Sbor jelchegonniy ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
JELCHEGONNЫY SBOR №2
SPECIES CHOLAGOGAE №2
Preparatning savdo nomi: Jelchegonnыy sbor №2
Tarkibi:
Samarqand bo‘znochi gullari;
Oddiy bo‘ymadaron o‘ti;
Qalampir yalpiz barglari;
Kashnich mevalari.
Dori shakli: Dorivor o‘simlik xom-ashyosi
Farmakoterapevtik guruhi: Safro haydovchi vosita.
Majmuaviy preparat. Asosiy ta‘siri yig‘maning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlariga bog‘liq.
Samarqand bo‘znochi gullari safro haydovchi xossasiga ega, shuningdek siydik haydovchi va yengil surgi ta‘siriga xam ega.
Oddiy bo‘ymadaron o‘ti achchiq bo‘lib, ishtaxani oshiradi va ovqat hazm qilishni kuchaytiradi; qon ketishini to‘xtatuvchi ta‘sirga xam ega.
Qalampir yalpiz barglari – reflektor yo‘l bilan me‘yorida spazmolitik, safro haydovchi va yengil tinchlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Kashnich mevalari ishtaxani qo‘zg‘atadi, safro ajralishini stimullaydi, aromatli xidga ega va asosan hom-ashyo tarkibidagi efir moyi dorilar mazasini va xidini yaxshilaydi.
Safro haydovchi yig‘ma № 2 tarkibiga kiruvchi o‘simliklarning asosiy ta‘sir etuvchi moddalar yig‘indisini birga tibbiyotda ishlatish, bu dorivor o‘simlik vositasini majmuaviy safro haydovchi vosita sifatida qo‘llash imkonini beradi.
Qo‘llanilishi
Surunkali xolesistit, gepatoxolesistit, xolangit va gepatit, o‘t yo‘llarining diskineziyasida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Yig‘ma ichga damlama holida qo‘llaniladi. Damlamani tayyorlashdan oldin yig‘mani aralashtirish kerak. 1 osh qoshiq (10 g) yig‘mani sirlangan idishga solib, ustiga 200 ml (1 stakan) xona haroratidagi qaynatilgan suv quyiladi va qopqoq bilan yopib, 15 minut davomida qaynayotgan suv hammomida qizdiriladi va 45 minut davomida xona haroratida sovutiladi. Damlama doka orqali suzib o‘tkaziladi va qolgan yig‘ma siqiladi. Olingan damlama hajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi.
5 ta filtr paket (10 g) yig‘mani sirlangan idishga solib, ustiga 200 ml (1 stakan) xona haroratidagi qaynatilgan suv quyiladi va qopqoq bilan yopib, 15 minut davomida qaynayotgan suv hammomida qizdiriladi va 45 minut davomida xona haroratida sovutiladi. Filtr paketlar olinadi va siqiladi. Damlamani hajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi.
Damlamani salqin joyda 2 sutkagacha saqlash mumkin.
Damlamani yarim stakandan kuniga 3 marta ovqatdan yarim soat oldin qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Yig‘maning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Yig‘maning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Chiqarilish shakli
30 g va 50 g dan polietilen paketlarda, karton qutilarga joylanadi.
2 g dan filtr-paketlarda.
Saqlash sharoitlari
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan, harorata 250S dan yuqori bo‘lmagan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari