Ташкент
logo
SavatKirish

ARBIDOL kapsulalar 100mg N20

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Dori vositalari
Faol modda:Umifenovir
Ishlab chiqaruvchi:OAO «Farmstandart-Leksredstva»
Teglar:Grippdan, Yuqori haroratda (shamollashda)
ATX kodi:J05AX
Barcha Arbidol dorilari
7 ta dorixonada bor
Narxi 114 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 7 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ARBIDOL kapsulalar 100mg N20 o'xshash dorilari

KARDIO IKA 10,0 gomeopatik granulalar
KARDIO IKA 10,0 gomeopatik granulalar
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING»
RADAVIT KIDS tomchilari 30ml
RADAVIT KIDS tomchilari 30ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
GRICAR CHEMICAL srl
Narxi
137 800 so'm dan
URINAL KIDS sirop 150ml N1
URINAL KIDS sirop 150ml N1
Chexiya
Ishlab chiqaruvchi:
«Walmark, a.s.»
•1 ta dorixonada bor
Narxi
150 000 so'm dan

ARBIDOL kapsulalar 100mg N20 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Faol modda: umifenovir (umifenovir gidroxloridi monogidrati (arbidol) umifenovir gidroxloridiga qayta hisoblanganda) -50 mg (100 mg).

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali 15,07 mg (30,14 mg), mikrokristall tsellyuloza 27,88 mg (55,76 mg), kolloid kremniy dioksidi (aerosil) 1,0 mg (2,0 mg), povidon (kollidon 25) 5,05 mg (10,1 mg), kaltsiy stearati 1,0 mg (2,0 mg).

Qattiq jelatin kapsulalar: titan dioksidi (E 171), xinolin sarig'i (E 104), quyosh shafag'i sarig'i bo'yovchisi (E 110), metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, sirka kislotasi, jelatin.

Yoki qattiq jelatin kapsulalar: titan dioksidi (E 171), xinolin sarig'i (E 104), quyosh shafag'i sarig'i bo'yovchisi (E 110), jelatin.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Kapsulalar 50 mg va 100 mg.

5 yoki 10 kapsuladan kontur uyali o'ramda.

1, 2 yoki 4 kontur uyali o'ramlar qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan karton qutida.

Farmakodinamikasi

Viruslarga qarshi vosita. In vitro sharoitda A va V gripp (Influenza virus A, B) viruslari, shu jumladan yuqori patogen (H1N1)pdm09 va A(H5N1) kichik tiplari, shuningdek boshqa viruslar – o'tkir respirator viruslari infektsiyalar (O'RVI) (og'ir darajali o'tkir respirator sindromi (OO'RS) bilan assosiasiyalangan koronavirus (Soronavirus), rinovirus (Rhinovirus), adenovirus (Adenovirus), respirator-sintsitial virus (Pneumovirus) va paragripp virusi (Paramyxovirus) larni spesifik bostiradi. Viruslarga qarshi ta'sir mexanizmi bo'yicha qo'shilish (fuziya) ingibitorlariga kiradi, virus gemagglyutinini bilan o'zaro ta'sirga kirishadi va virusning xujayra qobig'i va xujayra membranalarini qo'shilib ketishiga to'sqinlik qiladi. O'rtacha immunitetni ra-batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Interferon induktsiya iiluvchi faollikka ega, immunitetning gumoral va xujayraviy reaktsiyalarini, makrofaglarning fagositar faoliyatini rag'batlantiradi, organizmning virusli infektsiyalarga chidamliligini oshiradi. Virusli infektsiyalar bilan bog'liq bo'lgan asoratlarni rivojlanishi, shuningdek surunkali bakterial kasalliklarni zo'rayish tez-tezligini pasaytiradi. Virusli infektsiyalardagi terapevtik samaradorligi umumiy intoksikasiyaning va klinik ko'rinishlarining yaqqolligini pasayishi, kasallik davomiyligini qisqarishi bilan namoyon bo'ladi. Kam zaharli preparatlarga (LD50>4 g/kg) kiradi. Tavsiya qilingan dozalarda peroral qo'llanganida odam organizmiga biron-bir salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.

Farmakokinetikasi

Tez so'riladi va a'zolar va to'qimalarga taqsimlanadi. 50 mg dozada qabul qilinganida qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasiga 1,2 soat o'tgach , 100 mg dozada – 1,5 soat o'tgach erishiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 17-21 soatga teng. Taxminan 40% o'zgarmagan holda, asosan safro bilan (38,9%) va ahamiyatsiz miqdorda (0,12%) buyraklar orqali chiqariladi. Birinchi sutka davomida yuborilgan dozaning 90% chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Kam hollarda– allergik reaktsiyalar.

Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan nojo'ya samaralardan birontasi og'irlashsa yoki siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Maxsus saqlash sharoitlari

Yo'riqnomada ko'rsatilgan preparatni qabul qilish sxemasi va davomiyligiga amal qilish kerak. Preparatning bitta dozasi o'tkazib yuborilgan hollarda – o'tkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezroq qabul qilish va preparatni qabul qilishni boshlangan sxema bo'yicha davom ettirish kerak.

Qo'llanilishi

Kattalar va bolalarda profilaktika va davolash: A va V grippi, boshqa O'RVI (shu jumladan bronxit bilan asoratlangan), og'ir darajali o'tkir respirator sindromi (OO'RS).

3 yoshdan oshgan bolalarda rotavirus etiologiyali o'tkir ichak infektsiyalarini majmuaviy davolash.

Surunkali bronxit, pnevmoniya va qaytalanuvchi gerpetik infektsiyani majmuaviy davolash.

Operasiyalardan keyingi infektsion asoratlarni oldini olishda qo'llanadi.



Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Umifenovir yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik, 3 yoshgacha bo'lgan bolalar (50 mg doza uchun), 6 yoshgacha bo'lgan bolalar (100 mg doza uchun) da qo'llash mumkin emas. Arbidol preparatini og'ir o'tkir respirator sindromda qo'llaganda quyidagi cheklovlar mavjud: 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda OO'RS ni nospesifik profilaktikasi va 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda OO'RS ni davolash uchun qo'llash mumkin emas.

Ta'rifi

50 mg li doza - kapsula №3 sariq rangli; 100 mg li doza– kapsula №1 oq rangli, qopqoqchasi sariq rangli. Kapsula ichidagisi – oqdan to ko'kimtir-sarg'ish yoki och-sariq tusli oq rangli granulalar va kukun saqlovchi aralashma.

Dozirovkasi

Ichga, ovqatdan oldin buyuriladi.

Bir martalik doza: 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 200 mg (100 mg dan 2 kapsula yoki 50 mg dan 4 kapsula).

Kattalarda va bolalarda gripp va boshqa O'RVI ni nospesifik profilaktikasi va davolash uchun:

Gripp va boshqa O'RVI ni nospesifik profilaktikasi

Gripp va boshqa O'RVI epidemiyasi davrida nospesifik profilaktika uchun:

3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg kuniga bir marta 3 xafta davomida.

Gripp va boshqa O'RVI bo'lgan bemor bilan bevosita kontaktda:

3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg kuniga bir marta 10-14 kun davomida.

Gripp va boshqa O'RVI ni davolash:

Asoratlanmagan kechishida:

3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5 sutka davomida.

Asoratlar (bronxit, pnevmoniya va boshqalar) rivojlanganda:

3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5 sutka davomida, so'ngra bir martalik doza xaftada 1 marta 4 xafta davomida buyuriladi.

3 yoshdan oshgan bolalarda rotavirus etiologiyali o'tkir ichak infektsiyalarini majmuaviy davolash:

3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5 sutka davomida.

Og'ir o'tkir respirator sindromni (OO'RS) nospesifik profilaktikasi va davolash uchun:

OO'RS ni nospesifik profilaktikasi uchun (bemor bilan kontaktda):

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 200 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 100 mg kuniga bir marta (ovqatdan oldin) 12-14 kun davomida.

OO'RS ni davolash uchun:

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 200 mg kuniga 2 marta 8-10 sutka davomida.

Bronxit, pnevmoniya, qaytalanuvchi gerpetik infektsiyani majmuaviy davolash:

3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5-7 sutka davomida, so'ngra bir martalik doza xaftada 2 marta 4 xafta davomida buyuriladi.

Operasiyadan keyingi asoratlarni oldini olish:

Operasiyadan 2 sutka oldin, so'ngra operasiyadan keyin 2 va 5 sutkada 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg buyuriladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda homiladorlikni kechishi, embrion va homilani rivojlanishi, tug'ruq faoliyati va postnatal rivojlanishga preparatning zararli ta'sirlari aniqlanmagan. Arbidol® preparatini homiladorlikning birinchi uch oyligida qo'llash mumkin emas.

Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida Arbidol® faqat ona uchun uni qo'llanishidan kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan hollardagina buyurilishi mumkin. Foyda/xavf nisbati shifokor tomonidan aniqlanadi.

Arbidol® preparatining faol moddasi yoki uning metabolitlari laktasiya davrida ko'krak sutiga kirishi noma'lum. Arbidol® ni qo'llash zarurati tug'ilganda emizishni to'xtatish kerak.

Xususiyatlar ARBIDOL kapsulalar 100mg N20

ARBIDOL kapsulalar 100mg N20 boshqa chiqarish shakllari

Arbidol kapsulalari 100mg N10
Retseptsiz
Arbidol kapsulalari 100mg N10
Rossiya Federatsiyasi
•3 ta dorixonada bor
Narxi
85 000 so'm dan
ARBIDOL kapsulalar  100mg N40
Retseptsiz
ARBIDOL kapsulalar 100mg N40
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OAO «Farmstandart-Leksredstva»
•1 ta dorixonada bor
Narxi
140 000 so'm dan
Arbidol kukuni 37g 25 mg/5 ml
Retseptsiz
Arbidol kukuni 37g 25 mg/5 ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Otisifarm, AO proizvedeno FarmStandart-Leksredstva, OAO
•22 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
ARBIDOL tabletkalari 50mg N10
Retseptsiz
ARBIDOL tabletkalari 50mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OAO «Farmstandart-Tomskximfarm»
•1 ta dorixonada bor
Narxi
24 000 so'm dan

ARBIDOL kapsulalar 100mg N20 analoglari

ARBIDOL kapsulalar  100mg N40
Retseptsiz
ARBIDOL kapsulalar 100mg N40
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OAO «Farmstandart-Leksredstva»
•1 ta dorixonada bor
Narxi
140 000 so'm dan
ARBIDOL tabletkalari 50mg N10
Retseptsiz
ARBIDOL tabletkalari 50mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OAO «Farmstandart-Tomskximfarm»
•1 ta dorixonada bor
Narxi
24 000 so'm dan
ARPEFLYU tabletkalari 100mg N10
Retseptsiz
ARPEFLYU tabletkalari 100mg N10
Belarusiya
Vakil:
Lekfarm
Ishlab chiqaruvchi:
Lekfarm
•1 ta dorixonada bor
Narxi
76 000 so'm dan
Arbidol kukuni 37g 25 mg/5 ml
Retseptsiz
Arbidol kukuni 37g 25 mg/5 ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Otisifarm, AO proizvedeno FarmStandart-Leksredstva, OAO
•22 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
Arbidol kapsulalari 100mg N10
Retseptsiz
Arbidol kapsulalari 100mg N10
Rossiya Federatsiyasi
•3 ta dorixonada bor
Narxi
85 000 so'm dan

ARBIDOL kapsulalar 100mg N20 savollari

ARBIDOL kapsulalar 100mg N20 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil