Venodiolning aptekalardagi narxlari
VENODIOL tabletkalari 500mg N30
|
|
90 ta dorixonada bor
|
88 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
99 000 so'mdan
Bron qilish
|
VENODIOL tabletkalari N30
|
|
102 ta dorixonada bor
|
78 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
105 900 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
99 000 so'mdan
Bron qilish
|
Venodiol ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VENODIOL
VENODIOL
Preparatning savdo nomi: Venodiol
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): diosmin, gesperidin, askorbin kislotasi
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 450 mg diosmin, 50 mg gesperidin, 100 mg askorbin kislotasi;
yordamchi moddalar: povidon K30, natriy kroskarmelloza, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza.
Ta‘rifi: oval, ikki tomonlama qavariq, dog‘lari bo‘lgan, och jigarrang rangdan jigarrang ranggacha bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini pasaytiruvchi preparatlar. Vena qon tomirlari tonusini mustahkamlovchi va angioprotektor vosita.
ATX kodi: S05SA53
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Venodiol angioprotektor va vena qon tomirlari tonusini mustahkamlovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Venalarning kengayuvchanligini kamaytiradi, ularning tonusini oshiradi va vena qon tomirlarida dimlanishni pasaytiradi; kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini, mo‘rtligini kamaytiradi va ularning rezistentligini oshiradi; mikrosirkulyasiyani va limfa qon oqimini yaxshilaydi.
Venodiol preparatining tarkibiga kiruvchi askorbin kislotasi (S vitamini), qon-tomirlarning elastikligini yaxshilaydi, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini normallashtiradi, normal qon yaratilishiga yordam beradi, organizmning himoya kuchlarini oshiradi.
Venodiol preparati tizimli qo‘llanganida oyoqlardagi organik hamda funksional tabiatli surunkali venoz yetishmovchilikning klinik ko‘rinishlari yaqqolligini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Preparatning terapevtik samarasi uning tarkibiga komponentlarning hususiyatlari bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.
Qo‘llanilishi
- oyoqlardagi funksional hamda organik tabiatli surunkali venoz yetishmovchili: oyoqlarda og‘irlik hissi, og‘riq, tirishishlar, trofik buzilishlarda;
- o‘tkir gemorroyni simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalar ichga, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.
Venodiol preparatini muhim hususiyati bo‘lib, uni qo‘llashda ahamiyatli darajada qulaylik tug‘diruvchi standart sutkalik dozalash hisoblanadi.
Preparatni ikki xil usul bilan:
- preparatni butun davolash kursi davomida 1 tabletkadan sutkada 2 marta ovqat vaqtida qabul qilish;
- ikkinchi dozalash usuli Venodiol preparatini birinchi ikki hafta davomida 1 tabletkadan sutkada 2 marta, so‘ngra esa 2 tabletkadan sutkada 1 marta ovqat vaqtida qabul qilish mumkin.
Preparatni qo‘llash tajribasi, Venodiol preparatini qabul qilish davomiyligi kasallikning dastlabki og‘irligiga to‘g‘ri proporsionalligidan dalolat beradi.
“Og‘ir oyoqlar” sindromi bilan namoyon bo‘luvchi surunkali venoz yetishmovchilikning boshlang‘ich shaklini davolashda odatda 2 oylik davolash kursi yetarli bo‘lib, zaruratga qarab odatda yiliga 2-3 marta takrorlanadi.
Og‘riq, tirishish hamda shish sindromlari ustun bo‘lgan, yanada og‘ir holatlarda Venodiol preparatini qabul qilishni 3-4 oy davom ettirish kerak.
Venoz trofik yaralarni davolash yanada uzoqroq davolash kursini – 6 oy va undan ortiq davolash kursini talab etishi mumkin.
O‘tkir gemorroy xurujida birinchi 4 kun davomida sutkada 6 tabletkadan, so‘ngra navbatdagi 3 kun davomida sutkada 4 tabletkadan buyuriladi.
Venodiol preparatini buyurish vaqtida, ushbu preparatga o‘rganib qolish rivojlanmasligini yodda tutish muhimdir.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparatni bekor qilishga olib kelgan nojo‘ya reaksiyalar qayd etilmagan. Ayrim pasientlarda Venodiol preparatini qabul qilishni birinchi kunlarida vegetativ reaksiyalar (kuchli holsizlik, bosh aylanishi, oyoqlarning terisini qizib ketish va sanchish hissi) kuzatiladi. Ushbu simptomlarni namoyon bo‘lishi preparatni bekor qilish uchun sabab bo‘lmaydi, chunki ular 2-3 haftadan keyin spontan holda o‘tib ketadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlaridan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirlarning klinik ahamiyatli samaralari ta‘riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gemorroy zo‘rayganida Venodiol preparatini qo‘llash anorektal sohadagi kasallikni o‘ziga xos davolashni o‘rnini bosmaydi. Preparat qisqa davolash kursi bilan buyuriladi. O‘tkazilgan davolash samarali bo‘lmaganida qo‘shimcha tekshirish o‘tkazish va davolashga tuzatish kiritish kerak.
Venoz qon aylanishini buzilishlari bo‘lgan pasientlarga preparat buyurilganida quyoshda uzoq vaqt bo‘lishdan saqlanish, tana vaznini kamaytirish va qon aylanishini yaxshilaydigan maxsus paypoqlarni kiyib yurish kerakligi yuzasidan pasientlarga ma‘lumot berish kerak.
Me‘da-ichak yo‘llarini eroziv-yarali shikastlanishlarini zo‘rayish bosqichida bo‘lgan pasientlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Preparat homilador ayollarga qo‘llanganida hozirgi vaqtgacha uning biror-bir nojo‘ya samaralari haqida xabar berilmagan.
Venodiol preparati bilan butun davolash kursi davomida emizish tavsiya etilmaydi, chunki preparatning faol moddalarini ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Eksperimental tekshirishlarda preparatning teratogen samaralari aniqlanmagan.
Pediatriyada qo‘llanishi
Bolalarda qo‘llash samaradorligi va havfsizligi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Venodiol avtomobilni boshqarish va psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish simptomlari ta‘riflanmagan.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar. 10 tabletkadan blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Chiqarish shakllari