Naturovis preparatini qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
Tarkibi va chiqarilish shakli
Tabiiy homashiyodan tayyorlangan nastoyka 150 ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda.(1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ram (2) Dozator-qoshiq (3) Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.
Qizil radiola (Rhodiola rosea L.), Levziya (Rhaponticum carthamoides L.), Eleuterokkok (Eleutherococcus senticosus), Distillangan suv, Shakar kukini, Etil spirti (95%).
Ta'siri
-Metabolik va antioksidant ta'sir xususiyatiga ega;
-Organizmning asab va quvvat omillarini tiklashda yordam beradi;
-Charchoq va seruyqulikni bartaraf etadi;
-Hayotiy tonusni oshiradi;
-Erkaklik quvvatini kuchaytiradi;
-Ichki a'zolar faoliyatini yaxshilaydi (yurak, jigar, buyrak).
Qo'llanilishi
-Chaqaloqlarda tug'ruq jarayonidagi jarohat va asfiksiya holatlarida;
-Chaqaloqlar gipotrofiyasi va gipotoniyasida;
-Miyadagi qon aylanishning surunkali va o'tkir buzilishlarida;
-Mushaklardagi holsizlik yoki miopatiya;
-Bolalarda va 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlarda bo'y o'sishining kechikishi va vazn tanqisligida;
-Tireotoksikozning engil turlarida;
-Surunkali gastrit;
-Miokard metabolizmining buzilishlari;
-Po'stloqli temiratki, ekzema, sklerodermiya.
Qo'llash usuli va dozalari
Yakka tarzda belgilanadi.
Iste'mol qilishdan avval chayqatilsin.
3-16 yoshgacha bo'lgan bolalarda 2,5-5ml dankuniga 3 mahal, ovqat iste'mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin.
Kattalarga 5-10 ml dan kuniga 3 mahal ovqat iste'mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin.
Davolash kursini davomiyligi 30 kun.
Zarurat tug'ilganda davolash kursi qaytarilishi mumkin.(1 haftadan so'ng.)
Nojo'ya ta'siri
Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (preparat tarkibiy qismlariga bo'lgan yuqori sezuvchanlik holatlarida).
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatni bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Dozaning me'yoridan ortiq qabul qilinishi
Preparatni me'yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.
Boshqa preparatlar bilan o'zora ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan qo'llanilganda nojo'ya ta'siri kuzatilmagan.
Saqlash sharoiti va yaroqlilik muddatlari
Preparat bolalar qo'li yetmaydigan, yorug'likdan himoyalangan joyda +25ºC gacha haroratda saqlanishi kerak.
Saqlanish muddati-24 oy.
"Maxline"