13 июня, 2019 г. 19:27

VINATURIN PREPARATINI QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VINATURIN PREPARATINI QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

Tarkibi va chiqarilish shakli

Tabiiy hom ashiyodan tayyorlangan nastoyka 150 ml.Himoyalovchi plombali polietilen flakonda.

 (1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ram (2) Dozator-qoshiq (3) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Dorivor kalendula (Calendula L.), Na’matak (Rosa Canina), Qizil miya (Glycyrrhiza L.), Katta qoncho‘p (Chelidonium majus), Do‘lana (Crataetgus L.), Qalampir munchoq (Syzygium aromaticum), Qizil radiola (Rhodiola rosea L.), Distillangan suv, Shakar kukini, Etil spirti (95%).

Ta’siri

-          Immunitetning viruslarga qarishiligini faollashtiradi;

-          Immunitetni mustaxkamlovchi ta’sir ko‘rsatadi;

-          Shikastlangan to‘qimalardagi viruslar konsentratsiyasini kamaytiradi;

-          Gumoral va hujayrali immunitetni kuchaytiradi.

Qo‘llanilishi

-          O‘RVI larni oldini olish va davolash;

-          Gerpes viruslari sabab bo‘lgan infeksiyalarni davolash (kompleks terapiya tarkibida);

-          Immunitetni pasaytiruvchi surunkali yuqimli kasalliklarni uzoq vaqt antibiotiklar bilan davolashda qo‘shimcha davo vositasi sifatida;

-          Kollagenozlar (revmatizm, revmatoidli artrit, tizimli sklerodermiya);

-          Teri-tanosil kasalliklari.

Qo‘llash usuli va dozalari

Yakka tarzda belgilanadi.

Iste’mol qilishdan avval chayqatilsin.

3-16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 2,5-5ml dan kuniga 3mahal, ovqat iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin.

Kattalarga 5-10 ml dan kuniga 3 mahal ovqat iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin.

Davolash kursini davomiyligi 30 kun.

Zarurat tug‘ilganda davolash kursi qaytarilishi mumkin.(1 haftadan so‘ng.)

Nojo‘ya ta’siri

Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (preparat tarkibiy qismlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik holatlarida).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

Dozaning me’yoridan ortiq qabul qilinishi

Preparatni me’yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.

Boshqa preparatlar bilan o‘zora ta’siri

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

 Saqlash sharoiti va yaroqlilik muddatlari

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +25ºCgacha haroratda saqlanishi kerak.

Saqlanish muddati-24 oy.

 

Manzil:Toshkent vil., Zangiota tum., Guliston QFY, GSKB ko‘chasi, 15 uy

Telefon: (+998 95) 196 30 06

E-mail: maxlinepharm@mail.ru

www.maxlinepharm.uz

 



Оставить отзыв
Оценка:
              
Текст отзыва

Ваше имя
Ваш комментарий будет опубликован после проверки модератором