil etadi.
Tutib turuvchi doza: turli bemorlarda sutkada 100 dan 400 mg gacha o‘zgarib turishi mumkin. Shaxsiy terapevtik natijaga muvofiq sutkada tana vazniga 3 mg/kg hisobidan minimal samarali dozasini qo‘llash kerak.
Amiodaron juda davomli yarim chiqarilish davriga egaligi tufayli, uni kunora qabul qilish yoki uni qabul qilishda haftada 2 kun tanaffus qilish mumkin.
O‘rtacha terapevtik bir martalik doza: 200 mg. O‘rtacha terapevtik sutkalik doza: 400 mg.
Maksimal bir martalik doza: 400 mg. Maksimal sutkalik doza: 1200 mg.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya samaralarni uchrash tez-tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagicha aniqlangan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100, ammo < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000, ammo < 1/100), juda kam hollarda (< 1/10000), uchrash tez-tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida uchrash tez-tezligini baholash mumkin emas).
Qon va limfa tizimi tomonidan: juda kam hollarda – gemolitik anemiya, aplastik anemiya, trombositopeniya.
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: tez-tez – bradikardiya, asosan o‘rtacha namoyon bo‘lgan va dozaga bog‘liq; tez-tez emas – yurakni urishini to‘xtashi bilan kechuvchi aritmiyani boshlanishi yoki zo‘rayishi, o‘tkazuvchanlikni buzilishi (sinoatrial blokada, turli darajadagi AV-blokada); juda kam hollarda – sinus tuguni faoliyatini buzilishi va/yoki keksa yoshdagi pasientlarda yaqqol bradikardiya yoki yurakni sinusli to‘xtashi; uchrash tez-tezligi noma‘lum – “piruet” turidagi qorinchalar taxikardiyasi.
Endokrin buzilishlar: tez-tez – gipotireoz, gipertireoz, ba‘zida o‘lim bilan tugashi mumkin; juda kam hollarda – antidiuretik gormonni noadekvat sekresiyasi sindromi (SIADH).
Ko‘rish a‘zolari tomonidan: juda tez-tez – shox pardaning epiteliysida, odatda qorachiq ostida mikrocho‘kmalar paydo bo‘ladi, ular murakkab yog‘ qavatidan iborat bo‘lib, preparat bekor qilinganidan so‘ng yo‘qoladi va davolashni to‘xtatishni talab qilmaydi. Ba‘zida ular rangli oreolani paydo bo‘lishi yoki yorqin yorug‘likda konturlarning noaniqligi ko‘rinishidagi ko‘rishni buzilishlarini chaqirishi mumkin. Juda kam hollarda – ko‘rlikkacha zo‘rayib borishi mumkin bo‘lgan optik neyropatiya / nevrit.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: juda tez-tez – odatda yuklama dozani qo‘llash bilan va dozani kamaytirish yuzasidan qaror qabul qilish bilan yuzaga keladigan havfsiz me‘da-ichak buzilishlari (qusish, ko‘ngil aynishi, disgevziya).
Umumiy buzilishlar: uchrash tez-tezligi noma‘lum – granuloma, shu jumladan suyak ko‘migi granulomasi.
Gepatobiliar buzilishlar: juda tez-tez – zardobda, davolashni boshlanishida kuzatiladigan, odatda o‘rtacha darajada bo‘lgan transaminazalarning izolyasiyalangan qiymati. Dozani kamaytirish yoki hatto spontan ravishda normal qiymatlarga qaytishi mumkin. Tez-tez – zardobda transaminazalarning yuqori qiymati va/yoki sariqlik, jumladan o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan jigar yetishmovchiligi bilan kechuvchi jigar faoliyatini o‘tkir buzilishi; juda kam hollarda – ba‘zida o‘lim bilan tugashi mumkin bo‘lgan jigarni surunkali kasalliklari (soxta alkogolli gepatit, sirroz).
Immun tizimi tomonidan: angioedema (garchi uchrash tez-tezligi noma‘lum bo‘lsa-da, angioedema yuzasidan bir necha xabarlar berilgan.
Tekshirishlar: juda kam hollarda – qonda kreatininning konsentrasiyasini oshishi.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – ekstrapiramid tremor, tremor uchun regressiya odatda preparatning dozasi kamaytirilganidan yoki organizmdan chiqarilganidan so‘ng kuzatiladi, qo‘rqinchli tush ko‘rishlar, uyquni buzilishi kuzatiladi. Tez-tez emas: periferik sensor neyropatiya va/yoki miopatiya, ta‘sir etuvchi modda organizmdan chiqarilganidan so‘ng odatda qaytuvchandir; juda kam hollarda – miyacha ataksiyasi, regressiya odatda preparatning dozasi kamaytirilgandan yoki organizmdan chiqarilgandan so‘ng kuzatiladi, xavfsiz bosh miya gipertenziyasi (miyachani soxta o‘smasi), bosh og‘rig‘i, vertigo kuzatiladi.
Reproduktiv tizimi tomonidan: juda kam hollarda – epididimit-orxit, impotensiya.
Nafas a‘zolari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan: tez-tez – o‘pkani zaharlanishi (o‘ta yuqori sezuvchan pnevmonit, interstisial yoki alveolyar pnevmonitni va pnevmoniya bilan kechuvchi obliterasiyalovchi bronxitning, ba‘zida o‘lim bilan yakunlanuvchi bronxitni rivojlanish hollari ma‘lum); juda kam hollarda – nafas faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari bo‘lgan pasientlarda va ayniqsa astmasi bo‘lgan pasientlarda bronxospazm, jarrohlik (kislorodning yuqori konsentrasiyasi bilan o‘zaro ta‘sir qilishi mumkin), o‘pkadan qon ketishlar (garchi chastotasi noma‘lum bo‘lsa-da, o‘pkadan qon ketish hollari kuzatilgan).
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: juda tez-tez – fotosensibilizasiya kuzatilishi mumkin, tez-tez – terining ochiq sohalarini zangori yoki kulrang rangga bo‘yalishi, xususan yuqori sutkalik dozalari bilan uzoq muddat davolanganda kuzatiladi; bunday pigmentasiya davolash to‘xtatilganidan so‘ng asta-sekin yo‘qoladi; juda kam hollarda – radioterapiya kursi davomida eritema, teri toshmalari, odatda nospesifik, eksfoliativ dermatit, alopesiya; tez-tezligi noma‘lum – urtikariya.
Qon-tomir buzilishlari: juda kam hollarda – vaskulit.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga va yodga yuqori sezuvchanlik;
- sinus tugunini zaifligi sindromi (STZS) (sinusli bradikardiya, kardiostimulyator bo‘lmaganidagi sinoatrial blokada);
- II va III darajadagi atrioventrikulyar blokada va Giss tutami oyoqchalarini blokadasi (kardiostimulyator bo‘lmaganida);
- QT intervalni tug‘ma yoki orttirilgan uzayishi;
- og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi;
- yaqqol arterial gipotenziya, kollaps, shok;
- QT intervalini uzaytirish va paroksizmal taxikardiyalar, shu jumladan «piruet» turidagi polimorf qorinchalar taxikardiyasini chaqirish xususiyatiga ega bo‘lgan preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish;
- MAO ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish;
- o‘pkani interstisial kasalligi;
- qalqonsimon bez disfunksiyasi (gipo- va gipertireoz);
- gipokaliemiya, gipomagniemiya;
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);
- homiladorlikni II va III uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
«Piruet» turidagi polimorf qorinchalar taxikardiyasini (torsade de pointes) chaqirish xususiyatiga ega bo‘lgan preparatlar bilan majmuada qo‘llash mumkin emas (ular amiodaron bilan birga qo‘llanganida «piruet» turidagi potensial letal qorinchalar taxikardiyasini rivojlanish xavfi oshadi):
Antiaritmik vositalar: IA sinfi (xinidin, gidroxinidin, dizopiramid, prokainamid), III sinfi (dofetilid, ibutilid, bretiliy tozilat), sotalol;
Bepridil; vinkamin; ayrim neyroleptiklar: fenotiazinlar (xlorpromazin, siamemizin, levomepromazin, tioridazin, trifluoperazin, flufenazin), benzamidlar (amisulprid, sultoprid, sulprid, tiaprid, veraliprid), butirofenonlar (droperidol, galoperidol), sertindol, pimozid; trisiklik antidepressantlar; sizaprid; markolid antibiotiklar (eritromisin vena ichiga yuborilganida, spiramisin); azollar; bezgakka qarshi vositalar (xinin, xloroxin, mefloxin, galofantrin, lumefantrin); pentamidin parenteral yuborilganida; difemanil metilsulfati; mizolastin; astemizol; terfenadin; ftorxinolonlar (shu jumladan moksifloksasin) kabi boshqa (antiaritmik bo‘lmagan) preparatlar.
Tavsiya etilmaydigan majmualar
Beta-adrenoblokatorlar bilan, yurak qisqarishlari soni (YUQS) sekinlashtiruvchi «sekin» kalsiy kanallarining blokatorlari (verapamil, diltiazem) bilan, chunki avtomatizm (yaqqol bradikardiya) va o‘tkazuvchanlikning buzilishlarini rivojlanish xavfi mavjud.
Surgi vositalari, ichakning peristaltikasini rag‘batlantiruvchi vositalar bilan, ular gipokaliemiyani chaqirishi mumkin, bu «piruet» turidagi qorinchalar taxikardiyasining rivojlanish xavfini oshiradi. Amiodaron bilan birga qo‘llanganida boshqa guruh surgi vositalarini ishlatish kerak.
Qo‘llashda ehtiyotkorlikni talab qiluvchi majmualar
Gipokaliemiyani chaqirish xususiyatiga ega bo‘lgan preparatlar bilan: gipokaliemiyani chaqiruvchi diuretiklar (monoterapiyada yoki majmuda qo‘llanganida), amfoterisin V (v/i), tizimli glikokortikosteroidlar, tetrakozaktid. Qorinchalar ritmini buzilishlari, ayniqsa «piruet» turidagi qorinchalar taxikardiyasining rivojlanishi xavfini oshishi (gipokaliemiya moyillik keltiruvchi omildir). Gipokaliemiyani to‘g‘rilashning zarurati bo‘lganida qonda elektrolitlar darajasini nazorat qilish va pasientni doimiy klinik va elektrokardiografik kuzatuvini o‘tkazish kerak. «Piruet» turidagi qorinchalar taxikardiyasi rivojlangan hollarda antiaritmik vositalarni qo‘llash mumkin emas (qorinchalar kardiostimulyasiyasini boshlash kerak, vena ichiga magniy tuzlarini yuborish mumkin).
Prokainamid bilan: amiodaron prokainamid va uning metaboliti N-asetilprokainamidning plazmadagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin, bu prokainamidning nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Bilvosita antikoagulyantlar bilan: varfarin amiodaron bilan majmuasida qo‘llanganida bilvosita antikoagulyantning samaralarini kuchaytirishi mumkin, bu qon ketishlarining rivojlanish xavfini oshiradi. Amiodaron bilan davolanish vaqtida ham, u bekor qilinganidan keyin ham protrombin vaqtini tez-tez nazorat qilish va antikoagulyantning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
Yurak glikozidlari (angishvonagul preparatlari) bilan: yurak avtomatizmini (yaqqol bradikardiya) va bo‘lmacha-qorincha o‘tkazuvchanligini buzilishlari paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, digoksin amiodaron bilan majmuada qo‘llanganida qon plazmasida digoksinning konsentrasiyasi (uning klirensini kamayishi tufayli) oshishi mumkin. Shuning uchun digoksin amiodaron bilan birga qo‘llanganida digoksinning qondagi konsentrasiyasini aniqlash va digistalis intoksikasiyasining bo‘lishi mumkin bo‘lgan klinik va elektrokardiografik ko‘rinishlarini nazorat qilish kerak. Digoksinning dozasini pasaytirish talab etilishi mumkin.
Esmolol bilan: yurak qisqaruvchanligi, avtomatizmi va o‘tkazuvchanligining buzilishlari (simpatik nerv tizimining kompensator reaksiyalarini susaytirishi) bo‘lishi mumkin. Klinik va EKG nazoratini o‘tkazish talab etiladi.
Fenitoin bilan, muvofiq fosfenitoin bilan: fenitoin amiodaron bilan birga qo‘llanganida fenitoinning dozasini oshirib yuborilishi rivojlanishi mumkin, bu nevrologik simptomlarni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Klinik monitoring o‘tkazish va dozani oshirib yuborilishini birinchi belgilari paydo bo‘lganidayoq fenitoinning dozasini pasaytirish, iloji bo‘lsa, qon plazmasida fenitoinning konsentrasiyasini aniqlash kerak.
Flekainid bilan: amiodaron flekainidning plazmadagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin, shuning uchun flekainidning dozasiga tuzatish kiitish talab etiladi.
Sitoxrom R450 3A4 yordamida metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan: ushbu preparatlarning plazmadagi konsentrasiyalari oshishi mumkin, bu ularning toksikligini oshishi va/yoki farmakodinamik samaralarini kuchayishiga olib kelishi mumkin, va ularning dozalarini pasaytirishni talab etishi mumkin.
Siklosporin – siklosporinning nefrotoksik ta‘siri kuchayishi mumkin. Qonda siklosporinning konsentrasiyasini aniqlash, buyraklar faoliyatini nazorat qilish va amiodaron bilan davolanish davrida va preparat bekor qilinganidan so‘ng siklosporining dozalash tartibini to‘g‘rilash kerak.
Fentanil – amiodaron bilan majmuasi fentanilning farmakodinamik samaralarini kuchaytirishi va uning toksik samaralarining rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.
SYP3A4 yordamida metabolizmga uchraydigan boshqa preparatlar: lidokain – (sinusli bradikardiya va nevrologik simptomlarni rivojlanish xavfi), takrolimus (nefrotoksiklik xavfi), sildenafil (uning nojo‘ya samaralarini oshishi xavfi), midazolam (psixomotor samaralarni rivojlanish xavfi), triazolam, digidroergotamin, ergotamin, simvastatin va CYP 3A4 yordamida metabolizmga uchraydigan boshqa statinlar (mushaklarni zaharlanish, rabdomiolizning rivojlanish xavfini oshishi, shuning uchun simvastatinning dozasi sutkada 20 mg dan oshmasligi kerak, uning samarasi bo‘lmaganida CYP 3A4 yordamida metabolizmga uchramaydigan boshqa statinni qabul qilishga o‘tish kerak).
Orlistat bilan: qon plazmasida amiodaron va uning faol metabolitining konsentrasiyasini pasayish xavfi mavjud. Klinik va zarurati bo‘lsa, EKG – nazorat o‘tkazish kerak.
Klonidin, guanfasin, xolinesteraza ingibitorlari (donepezil, galantamin, rivastigmin, takrin, ambenoniy xloridi, piridostigmin bromidi, neostigmin bromidi), pilokarpin bilan: haddan tashqari bradikardiyani rivojlanish xavfi (kumulyativ samaralar) mavjud.
Simetidin, greypfrut sharbati bilan: amiodaronning metabolizmini sekinlashishi va uning plazmadagi konsentrasiyalarini oshishi mumkin, amiodaronning farmakodinamik va nojo‘ya ta‘sirlarini oshirishi mumkin.
Ingalyasion narkoz uchun qo‘llanadigan preparatlar bilan: amiodaron qabul qilayotgan pasientlarda, ular tomonidan umumiy narkoz olinganida quyidagi og‘ir asoratlarni rivojlanish xavfi bor: bradikardiya (atropinni yuborilishiga rezistent), arterial gipotenziya, o‘tkazuvchanlikni buzilishi, yurakdan otilib chiquvchi qon hajmini kamayishi. Nafas tizimi tomonidan og‘ir asoratlarning juda kam hollari kuzatilgan.
Radioaktiv yod bilan: amiodaron radioaktiv yodning yutilishini izdan chiqarishi mumkin, bu qalqonsimon bezning radioizotop tekshiruvlarining natijalarini o‘zgartirishi mumkin.
Rifampisin bilan: amiodaron bilan birga qo‘llanganida, u amiodaron va dietilamidaronning plazmadagi konsentrasiyalarini pasaytirishi mumkin.
Dalachoy preparatlari bilan: nazariy jihatdan amiodaronning plazmadagi konsentrasiyasi kamayishi va uning samarasi susayishi mumkin (klinik ma‘lumotlari yo‘q).
OITV-proteaza ingibitorlari bilan (shu jumladan indinavir): amiodaron bilan bir vaqtda qo‘llanganida, amiodaronning qondagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin.
Klopidogrel bilan: klopidogrelning samaradorligi pasayishi mumkin.
Dekstrometorfan bilan: amiodaron dekstrometorfanning plazmadagi konsentrasiyasini nazariy jihatdan oshirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Amiodaronning nojo‘ya ta‘sirlari dozaga bog‘liq bo‘lganligi tufayli, ularni paydo bo‘rish ehtimolini minimal darajaga yetkazish uchun, pasientlarni minimal samarali dozalar bilan davolash kerak.
Bemorlar, davolanish vaqtida ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlarining ta‘siridan saqlanishlari yoki himoya choralarini ko‘rishlari (masalan, quyoshdan himoyalovchi krem surtish, tegishli kiyimlarni kiyish) yuzasidan ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.
Davolashni monitoring qilish
Amiodaronni qabul qilishni boshlashdan oldin EKG tekshiruvini o‘tkazish va qonda kaliyning darajasini aniqlash tavsiya etiladi. Amiodaronni qo‘llashni boshlashdan oldin gipokaliemiya to‘g‘rilanishi kerak. Davolanish vaqtida EKG ni (har 3 oyda), transaminazalarning darajasini va jigar faoliyatining boshqa ko‘rsatkichlarini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.
Bundan tashqari, amiodaron gipotireoz yoki gipertireoz chaqirishi, ayniqsa anamnezida qalqonsimon bezining kasalliklari bo‘lgan pasientlarda chaqirishi mumkinligi tufayli, amiodaronni qabul qilishdan oldin, qalqonsimon bezning kasalliklari va faoliyatining buzilishlarini aniqlash maqsadida klinik va laborator (TTG) tekshiruvini o‘tkazish kerak. Amiodaron bilan davolanish vaqtida va u to‘xtatilganidan so‘ng bir necha oy davomida qalqonsimon bez faoliyatining o‘zgarishlarini klinik yoki laborator belgilarini aniqlash maqsadida pasientni muntazam ravishda tekshirib turish kerak. Qalqonsimon bezi faoliyatining buzilishiga shubha tug‘ilganida qon zardobida TTG darajasini aniqlash kerak.
Amiodaron bilan davolanish vaqtida o‘pka simptomatikasini bor yoki yo‘qligidan qat‘iy nazar, har 6 oyda o‘pkaning rentgenologik tekshiruvini va o‘pkaning funksional sinamalarini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Yurak ritmini buzilishi yuzasidan uzoq vaqt davomida davolanayotgan pasientlarda qorinchalar fibrillyasiyasini rivojlanish tez-tezligini oshishi va/yoki kardiostimulyator yoki implantasiya qilingan defibrillyatorni ishlab ketish bo‘sag‘asini oshishi holatlari to‘g‘risida xabar berilgan, bu ularning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun amiodaron bilan davolashni boshlashdan oldin yoki davolanish vaqtida bu qurilmalarni to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishini muntazam ravishda tekshirib turish kerak.
Ham alohida, ham umumiy holatning yomonlashuvi bilan kechuvchi hansirash yoki yo‘talni paydo bo‘lishi, interstisial pnevmopatiya kabi o‘pkani zaharlanish ehtimolini ko‘rsatishi kerak, uni rivojlanishiga tug‘ilgan shubha o‘pkaning rentgenologik tekshiruvini va o‘pkaning funksional sinamalarini o‘tkazishni talab qiladi.
Yurak qorinchalarini repolyarizasiya davri uzayishi tufayli, EKG da ma‘lum o‘zgarishlar: QT, QTC (korreksiyalangan) intervalini uzayishi, U to‘lqinlarini paydo bo‘lishi mumkin. QT intervalini ko‘pi bilan 450 ms ga yoki dastlabki ko‘rsatkichidan ko‘pi bilan 25% ga oshishiga yo‘l qo‘yiladi. Bu o‘zgarishlar preparatning zaharli ta‘siri hisoblanmaydi, biroq Rotaritmilning dozasiga tuzatish kiritish uchun va kuzatilishi mumkin bo‘lgan proaritmogen ta‘sirini baholash uchun nazorat o‘tkazish talab etiladi.
II va III darajadagi atrioventrikulyar blokada, sinoatrial blokada yoki ikkitutamli qorinchalar ichki blokadasi rivojlanganida, davolash to‘xtatilishi kerak. I darajadagi antrioventrikulyar blokada paydo bo‘lganida kuzatuvni kuchaytirish kerak.
Garchi aritmiyalarni rivojlanishi yoki yurak ritmini mavjud bo‘lgan buzilishlarini og‘irlashishi aniqlangan bo‘lsa-da, amiodaronni proaritmogen ta‘siri kuchsiz, ko‘pchilik antiaritmik preparatlarga nisbatan kam va odatda ayrim dori vositalari bilan majmuda yoki elektrolitlar muvozanatini buzilishlarida namoyon bo‘ladi.
Noaniq ko‘rishda yoki ko‘rish o‘tkirligi pasayganida, oftalmologik tekshiruvni o‘tkazish, shu jumladan ko‘z tubini tekshirish kerak. Amiodaronni oqibatida ko‘rish nervini neyropatiyasi yoki nevriti rivojlanganida, ko‘rlikni rivojlanish xavfi borligi tufayli, preparatni bekor qilish kerak.
Amiodaron tarkibida yod saqlaganligi tufayli, preparatni qabul qilish qalqonsimon bezining radioizotop tekshiruv natijalarini o‘zgartirishi mumkin, biroq qon plazmasida T3, T4 va TTG miqdorini aniqlash ishonchliligiga ta‘sir qilmaydi.
Jarrohlik aralashuvidan oldin vrach-anesteziologni bemor Rotaritmil olayotganligi to‘g‘risida xabardor qilishi kerak. Preparat bilan uzoq muddat davolash mahalliy yoki umumiy anesteziya uchun xos bo‘lgan gemodinamik xavfni kuchaytirishi mumkin. Ayniqsa bu bradikardik va gipotenziv samaralarga, yurakning zarb hajmini pasayishi va o‘tkazuvchanlikni buzilishlariga taaluqlidir. Bundan tashqari, Rotaritmil olgan bemorlarda kam hollarda jarrohlik aralashuvlaridan so‘ng o‘tkir respirator distress sindromi qayd etilgan. O‘pkaning sun‘iy ventilyasiyasida bunday bemorlarda sinchkov nazorat qilish talab etiladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda Rotaritmil faqat hayotiy ko‘rsatmalarga muvofiq buyuriladi, chunki preparat homilaning qalqonsimon beziga ta‘sir ko‘rsatadi.
Preparatni laktasiya davrida qo‘llash zarurati tug‘ilganida emizishni to‘xtatish kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Rotaritmil bilan davolanish vaqtida avtomobilni haydash va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish tavsiya etiladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish belgilari paydo bo‘lganida, odatda preparatning dozasini pasaytirish yoki uni qabul qilishni vaqtinchalik to‘xtatish yetarli bo‘ladi.
Preparatning katta miqdori bir vaqtda qabul qilinganida jigar faoliyatini buzilishi, sinusli bradikardiya, yurak urishini to‘xtashi, qorinchalar taxikardiyasini, «piruet» turidagi paroksizmal taxikardiya xurujlari kuzatilishi mumkin. Atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlik sekinlashishi, mavjud bo‘lgan yurak yetishmovchiligi kuchayishi mumkin.
Davolash: agar preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa, me‘dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mir buyurish kerak. Spesifik antidoti yo‘q. Amiodaron va uning metabolitlari dializ vaqtida chiqarilmaydi. Qolgan hollarda simptomatik davolash o‘tkaziladi. Bradikardiya rivojlanganida beta-adrenostimulyatorlarni buyurish yoki kardiostimulyator o‘rnatish mumkin, «piruet» turidagi taxikardiyada – vena ichiga magniy tuzlarini yuborish va kardiostimulyasiya o‘tkazish mumkin.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar. 10 tabletka bl
ROTARITMIL barcha rasmlari













