Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / STRONGER NEO-MINOFAGEN S

STRONGER NEO-MINOFAGEN S

- STRONGER NEO-MINOFAGEN S qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- STRONGER NEO-MINOFAGEN Sning tarkibi
- STRONGER NEO-MINOFAGEN S ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- STRONGER NEO-MINOFAGEN S narxi Toshkent dorixonalarida

STRONGER NEO-MINOFAGEN S qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

Jigar kasalliklarini davolash uchun preparat · Antiallergik preparat

Stronger Neo-Minofagen® S

 

Saqlash sharoiti: Xona haroratida saqlansin

Yaroqlilik muddati: Tashqi o‘ramida va etiketkasida ko‘rsatilgan

Diqqat! Faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llansin

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatni quyidagi pasientlarda qo‘llash mumkin emas:

(1)   Anamnezida ushbu preparatning har qanday ingredientlariga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlar.

(2)   Aldosteronizm, miopatiya va gipokaliemiyasi bo‘lgan pasientlar (gipokaliemiya, gipertenziya va boshqalarni zo‘rayishi xavfi tufayli)

PREPARATNING TA‘RIFI

  1. Tarkibi
1 ampuladagi komponentlarning miqdori 20 ml
Faol moddalar Monoammonium glisirrizinat (glisirrizin kislotasi shaklida) 53 mg

(40 mg)

Glisin 400 mg
L-sistein gidroxloridi gidrati (L-sistein gidroxloridi ko‘rinishida) 22,29 mg

(20 mg)

Yordamchi moddalar Quruq natriy sulfiti 16 mg
Natriy xloridi 100 mg
Ammiakli suv Yetarli miqdorda

 

  1. Ta‘rifi
Preparatning ta‘rifi Rangsiz, tiniq in‘eksiya uchun suyuqlik, ampulada
rN 6,0 – 7,0
Osmotik bosim koeffisienti 1,5 – 1,7 (natriy xloridining izotonik eritmasiga nisbatan koeffisienti)

QO‘LLANILISHI

Ekzema yoki dermatit, urtikariya, terini qichishishi, medikamentoz toshma yoki toksikodermiya, stomatit, bolalar qichimasi (strofulyus), fliktena. Jigarning surunkali kasalliklarida jigarning patologik funksiyasini yaxshilash uchun qo‘llaniladi.

DOZALARI VA QO‘LLASH USULI

Kattalar uchun vena ichiga in‘eksiya qilish uchun odatdagi doza kuniga 1 marta 5-20 ml ni tashkil qiladi. Pasientning yoshi va simptomlariga qarab, preparatning dozasini o‘zgartirish kerak.

Surunkali jigar kasalliklarida har kungi doza (40-60 ml) vena ichiga in‘eksiya yoki vena ichiga tomchilab yuborish yordamida kuniga 1 marta yuboriladi. Pasientning yoshi va simptomlariga qarab, preparatning dozasi o‘zgarib turishi mumkin. Dozani oshirish zarurati bo‘lgan hollarda, sutkalik doza 100 ml dan oshmasligi kerakligini hisobga olish kerak.

MAXSUS KO‘RSATMALAR

  1. Ehtiyotkorlik bilan qo‘llansin

Preparatni quyidagi pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak:

Keksa yoshli shaxslar (gipokaliemiya va shunga o‘xshash kasalliklarni rivojlanishini yuqori ehtimoli tufayli) (“5. Keksa yoshli shaxslar tomonidan preparatni qo‘llanishi” ga qarang).

  1. Ehtiyotkorlik choralari
  • Shok va boshqalarni rivojlanish xavfni aniqlash uchun pasientlarning sinchkov so‘rovini o‘tkazish kerak.
  • Shok yuz bergan hollarda shoshilinch choralarni ko‘rish uchun tayyor bo‘lish kerak.
  • Preparat yuborilganidan keyin bemorlarga osoyishtalik va sinchkov kuzatuvni ta‘minlash kerak.
  • Chuchukmiya ildizini saqlovchi boshqa har qanday preparatlar bilan birga qo‘llangan hollarda, ushbu preparatning tarkibiga kiruvchi glisirrizin kislotasining ta‘sirini qo‘shilish samarasi va soxta aldosteronizm rivojlanishini mumkinligi sababli, muvofiq ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish lozim.
  1. Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Quyidagi preparatlar bilan birga qo‘llaganda ehtiyotkorlik choralari

Dori vositasining nomi Klinik simptomlari va zarur chora-tadbirlar Ta‘sir mexanizmi va xavf omillari
Xalqali diuretiklar

Etakrin kislotasi, furosemid va b.

Tiazid va shunga o‘xshash gipotenziv diuretiklar Trixlorometiazid, trixlorotalidon va b.

Gipokaliemiyani (atonik hissiyotlar, mushaklar kuchsizligi) rivojlanishi ehtimoli sababli, pasientlarni sinchiklab kuzatish (shu jumladan, zardobdagi kaliy miqdorini aniqlash) asosida zarur choralarni ko‘rish kerak. Ushbu diuretiklar preparatning tarkibidagi glisirrizin kislotasining kaliyni chiqarish samarasini kuchaytiradi, bu zardobdagi kaliy miqdorini pasayishiga olib keladi.
Moksifloksasin gidroxloridi Yurak qorinchalari taxikardiyasi (shu jumladan, ikki yo‘nalishli taxikardiya) va QT intervalni uzayishi sindromi paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu preparatning tarkibidagi glisirrizin kislotasining kaliyni chiqarish samarasini kuchayishi oqibatidagi zardobdagi kaliyning konsentrasiyasini pasayishi fonida, moksifloksasin gidroxloridining ta‘siri yurak qorinchalari taxikardiyasi (shu jumladan, ikki yo‘nalishli taxikardiya) va QT intervalni uzayishi sindromini chaqirishi mumkin.

  1. Nojo‘ya ta‘siri

Jigar kasalliklarida preparatni qo‘llashni o‘rganish uchun o‘tkaziladigan preparatning ta‘sir doirasini kengaytirish (jigarning surunkali kasalliklarida jigarning patologik funksiyasini yaxshilash), dozalashni tekshirish va preparatning xavfsizligini qayd qilishdan keyingi kuzatishda ikki tomonlama yashirish tadqiqotda 4451 holatning 27 tasida (0,61%) nojo‘ya ta‘siri kuzatilgan. Ahamiyatli nojo‘ya ta‘siri sifatida zardobdagi kaliyning miqdorini kamayishi 13 holatda (0,29%), qon bosimini oshishi 5 holatda (0,11%) va qorinning yuqori sohasida og‘riq 3 holatda (0,07%) kuzatilgan.

  • Ahamiyatli nojo‘ya ta‘siri
  • Shok, anafilaktik shok (tez-tezligi ma‘lum emas): shok va anafilaktik shok (qon bosimini pasayishi, hushdan ketish, nafasni qiyinlashishi, kardiopulmonal shok, giperemiya, yuzni edemasi va boshqalar) paydo bo‘lishini xavfi tufayli pasientlar sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. Har qanday patologiyalar paydo bo‘lgan hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va zarur choralarni ko‘rish kerak.
  • Anafilaktiksimon reaksiyalar (uchrash tezligi ma‘lum emas): anafilaktiksimon reaksiyalar (nafasni qiyinlashishi, yuzni edemasi va boshqalar) paydo bo‘lishining xavfi tufayli, pasientlar sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. Har qanday patologiyalar paydo bo‘lgan holda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va zarur choralarni ko‘rish kerak.
  • Soxta aldosteronizm (uchrash tezligi ma‘lum emas): preparatning dozani oshirish va preparatni uzoq muddat qabul qilish fonida jadal gipokaliemiya, shuningdek gipokaliemiya, qon bosimini oshishi, organizmda natriy va suyuqlikni tutilib qolishi, edema, tana vaznini oshishi va boshqalarni paydo bo‘lishini tezlashishi kabi soxtaaldosteronizmning simptomlari paydo bo‘lishining xavfi tufayli pasientlar sinchkov nazorat ostida bo‘lishlari kerak (zardobda kaliyning miqdorini aniqlash bilan). Har qanday patologiyalar paydo bo‘lgan hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Gipokaliemiya atonik xolsizlik va mushak kuchsizligiga olib kelishi mumkin.

  • Boshqa nojo‘ya ta‘sirlari

Quyida ko‘rsatilgan simptomlar paydo bo‘lishi mumkin. Preparatning dozasi oshgan sari zardobda kalsiyning miqdorini kamayishi va qon bosimini oshishiga moyillik oshishi kuzatiladi.

  0,1% (dan) – 5% (gacha) 0,1% gacha Tez-tezligi ma‘lum emas
O‘ta yuqori sezuvchanlik   Toshma Urtikar toshma, terini qichishishi
Organizmdagi suyuqlik, elektrolitlar Zardobdagi kalsiy-ning miqdorini kamayishi   Edema
Kardiovaskulyar tizimi Qon bosimini oshishi    
Ovqat hazm qilish tizimi   Qorinning yuqori sohasida diskomfort Ko‘ngil aynishi, qusish
Respirator a‘zolari     Yo‘tal
Ko‘rish a‘zolari     Fokuslanmagan ko‘rish, ko‘zlarni chaqnashi kabi ko‘rishni vaqtinchalik buzilishlari
Boshqalar   Umumiy holsizlik, mialgiya, paresteziya (uvishish, va boshqa-lar), qizish, giper-ventilyasiya sind-romi (elkalarni qizishi, qo‘l-oyoqlar-ni sovushi, sovuq ter, og‘izni bosishi, yurakni tez urishi), siydikda qand tahlili musbat Bosh og‘rig‘i, qizish hissi, distimiya
  1. Preparatni keksa yoshli shaxslar tomonidan qo‘llanishi

Preparatni klinik qo‘llash tajribasini shuni ko‘rsatadiki, gipokaliemiya kabi nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanish ehtimoli, keksa yoshli pasientlarda yuqoriroq bo‘ladi. Preparatni qabul qilishga jiddiy yondoshish va pasientlarning holatini sinchiklab kuzatish kerak.

  1. Preparatni homiladorlik, tug‘ruq yoki laktasiya davrida qo‘llanishi

Preparatni homilador ayollarda va xokazolarda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Ushbu guruh shaxslarga preparatni, kutilayotgan terapevtik samara, barcha potensial xavflardan yuqori bo‘lgandagina buyurish kerak. Hayvonlarda (kalamushlar) o‘tkazilgan tadqiqotlarda monoammonium glisirrizinatining ahamiyatli dozasini buyurishda buyrak nuqsoni kabi simptomlar aniqlangan.

  1. Preparatni qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
  • Yuborish tezligi: Preparatni vena ichiga yuborishda pasientni kuzatish va imkoni boricha sekinroq tezlikda yuborish kerak.
  • Ampulani ochish: Ushbu preparat bir kesish nuqtasi bo‘lgan ampulada (ORS) saqlanadi. Ampula uchini etanol bilan namlangan paxta bilan artish tavsiya qilinadi.
  1. Ehtiyotkorlikning boshqa chora-tadbirlari

Glisirrizin kislotasi yoki chuchukmiya ildizini saqlovchi preparatlar peroral qo‘llanganida, rabdomioliz rivojlanishi haqida xabarlar mavjud.

FARMAKOKINETIKASI

  1. Odamlardagi farmakokinetikasi

(1) Qondagi preparatning konsentrasiyasi

Sog‘lom odamlarga 40 ml preparat (80 mg glisirrizin kislotasini saqlovchi) vena ichiga yuborilganida, qonda glisirrizin kislotasining konsentrasiyasi preparat yuborilganidan keyin 10 soat davomida jadal pasaygan, so‘ngra asta-sekin pasaygan. Glisirrizin kislotasining gidrolizlangan metaboliti – glisirretin kislotasi yuborilganidan keyin 6 soatdan so‘ng aniqlangan, yuborilganidan keyin 24 soat o‘tgach maksimal konsentrasiyasiga erishilgan va preparat yuborilganidan keyin 48 soat o‘tgach deyarli yo‘q bo‘lgan1).

(2) Ekskresiyasi (siydik bilan chiqarilishi)

Preparatni sog‘lom kattalarga vena ichiga in‘eksiyasidan keyin siydikda glisirrizin kislotasining konsentrasiyasi vaqt o‘tishi bilan pasaygan, bunda preparat yuborilganidan keyin 27 soatgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida glisirrizin kislotasining yig‘indi xajmi 1,2% ni tashkil qiladi. Glisirretin kislotasi preparat yuborilganidan keyin 6 o‘tgach paydo bo‘lgan va preparat yuborilganidan keyin 22-27 soatlar oralig‘i davrida maksimal darajaga yetgan1).

  1. Hayvonlardagi farmakokinetikasi (qo‘shimcha ma‘lumot)

A‘zo va to‘qimalarda taqsimlanishi: 3N-glisirrizinni sichqonlarga vena ichiga in‘eksiyasida preparat yuborilganidan 10 minutdan keyin sichqonlarning alohida a‘zolaridan olingan hamma sinamalarda preprarat aniqlangan. Preparat jigarda maksimal darajada aniqlangan (yuborilgan 3N-glisirrizinning xajmining 62%), so‘ngra kamayib borishi bo‘yicha – buyrak, o‘pka, yurak va buyrak usti bezlarida2).

KLINIK TADQIQOTLAR

  1. Surunkali gepatitda qiyosiy, ikki tomonlama yashirin tadqiqot1)

Qiyosiy, ikki tomonlama yashirin tadqiqotlar surunkali gepatiti bo‘lgan 133 pasient ishtirokida Yaponiyaning 36 tashkilotida xar kunlik dozada (40 ml) 1 oy davomida yuborish sharti bilan amalga oshirilgan.

Ushbu tadqiqotning natijalari quyida keltirilgan.

Plasebo qabul qilgan guruhga nisbatan ko‘rilayotgan preparat qabul qilgan guruhda preparatning yuqoriroq samarasi va jigarning funksional testining biokimyoviy ko‘rsatkichlari, AST (GOP), ALT (GPT) va gamma-GPT ning miqdorini ahamiyatli statistik yaxshilanishi kuzatilgan.

Dori vositasi Samaradorlik darajasi (%)
Samarali yoki yuqori Yetarli darajada samarali yoki yuqori
Tibbiy preparat qabul qilgan guruh 25,4% (17/67) 68,7% (46/67)
Plasebo qabul qilgan guruh 9,1% (6/66) 27,3% (18/66)

  1. Surunkali gepatit va jigar sirrozida turli dozalarni qiyosiy tadqiqoti4)

Tadqiqotlar surunkali gepatit va jigar sirrozi bo‘lgan 178 nafar pasient ishtirokida Yaponiyaning 11 tashkilotida preparatni kuniga 40 ml dozada 3 xafta davomida yuborish sharti bilan amalga oshirilgan. 2 xaftadan keyin ALT (GPT) ko‘rsatkichi normaning 1,5 darajasigacha yaxshilanmagan 93 nafar pasientlarda, turli dozalarni qiyosiy tadqiqoti o‘tkazilgan. Pasientlar 2 guruhga ajratilgan – preparatni xar kuni 40 ml va xar kuni preparatni oshirilgan dozasi (100 ml) yuborilgan guruhlar. Natijada kuniga 40 ml qabul qilgan guruhga nisbatan, preparatning oshirilgan dozasini (100 ml) qabul qilgan guruhda ahamiyatli yaxshilanish kuzatilgan. Preparatning oshirilgan (100 ml) dozasini yuborish 40 ml doza ALT (GPT) ning past darajasiga samarali ta‘sir ko‘rsatmagan hollarda samarali deb tan olingan.

Doza Samaradorlik darajasi (%)
Samarali yoki yuqori
40 ml dozada qabul qilgan guruh 25,5% (12/47)
100 ml dozada qabul qilgan guruh 50,0% (23/46)

 

  1. Umumiy klinik tadqiqotlar

4 hafta davomida 60 ml preparat yuborilgan surunkali gepatiti bo‘lgan, shuningdek turli allergik va yallig‘lanishli kasalliklari bo‘lgan 59 nafar pasient ishtirokida o‘tkazilgan klinik tajribalar bo‘yicha umumlashtirilgan ma‘lumotlar jadvalda keltirilgan

Kasallik Samaradorlik darajasi (%)
Samarali yoki yuqori
Surunkali gepatit

Urtikariya

Ekzema

Dermatit

Medikamentoz toshma, toksikodermiya

Bolalar qichimasi (strofulyus)

Stomatit

81,4% (48/59)

61,4% (264/460)

62,6% (1,512/2,417)

67,6% (635/940)

87,3% (48/55)

76,4% (136/178)

56,8% (83/146)

 

Surunkali gepatiti bo‘lgan pasientlarga 8 xafta davomida 100 ml preparatni buyurishdagi boshqa tadqiqotda jigar funksiyasini yaxshilanishi va jigarning gistologiyasini natijasi yaxshilanishi orasida yaxshi muvozanatlangan samara kuzatilgan.6) 7).

FARMAKOLOGIYASI

  1. Yallig‘lanishga qarshi samarasi
  • Allergiyaga qarshi samarasi

      Ushbu preparatning allergiyaga qarshi ta‘siri quyonlarda Artyus8)9) fenomeni va Shvarsman8) fenomenini ingibisiya qilinishi bilan tasdiqlanadi. Kortizon ta‘siriga javoban preparat stress reaksiyasini ingibisiya qilish samarasini kuchaytiradi, antigranulyasion samara va timusning atrofiyasini induksiyalash samarasining antagonisti sifatida ta‘sir qiladi, ammo antiekssudativ samaraga10) ta‘sir ko‘rsatmaydi.

  • Araxidon kislotasining almashinishi tizimida enzimlarni ingibisiya qilish

      Glisirrizin kislotasi araxidon kislotasining almashinuvi tizimining boshlag‘ich enzimi – fosfolipaza A211)12) va yallig‘lanishning kimyoviy mediatorlarini ishlab chiqarilishiga javob beruvchi enzim – lipoksigenaza13) bilan bevosita bog‘lanadi. Glisirrizin kislotasi ushbu enzimlarning fosforlanish jarayonlarini tanlab ingibisiya qiladi12)13).

  1. Immunoreaktiv modulyasiya

      In vitro sharoitida o‘tkazilgan tajribalar tizimida glisirrizin kislotasining quyidagi ta‘sirlari aniqlangan: a) T-xujayralarining funksiyasini boshqarish samarasi14), b) gamma-interferonni induksiyalash samarasi15), v) NK-xujayralarini faollashtirish samarasi16), g) timusdan tashqaridagi T-limfositlarning differensiasiyalanishini potensiyalash samarasi17) va b.

  1. Shikastlangan gepatositlarda eksperimental modullangan ingibisiya qilish samarasi

      Kalamush gepatositlarining birlamchi kulturalarini ishlatish bilan in vitro sharoitidagi tajribalar tizimida glisirrizin kislotasi uglerod tetraxloridi bilan gepatositlarning shikastlanishini ingibisiya qilinishiga yordam bergan18).

  1. Gepatositlarning proliferasiyasi samarasi

      Kalamush gepatositlarining birlamchi kulturalarini ishlatish bilan in vitro sharoitidagi tajribalar tizimida glisirrizin kislotasi va glisirretin kislotasi kalamush gepatositlarining birlamchi kulturalarining proliferasiyaga yordam bergan19).

  1. Virusni ingibisiya qilish yoki faolsizlantirish samarasi

      Gepatit virusi (MHV) infeksiyasi bilan zararlangan sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalarda glisirrizin kislotasini qabul qilingandan keyin sichqonlarda xayotini uzayishi kuzatilgan. Quyonlarda virus infeksiyalarini ingibisiya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda papulalarning yorilishini ingibisiya qilinishi aniqlangan20). Shuningdek in vitro sharoitidagi tajribalar tizimida gerpes virusi va boshqalarning o‘sishini ingibisiya qilinishi va faolsizlanishi aniqlangan21)12).

  1. Boshqalar

      Glisin va L-Sistein gidroxloridi glisirrizin kislotasining yuqori dozalari uzoq muddat davomida qabul qilinganidan keyin patologik elektrolit moddalar almashinuvi chaqirgan soxta aldosteronizm ko‘rinishlarini ingibisiya qiladi va susaytiradi23).

FAOL MODDALARNING FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI

  1. Patentlanmagan nomi: monoammonium glisirrizinat

Kimyoviy nomi: monoammonium 20β-karboksi-11-okso-30-norolean-12-en-3β-il-2-O-β-D-glikopir anurozil-β-D-glyukopiranoziduron kislotasi

Molekulyar formulasi: S42N65NO16                                                    

Molekulyar massasi: 839,96

Erish harorati: 208oS-214 oS (kimyoviy parchalanishi)

Ta‘rifi: Monoammonium glisirrizinat och-sariq

kristallar yoki kristall kukun bo‘lib,

o‘ziga xos shirin ta‘mga ega.

Ammiakning suvli eritmasida yengil eriydi,

etanol eritmasida o‘rtacha eriydi, suv va sirka

kislotasida kam eriydi (100), etanolda deyarli

erimaydi (99,5). Gigroskopik.

  1. Patentlanmagan nomi: Glisin (JAN)                                         Struktur formulasi

Kimyoviy nomi: Aminosirka kislotasi

Molekulyar formulasi: S2N5NO2                                                         

Molekulyar massasi: 75,07

  1. Patentlanmagan nomi: L-sistein gidroxloridi

gidrati (JAN)

Kimyoviy nomi: (2R)-2-amino-3-sulfanilpropionat                    Struktur formulasi

kislotasi monogidroxloridi monogidrati

Molekulyar formulasi: S3N7NO2S·HCl·H2O

Molekulyar massasi: 175,63

O‘RAMI

20 ml dan 30 ampula karton qutida

 

YAROQLILIK MUDDATI

Chiqarilgan kundan boshlab 3 yil

 

ADABIYOTLAR

1) Nakano, N., et al.: Jpn. Pharmacol. Ther., 8 4171,1980

2) Miyake, T., et al.: Minophagen Med. Rev., 24, 263, 1979

3) Suzuki, H., et al.: J. Clin. Exp. Med., 102, 562, 1977

4) Iino, S., et al.: Hepatol. Res., 19, 31, 2001

5) Fujisawa, K., et al.: Jpn. J. Clin. Exp. Med., 70, 1615, 1993

6) Hino, K., et al.: Kan-Tan-Sui, 13, 797, 1986

7) Hirayama, C., et al.: Kan-Tan-Sui, 15, 291, 1987

8) Ichikawa, O., et al.: Minophagen Med. Rev., 160, 1950

9) Kuris, A., et al.: Saishin Igaku., 9, 1260, 1954

10) Kumagai, A., et al.: Metab. Dis., Suppl. 10, 632, 1973

11) Okimasu, E., et al.: J. Clin. Exp. Med., 122, 174, 1982

12) Ohtsuki, K., et al.: Biol. Pharm. Bull, 21 574, 1998

13) Shimoyama, T., et al.: FEBS Lett., 391, 238, 1996

14) Zhang, Y., et al.: Immunol. Lett., 32, 147, 1992

15) Abe, N., et al.: Microbiol. Immunol., 26, 535, 1982

16) Kumagai, K.: Minophagen Med. Rev., Suppl. 17, 21, 1987

17) Kimura, M., et al.: Biotherapy, 5, 167, 1992

18) Hikino, H.: J. Phar. Soc. Jpn., 105, 109, 1985

19) Kimura, M., et al.: Eur. J. Pharm., 431, 151, 2001

20) Iijima, N., et al.: Minophagen Med. Rev., 15, 121, 1970

21) Pompei, R., et al.: Nature, 281, 689, 1979

22) Baba, M., et al.: Antiviral Res., 7, 99, 1987

23) Kumagai, A., et al.: Jpn. Pharmacol. Ther., 7, 2933, 1979

Ulashish:

STRONGER NEO-MINOFAGEN S savollari

STRONGER NEO-MINOFAGEN S fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil