Инверум

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Inverum

Mavjudligini aniqlashtiring
Kelishilgan narx

Preparatning savdo nomi: «Inverum»

Chiqarilish shakli: Sirop

Tarkibi (bir flakondagi 150 ml sirop tarkibida):

Faol moddalar

1

Gingko biloba ekstrakti

2,0 g.

2

Sassiq kovrak ekstrakti

2,0 g.

3

Qalampir yalpiz ekstrakti

2,0 g.

4

Qizilmiya ekstrakti

2,0 g.

5

Oltin tomir ekstrakti

2,0 g.

6

Baland bo’yli andiz ekstrakti

2,0 g.


Yordamchi moddalar

Shakar kukuni, etanol, distillangan suv 150 ml ga yetgunicha

Ta’rifi: Sirop. Preparat yorqin jigarrangdan – qizg’ish jigarranggacha bo'lgan ko'rinishli sirop bo’lib, suyuqlik tarkibida arzimas darajadagi cho'kma kuzatilishi mumkin. Ta'mi tarkibidagi o'simliklar jamlanmasiga hos.

Farmakoterapevtik guruhi: Dorivor o'simlik ekstraktlaridan tayyorlangan anksiolitik vosita. BFQ.

Farmakologik xususiyatlari:

«Inverum» murakkab tarkibli bo’lib asosiy moddalar almashinuvni me’yorlashtirishga yordam beradi, neyrotrofik таsir korsatadi,oqsillar va uglevodlar parchalanishni sekinlashtirishga yordam beradi. Hazm qilish shirasini fermentativ faolligini va ajralishini oshirishga, hamda ozuqa moddalarini o'zlashtirilishini yahshilashga yordam beradi. Natijada jismoniy yuklamaga chidamlilikni oshadi, uzoq jismoniy yuklamadan keyingi ish qobiliyatini oshiradi. Glikogen parchalanishini tejaydi va uning jigar hamda mushak to'qimasidagi zahirasini oshirishga yordam beradi.

Qo'llanilishi: Yuqori aqliy va jismoniy zo‘riqishlarda, tizimli qon aylanishini buzilishida, jumladan bosh miyada qon aylanishi buzilishi, ko’z to’r pardasida va koronar qon aylanishini buzilishlarida yordam beradi. Xotira va diqqatni yaxshilashga yordam beradi. Psixoemotsional xolatni yaxshilashga, ichki xavotirlikni bartaraf etishga va uyqu-xushyorlikni me’yorlashtirishga yordam beradi.

Qo‘llash usuli va dozalari:

Yakka tarzda belgilanadi.

Bolalarda 12 yoshdan 18 yoshgacha 5 ml dan kuniga 3 mahal.

Kattalarga 5-10 ml dan kuniga 3 mahal.

Ovqat iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin ichiladi. Iste’mol qilishdan avval chayqatilsin.

Kurs davomiyligi 30 kun. Zarurat tug‘ilganda davolash kursini bir haftalik interval bilan qaytarilishi mumkin. Kurs davomililigi shifokor tomonidan o'zgartirilishi mumkin.

Nojo‘ya ta’siri: Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (preparat tarkibiy qismlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik holatlarida).

Dozaning me’yoridan ortiq qabul qilinishi:Preparatni me’yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.

Qo'llash mumkun bo'lmagan holatlar: Preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’siri: Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli: Dorivor o'simlik ekstraktlaridan tayyorlangan sirop 150 ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda.

(1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ram. (2) Dozator-qopqoq. (3) Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

Saqlash sharoiti: Preparat bolalar qo'li etmaydigan, quruq, yorug’likdan himoyalangan joyda +4°C dan +25°C gacha bo'lgan haroratda saqlanishi kerak.

Yaroqlilik muddati: 2 yil. Yaroqlilik muddati o'tkanidan so'ng ishlatish mumkin emas.

Dorixonalardan berish tartibi: Retsepsiz. BFQ.Dori vositasi hisoblanmaydi.

Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish
Yetkazib beruvchi :

Sharofobod ko'ch., 2 uy, Toshkent, Toshkent, O'zbekiston