Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
Preparatning savdo nomi: «GUTERAK»
Chiqarilish shakli: Sirop
Tarkibi (bir flakondagi 150 ml sirop tarkibida):
№ |
Faol moddalar |
|
1 |
Dorivor valeriana ekstraktlari |
4,0 g. |
2 |
Arislon quyruq ekstraktlari |
4,0 g. |
3 |
Kovul ekstraktlari |
2,0 g. |
4 |
Limon o’t ekstraktlari |
4,0 g. |
5 |
Timyan ekstraktlari |
2,0 g. |
6 |
Tog’rayxon ekstraktlari |
2,0 g. |
|
Yordamchi moddalar |
|
Shakar kukuni 64gr., etanol - 18 ml, distillangan suv 150 ml ga yetgunicha |
Ta’rifi: Preparat suyuq holatda yuqori darajadagi aralashma va arzimas darajadagi cho'kma, yorqin jigarrangdan – qizg’ish jigarranggacha bo'lgan ko'rinishli sirop. Ta'mi tarkibidagi o'simliklarlar jamlanmasiga hos.
Farmakoterapevtik guruhi: Dorivor o'simliklardan tayyorlangan tinchlantiruvchi vosita. BFQ.
Farmakologik xususiyatlari:
Sedativ, tinchlantiruvchi, spazmolitik, gipotenziv ta’sir xususiyatiga ega;
-Charchoq va asab qo’zg’aluvchanligini bartaraf etadi.Bosh og’riqlarini kamaytirib uyquni va umumiy ahvolnin yhshilaydi.
Qo'llanilishi:
- Asabiy zo‘riqish bilan kechuvchi bosh og‘riqlarida.
- Neyrotsirkulyator distoniya (gipertonik tipida) va klimakterik sindromida.
Qo'llash mumkun bo'lmagan holatlar:
Preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
Qo‘llash usuli va dozalari:
Yakka tarzda belgilanadi.
Iste’mol qilishdan avval chayqatilsin. Ovqat iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin ichish tavsiya qilinadi.
6 yoshgacha1,25-2,5 ml dan kuniga 2mahal,
6-12 yoshgacha 2,5-5ml dan kuniga 2 mahal,
12 yoshdan va kattalarda 5-10 ml dan kuniga 2 mahal.
Davolash kursini davomiyligi 30 kun. Davolash kursi davomililigi shifokor tavsiyasiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
Nojo‘ya ta’siri:
Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (preparat tarkibiy qismlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik holatlarida).
Maxsus ko'rsatmalar: Guterak preparatini qo'llashdagi maxsus ko'rsatmalar yo'q.
Dozaning me’yoridan ortiq qabul qilinishi:
Preparatni me’yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.
Boshqa preparatlar bilan o‘zora ta’siri:
Boshqa sedativ va yurak dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan; uyqu chaqiruvchi va analgetiklarni ta‘sirini kuchaytiradi.
Chiqarilish shakli: Tabiiy xom ashyodan tayyorlangan sirop 150 ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda. (1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ram. (2) Dozator-qoshiq. (3) Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.
Saqlash sharoiti: Preparat bolalar qo'li etmaydigan, quruq, yorug’likdan himoyalangan joyda +5°C dan+25°C gacha bo'lmagan haroratda saqlanishi kerak.
Yaroqlik muddati: 2 yil. Yaroqlik muddati o'tkanidan so'ng ishlatish mumkun emas.
Dorixonalardan berish tartibi: Retsepsiz. BFQ.Dori vositasi hisoblanmaydi.
Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.