AKVA MARIS BEBI sprey 50ml N1

AKVA MARIS BEBI sprey 50ml N1 qo'llanmasi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Dengiz suvi – 27.0 ± 3.0 %;
Tozalangan suv – 100.00 % gacha.
Konservantlar va kimyoviy qo’shimchalar saqlamaydi.
O’rganib qolishni chaqirmaydi.Chiqarilish shakli va qadoqlanishi
50 ml yoki 150 ml dengiz suvi eritmasi plastmassali qopqoq-qalpoqchali va mikropurkagichli alyumin flakonda.
Bir flakon o’zbek va rus tilidagi tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Farmakodinamikasi
Izotonik dengiz suvi burun shilliq qavatini normal fiziologik holatini tutib turishga yordam beradi, shilliqni suyultirishga va uni burun bo’shlig’idagi shilliq qavatda qadahsimon hujayralarda ishlab chiqarilishini normallashtiradi.
Tibbiy buyum tarkibiga kiruvchi mikroelementlar miltillovchi epiteliy funksiyasini yaxshilaydi, bu esa burun bo’shlig’i va burunni yondosh bo’shliqlarini patogen bakteriyalar va viruslar kirishiga chidamliligini oshiradi.
AKVA MARIS BEBI qo’llanilgandan so’ng burun shilliq qavatida qo’llaniluvchi dori vositalarini terapevtik samaradorligi ortadi va respirator kasalliklar davomiyligi qisqaradi.
Burun bo’shlig’ini yuvish vs sug’orish uchun AKVA MARIS BEBI buyumi burun bo’shlig’i va quloq bo’shliqlarida (gaymorit, frontit, otit) infeksiya tarqalishi xavfini kamaytiradi. Burun bo’shlig’ida jarrohlik aralashuvlaridan (adenoid, poliplarni olib tashlash, septoplastika va b.) so’ng bitish jarayonlarini tezlashtiradi va mahalliy zo’rayishlar xavfini kamaytiradi.
Allergik va vazomotor rinitlarda AKVA MARIS BEBI allergen va gaptenlarni burun shilliq qavatidan yuvilishiga, mahalliy yallig’lanish jarayonini pasayishiga yordam beradi.
Gigiyenik maqsadlarda qo’llaniluvchi AKVA MARIS BEBI burun bo’shlig’i shilliq qavatini xona va ko’cha changi zarralaridan tozalashga yordam beradi.
Burun bo’shlig’i va burun halqum shilliq qavatlariga yaxshi ta’sir ko’rsatadi, burun bitishi kamayishiga va burun orqali nafas olishni tiklanishiga yordam beradi. Burunni mikrotomchilar sepilishi tufayli yumshoq sug’oradi, burun bo’shlig’ini chayish uchun qulay (burun dushi).Dori shakli
Nojo'ya samaralari
Maxsus saqlash sharoitlari
Qo'llanilishi
Qo’llash sohasi
Otorinolaringologiya
Buyurilishi
˗ burun bo'shlig'i, burunning yondosh bo'shliqlari va burun halqumi o'tkir va surunkali yallig'lanish kasalliklarida
˗ burun bo’shlig’ida har kungi gigiyenik jarayonlarni bajarish uchun
˗ adenoidlar bo’lganda
˗ allergik va vazomotor rinitlarda (ayniqsa dori preparatlariga yuqori sezuvchanligi bor yoki shunga moyil bo’lgan bolalarda)
˗ kuz-qish davrida burun bo’shlig’i infeksiyalarini profilaktikasi
˗ quloqlardagi infeksion kasalliklarda yordamchi vosita sifatida, shifokor tavsiya qilgan davolash bilan birgalikda
- burun bo’shlig’idagi operatsiyalardan so’ngDozirovkasi
˗ 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda davolash maqsadida: kuniga 4 mahal har burun teshigiga bitta sepishdan.
Barcha holatlarda tavsiya qilingan davolanish kursi 2-4 haftani tashkil qiladi (davolovchi shifokorga bog’liq). Davolash kursini bir oydan so’ng takrorlash tavsiya etiladi.
˗ 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda profilaktik va gigiyenik maqsadlarda: kuniga 2 – 3 mahal har burun teshigiga bitta sepishdan.
Yosh bolalarda burunni yuvish «yotgan» holatida o’tkaziladi. Bolani boshi yonboshlatilsin. Ballon uchini tepadagi burun teshigiga kirgizilsin. Bir necha soniya davomida burun bo’shlig’i yuvilsin. Zarurat bo’lganda jarayon qaytarilsin. Ushbu jarayon boshqa burun teshigida ham takrorlanilsin.
˗ 1 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarda davolash maqsadida: kuniga 4 mahal har burun teshigiga bitta sepishdan.
Barcha holatlarda tavsiya qilingan davolanish kursi 2-4 haftani tashkil qiladi (davolovchi shifokorga bog’liq). Davolash kursini bir oydan so’ng takrorlash tavsiya etiladi.
˗ 1 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarda profilaktik va gigiyenik maqsadlarda: kuniga 2-3 mahal har burun teshigiga bitta sepishdan.
Boshni yonboshlatilsin. Ballon uchini yuqoridagi burun teshigiga kiritilsin. Bir necha soniya davomida burun bo’shlig’i yuvilsin. Burun qoqib tashlansin. Zarurat bo’lganda jarayon qaytarilsin. Ushbu jarayon boshqa burun teshigida ham takrorlanilsin.
˗ 7 yoshdan katta bolalar va 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar davolash maqsadida: kuniga 4-6 mahal har burun teshigiga ikkita sepishdan.
Barcha holatlarda tavsiya qilingan davolanish kursi 2-4 haftani tashkil qiladi (davolovchi shifokorga bog’liq). Davolash kursini bir oydan so’ng takrorlash tavsiya etiladi.
˗ 7 yoshdan katta bolalar va 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar profilaktik va gigiyenik maqsadlarda: kuniga 2-4 mahal har burun teshigiga ikkita sepishdan.
Rakovina oldida qulay holatda turib oldinga egilish kerak. Boshni yonboshga egilsin. Ballon uchini yuqoridagi burun teshigiga kiritilsin. Bir necha soniya davomida burun bo’shlig’i yuvilsin. Burun qoqib tashlansin. Zarurat bo’lganda jarayon qaytarilsin. Ushbu jarayon boshqa burun teshigida ham takrorlanilsin.
Burun ajratmalarini yumshatish va bartaraf etish uchun
AKVA MARIS BEBI har burun teshigiga zaruriyatga qarab sepiladi.
Ortiqcha eritmani tibbiy paxta yoki ro’molcha yordamida artib quritib olish mumkin. Jarayonni quruq zarralar yumshab chiqib ketmaguncha ko’p marta takrorlash mumkin.
Gigiyenik jihatdan har bir mahsulot faqat bir inson tomonidan ishlatilishi kerak.Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Ehtiyot choralari
Hajm/og'irlik
AKVA MARIS boshqa chiqarish shakllari









AKVA MARIS BEBI sprey 50ml N1 haqida savollar
AKVA MARIS BEBI sprey 50ml N1 haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari








