Apteka.uz
SavatKirish

ALLERAYZ ko'z tomchilari 1ml N1

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:Belinda Limited
Vakil:VEGAPHARM
ATX kodi:S01GX09
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ALLERAYZ ko'z tomchilari 1ml N1 qo'llanmasi

Tarkibi

Bir ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moda: olopatadin gidroxlorid, 1 mg olopatadina
ekvivalent;
yordamchi moddalar: benzalkoniy xlorid, dinatriy
fosfata digidrat, natriya xlorid i, xlorid vodoroda
kislotami 3,6% li eritmasi, natriy gidroksid 4% li
eritmasi, in'ektsiya uchun suv.

Farmakodinamikasi

Olopatadin N -gistamin reseptorlarining selektiv 1
ingibitori hisoblanadi, shuningdek semiz hujayralardan
yallig'lanish mediatorlarini ajralib chiqishini ingibitsiya
qiladi. Yaqqol allergiyaga qarshi (antigistamin) ta'sir
ko'rsatadi. α-adrenergik, dopamin, 1 va 2 tipidagi
muskarin, shuningdek serotonin reseptorlariga samara
ko'rsatmaydi.

Farmakokinetikasi

Olopatadinning tizimli so'rilishi mahalliy
qo'llanilganda minimal va plazmada <0,5 ng/ml-1,3 ng/ml
tashkil qiladi. Olopatadin buyraklar orqali
chiqariladi, yarim chiqarilish davri 8-12 soatni tashkil
qiladi. Amalda olopatadin to'laligicha (dozaning 60-70%)
siydik bilan o'zgarmagan ko'rinishda chiqariladi.
Siydikda, shu jumladan, uning ikki metabolitlarining:
monodezmetil va N-oksid, past kontsentrasiyasi
aniqlangan, gemodializda yaxshi chiqariladi.

Dori shakli

ko'z tomchilari

Nojo'ya samaralari

Davolash bilan bog'liq bo'lgan ko'proq uchraydigan nojo'ya
samaralar: ko'zlardagi og'riq (0,7%).
Tez-tez (1/100 dan < 1/10 gacha):
џ bosh og'rig'i, disgevziya, charchoqlik, burun shilliq qavatini
qurishi
џ ko'zdagi og'riq, ko'z achishishi, ko'zning quruqligi, ko'zlarning
anomal sezuvchanligi.
Kam hollarda (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha):
џ rinit, bosh aylanishi, gipesteziya (sezuvchanlikning
pasayishi)
џ shox parda eroziyasi, shox pardaning epiteliysi nuqsoni,
shox parda epiteliysi buzilishi, nuqtali keratit,
keratit, shox pardaning bo'yalishi, ko'zdan ajralmalar,
yorug'likdan qo'rqish, ko'rishning noaniqligi, ko'rish
o'tkirligining pasayishi, blefarospazm, ko'zdagi
diskomfort hissi, ko'z qichishishi, follikulyar
kon'yunktivitlar, konyunktiva tomonidan buzilishlar,
ko'zda yot jism hissi, jadal ko'z yoshi oqishi, qovoqlarning
qizarishi, qovoqlarning ishishi, qovoqlar tomonidan
buzilishlar, ko'z giperemiyasi.
Noma'lum (mavjud bo'lgan ma'lumotlar bo'yicha baholanish
imkoni mavjud emas):
џ yuqori sezuvchanlik, yuzni shishi, kontakt dermatit,
terining qizishi hissi, terini qurushi, dermatit,
eritema;
џ shox parda shishi, ko'zlarning ishishi, kon'yunktivit,
midriaz, ko'rishning buzilishi, qovoqlar chetida
tangachasimon qatlamlar hosil bo'lishligi;
џ dispnoe, sinusit, asteniya, uyquchanlik, holsizlik, ko'ngil
aynishi, qusish.
Shox pardaning yaqqol shikastlanishi bilan xastalangan
pasientlarda tarkibida fosfatlar saqlagan ko'z
tomchilarini qo'llashda shox pardasining kaltsifikasiya
holatlari to'g'risida kamdan-kam xabar berilgan.

Maxsus saqlash sharoitlari

Allerayz ko'z tomchilarini mahalliy qo'llanilganda
tizimli so'rilish ehtimoli mavjud. Nojo'ya ta'sirlar yoki
yuqorisezuvchanlik alomatlari paydo bo'lganda, preparatni
qo'llashni bekor qilish kerak. Oftmalmologik
preparatlar uchun konservant sifatida qo'llaniluvchi
benzalkoniy xloridi ko'zni ta'sirlanishi chaqirishi
mumkin, hamda nuqtali keratopatiya va/yoki toksik yarali
keratopatiyaning sababchisi bo'lishi mumkin. Quruq ko'z, shox
pardasining shikastlanishi bilan xastalangan
pasientlarda, hamda Allerayzni tez-tez yoki uzoq vaqt
davomida qo'llanilganda, holatning puxta monitoringi
zarur bo'ladi.
Kontakt linzalar: Allerayz ko'z tomchilari tarkibida
benzalkoniy xloridini saqlaganligi sababli, yumshoq
(gidrofil) kontakt linzalarni taqib yurishdan saqlash yoki
tomizish vaqtida ularni echib qo'yish lozim bo'ladi.
Linzalarni preparatni qo'llash orasidagi tanaffuslarda
taqib yurish va tomizgandan kamida 15 minutdan keyin
taqish kerak bo'ladi. Keksa yoshdagi va buyrak va jigar
etishmovchiligi bilan xastalangan pasientlarda doza
tuzatish kiritish talab etilmaydi. Allerayz ko'z
tomchilari kattalarda qanday bo'lsa, bolalarda (3 yoshdan
katta) ham xuddi shunday dozalashda qo'llaniladi.
Homiladorlik va laktasiya davri
Allerayz preparati homiladorlik vaqtida va samarali
kontratsepsiyani qo'llamaydigan bola tug'ish yoshidagi
ayollarga tavsiya qilinmaydi. Olopatadin ko'krak suti
bilan ajraladi, shuning uchun Allerayz preparatini
emizayotgan ayollarga qo'llash tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini yoki potentsial xavfli
mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori
vositasining ta'sir etishining xususiyatlari
Tomizishdan keyin vaqtinchalik ko'rishning noaniqligi yoki
boshqa ko'rish buzilishlari ehtimoli mavjud, bunday
vaziyatda ko'rish to'liq tiklangunicha avtomobil/mexanizmni
boshqarishdan saqlanish zarur bo'ladi

Qo'llanilishi

 allergik kon'yunktivitlarda qo'llaniladi

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik
 3 yoshdan kichik yoshdagi bolalarda qo'llash mumkin emas

Ta'rifi

Tiniq eritma

Dozirovkasi

Mahalliy qo'llanilish uchun: shikastlangan ko'zlar (ko'z)
pastki kon'yunktiv qopchaga kuniga ikki marta 1 tomchidan
tomiziladi, 3 yoshdan katta bolalarga kattalardagidek
shunday dozalanadi. Agar davolashda zarurat tug'ilsa, u
to'rt oygacha davom ettirilishi mumkin. Davolash
davomiyligini davolovchi shifokor belgilaydi. Keksa
yoshdagi odamlarda, buyrak yoki jigar etishmovchiligi bilan
xastalangan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab
etilmaydi. Ko'z uchun boshqa mahalliy dori vositalari
bilan majmuaviy terapiyada ularning qo'llanilishi
orasidagi interval kamida besh minutni tashkil qilishi
kerak. Ko'z surtmalarini oxirida qo'llash lozim. Flakon
eritmani ifloslanishini oldini olish uchun pipetkaning
uchi ko'zga yoki biron bir boshqa yuzalarga tegishi mumkin
emas. Qo'llashlar orasida, flakonni zich yopilgan holda
ushlang.

Dozani oshirib yuborilishi

Mahalliy qo'llanilganda dozani oshirib yuborilishining
ehtimoli kam.
Davolash: preparatning ortiqcha miqdori ko'zga tushib
qolganida, ularni katta miqdoridagi iliq suvda yuvish
tavsiya etiladi

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ALLERAYZ ko'z tomchilari 1ml N1 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ALLERAYZ ko'z tomchilari 1ml N1 o'xshash dorilari

Narxi
41 400 so'm dan
KROMOVIZ ko'z tomchilari 10ml 4%
Retseptli
KROMOVIZ ko'z tomchilari 10ml 4%
O'zbekiston
Vakil:
Aseptica
Ishlab chiqaruvchi:
Aseptica, OOO
Narxi
41 900 so'm dan
VIKSIPIN tomchilari 10ml 1%
Retseptli
VIKSIPIN tomchilari 10ml 1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Groteks, OOO
•36 ta dorixonada bor
Narxi
69 000 so'm dan
Analoglar ALLERAYZ ko'z tomchilari 1ml N1
Analoglari yo'q

ALLERAYZ ko'z tomchilari 1ml N1 haqida savollar

ALLERAYZ ko'z tomchilari 1ml N1 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil