Jelchegonniy Sbor
Jelchegonniy Sbor chiqarilish shakllari
Jelchegonniy Sbor haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
JELCHEGONNYY SBOR №2
SPECIES CHOLAGOGAE №2
Preparatning savdo nomi: Jelchegonnyy sbor №2
Dori shakli: dorivor o‘simlik xom ashyosi
Farmakoterapevtik guruhi: safro haydovchi vosita.
Dorixonalardan berish tartibi: Reseptsiz.
Chiqarilish shakli
30 g va 50 g dan polietilen paketlarda, karton qutilarga joylanadi.
2 g dan filtr-paketlarda chiqariladi.
Qo‘llash ko‘rsatmalari
Surunkali xolesistit, gepatoxolesistit, xolangit, gepatit va o‘t yo‘llari diskineziyasida qo‘llaniladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Yig‘ma komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
Samarqand bo‘znochi gullari;
Oddiy bo‘ymadaron o‘ti;
Qalampir yalpiz barglari;
Kashnich mevalari.
Farmakologik ta'siri
Majmuaviy preparat. Uning asosiy ta’siri yig‘ma tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlariga bog‘liq.
Samarqand bo‘znochi gullari safro haydovchi xossaga ega, shuningdek siydik haydovchi va yengil surgi ta’sir ko‘rsatadi.
Oddiy bo‘ymadaron o‘ti achchiq ta’mli bo‘lib, ishtahani oshiradi va ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi, shuningdek qon ketishini to‘xtatuvchi ta’sirga ham ega.
Qalampir yalpiz barglari reflektor yo‘l bilan me’yorida spazmolitik, safro haydovchi va yengil tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Kashnich mevalari ishtahani qo‘zg‘atadi, safro ajralishini rag‘batlantiradi, o‘ziga xos xushbo‘y hidga ega bo‘lib, asosan xom ashyo tarkibidagi efir moyi hisobiga dorining mazasini va hidini yaxshilaydi.
Safro haydovchi yig‘ma № 2 tarkibiga kiruvchi o‘simliklarning asosiy ta’sir etuvchi moddalari yig‘indisini tibbiyotda birgalikda qo‘llash ushbu dorivor o‘simlik vositasini majmuaviy safro haydovchi vosita sifatida ishlatish imkonini beradi.
Nojo'ya ta'sirlar
Yig‘ma komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik bo‘lganda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Saqlash sharoitlari
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan va harorati 25°C dan yuqori bo‘lmagan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati: 2 yil.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Yig‘ma ichga damlama holida qo‘llaniladi. Damlamani tayyorlashdan oldin yig‘mani aralashtirish kerak.
1 osh qoshiq (10 g) yig‘ma sirlangan idishga solinadi, ustiga 200 ml (1 stakan) xona haroratidagi qaynatilgan suv quyiladi va qopqoq bilan yopiladi. So‘ng 15 minut davomida qaynayotgan suv hammomida qizdiriladi hamda 45 minut davomida xona haroratida sovutiladi. Damlama doka orqali suzib olinadi, qolgan yig‘ma esa siqib tashlanadi. Olingan damlama hajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi.
5 ta filtr-paket (10 g) yig‘ma sirlangan idishga solinadi, ustiga 200 ml (1 stakan) xona haroratidagi qaynatilgan suv quyiladi va qopqoq bilan yopiladi. So‘ng 15 minut davomida qaynayotgan suv hammomida qizdiriladi hamda 45 minut davomida xona haroratida sovutiladi. Filtr-paketlar olinadi va siqiladi. Olingan damlama hajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi.
Damlamani salqin joyda 2 sutkagacha saqlash mumkin.
Damlamadan yarim stakandan kuniga 3 mahal, ovqatdan yarim soat oldin qabul qilinadi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












