13 июня, 2019 г. 19:27
Godji mevasi ekstrakti Qo`llash bo`yicha yo`riqnoma
Godji mevasi - oddiy dereza yoki ilmiy Lycium Barbarum, Tibet barbarisi, Xitoy derezasi kabi nomlar bilan malum bo`lib, Mongoliya, Tibet va Xitoyda o’sadi.
Godji tarkibi:
- 19 aminokislotalar, ularning bir qismi organizm uchun almashinmaydigan muhim aminokislotalardir.
- 21 minerallar jumladan, kaliy va temir, kalsiy va mis, marganets va fosfor, ruh, oltingugurt, shuningdek mevalarda juda kamyob bo`lgan germaniy.
- “В” guruhi vitaminlari, nikotin va askorbin kislotasi, tokoferol, betain.
- Yog` kislotalari (omega -3, - 6, - 9).
- Antioksidantlar, polisaxaridlar va boshqalar.
Ishlab chiqarilish shakli:
O`ramda
- 5g dan 20 ta sashe-paketlar.
- 100g dan (PET bankada.)
Godji mevasi ekstrakti - TABIATNING MO`JIZASI
Godjining foydali hususuyatlari:
• Ortiqcha vaznni kamaytirishga yordam beradi.
- Immunitetni tiklaydi.
- Kayfiyatni ko`taradi va depressiya bilan kurashadi.
- Xolesterin miqdorini kamaytiradi, qonda qand miqdorini me`yorlashtiradi, qon bosimini tushiradi.
- Moddalar almashinuvi hamda qon tarkibini yaxshilaydi va ilik faoliyati buzilishini normallashtiradi.
- Jigar va buyraklar faoliyatini yaxshilaydi, gormonal muvozanatni tiklaydi, bepushtlikda yordam beradi.
- Organizmni yoshartiradi, teri, sochlar va tirnoqni tiklaydi.
- Erkaklik kuchini yaxshilab, libidoni oshiradi.
Godji mevasi ekstraktini qo`llash usullari:
1 dona sashe-paket 100ml qaynatilgan issiq yoki sovuq suvda eritilib, ovqatdan oldin yoki keyin ichiladi. Kuniga 2-3 mahal iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
1 choy qoshiq godji eksraktini 100ml qaynatilgan issiq yoki sovuq suvda eritilib, ovqatdan oldin yoki keyin ichiladi. Kuniga 2-3 mahal iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Sog`lom turmush tarzi kechiruvchilar uchun bir marotaba kunning qulay vaqtida ichish kifoya qiladi. Qand qo`shish talab etilmaydi.
Qo‘llash mumkin bo`lmagan holatlar va nojo`ya ta`sirlari:
- Agar qizil rangli mevalar va sabzavotlarga allergiya bo`lsa, godji mevasiga ham bo`lishi mumkin;
- Mevalarda individual yuqori sezgirlikda;
- Belgilangan me’yorlarga rioya etilsa hech qanday nojo’ya ta’siri aniqlanmagan.
Yaroqlilik muddati: 2 yil.
Saqlash sharoiti: Quruq va salqin joyda, +25⁰С dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.
Barcha narsada muvaffaqiyatli bo ling,
foydali va soglom ovqatni tanlang,
demak -sogliq, kuch, yoshlik va uzoq umrni tanlang!