LactoMax Diarrhea

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LactoMax Diarrhea

Mavjudligini aniqlashtiring
Kelishilgan narx

Preparatning savdo nomi: «LactoMax – Diarrhea»

Chiqarilish shakli: Kapsulada.

Tarkibi (bir kapsuladagi faol komponentlari):


Tarkib nomlanishi

Tirik hujayralar soni, KOЕ/g dan kam bo`lmagan

1

Bacillus subtilis 3

1×106

2

Bifidobacterium bifidum 108

1×108

3

Bifidobacterium longum 17x

1×108

Qo`shimcha moddalar

4

Oligosaxarid – maltodekstrin/laktuloza

15-20%

Tavsifi: Qattiq, ichakda eruvchi polisaharid kapsulaga ega bo'lib, oq tana va och havo rang qalpoqchali ko'rinishga ega.

Kapsula ichidagi modda oq-sarg`ish rangli kukun holatida bo'lib 250 mg. (5 do’za) miqdorda chiqariladi.

ATX klassifikasiya: A07FA01

Farmakoterapevtik guruhi:

Kelib chiqishi biologik tabiatiga ega bo'lgan ichak mikroflorasini me'yorlashtiruvchi preparat.BFQ.

Farmakokinetikasi: Preparatning farmakokinetikasi haqida ma'lumotlar taqdim qilinmagan.

Farmakodinamikasi: Tarkibida 1 gramm quruq moddada 1 milliarddan kam bo'lmagan kislotaga chidamli trik koloniyalar hosil qiluvchi sut kislota bakteriyalari, sporabakteriyalar va prebiotiklar saqlaydi va ichak mikroflorasini fiziologik muvozanatini tiklaydi, diareyani bartaraf qiladi hamda sog`lom mikroflorani saqlab turadi.

Tarkibiga kiruvchi kislotaga chidamli sut kislota bakteriyalari va prebiotiklar diareani bartaraf qiladi, ichak mikroflorasini fiziologik muvozanatini tiklaydi va sog`lom holatda saqlab turadi.

Bifidobakteriyalar va laktobasillalar sut va sirka kislotasi ishlab chiqaradi va patogen mikroorganizmlarni ko'payishi va hayot faoliyatiga salbiy ta'sir qiladi; ovqat hazmida ishtirok etadi va (В1, В2, В3,  В6, В12, Н, РР, foli kislotasi, K va Е) vitaminlarini sintez qiladi, elektrolit balansini boshqaradi, oqsil, fosfolipidlar, o't va o't kislotalar, bilirubin, holesterin almashinuvida ishtirok etadi.

Sporabakteriyalar antogonistik faollikga ega bo'lib, keng spektorga ega bo'lgan antibakterial moddalar hosil qiladi va shartli patogen hamda patogen zamburug`lar va bakteriyalarni o'sishi va rivojlanishini to'xtatadi. Shu bilan bir qatorda ichakdagi saprofit va sog`lom bakteriyalarning o'sish va rivojlanishiga ta'sir qilmaydi. Bacillus subtilis proteolitik fermentlar (lipaza, lizocim, amilaza va boshqalar) hosil qiladi va yog`lar, oqsillar, o'simlik tolalari, uglevodlar hazm qilinishini yaxshilaydi va so'rilishini yaxshilaydi. Bacillus subtilis kuchli immunitetni rag`batlantiruvchi ta'sirga ega va shu bilan bir qatorda fagosit hujayralarning fagositar aktivligini oshiradi. Bacillus subtilis allergic kasalliklarni davolashda ham ta'sir samaraga ega.

Tabiiy oligosaxarid - maltodekstrin probiotiklarning bo'linishi, kolonizasiyasi va ichak bakteriyalari uchun yaxshi sharoit yaratib beradi. Oligosaxaridlar hazm fermentlari ta'sirida parchalanmaydi va ichakning pastki qismigacha yetib boradi va prebiotik ta'sir samarasini ko'rsatadi.

Qo'llash uchun ko'rsatma: Kompleks davolash tarkibida:

- ichak ta`sirlanish sindromi (diareya, meteroizm);

- virusli infeksiyalar bilan bog`liq bo'lgan diareyalar;

- ichaklarda shartli patogen floraning ko'payib ketishi bilan bog`liq diareyalar (enterit, kolit);

- antibiotik, boshqa himioterapevtik va garmonal preparatlar hamda nur terapiyasi bilan davolanish davrida kelib chiquvchi diareyalarda;

- bolalar va kattalarda ichak sanchig`i;

- allergik kasalliklarni (jumladan asoratlangan allergodermatoz va ovqat allergiyalari) davolash tarkibida;

- tez - tez kasal bo'luvchi bolalar va kattalarda davolash tarkibida;

- oshqozon - ichak trakti funksional buzilishi, infeksion va noinfeksion kasalliklari oqibatini (oqsil - energetik yetishmovchilik, ichaklarda devoriy hazmining buzilishi, ichaklarda so'rilishning buzilishi) bartaraf qilish, profilaktikasi va davolashda;

- teri, tirnoq va sochlar holatini sog`lomlashtirishda.

Qarshi ko'rsatma:

- Preparat tarkibiga kiruvchi komponentlari va sut mahsulotlariga sezgirlik yuqori bo'lsa tavsiya qilinmaydi.

Qo'llash usuli va dozalari:

1 oylikdan boshlab 3 yoshgacha bolalarda ½ -1 kapsuladan 1-2 mahal ovqatdan 1 soat oldin kapsulani ochib ichidagi kukunni ozgina iliq suv bilan eritib ichish tavsiya qilinadi.

3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarda 1 kapsuladan kuniga 2 mahal ovqatdan 1 soat oldin ozgina suv bilan ichiladi. Kapsulani ochib ichidagi kukunni ozgina iliq suv bilan ichish mumkin.

Bolalarda 6 yoshdan boshlab va kattalarda 1 kapsuladan kuniga 3 mahal ovqatlanishdan 1 soat oldin ozgina suvda ichiladi.

Davolash kursi 2 – 4 haftani tashkil qiladi.

Nojo'ya ta'siri: Tavsiya qilingan dozalarda nojo'ya holatlar aniqlanmagan.

- allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

Me'yoridan ortiqcha qabul qilinsa: Hozirgi kungacha me'yoridan ortiqcha qabul qilinganlik holatlari haqida xabar berilmagan. Me'yoridan ortiq qabul qilinsa simptomatik davolash tavsiya qilinadi.

Boshqa dori vositalar bilan o'zaro ta'siri:

Boshqa dorivor preparatlar bilan qo'llanilganda nojo'ya ta'sirlar kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli:

Qutichada har biri 10 ta kapsula saqlaydigan 2 ta blister va qo'llash bo'yicha yo'riqnoma mavjud.

Saqlash sharoiti:

Bolalar qo'li yetmaydigan, harorati +4 °C dan +25°C gacha va namligi 80% dan oshmaydigan xonada saqlanishi lozim.

Saqlash muddati: 2 yil. Qutichada ko'rsatilgan muddatdan so'ng qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Dorixonadan berish tartibi: Reseptsiz. BFQ.Dori vositasi hisoblanmaydi.

Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish
Yetkazib beruvchi :

Sharofobod ko'ch., 2 uy, Toshkent, Toshkent, O'zbekiston