Натуровис BABY

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Naturovis BABY

Mavjudligini aniqlashtiring
Kelishilgan narx

 Preparatning savdo nomi: «Naturovis baby»

Chiqarilish shakli: Sirop

Tarkibi (bir flakondagi 100 ml sirop tarkibida):

Faol moddala

1

Qizil radiola ekstrakti

2,66 g.

2

Dorivor kalendula ekstrakti

1,33 g.

3

Levziya ekstraktlari

1,33 g.

4

Qizil miyya ekstrakti

1,33 g.

5

Qariqiz ekstraktlari

1,33 g.

6

Arpabodiyon ekstraki

1,33 g.

7

Eleuterokkok ekstrakti

1,33 g.


Yordamchi moddalar

Shakar kukini 42,6g., etanol - 12 ml, distillangan suv 100 ml ga yetgunicha

Ta’rifi: Sirop. Preparat suyuq holatda yuqori darajadagi aralashma va arzimas darajadagi cho'kma, yorqin jigarrangdan – qizg’ish jigarranggacha bo'lgan ko'rinishli sirop. Ta'mi tarkibidagi o'simliklarlar jamlanmasiga hos.

Farmakoterapevtik guruhi: Dorivor o'simliklardan tayyorlangan moddalar almashinuvini yaxshilovchi preparat.BFQ.

Farmakologik xususiyatlari:

- Metabolik va antioksidant ta'sir hususiyatiga ega;

- Organizmning asab va quvvat omillarini tiklashda yordam beradi;

- Charchoq va seruyqulikni bartaraf etadi

- Hayotiy tonusni oshiradi;

- Ichki a'zolar faoliyatini yaxshilaydi (yurak, jigar, buyrak).

Farmakokinetikasi: Preparatni farmakokinetikasi haqida ma'lumot etarli emas.

Qo'llanilishi: (kompleks davolash tarkibida)

- Mushaklardagi va umumiy holsizliklarda;

- Bolalarda va 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlarda bo'y o'sishining kechikishi va vazn tanqisligida;

- Tireotoksikozning engil turlarida;

- Sekretor faoliyati susaygan surunkali gastritlarda;

- Miokard metabolizmining buzilishlari;

Qo'llash mumkun bo'lmagan holatlar:

Preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

Qo‘llash usuli va dozalari:

Yakka tarzda belgilanadi.

Iste’mol qilishdan avval chayqatilsin. Ovqat iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin ichiladi.

1-3 yoshgacha 1,25 ml dan kuniga 3 mahal.

3-6 yosh bolalarda 2,5 ml dan kuniga 3mahal.

6-12 yosh bolalarda 5 ml dan kuniga 3 mahal.

Bolalarda 12 yoshdan boshlab va kattalarda 5-10 ml dan kuniga 3 mahal.

Davolash kursini davomiyligi 30 kun. Zarurat tug‘ilganda davolash kursi qaytarilishi mumkin. Davolash kursining davomililigi shifokor tomonidan o'zgartirilishi mumkin.

Nojo‘ya ta’siri:

Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (preparat tarkibiy qismlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik holatlarida).

Maxsus ko'rsatmalar: Naturovis baby preparatini qo'llashdagi maxsus ko'rsatmalar yo'q.

Dozaning me’yoridan ortiq qabul qilinishi:

Preparatni me’yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.

Boshqa preparatlar bilan o‘zora ta’siri:

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli: Tabiy xom ashyodan tayyorlangan sirop 100 ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda. (1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ram. (2) Dozator-qoshiq. (3) Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

Saqlash sharoiti: Preparat bolalar qo'li etmaydigan, quruq, yorug’likdan himoyalangan joyda +25°C dan baland bo'lmagan haroratda saqlanishi kerak.

Yaroqlik muddati: 2 yil. Yaroqlik muddati o'tkanidan so'ng ishlatish mumkun emas.

Dorixonalardan berish tartibi: Retsepsiz. BFQ.Dori vositasi hisoblanmaydi.


Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish
Yetkazib beruvchi :

Sharofobod ko'ch., 2 uy, Toshkent, Toshkent, O'zbekiston