SETRAKSAL analoglari
Guruh analoglari
SETRAKSAL
Setraksal Plyus oʼzi bilan aurikulyar (quloqqa) qoʼllash uchun eritmani ifodalaydi. Uning tarkibida quyidagilar saqlanadi:
• Tsiprofloksatsin, ftorxinolonlar guruhiga mansub antibiotik. Siprofloksatsin infektsiyalarni keltirib chiqaradigan bakteriyalarni oʼldiradi, va
• Fluotsinolon atsetonid, shish va ogʼriqni davolash uchun yalligʼlanishga qarshi va ogʼriqsizlantiruvchi xossalarga ega kortikosteroid.
Setraksal Plyus – bu quloq tomchilari uchun eritma. Kattalarda hamda 6 oylik va undan katta yoshdagi bolalarda oʼtkir tashqi otitni (tashqi quloq infektsiyalarini) va dranajlovchi quloq naychalari (timpanostomik naychalar) bilan bakterial kelib chiqishdagi oʼrta otitni (oʼrta quloq infektsiyalarini) davolash uchun qoʼllanadi.
Аgar siz davolash yakunlanganidan keyin oʼzingizni yaxshi his qilmayotgan yoki yomon his qilayotgan boʼlsangiz, shifokorga murojaat qilishingiz lozim.
Retseptli
- Tomchilar







