Ташкент
logo
SavatKirish

VITAMED

VITAMED chiqarish shakllari

VITAMED inyeksiya uchun eritma 2ml N5
Retseptli
VITAMED inyeksiya uchun eritma 2ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
SR Medicare Pvt., Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
44 800 so'm dan
- VITAMED qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- VITAMEDning tarkibi
- VITAMED ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- VITAMED narxi Toshkent dorixonalarida

VITAMED qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QULLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VITAMED®

VITAMED®

 

Preparatning savdo pomp: Vitamed®

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

faol moddalar:  
Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) 10 mg
Riboflavin natriy fosfati (V2 vitamini) 4 mg
Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) 4 mg
Nikotinamid (RR vitamini) 40 mg
Sianokobalamin (V12 vitamini) 8 mkg
D-pantenol (V5 provitamini) 6 mg
yordamchi moddalar:  
Benzil spirti 18 mg
Propilenglikol 100 mg
Natriy edetat 2 mg
In‘eksiya uchun suv  2 ml gacha

Ta‘rifi: tiniq sariq eritma

Farmakoterapevtik guruxi: V guruh vitaminlar majmuasi

ATX kodi: A11E

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparatni tarkibiga kiruvchi V guruh vitaminlarning xususiyati bilan aniqlanadi.

Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) – odam organizmida fosforlanish jarayoni natijasida kokarboksilazaga aylanadi, bu ko‘pchilik ferment reaksiyalarining kofermenti hisoblanadi. V1 vitamini karbonsuvlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvida, shuningdek sinapslarda nerv qo‘zg‘alishini o‘tkazilish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Tiamin mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi va qon elementlari sinteziga yordam beradi, nerv tizimining normal faoliyati, to‘qima nafasini boshqarish uchun zarur.

Riboflavin (V2 vitamini) – oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqaradi, oqsil, yog‘ va karbonsuvlar almashinuvida, shuningdek ko‘zning normal ko‘rish faoliyatini tutib turishda va gemoglobin sintezida ishtirok etadi. Biogen aminlar va neyrotransmitterlarning almashinuvini nazorat qiladi.

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) – markaziy va periferik nerv tizimining normal faoliyati uchun zarur. Piridoksin aminokislotalarning almashinuviga ta‘sir qiluvchi ko‘pchilik fermentlarning oksidlanmagan 1kofermenti hisoblanadi. Piridoksin triptofan, meteonin, glutamin va boshqa aminokislotalarning almashinuvida ishtirok qiladi. Gistaminning almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Piridoksin lipidlar almashinuvini me‘yorlashtirish qobiliyatiga ega.

Nikotinamid (RR vitamini) – nikotinamid kofermentlarning (NAD+ va NADF+ va boshqa tiklangan shakllari) strukturali komponenti hisoblanadi. Ular energiya almashinuvida asosiy rolni o‘ynovchi, 300 ga yaqin oksidlanish-qaytarilish fermentlarining tarkibiga kiradi. Nikotinamid bosh miyaning katta yarim sharlari po‘stloq qismining faoliyatiga, qon tomir havzasining holatiga va qon oqimining tezligiga faollashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Qonda xolesterin va trigliseridlar miqdorini kamaytiradi, oqsillar va karbonsuvlar almashinuvida ishtirok etadi.

Sianokobalamin (V12 vitamini) – yuqori biologik faollikka ega. Normal qon yaratish uchun zarur (eritrositlarni yetilishiga yordam beradi). Transmetillanish jarayonlarida, vodorodni olib o‘tilishida, meteonin, nuklein kislotalari, xolin, kreatininni hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Jigar funksiyasiga va nerv tizimiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Qon ivish tizimini faollashtiradi.

D-pantenol (V5 provitamini) – yog‘lar, oqsillar, karbonsuvlar metabolizmida asosiy rolni o‘ynaydi, hayot uchun muhim bo‘lgan sterollar, neyromediatorlar, fosfolipidlar, porfirin kabi birikmalarning sintezida ishtirok qiladi. Nerv tizimining holatiga, buyrak usti bezlari va qalqonsimon bezining faoliyatiga me‘yorlashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Qo‘llanilishi

  • Gipo- va avitaminozlar
  • Nerv ildizchalari sindromi
  • O‘rab oluvchi gerpes
  • Mialgiyalar
  • Anemiyalar
  • Nevritlar, nevralgiya, periferik parezlar va falajlar, radikulitlar, lyumbago, pleksitlar, yuz nervining parezi, uch shoxli nervning nevralgiyasi, ildizli sindromlar
  • Turli etiologiyali polineyropatiyalar (shu jumladan alkogolli, diabetik va boshq)
  • Homiladorlik va laktasiya davri
  • Vitaminlarni so‘rilishini pasaygan holatlari
  • Qon aylanish tizimining kasalliklari (majmuaviy davolash tarkibida)
  • Jigar funksiyasini yaqqol buzilishlari, virusli gepatitlar
  • Uzoq vaqt bitmaydigan jarohatlar va yaralar
  • Sochlarni to‘kilishi va tirnoqlarning mo‘rtligi
  • Stomatologiyada (gingivit, stomatit)
  • Disbakterioz
  • Vegeto-qontomir distoniyasi
  • Neyrodermitlar, dermatozlar, psoriazni davolashda majmuaviy davolash tarkibida
  • Sog‘ayish davrida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat sutkada 1 marta 0.25-2 ml mushak ichiga chukur yoki vena ichiga sekin yuboriladi. Davolash kursi 10-30 kunni tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda qichishish, eshakemi, ko‘p terlash, toshmalar ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Gipervitaminozi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antibiotiklar va bazis davolashning boshqa preparatlari bilan mutanosib.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

V guruh vitaminlar kompleksi – suvda eruvchan vitaminlar bo‘lganligi tufayli, dozani oshirib yuborilishini ehtimoli kam.

V vitaminining dozasini oshirib yuborilishi simptomlari: jumladan, chanqoqni oshishi, teri qizarishi, xaddan ziyod siydikni ajralishi, diareya. Bu simptomlar – tana kompensasion mexanizmi, tanadan ortiqcha vitaminni safro qopi va ichaklar orkali chiqarish.

 

Chikarilish shakli

In‘eksiya 2 ml eritma jigarrang rangli shisha ampulada (I tur). 5 ampula plastik kontur uyali o‘ramda karton kutida (qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan) joylangan.

 

Saklash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

VITAMED narxlari

VITAMED savollari

VITAMED fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil