НЕФРОМАКС сироп 150мл

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NEFROMAKS sirop 150ml

Mavjudligini aniqlashtiring
Kelishilgan narx

Preparatning savdo nomi: NEFROMAX

Chiqarilish shakli: Sirop

Tarkibi (bir flakondagi 150 ml sirop tarkibida):

Faol moddalar (ekstraktlari)

1

Oddiy igir (Acorus calamus)

1,5 g.

2

Ro'yon ildizi  (Rubia tinctorum)

15,0 g.

3

Qizil poycha (Нуреricum perforatum)

4,5 g.

4

Qirqbo'g'im (Equisetum arvense)

4,5 g.

5

Petrushka (Petroselinum)

6,0 g.


Yordamchi moddalar

Shakar kukini 64,5g., distillangan suv 150 ml ga yetgunicha

Tarifi: Preparat suyuq holatda yuqori darajadagi aralashma va arzimas darajadagi cho'kma, yorqin jigarrangdan – qizg’ish jigarranggacha bo'lgan ko'rinishli sirop. Ta'mi tarkibidagi o'simliklarlar jamlanmasiga hos.

Farmakoterapevtik guruhi: Dorivor o'simliklardan tayyorlangan diuretik vosita.

Kod ATX: G04BX

Farmakologik xususiyatlari:

Preparat tarkibida quyidagi dorivor o'simliklarni suvli ekstratini tutadi: rangbarang ro'yon ildizi, oddiy ig’ir, qizil poycha, qirqbo'g’im, petrushka. Bu o'simlik komponentlari preparatga asosiy davolovchi ta'sirini beradi. Nefromaks askorbin kislotasi, karotin, pektin va organik kislotalarga boy. Nefromaks tarkibida ko'p miqdorda efir moylarini tutadi, bular siydik haydovchi ta'sirga ega. Efir moylari buyrak qon tomirlarini kengaytirdi, nefronlarga qon kelishini oshiradi (buyrakni struktur-funktsional birligi), suv va natriy tuzlarini so'rilishini kamaytiradi hamda mos ravishda organizmdan ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuboradi. Buning natijasida organizmdan kaliy ioni chiqib ketmaydi hamda suv - tuz muvozanati buzilishi kelib chiqmaydi. Preparat faol tarzda organizmdan urat tuzlarini ham chiqarib yuboradi, siydik tosh kasalligini profilaktikasida samarador. Nefromaksni tarkibiy komponentlari yaqqol yallig’laniga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Buyrak kasalliklarida siydik bilan ajralayotgan oqsil miqdorini kamaytiradi (nefrotik sindromda). Efir moylari va flavonoidlar silliq mushaklarga bo'shashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi, natijada spazmolitik ta'sir yuzaga keladi. Preparat sezilarli darajada antibakterial ta'sirga ega bir qancha mikroblarni yashashiga va o'sib ko'payishi hamda tarqalishiga to'sqinlik qiladi. Siydik haydovchi ta'siri siydik yo'llaridagi infektsiyalarni tez chiqarib yuborishiga samarali ta'sir ko'rsatadi.

Siydik tosh kasalligi va kristaluriyada toshning tarkibi va peshobning pH qanday bo'lishidan qatiy nazar preparat samaraga ega. NEFROMAX oksalat, urat va fosphatli uralitiazda (siydik yo'llaridagi toshlarda) samarali.

Farmakokinetikasi: Preparatni farmakokinetikasi haqida ma'lumot etarli emas.

Qo'llash uchun ko'rsatma: (kompleks davolash tarkibida)

Siydik yo'llari infeksiyalarida (pielit, pielonefrit, sistit, uretrit), siydik tosh kasalligini oldini olishda, litotomiya va litotripsiya jarroxlik maolajasidan so'ng tuzalish davrida tosh hosil bo'lishini oldini olish hamda podagra kasalliklarida kompleks davolash tarkibida qo'llaniladi.

Qo'llash mumkun bo'lmagan holatlar:

Preparat tarkibiga nisbatan yuqori sezuvchanlik holatida va bolalarda 3 yoshgacha. Siydik tosh kasalligida tosh o'lchamlari 4 mm dan katta bo'lsa. Preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

Qo‘llash usuli va dozalari:

Yakka tarzda belgilanadi. Iste’mol qilishdan avval chayqatilsin. Ovqat iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin ichiladi.

3 - 6 yosh bolalarda 1,25 ml dan kuniga 3 mahal.

6-12 yoshda 2,5 ml dan kuniga 3 mahal.

12 yoshdan katta bolalarda va kattalarda 5 ml dan kuniga 3 mahal.

Kasallikning avj olishi susaygandan so'ng kamida 20 kun mobaynida davolashni davom ettirish tavsiya etiladi. Davolash davomida ko'p miqdorda suyuqlik ichish tavsiya qilinadi. Zarurat tug‘ilganda davolash kursi qaytarilishi mumkin. Davolash kursining davomililigini shifokor tomonidan o'zgartirilishi mumkin.

Nojo‘ya ta’siri:

Allergik reaksiyalar ehtimoli bor.

Dozaning me'yoridan ortiq qabul qilinishi:

Preparatni me'yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.

Maxsus ko'rsatmalar: Homiladorlik va emiziklik davrida xamda 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda shifokor tavsiyasiga ko'ra yo'riqnomaga qatiy rioya qilib, foyda yoki zararini o'rganib chiqgan holda qo'llash tavsiya qilinadi. Buyrak faolyati buzulganda monoterapiya sifatida tavsiya qilinmaydi. Peshobda qon belgilari, peshob ajratish jarayonida og'riq kuzatilsa yoki o'tkir siydik tutilishida zudlig bilan shifokorga murojat qilish zarur. Preparat fkirni jamlash va tezkor pisixomator reaksiya jarayonlariga ta'sir ko'rsatmaydi.Shuning uchun avto-va boshqa harakatlanuvchi transport vositalarini boshqarishga ta'sir qilmaydi.

Dozaning me’yoridan ortiq qabul qilinishi:

Preparatni me’yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.

Boshqa preparatlar bilan o‘zora ta’siri:

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli: Tabiy xom ashyodan tayyorlangan sirop 150 ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda. (1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ram. (2) Dozator-qoshiq. (3) Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

Saqlash sharoiti: Preparat bolalar qo'li etmaydigan, quruq, yorug’likdan himoyalangan joyda +4°C dan +25°C gacha bo'lgan

haroratda saqlanishi kerak.

Yaroqlik muddati: 2 yil. Yaroqlik muddati o'tkanidan so'ng ishlatish mumkun emas.

Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish
Yetkazib beruvchi :

Sharofobod ko'ch., 2 uy, Toshkent, Toshkent, O'zbekiston