Calcium + vitamin D3

Ta'rif
Kalciy + D3
Qo’llash sohasi: Kalciy tish va sog’lom suyaklar uchun zarur. Yurak faoliyatini normallashtirishda va suyak sinishlarini oldini olishda yordam beradi. Bel og’rig’ida hamda suyak sinishlaridan so’ng muolaja olayotgan insonlarga tavsiya etiladi.
Tavsiya etilgan sutkalik doza: Kattalarga sutkada 1 tabletkadan. 12 yoshgacha bo’lgan bolalarga-shifokor maslahatidan so’ng. Tavsiya etilgan sutkalik doza oshirilmasin.
SWISS ENERGY Kalciy + D3- ozuqaviy qo’shimcha hisoblanadi, shakar o’rnini bosuvchi modda saqlaydi. Biologik faol qo’shimchalar to’liq va turli ratsionni o’rnini bosmaydi.
Qo’llash usuli: 1 tabletka 200 ml suvda (stakanda) eritiladi.
SWISS ENERGY Kalciy + D3 faqat tabiiy bo’yovсhilar va ta’m qo’shimchalarini saqlaydi.
Tarkibi: limon kislotasi, kislota miqdorini boshqaruvchi (natriy gidrokarbonati), kalciy karbonat, to'ldiruvchi moddalar (maltodekstrin), aspartam (fenilalanin manbasi hisoblanadi), izomalt, D3 vitamini, aromatizator (apelsin), shirin ta’m beruvchi, stabilizator (polietilenglikol), oziq-ovqat bo’yoqlari (beta-karotin).
Saqlash sharoitlari: zich yopilgan o’ramda, quruq va salqin joyda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati: o’ramida ko’rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin iste’mol qilinmasin.
100 gr ning ozuqaviy qiymati:
Uglevodlar 11,87 gr
Oqsillar 1,75 gr
Yog’lar 0 gr
100 gr ning energetik qiymati: 154,75 kkal / 647,5 kDj
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
|
|
|
EOQ * |
|
D3 vitamin/ Holekalciferol |
7,5 mkg |
150 % |
|
Kalciy / Kalciy karbonati |
500 mg |
63 % |
EOQ* - etalon ozuqaviy qiymati
BFQ. Dori vositasi emas.
GMP standartiga muvofiq ishlab chiqarilgan












